3.36M
Category: religionreligion

Taqdimot (1)

1.

QADIMGI HINDISTONDA DIN
JAHON TARIXI FANIDAN TAQDIMOT
XURSANBOYEVA HIDOYAT

2.

HINDISTONDA DIN
• Qadimgi Hindistonda juda koʻp urugʻ, qabila va elatlar yashaganlar. Ularning
xoʻjaligi, turmush tarzi har xil boʻlganligi uchun diniy eʼtiqodlari ham turlicha
boʻlgan. Hindistonda yashagan aholi koʻp zamonlar tabiat hodisalariga ajdodlar
ruhiga, to toshlarga, hayvonlarga, suv va daraxtlarga sigʻinish uzoq davom
etgan. Ularda oy, quyosh va olovga sigʻinish keng tarqalgan edi. Hindlarda Agni
olov, Indra momaqaldiroq, Aditinani esa hosildorlik xudosi deb bilgan.
Hindistonda diniy eʼtiqodlarning kelib chiqishi ham boshqa xalqlar kabi ularning
turmush tarzi va xoʻjaligiga bogʻliq boʻlgan.

3.

4.

HINDUIZM DINI
• Hindistonning qadimiy dinlaridan biri bu hinduizm dinidir. Hinduizm dinining asosini qadimgi Hindistonning
arxaik eʼtiqodlari daraxtlar, togʻ, suv havzalari, ilon, sigir, maymun kabilarga sigʻinish katta roʻl oʻynaydi. Bu
dinda bosh yaratuvchi xudo gʻoyasi mavjud. Bu xudo Vishna hisoblanadi. U hayvonlar sirtlon, baliq, toshbaqa
yoki insonlar odatda qora tanli podsho yoki choʻpon yani Korishnalar qiyofasida namoyon boʻlgan Vishna oʻz
navbatida konservator nomi bilan tanilgan. U oliy mavjudot sifatida hurmatga sazovor boʻlgan. Vishna
dharma tamoyillarining himoyachisi ularni tartibsizlik va halokat oldida himoya qiladi. Boshqa bir hinduist
jamoalari esa bosh xudo deb sopol parchalarini osgan asket yoki darvesh yoki raqqos qiyofasida
tasvirlanadigan Shivani tan olishadi. Unga koʻpincha muqaddas hoʻkiz hamkorlik qilgan . Shiva xudosi
Mahadeva nomi bilan mashhur boʻlib, bugungi kunda hinduizmning xudolaridan biridir. Hinduistlar qadimgi
davr oxiri va hozirgi kunlarda Vishna va Shivaga eʼtiqod qiluvchilar jamoasiga boʻlinadi. Hinduizm dini
mafkurasining asosiy belgilari “Bxahavadgita poemasi” boʻlib “ Xudo qoʻshiqlari” degan maʼnoni anglatadi.
Bu poema Maxabxarata tarkibiga kiritilgan. Hinduizm dinida cheksiz sabr-toqat qilishga chaqiriladi. Ijtimoiy
munosabatlarda esa inson muloqoti oʻz ijtimoiy doirasi bilan cheklanish kerak deb hisoblaydi. Yani kasta
boʻyicha kasbni oʻzgartirish taqiqlanadi. Nikohni bolaligidan oʻqitish odati tarqalgan. Bevani oʻz eri
gulxanida kuydirgan paytda oʻzini olovga berishi eng savobli ish hisoblanadi.

5.

6.

Shiva oddiy xalq ommasi kambagʻallarning ilohiyati hisoblanadi. U
Rigvedaning birinchi nusxalarida Rudra
nomi bilan zikr etilgan. Atxarvavedada
Rudraning roli oshib boradi.
Yadjurvavedada Rudra Agni timsolida
berilgan. U Ishana, Ishvara, Maxadeva
nomlari bilan ham nomlanadi.

7.

8.

9.

