264.56K
Category: educationeducation

Tasviriy san’at fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning ma’naviy-ahloqiy va estetik tarbiyalash texnologiyasi

1.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYaLAR VAZIRLIGI
BUXORO INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI
5A110901 - Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha)
AVLIYAKULOVA SHAHODAT MUZAFFAROVNANING
Magistrlik dissertatsiyasining
taqdimoti
“TASVIRIY SAN’AT FANINI O‘QITISH JARAYONIDA
O‘QUVCHILARNING MA’NAVIY-AHLOQIY VA ESTETIK
TARBIYALASH TEXNOLOGIYASI“
Ilmiy rahbar:
p.f.d., prof. Sh.Sh.Olimov

2.

Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning
dolzarbligi
Yosh avlod tarbiyasi davlatimiz siyosatining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib, bu masalaga
e’tibor qaratmasdan turib jamiyatning kelgusi taraqqiyotini tasavvur etib bo‘lmaydi. Ana shu
ezgu maqsadni amalga oshirish uchun jamiyat va davlat oldiga qator majburiyatlar qo‘yilgan
bo‘lib, bu jarayonning asosiy ijrochilari o‘qituvchilar, ota-onalar, jamoatchilik vakillaridir.
Keyingi yillarda respublikada barcha sohalarda o‘zgarishlar, tub islohotlar kuzatilmoqda.
Hozirgi bosqichda umumiy o’rta ta’lim muassasalarining eng muhim vazifasi estetik va
ma’naviy-axloqiy tarbiyaning o’zaro munosabatlarini shakllantirishdan iborat. Tasviriy san’at
inson ongining tuyg‘usiga (hissiy) ta’sir qiladi, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-psixologik tarbiya,
dunyoqarash, shuningdek, yuksaklikka, burch tuyg‘usiga, adolatparvarlikka, milliy g‘ururga
hissa qo‘shadi.
Tasviriy san’at asarlari bilan tanishish bolalarda go‘zallik, odob-axloq tuyg‘ularini uyg‘otadi,
ularning atrofdagi olamga munosabatini anglashga, jamiyat oldidagi burch va mas’uliyatini
bilishga imkon beradi. Tasviriy san’at bolalarning mehribon va samimiy bo‘lib ulg‘ayishiga,
xalqlar do‘stligining buyuk kuchini anglab yetishiga yordam beradi.
2

3.

Tadqiqot ob’ekti:
Tasviriy san’at o’qitishda o‘quvchilarining
ma’naviy-axloqiy va estetik sifatlarini
tarbiyalash jarayoni.
Tadqiqot predmeti:
Tasviriy san’at o’qitishda o‘quvchilarining
ma’naviy-axloqiy va estetik sifatlarini
tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari
Tadqiqotning
maqsadi:
tasviriy san'at fanini o’qitish jarayonida
o’quvchilarning ma'naviy-axloqiy va estetik
tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirish
va amaliyotga tatbiq etish

4.

Tadqiqot vazifalari:
tasviriy san’atning
o‘quvchilar
ma’naviy-axloqiy va
estetik tarbiyasidagi
ahamiyatini
asoslash.
o‘quvchilarning tasviriy san’at
darslarida va sinfdan tashqari
mashg‘ulotlarda ma’naviy-axloqiy
va estetik tarbiyalashning
pedagogik- psixologik jihatlarini
aniqlash va asoslash.
tasviriy san’atning milliy
xususiyatini inobatga olgan
holda ma’naviy-axloqiy va
estetik tarbiyalashga doir
tajriba-sinov dasturini ishlab
chiqish va sinovdan
o‘tkazish.
tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarida
ma’naviy-axloqiy va estetik tarbiyalashning
samarali texnologiyalarini ishlab chiqish.
4

5.

