Similar presentations:
Ғарб фалсафаси Холмирзаев
1.
Fan o’qituvchisi2.
• Mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: Sharqva G‘arb falsafasi
• Reja:
• 1 . Qadimgi Yunonistondagi falsafiy ta’limotlar
• 2. Yevfopada O‘rta asr va Uyg’onish davri. Yangi davr falsafasi
• 3. Hozirgi davrning asosiy falsafiy ta’limotlari (XX-XXI asrlar)
3.
• Milet falsafiy maktabining asoschilari— Fales, Anaksimandr va
Anaksimenlardir. Milet maktabiga
mansub faylasuflar uchun sodda
dunyoqarash xos bo’lib, borliq
haqidagi ta’limotida yaqqol o‘z
ifodasini topdi. .
4.
• Yuqorida nomlari tilga olinganMilet maktabining
namoyandalari borliq asosiga
muayyan bir moddiy unsurni
qo‘yadilar. Masalan, Fales —
suvni, Anaksimandr —
apeyronni (cheksiz, chegarasiz
moddiy narsa), Anaksimen esa
— havoni olamdagi barcha
narsalar mana shu moddiy
unsurlaming turlicha holatidir,
deb tushuntirganlar. Ular
olamning moddiyligini va
manguligini ham e’tirof
etganlar.
5.
6.
Barcha narsa va hodisalarning asosi — o‘t (olov). deb ta’kidladi. Olamdagi narsa va hodisalarningcheksizligiga, turli-tumanligiga/Geraklitning fikricha, boshlang'ich o'tning mangu harakati va
o'zgarishi sababchidir. Biroq, uning falsafasidagi eng qimmatli fikr — harakat,taraqqiyot haqidagi
g'oya hisoblanadi. Geraklitning fikricha, olam doimiy harakat jarayonidan iborat. Uning fikricha,
oqib turgan daryoga ikki marta tushib bo'lmaydi. Ikkinchi marta tushganda, oldingi suvlar
allaqachon oqib ketgan bo'ladi. Bu esa, dialektika haqidagi dastlabki g‘oyalardir. Olam
dialektikasi to'g'risidagi bu tasavvur Geraklit tomonidan to'g'ri ifoda etilgan bo'lib, u hammanarsa
bor va shu vaqtning o'zida yo'q, chunki hamma narsa oqib turadi, hamma narsa o'zgarib boradi,
hamma narsa doim vujudga keladi va yo'qolib ketadi, degan qarashdan kelib chiqadi.
7.
Ta’limotning asoschilari Levkipp va Demoknt bo’lib, Demokrit
olamning asosi atomlar (mayda, bo'linmas, moddiy zarrachalar)
va bo'shliqdan iborat, turli-tuman narsa va hodisalar shu
atomlarning turlicha qo'shilishidan tashkil topgan, deb
ta’kidlaydi. Demokrit atomistik va deterministik g'oyalarini
o'zining kosmogonik nazariyasiga ham tatbiq etdi. Atomlar
o'zlarining fazodagi tartibsiz harakatlari jarayonida, bir
tomondan, o'zaro to'qnashib, bir-birini parchalab boradi.
Ikkinchi tomondan, bir-biriga qo'shilib, tuproq, suv, havo, o'tdan
quyun shaklida harakatlanuvchi ko'p dunyolarni vujudga
keltiradi. Demokritning kosmogonik ta’limoti (ayniqsa, Yer va
unda hayotning paydo bo'lishi masalasida) garchi sodda bo‘Isada, katta ilmiy ahamiyatga ega edi.
8.
