Similar presentations:
37c78a17-d626-419b-abea-71fe80cc1ba7
1.
Bronza davri va uning yodgorliklari.
Xursanboyeva Hidoyat
Reja
1. Bronza davri haqida umumiy tushuncha.
2. Bronza davri yodgorliklari.
3. Xulosa.
Bronza davri m.avv 3-2 ming yillikni oʻz ichiga oladi. Bu davrda egey
dunyosi, Misr, Ikki daryo oraligʻi, Hindiston, Xitoyda quldorlik jamiyati ravnaq
topgan. Yevropa va Osiyoning koʻp mamlakatlarida esa hali ham ibtidoiy jamoa
tuzumi hukm surgan.
Jez m.avv 3 ming yillikda kashf etilgan. Uning vatani Ikki daryo oraligʻi
boʻlgan. U mis bilan qalay qorishmasidan iborat boʻlib, nisbat jihatdan turli
xilda. Bronza metal sifatida koʻp afzalliklarga ega:
1. Bronza qurollar mis qurollardan pishiqroq va oʻtkirroq.
2. Uni eritib quyish oson, chunki uning erishi temperaturasi pastroq.
Mis va bronza tabiatda yombi holida tarqalgan.
Bronzaning kashf etilishi ibtidoiy jamoa xoʻjaligida roʻy bergan buyuk
madaniy xoʻjalik ixtirosi edi. Yangi metall harbiy qurollarning turini
koʻpaytirdi, harbiy qurollarning xili va jangovarligi oshdi. Bronzadan yasalgan
uy roʻzgʻor buyumlari ham paydo boʻldi. Ammo bronza mehnat qurollari ishlab
chiqarish uchun nodir va kamchil metall boʻlib qolaveradi. U mehnat qurollari
yasashda tosh xom ashyosini uzil-kesil siqib chiqara olmadi. Chunki, dastlab
bronzadan munchoqlar, uzuklar, tpgʻnogʻichlar yasalgan. Bu davrda tosh
qurollari ham koʻplab ishlatilgan. Tosh parrakchalardan keng foydalanilgan. Bu
davrda bronzadan asosan turli bezaklar, uy-roʻzgʻor va xoʻjalik buyumlari,
harbiy qurol-aslahalar va mehnat qurollari yasaydigan maxsus temirchilik,
chilangarlik, zargarlik ustaxonalari vujudga keldi. Hunarmandchilikning
ixtisoslashuvi bilan mintaqalararo ayirboshlash kuchaydi. Kishilik jamiyati
tarixida birinchi marta muntazam mol ayirboshlash imkoniyati bevosita
dehqonchilik va chorvachilikning bir-biridan ajralishi va hunarmandchilikning
2.
paydo boʻlishi bilan izohlanadi.Bronza davri xoʻjaliklari va ijtimoiy taraqqiyot darajalari bilan bir biridan
farq qilmasada, sopol buyumlarining xili, qabrlar qurilishi jihatidan bir-biridan
farqlanadi.
Yevropadagi ibtidoiy davr qoʻrgʻonlarining deyarli hammasidan boʻyalgan
va boʻyalmagan skletlar topilgan. Skletlar yerda yonboshlab, oyoqlari bukilgan
holatda yotishadi. Bu odat keng yoyilgan. Hatto Sharq, Markaziy Osiyo
hududlarida ibtidoiy qabilalar tugʻilguncha odam ona qornida qanday holatda
boʻlsa, oʻlganidan keyin yer bagʻrida shu taxlitda yotadi deb oʻylaganlar.
Arxeologlar tomonidan murdani boʻyab, bukchaytirib koʻmishning 3 davri
ajratib oʻrganilgan:
1. Qadimgi chuqur, mozor-qoʻrgʻonlari (eneolit davriga mansub)
2. Katakomba mozor-qoʻrgʻonlari.
3. Yogʻoch band mozor-qoʻrgʻonlari.
Katakomba davri m.avv 3 ming yillikning oxirlarida 2 ming yillikning
birinchi yarmida boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Katakomba
mozor-qoʻrgʻonlaridan erkaklar va ayollar murdalari topilgan.
3.