-tasviriy san’atning o‘quvchilar ma’naviy-axloqiy va estetik tarbiyasidagi
ahamiyatini asoslandi;
- milliy tasviriy san’at asarlari orqali o‘quvchilarning ongi va milliy madaniyatini
shakllantirishga ta’sir etish texnologiyasi takomillashtirildi;
- san’atshunoslik, kulolchilik va dizayn asoslarini o‘rgangan holda tasviriy san’at
darslarida, asl, mavzuli, dekorativ chizmaga asoslangan chizmachilik bo‘yicha
nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda milliy tasviriy san’at asarlaridan foydalanish
imkoniyatlarini ochib berildi;
- milliy tasviriy san’at asarlari orqali umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarida odob-axloq
va ma’naviyat, go‘zallikka muhabbat, milliy o‘zlikni anglash, ona yurtga muhabbat,
fuqarolik burchini anglash, milliy madaniyatga hurmat tuyg‘ularini shakllantirildi.
-tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarida ma’naviy-axloqiy va estetik
tarbiyalashning samarali texnologiyalarini ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi.

6.

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari
agar tasviriy san'atning darslarida va darsdan tashqari
mashg'ulotlarida o’quvchilar bilan suhbat uchun tasviriy san'at
asarlari, asl, mavzuli, dekorativ rasmdan chizish bo'yicha amaliy
topshiriqlar, san'atshunoslik asoslari, axloqiy, ma’naviy va go‘zallik
g‘oyalariga ega bo‘lgan kulolchilik va dizayn buyumlaridan
muntazam va reja asosida foydalanilsa bunday tadbirlar
o‘quvchilarning ma’naviy- axloqiy tarbiyasi va go‘zalligi darajasini
oshirishga xizmat qiladi.

7.

“Magistrlik dissertatsiya matni kirish,
3 bob, 6 paragrif, xulosa, adabiyotlar
ro‘yxati va ilovalardan iborat.
7

8.

I BOB. TASVIRIY SAN'AT FANINI O’QITISH JARAYONIDA O’QUVCHILARNING MA'NAVIY-AXLOQIY VA ESTETIK
TARBIYALASHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
§1.1. Tasviriy san'at fanini o’qitish jarayonida o’quvchilarning ma'naviy-axloqiy va estetik tarbiyalash ijtimoiy-pedagogik
muammo sifatida
§1.2. O‘quvchilarning axloqiy-ma’naviy fazilatlari va go‘zalligini shakllantirishda tasviriy san’at asarlarining o‘rni.
I bobning xulosasi
II BOB. TASVIRIY SAN'AT FANINI O’QITISH JARAYONIDA O’QUVCHILARNING MA'NAVIY-AXLOQIY VA ESTETIK
TARBIYALASHNING METODIK ASOSLARI
§2.1. O`quvchilarning axloqiy-ma`naviy va estetik tarbiyalashda tasviriy san`at turlarining ahamiyati
§2.2. Sinf va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy va estetitik tarbiyalashning pedagogik shartsharoitlari
II bobning xulosasi
III BOB. TASVIRIY SAN'AT FANINI O’QITISH JARAYONIDA O’QUVCHILARNING MA'NAVIY-AXLOQIY VA ESTETIK
TARBIYALASHNING SAMARADORLIGI
§3.1. Tasviriy san'at fanini o’qitish jarayonida o’quvchilarning ma'naviy-axloqiy va estetik tarbiyalashga doir tajriba-sinov
ishlarini tashkil etish
§3.2. Tajriba va sinov ishlarining tahlili va natijalari

9.

Tasviriy san’atni o’qitishning metodik jihatlari A.D. Alexin, N.N. Anisimov,
N.S. Bogolyubov, S.S. Bulatov, V.S. Kuzin, T.S. Komarova, V.V. Koreshkov,
E.I. Kubishkina, N.N. Rostovsev, E.V. Shoroxov, T.Ya. Shpikalova,
S.Abdirasilov, C.Azimov, B.Boymetov, A.Sulaymonov, N.Talipov,
R.Xayrov, R.Hasanov kabilarning tadqiqotlarida o’z aksini topgan.
9
English     Русский Rules