• Pifagor, Suqrot, Aflotun ruhni, g'oyani olamning asosi sifatida talqin etuvchi falsafiyqarashlar ham vujudga kelib, rivojlanib bordi. Aflotunning „Teetet", ,,Fedon“ nomli
dialoglarida, siyosiy qarashlari esa, „Davlat“ va „Qonunlar" nomli asarlarida bayon
etilgan. Aflotun ta’limoticha, olamda „g'oyalar dunyosi“ birlamchi bo'lib, hodisalar
dunyosi esa, uning mahsuli, soyasidir. „G'oyalar dunyosi" zamon va makonga bog'liq
bo'Imay, mangu, harakatsiz, o'zgarmasdir, u — haqiqiy dunyodir. Dunyodagi narsa
va hodisalarzamon va makonga bog'liq bo'lib, o'tkinchi tabiatga ega. Chunki, ular
vujudga keladi va yo'qoladi. Aflotun nuqtayi nazaricha,„g'oyalar dunyosi“da eng oliy
g'oya — yaxshilik va baxt g'oyasi — Xudodir. Boshqa g'oyalarning hammasi u bilan
bog'liq.Aflotunning bilish nazariyasida ham muhim tomonlar bor. Uning
ta’limoticha, „g'oyalar dunyosi" aqliy bilish obyektidir. Moddiy dunyo, narsalar
to'g'risidagi tasawurlarimiz esa, hissiy bilish orqali paydo bo'ladi. Aflotunning
fikricha, hissiy bilish haqiqat emas. Moddiy narsalarning boshlang'ich asosi,
mohiyati bo'Igan „g'oyalar dunyosi“ni faqat sof tafakkur orqali bilish mumkin.
9.
• Arastuning va umuman qadimgi yunonfaylasuflarining jamiyat va inson haqidagi
qarashlari o'sha davrdagi hukmron
ijtimoiy munosabatlarga bog'liq edi. Ular
jamiyatga nisbatan bo'Igan qarashlarida
quldorlik tuzumini mustahkamlashga
urinadilar. Yunon faylasuflarining
ta’limoticha, jamiyatning qul va qul
egalariga bo‘lishi, quldorlarning
hukmronligi va qullarning qulligi tabiiy
holatdir. Qullar boshdan qul bo‘lib
tug’ilganlar, shuning uchun ham ular
jismoniy jihatdan baquvvat, jismoniy
mehnatga qobiliyatlidirlar. Qullar o‘z
tabiatlariga ko‘ra, axloqiy fazilatlardan
mahrum va yaxshilikka uquvsiz
kimsalardir. Axloqiy fazilatlar, yaxshi
faoliyat faqat erkin kishilarga — qul
egalariga xosdir.
10.
• 0 ‘rta asming asosiy xususiyati shundan iborat ediki, budavrda G‘arbiy Yevropada xristian dini asta-sekin
hukmron mafkuraga, dunyoqarashga aylanib bordi, Din
bilimning barcha sohalarini, shu jumladan, falsafani
ham o‘ziga bo‘ysundiradi. Pyotr Domiani iborasi bilan
aytganda, falsafa „ilohiyat xizmatchisi“ga aylanib qoldi.
Bu falsafa — „sxolastik (sxolastika — lqtincha so‘z
bo‘lib, ,,maktab“ degan ma’noni anglatadi) falsafa“,
degan nomni oldi.
11.
• Sxolastik falsafanamoyandalari„borliq“ deganda
Xudoni tushungan bo'lsa,
N.Kuzanskiy borliqdagi barcha
narsani tushunadi. Borliq —
hamma narsadir- deydi u. N.
Kuzanskiyning bu fikri o'z
mohiyati bilan panteistik
tabiatga ega bo'lib, diniy
sxolastik ta’limotga zid edi.
12.
• Bekon falsafaning asosiy masalasi bilishning yangiilmiy uslubini yajatishdir, deb chiqdi. Shu
munosabat bilan Bekon fanning predmeti va
vazifasini qayta ко'rib chiqib, ilmiy bilishning
maqsadi — insoniyatga foyda keltirishdir.