M.avv 2 ming yillikning oʻrtalarida katakomba davri oʻrniga yogʻochbanddavri keladi. Bu davrda dastali, teshikli boltalar keng tarqalgan. Dastlab ular
Sharq mamlakatlaridagi yodgorliklardan topilgan. Yogʻochband davrida
metallurgiya va chorvachilikning rivojlanishi boyliklar toʻplanishiga va harbiy
toʻqnashuvlarning kuchayishiga olib keladi. Jamiyatda moddiy boyliklarning
ayrim kishilar qoʻlida toʻplanishi jarayoni boshlanadi. Bronza davri
mozor-qoʻrgʻonlari oʻrganilishi orqali bu davr haqida maʼlum tasavvurlarga ega
boʻlindi. Bu davrda kishilar murdalarga har xil rangdagi tabiiy boʻyoqlar
sepishgan. Qizil va och qizil rang-jon, tirilish, qon ramzi hisoblangan.
Yevropada bronza davri chorvador qabilalari oʻziga xos katta birliklarni
tashkil etadi. Sopol buyumlarning shakli va naqshlari oʻz birliklarga xos boʻlib,
ular bir-birlaridan farq qilgan.
Masalan, Janubiy Shvetsiya, Daniya, Germaniya, Polsha, Chexiya,
Fransiya, Venetsiya,hududlarida hatto MDH davlatlari territoriyalarida chilvir
naqshli sopol buyumlar keng tarqalgan. Angliya, Fransiya, Ispaniya, Gʻarbiy
Germaniya hududlarida esa oddiy, oʻziga xos shakldagi sopol buyumlar
tarqalgan.
Yer yuzining koʻplab hududlarida bronza davri yodgorliklari topilgan.
Arxeologlar ijtimoiy iqtisodiy va maishiy munosabatlarni yodgorliklardan
topilgan moddiy topilmalarni oʻrganish orqali tiklab, bronza davri kishilari
hayoti va faoliyati haqida maʼlumotlarga ega boʻldilar. Sharqiy Oʻrta yer
dengizi boʻylarida, xususan Falastinda bronza davrida shahar tipi matkazlari
paydo boʻlgan hunarmandchilik va mustahkamlangan manzillarning
shakllanishi bilan ilk bronza davrida kulolchilik charxi paydo boʻladi.
Ushlagichli choʻzinchoq koʻzalar va turli shakldagi idishlar bronza davrida keng
tarqalgan. Falastin yodgorliklarida bronza, mis, kumush metali keng ishlatilgan.
Hatto m.avv 3 ming yillik oxirlarida kumush idishlar keng tarqalgan. Falastinda
bronza davriga mansub kumush xazina topilgan. U 35 xil predmetdan iborat
boʻlib, uning tarkibida turli buyumlar, idishlar, bezaklar boʻlgan. Bronza davri
manzillari koʻpincha mudofaa devorlari bilan oʻralgan, toʻgʻri burchakli
binolardan iborat boʻlgan. Bu davr shahar xarobalarining oʻrni 2-4 ga yetadi va
buyumlarning joylanishi, qurilish shakli oʻziga xos reja asosida boʻlgan.
M.avv 3-2 ming yilliklarda ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar oʻzgaradi. Bu
davrga oid boʻlgan lordan vohasidagi Xazor xarobasi 50gani tashkil etadi. U
poytaxt, yaʼni markaz vazifasini oʻtagan. Xarobada ibodatxona qoldigʻi va
zodagon kishilarning uylari qoldiqlari topilgan. Ilk sinfiy munosabatlar mavjud
4.
boʻlganligini bildiruvchi topilmalar- yuqori tabaqa, oziq-ovqat omborlarioʻrganilgan.
Kichik Osiyoda Qumtepa yodgorligi bronza davriga mansub boʻlib, u
mi.avv 3 ming yillik bilan belgilanadi. Qumtepa yodgorligi tosh
arxitekturasining ajoyib namunasi boʻlib, unda uylar poydevorigina emas, balki,
xonalar ham toshdan urilgan. Kichik Osiyoda bronza davriga oid boʻlgan Troya
l , Termi manzilgohlaridan bronza qurollar topilgan va oʻrganilgan.