BRAXMAN DINI
• Hindistonda davlatlar vujudga kelishi munosabati bilan Hindistonning koʻp joylarida Braxman dini keng yoyilgan. Braxmanizm
Vedika davrida m.avv 1500- yildan boshlangan. Braxmanizm asosan metafizik maʼnaviyatga asoslangan, shuning uchun
uning koʻpgina tushunchalari jismoniy muhitdan tashqarida boʻlgan savollar bilan bogʻliq. Braxmanizm dinining bosh xudosi
Braxma hisoblangan. U yaratuvchi va oʻz navbatida hech qachon yaratilmagan xudo sifatida tan olinadi. Braxmanizm
dinining ruhoniylari Braxmanlar deb atalgan. Keyinchalik m.avv 500 yillarga kelib yuqorida taʼkidlab oʻtilganidek hinduizm
paydo boʻlishi bilan sigʻinish Shiva va Vishna kabi boshqa xudolarga ham qaratila boshlagan . Hindistondagi diniy
eʼtiqodlardan yana biri bu buddizm boʻlgan. Bu dinning asoschisi Shakyamuni qabilasidan boʻlgan Sidharta Gautamadir. U
buddizm diniga m.avv 7-6 asrlarda asos solgan. Sidharta Gautama Budda- Marifatlangan laqabi bilan oʻz taʼlimotini
mamlakat boʻylab 40 yil targʻib qilgan . Buddizm dinining boshqa dinlardan farqi shundaki hech qanday oʻzgarmas narsa
yoʻq, hatto xudo ham oʻzgaruvchan deb uqtiriladi. Buddizm zaminida Budda Dharma va Sanghaga eʼtiqod qiladi. Budda oliy
haqiqatga yetishishning yorqin timsoli sifatida qaraladi. Dharma esa Sidharta Gautama qoldirgan taʼlimot.

10.

Braxmanlikda tan olingan uch
asosiy xudo
Braxma
Vishnu
Shiva

11.

12.

• Keyinchalik buddiylik davlat dini darajasiga koʻtarilib, avval Turonning
janubiy hududlari, keyin Xitoy va Markaziy Osiyogaa yoyiladi . Qadimgi
Hindistonda zardushtiylik dinining anʼanalari ham saqlanib qolgan va hozir
ham ular hududning gʻarbida faoliyat koʻrsatar ekanlar. Buddizm tarixiga
nazar soladigan boʻlsak 2500 yildan ortiq davrni oʻz ichiga oladi. Unga
dastlab Braxmanizm va Jaynizmning taʼsiri kuchli boʻlgan. Imperator Ashoka
davrida Buddizm kuchli mustaqil din sifatida shakllanadi. Qadimgi
Hindistonda koʻplab dinlar mavjud boʻlgan. Hindistonning qadimgi dinlariga
tarixiy jihatdan nazar tashlaydigan boʻlsak qadimdan mavjud boʻlgan dinlar
nafaqat avval balki hozirgi zamonda ham maʼlum darajada saqlanib qolgan.
Qadimgi dinlar nafaqat Hindistonda balki boshqa hududlarda ham keng
tarqalgan.

13.

JAYNIZM DINI
• Jaynizm Hindistonda tarqalgan dinlardan biri. M.avv 6 asrda paydo boʻlgan. Rivoyatlarga koʻra,
jaynizm asrlar osha 24 ustoz paygʻambar orqali yetib kelgan. Bularning eng soʻnggisi Jinna va
Maxavira taxallusini olgan Vardhamana boʻlib, shu din asoschisi hisoblanadi. Jaynizm qadimgi
hind jamiyatidagi qarbiylar bilan ruhoniy – brahmanlar oʻrtasidagi ijtimoiy ziddiyatlarning
keskinlashuvi oqibatida vujudga kelgan. Baʼzi taqdimotchilar fikricha, jaynizm buddizmning bir
mazhabidir. Jaynizmda markaziy oʻrinni jon haqidagi taʼlimot egallaydi. Bunga koʻra, Inson joni
barcha qilmishlari uchun javobgar, chunki bu qilmishlar karma qonuni asosida roʻy beradi, karma
qonuni tanni jon bilan bogʻlaydi, insonni yerdagi ishlarga zanjirband etadi va uning keyingi qayta
tugʻilishlarini belgilab beradi.