Shundagina, u o'z vazifasini oqlaydi. Barcha
fanlaming vazifasi — insonning tabiat ustidan
hukmronligini mumkin qadar ko'proq
ta’minlashdir, deydi mutafakkir. „Bilim — bu
kuchdir“, shiori ham F.Bekonga mansubdir. Agar
Bekon ilmiy bilishning
13.
• Rene Dekart ilmiy bilishning deduktiv uslubiga o'z e’tiborini qaratdi. Dekart dunyonibilishda birinchi o'ringa aqlni qo'yadi. Buni uning men fikrlar ekanman, men
mavjudman ", degan mashhur so‘zlari tasdiqlaydi. Dekart fikrieha, falsafaning birinchi
masalasi — ishonchli bilimga olib boradigan uslub masalasidir. Uni ishlab chiqishni
Dekart o'z oldiga vazifa qilib qo'yadi. Dekart ishlab chiqqan ilmiy bilishning deduktiv
uslubi analitik yoki ratsionalistik deb ham ataladi. Dekartning deduktiv uslubi
quyidagilarni talab etadi:
• 1) haqiqat deb faqat aql nuqtayi nazaridan aniq-ravshan va shubhasiz bo'lgan
xulosalarni qabul qilish;
• 2) har bir murakkab muammolarni tarkibiy qismlarga bo'lib o'rganish;
• 3) bilish jarayonida ma’lum va isbot qilingan bilimdan noma’lum va isbot
qilinmaganiga borish;
• 4) tadqiqotda mantiqiy halqalaridan birortasini ham tushirib
qoldirmaslikdir.
14.
• Spinoza Dekart dualizmiga materialistik monizmni qarshi qo'yadi, ya’niruhiylik va moddiylikni yagona bir substansiya sifatida talqin etadi. U,
ongimizdan tashqarida, obyektiv ravishda mavjud bo'lgan, sababi —
o'ziga o'zi sababchi bo'lgan yagona moddiy substansiyani e’tirof etadi.
Biroq, Spinozaning substansiya haqidagi bu fikri panteistik tabiatga ega.
Chunki, u Xudoni moddiy dunyoga qorishtirib yuboradi va tabiatni
,o‘zini o ‘zi yaratuvchi “ Xudo, deb ataydi.
15.
Leybnis substansiyalarning ko'p xilligi haqidagi ta’limotini o'rtagaqo'yadi. Leybnisning fikrieha, substansiyalar juda xilma-xildir. Ularni
Leybnis monadalar, deb ataydi. Leybnis ta’limoticha, monadalar oddiy
bo'lib, ular qismlarga bo'linmaydi. Bu bilan Leybnis monadalar moddiylik
xususiyatiga ega emasligini, shuning uchun unga ko'lamlik yot ekanligini
ta’kidlaydi. Faqat moddiy narsalargina ko'lamlikka ega bo'lib, bo'laklarga
bo'linadi. Shuning uchun ko'lamlik emas, balki faoliyat monadalarning
xususiyatidir. Faoliyat nima, degan savolga , ko'lamlik bilan izohlab
bo‘lmaydigan tasawur, idrok,intilishga o'xshash ruhiy narsadir, deydi. Uni
Leybnis substansiyalarning asosiy xususiyati deb ataydi
16.
• 1. Qadimgi va yangi davr falsafasining o‘ziga xos xususiyatlari nimada?2. XX asr o‘zbek falsafasining o‘ziga xos xususiyatlari nimada?
3. J.Lokk ta’limotining o‘ziga xos tomonlarini tushuntiring.
• 4. Pozitivizm rivojlanishining asosiy bosqichlarini va ulardan har biri• ning o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.
• 5. Strukturalizmning poststrukturalizmdan farqi nimada?
• 6. Evolyusion epistemologiyaning ahamiyati nimada?
• 7. Shaxsiy bilimning qanday turlari mavjud?
• 8. Tadqiqot dasturining xususiyatlari nimalarda ifodalanadi?