M.avv 2 ming yillikda Gʻarbiy Sibir hududida Andronova madaniyati
keng tarqalgan. Andronovo madaniyati tipi - Janubiy Sibir, Janubiy Ural,
Qozogʻiston shimoliy hududiga mosdir. Andronovo madaniyati qabrlar va
makonlardan iborat boʻlgan. Qabrlar - toʻgʻri burchakli boʻlib, yogʻoch va tosh
plitalar bilan yonlari mustahkamlangan. Andronovo madaniyatiga oid
makonlarda metallurgiya, chorvachilik, motiga dehqonchiligi rivojlangan.
Koʻplab jez qurollar, don qoldiqlari topilgan. Andronovo madaniyati bronza
davri chorvador qabilalari madaniyati boʻlib, bu madaniyatga tegishli dastlabki
yodgorlik oʻtgan asrning 20 yillarida Sibiriyaning Achinsk shahri yaqinidagi
Andronovo qishlogʻidan topib oʻrganilgani uchun shu nomni olgan. Bu
madaniyatga tegishli jamoalarning ayrim guruhlari hatto oʻz podasiga boʻsh
yaylovlar qidirib m.avv 2 ming yillik oʻrtalarida Oʻrta Osiyo hududlariga ham
kirib keladi. Xorazmda va Fargʻona hududlarida oʻz moddiy madaniyat izlarini
qoldiradilar.
Bronza davrida ibtidoiy jamiyat xoʻjalik va madaniy taraqqiyoti yuqori
darajada boʻlgan. Bronza davri urugʻchilik jamoasi xarobalari oʻrnida dastlabki
sinfiy jamiyat vujudga kelganligini koʻrsatuvchi dalillar arxeologlar tomonidan
aniqlangan. Bronza davrida mulkiy tabaqalanish jarayoni natijasida ibtidoiy
jamoa tuzumidan quldorlik tuzumiga oʻtish roʻy beradi. Bu jarayonlarni
oʻrganishda turli hududlarda topilgan bronza davri arxeologik manbalar katta
ahamiyatga egadir.
Fargʻona vodiysida m.avv 2 ming yillik oxiri 1 ming yillik boshlarida
oʻziga xos Chust madaniyati shakllandi. Bugungi kungacha Fargʻona vodiysida
Chust madaniyatiga mansub 70 dan ortiq yodgorliklar oʻrganilgan. Bular
jumlasiga Chust Dalvarzintepa, Ashqoltepa, Boʻztepa, Chimboy va boshqalar
kiradi. Chust madaniyati yodgorliklarining eng chekkalari bir-biridan 100 km
masofada joylashganligi ushbu madaniyatni keng tarqalganligini koʻrsatadi.
Shimoliy Fargʻonadagi Chust guruhiga Govasoy xavzasida Chust,
Koʻksaroy sohilida Qoraqoʻrgʻon, Kosonsoy vodiysida Tepaqoʻrgʻon, Tergovchi
l, ll, Goʻrmiron, Yoztepa yodgorliklari kiradi.
5.
Sharqiy Fargʻona guruhi yodgorliklari Dalvarzintepa guruhi deb nomlanib,ular Qashqadaryoning soʻl sohilidagi joylashgan. Mazkur guruhga
Dalvarzintepa, Ashqoltepa, Axshar va Gʻayrattepa yodgorliklari kiradi.
Qoradaryoning oʻng qirgʻogʻida joylashgan Oʻzgan guruhiga Dehqon,
Chimboy, Qoraqoʻchqor l, va ll, Oʻzgan, Qashqaterak, Doʻnbuloq yodgorliklari
kiradi.
Janubi - Sharqiy Fargʻonadan Shoʻrtepa, Zargʻaldoqtepa, Manyak,
Shaltoqtepa makonlari topilgan. Shuningdek, yuqoridagi guruhlarga kirmagan
Chakan, Aqbarobod makonlari ham oʻrganilgan. Asosiy yodgorliklar Fargʻona
vodiysining sharqiy tumanlarida joylashganligi bu yerda dehqonchilikning
yuksak rivojlanganligini koʻrsatadi. Topilgan moddiy ashyolar Chust davri
madaniyati m.avv 2-1 ming yillik boshlariga tegishli ekanligini koʻrsatadi.