14.

VEDIZM
• M.avv 2 ming yillikning oʻrtalarida Hindistonning shimoliy va markaziy qismlarini taxminan Pomir togʻlari
vohalarida yashagan koʻchmanchi Oriy qabilalari bosib olgan. Ularning bu yerlarga kelishi sinflar va
davlatning paydo boʻlishi davriga toʻgʻri kelgan. Koʻchmanchi qabilalar odatdagidek mahalliy aholiga singib
ketmagan. Oriylar oʻz urf-odatlari, anʼanalari va udumlarini saqlab qolishi bilan birga mahalliy xalq
madaniyatining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. Oriylarning mahalliy madaniyatga taʼsiri diniy eʼtiqodda
ayniqsa salmoqli boʻlgan. Ularning diniy aqidalari xudolarga qurbonlik qilish hamda boshqa marosimlar
muqaddas bitiklarda tasvirlangan. M.avv 2 ming yillik oxirlari 1 ming yillikning boshlarida mazkur bitiklar
asosida muqaddas matnlar toʻplami vedalar yaratilgan. Vedalar matni qadimgi xudolar toʻgʻrisidagi
hikoyalar, xudolarga qurbonlik qilish tartibi va bu marosimlarni bajarishda aytiladigan qoʻshiqlar, xudolar
sharafiga aytiladigan madhiyalar va afsunlardan tuzilgan.

15.

VEDALAR 4 TA TOʻPLAMGA BOʻLINADI
• Rigveda – xudolarga bagʻishlangan Xudolarning sarguzashtlari, oʻzaro aloqalari va asosiy vazifalari
sheʼriy uslubida tasvirlangan.
• Samaveda- asosan Ringveda mavzularini takrorlovchi sheʼriy toʻplam.
• Yadjurvaveda – qurbonliklar qilish qoidalaridan iborat.
• Atxarvaveda – yovuz ruhlarga qarshi qoʻllaniladigan jodu va afsunlardan tuzilgan.
M.avv 2 ming yillik oxirlari 1 ming yillik boshlarida QadimgiHindistonda vujudga kelgan din
muqaddas bitik vedalar sharafiga shu nom bilan atalgan. Veda dini asrlar davomida takomillashib
borgan. U koʻpxudolikka asoslangan. Daus osmon xudosi hisoblangan va yer ilohi Pitxivi borliqni yaratgan,
xudolar va odamlarning ajdodi boʻlgan. Ulardan Indra ( yorugʻlik, yomgʻir, toʻfon xudosi), Agni ( olov
xudosi), tugʻilgan.

16.

17.

SIKXIZM
• Sikx- oʻquvchi demakdir. 15 asrning oxiri va 16 asrning boshlarida Shimoliy – Gʻarbiy
Hindistonda hinduizmga qarshi yoʻnalish sifatida paydo boʻlgan. U mayda hunarmand va
savdogarlarning feodal zulm va jamiyatning tabaqalanishiga qarshiligini oʻzida aks ettirgan.
16 asrga kelib sikxlar jamoasiga dehqonlar ham qoʻshila boshlaganlar va bu antifeodal
harakatni quvvatlaganlari sikxizm monoteistik din hisoblanib, jamoa boʻlib birgalikda ibodat
qilishni inkor etadi, ruhoniylikni tan olmaydi. Moddiy olamdagi barcha hodisalar sikxizm
taʼlimoticha, yagona xudo oliy kuchning ijodi, insonlar esa xudo oldida teng, deb hisoblanadi.
Bu din taʼlimoti “Grantx Sohib” ( Janob kitob) nomli kitobda izohlangan. Sikxizm taʼlimotiga
eʼtiqod qiladiganlar hozirgi kunda ham uchraydi.
English     Русский Rules