Chust madaniyati yodgorliklari egallagan maydoniga koʻra katta, kichik va
oʻrtacha hisoblanadi. Katta qishloqlarga maydoni 10 gektardan ortiq boʻlgan
Dalvarzintepa, Ashqoltepa, oʻrtachalariga Chust ( 4 gektar) , Dehqon (5
gektarga yaqin) kiradi. Kichiklarining maydoni 1 gektar atrofida.
Chust madaniyatining yirik yodgorligi Dalvarzintepa boʻlib, maydoni 25
gektarga yaqin, madaniy qatlamning qalinligi 1.6 metrdan 4 metrgacha boradi.
Bu yerda turar joylardan tashqari koʻplab xoʻjalik oʻralari topilganki, ular don
saqlash vazifasini bajargan. Asosiy qurilish ashyosi xom gʻisht boʻlgan.
Dalvarzintepa mudofaa devori butun qishloq atrofini oʻragan boʻlsa, Chustda
faqat shimoli-gʻarb tomonni oʻragan.
M.avv 2-1 ming yilliklar boʻsagʻasida Fargʻona yirik dehqonchilik
madaniyati oʻchoqlaridan hisoblangan. U Oʻrta Osiyoning janubi- gʻarbiy
viloyatlari va Eron bilan tarixiy- madaniy aloqalar oʻrnatdi . Fargʻona qabilalari
yaylov chorvachiligiga asoslangan Andronovo madaniyati qabilalari bilan ham
aloqalar oʻrnatgan. Lekin ular oʻrtasidagi munosabatlar doimo tinch boʻlmagan
va shuning uchun ham mudofaa devorlari qurilgan.
Qadimgi Baqtriya arxeologiyasi sohasida yirik kashfiyotlar, yaʼni bronza
davri qadimgi Sharq sivilizatsiyasining tarkibiy qismi hisoblanuvchi Baqtriya
sivilizatsiyasi tadqiqotida A.A.Asqarov ( Sopolli madaniyati) va Va.I.Sarianidi
(Dashli madaniyati) ning ilmiy izlanishlari muhim hisoblanadi.
Sopollitepa Oʻzbekiston hududidagi eng qadimgi protoshahar hisoblanadi.
1969-1974 yillar davomida A.Asqarov tomonidan Sopollitepada olib borilgan
keng arxeologik qazishmalar vaqtida yodgorlik toʻliq ochildi, uning turar- joy
komplekslari, qadimgi qishloqni oʻrab olgan mudofaa tizimi va qishloq
doirasida joylashgan jamoa xonalari keng oʻrganildi. Sopollitepa yodgorligi
6.
Sherobod tumanidagi Ulonbuloqsoyda joylashgan. Bronza davriga oid buyodgorlik ilk bor 1968- yilda arxeolog L.Albaum tomonidan topilgan.
Sopollitepa yodgorligidan 150 dan ortiq 8 ta kvartallarga boʻlingan uy-joy
qoldiqlari va 138 ta mozor komplekslari ochilgan. Yodgorlikning qalʼa qismi
kvadrat shaklida boʻlib, maydoni 82 mega 82 m, atrofi uch qator mudofaa
devorlari bilan oʻrab olingan. Devorlarining qalinligi 2 metrdan ortiq.
Sopollitepa aholisi otashparastlar boʻlgan. Olov ularda asosiy sigʻinish, topinish
obyekti boʻlgan. Sopollitepaning topografiyasi, u yerda topilgan ashyoviy
dalillar, qalʼa maydonida joylashgan oddiy uy-joylar qoldiqlariga tayangan
holda A.Asqarov, B.Abdullayev, To.Shirinovlar Sopollitepa hali shahar
darajasiga oʻsib chiqmagan protoshahar degan xulosaga kelishgan .
Sopolli madaniyati tadqiqotida Jarqoʻton, Boʻston, Kultepa, Moʻlali,
Koʻzali yodgorliklari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ular Sherobod, Shoʻrchi
tumanlarida joylashgan. Xususan, Jarqoʻton yodgorligi Sherobod daryosining
quyi irmogʻi Boʻstonsoyda joylashgan. Yodgorlikda asosan A.Asqatov,
B.Abdullayevlar tadqiqot ishlarini olib borishgan. Xususan, B.Abdullayev
1974-1977 yillarda qazilma ishlarini oʻtkazgan. 3 ta arxeologik kompleksga ega
boʻlgan 719 ta mozor ochib oʻrganilgan. Jarqoʻtonning shahriston deb atalgan
qismi arki aʼlodan janubga tomon choʻzilib ketgan 15 gektarga yaqin
tepaliklardan iborat. Shulardan 6 tasida katta va kichik hajmdagi qazishmalar
oʻtkazilgan. Yodgorlikning shahriston maydonining 6 tepasida ilk zardushtiylik
dinining monumental ibodatxonasi ochilgan. Ibodatxona Jarqoʻtonning eng
baland qismida qad koʻtargan.
7.
1994-2003 yillar davomida esa, Shu.B.Saydullayev va D.Xuffrahbarligidagi Oʻzbekiston Germaniya arxeologik ekspeditsiyasi Jarqoʻton
manzilgohida oʻz tadqiqotlarini olib borgan. Jarqoʻrgʻon ibodatxonasi
shaharning eng baland va markaz joyida qurilgan. Mudofaa devorlari 4.5
qalinlikda boʻlgan. Ichki qurilish usuli ilohiylikka xos boʻlgan va uch qismga
boʻlingan. Birinchisi xoʻjalik qismi boʻlgan. U yerda ibodat va kohinlar xizmati
boʻlgan. Ikkinchi qismi ibodatxona markazi boʻlgan. U yer xom gʻishtdan
terilgan keng maydon boʻlgan. Uchinchi qismi ibodat amallari bajariladigan
ilohiy joy boʻlgan.
Bronza davriga oid moddiy madaniyat yodgorliklari Xorazmda ham topib
tekshirilgan. Bu madaniyat Tozabogʻyop madaniyati nomi bilan mashhur. Bu
madaniyatga mansub makonlar Amudaryoning Oqchadaryo deltasida
joylashgan. Bu yerda 50 ta qadimgi makon topib tekshirilgan. Qavat 3, Koʻkcha
3, Koʻkcha 15 makonlari shu madaniyatga mansub.
Turkmaniston bronza davri yodgorliklariga Namozgohtepa, Anovtepa,
Oqtepa, Oltintepa, Tekkemtepa, Gonurtepa, Togʻoltepa, Yelkantepa, Yangiqalʼa
qabristoni kabilarni misol keltirish mumkin. Kulolchilik charxi Oʻrta Osiyoda
birinchi bor Turkmaniston janubida topilgan. Oltintepa yodgorligini qazish
chogʻida paxsa va xom gʻishtdan ishlangan zinapoyali minora - ibodatxona
8.
ochilgan. Bunday ibodatxona - zikkuratlar ikkidaryo oraligʻida Uruk davridapaydo boʻlgan. Bronza davrida Turkmaniston janubi Oʻrta Osiyoning eng
muhim madaniy markazlaridan biri boʻlgan. Bu hududda dehqonchilik sugʻorish
- irrigatsiyaga asoslangan. Janubiy Turkmaniston qabilalarini Qadimgi Sharq
quldorlik davlatlari bilan madaniy aloqalar va savdo yoʻllari birlashtirgan .
Bronza davrining xoʻjalik sohasida erishgan eng katta
muvaffaqiyatlaridan biri qadimgi dehqonchilikning keng yoyilishi va m.avv 2
ming yillikning ikkinchi yarmida chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib
chiqishi va maxsus xoʻjalik sifatida rivoj topishidir. Mazkur davrda ishlab
chiqarish munosabatlari tez rivojlanib, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarga ijobiy
taʼsir qildi. Ishlab chiqarishning oʻsishi natijasida qadimgi qabilalarning
iqtisodiy, ijtimoiy tarixi va moddiy madaniyati ham yangi asosda taraqqiy etgan.
Oʻzbekiston hududidagi bronza davri qabilalari bir xilda taraqqiy topgan
emas. Bu bosqichda Surxondaryo, Zarafshon vohasi va Xorazmdan iborat uchta
oʻlkada eng qadimgi makonlar topilgan. Har qaysi oʻlkaning madaniy
taraqqiyotida oʻziga xos xususiyatlari boʻlgan. Bu madaniyatlar dehqonchilik,
uy chorvachiligi va chorvachilik - dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi
qabilalarga mansubdir.
history