3.78M
Category: financefinance

Moliya bozorining nazariy asoslari. 1-mavzu

1.

TOSHKENT SHARIDAGI YEOJU TEXNIKA INSTITUTI
“MOLIYA” KAFEDRASI
“MOLIYA BOZORI” FANI
1-mavzu: MOLIYA BOZORINING NAZARIY
ASOSLARI.
Mashg‘ulot turi: ma'ruza
Ajratilgan vaqt: 2 soat
O‘qituvchi: Akmal Allakuliyev
e-mail: [email protected]
Fan kodi:
Ta’lim yo’nalishi kodi:
Ta’lim shakli:
Semestr:
Kreditlar soni:
MAB085
IER
kunduzgi
3
3
© Yeoju Technical Institute in Tashkent

2.

ALLAKULIYEV AKMAL BALTAYEVICH
Ma’lumotim:
2013 yil, Toshkent moliya institut (Bakalavr)
2015 yil, Toshkent moliya institut (Magistratura)
Bugungi kunga qadar 30 ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 1
monografiya, 14 ilmiy maqola (shundan 5 ta xalqaro
e’tirof etilgan ilmiy jurnallarda) hamda xalqaro
konferensiyalarda ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etib
kelmoqdaman.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi “Biznes va
boshqaruv” yo’nalishi sohibi.
2009 – 2013 y.
2013 – 2015 y.
2014 – 2016 y.
2016 – 2018 y.
2018 – h.k.
Toshkent moliya instituti bakalavri
Toshkent moliya instituti magistranti
ChEKI “Hamkorbank” АТB Тоshkent filiali Front ofis menejeri
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bo’lim boshlig’i
Toshkent shahridagi Yoju texnika institute yo’nalish rahbari

3.

FAN MAVZULARINING NOMI
1-mavzu: MOLIYA BOZORINING NAZARIY ASOSLARI.
2-mavzu: MOLIYA BOZORI SEGMENTLARI: PUL BOZORI.
3-mavzu: MOLIYA BOZORI SEGMENTLARI: KAPITAL BOZORI.
4-mavzu: HOSILAVIY QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI.
5-mavzu: XALQARO QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI.
6-mavzu: MOLIYA BOZORI PROFESSIONAL ISHTIROKCHILARI:
EMITENTLAR VA INVESTORLAR
7-mavzu: MOLIYA BOZORI TARTIBGA SOLISH.
8-mavzu: MOLIYA BOZORI TAHLILI.
9-mavzu: MOLIYA BOZORI RISKLARI VA PORTFELNI BOSHQARISH.
10-mavzu: FOND BIRJALARI VA FOND BOZORI MEXANIZMI.
11-mavzu: MOLIYA BOZORIDA BANKLAR VA NOKREDIT
INSTITUTLAR.
12-mavzu: INVESTISIYA VA PAY FONDLARI.
13-mavzu: MOLIYA BOZORIDA SUVEREN FONDLAR.
14-mavzu: KRIPTOVALYUTALAR BOZORI.
15-mavzu: JAHON MOLIYA BOZORI TENDESIYALARI VA
MUAMMOLARI.

4.

TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
Asosiy adabiyotlar:
1. S.Elmirzayev, Moliya bozori. Darslik – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2019. - 324 b.
2. Frederic S. Mishkin., Stanley G. Eakins Textbook. Financial Markets and
Institutions, 9 th Edition, ISBN 978-0-13-451926-5. Pearson Education ©
2018. – 688 p.
3. Ширшов, Петрик: Финансовый рынок. Учебное пособие. ISBN: 978-5-39221141-8.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Alimardonov E. va boshq. Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida
moliya bozori barqarorligini taʼminlash: nazariy-konseptual va amaliy
jihatlar. Monografiya. – T.: “Akademnashr”, 2012. – B. 132.
2. K. Dowd. An Introduction to Market Risk Measurement. J. Wiley Hoboken, NJ,
2002.

5.

Mavzu doirasida o‘rganiladigan savollar:
1. Moliya bozorining mazmuni, iqtisodiyotdagi
ahamiyati va o‘rni
2. Moliya bozorining tuzilmasi, tarkibiy qismlari va
qatnashchilari
3. Moliya
bozori
tasnifi
va
turlari
tavsifi
shakllantiruvchi omillar
4. Moliya
bozorida
amalga
oshiriladigan
operatsiyalar mazmuni va turlari
5. Moliya bozorining iqtisodiy modeli

6.

XXI ARSNING ENG QUDRATLI
KUCHI – MOLIYAVIY KUCHDIR!
A.A.B.

7.

Moliya bozorining mazmuni, iqtisodiyotdagi
ahamiyati va o‘rni
Moliya bozorida pul, kredit, qimmatli qogʻozlar,
valyutalar, sugʻurta polislari, pensiya jamgʻarmalari,
qimmatbaho metallar, hosilaviy moliyaviy instrumentlar
va boshqalar maxsus tovar sifatida muomalada boʻladi.
Moliya bozori – bu jamiyatdagi moliya xizmatlari bozoridir,
ya’ni bu moliya mablag’larni vaqtincha haq to’lab ishlatish
yoki ularni sotib olish yuzasidan shakllanadigan iqtisodiy va
huquqiy munosabatlardir.
Moliya bozori - bu moliyaviy aktivlarning oldi-sotdi qilishi
borasidagi ularni sotuvchilar bilan sotib oluvchilar o’rtasidagi
iqtisodiy munosabatlaridir.

8.

Moliyaviy bozorlar va segmentlari
Moliya bozori
……- bu moliya-kredit sohasining
Moliyaviy bozorda
tarkibiy qismi bo‘lib, real bazisiga
aktivlar
ekvivalent
moliyaviy
instrumentlar moliyaviy
va
sotib
(kreditlar, lizing, depozitlar, valyuta, sotiladi
qimmatli qog'ozlar, sug'urta va pensiya olinadi.
polislari, derivativlar va boshqa turdagi
O‘z
navbatida,
moliyaviy mahsulotlar) bilan bog'liq qarz majburiyatlari,
tashkillashgan
iqtisodiy
huquqiy- aksiyalar va hosila
informatsion
mexanizm
bilan
qimmatli qog‘ozlar
ta’minlangan munosabatlarni iqtisodiyot
sub’yektlari
tomonidan
maqsadli moliyaviy aktivlarning
amalga oshirilishi uchun zaruriy bozor asosiy turlaridan bo‘lib
sharoitlarini yaratib beruvchi majmua hisoblanadi.
sifatida namoyon bo'luvchi tizim.

9.

Moliya bozirning funksiyalari
Kapitalni vaqt, tarmoqlararo va
mamlakatlararo qayta taqsimlash;
Kapital jamlash va korxonalarga ulush
kiritish;
To‘lov-hisob-kitob;
Risklarni boshqarish;
Axborotlar assimmetriyasi bilan bog‘liq
muammolarning oldini olish.

10.

• MOLIYA BOZORI ISHTIROKCHILARI
Kapital jalb
qiluvchilar (qarz
oluvchilar)
Kapital jalb
qiladilar
Investorlar
Vositachilar
Kapital
joylashtiradilar
Moliyaviy
xizmatlar taqdim
etadilar

11.

Moliyaviy bozor segmentlari
Moliya bozori segmentlari
Kredit bozori
Pul (valuta)
bozori
Qimmatli
qog’ozlar bozori
Qimmatbaho
metallar bozori
Sug’urta va
xususiy pensiya
bozori

12.

Moliyaviy bozorning mudatli segmentlari
Moliyaviy bozorlar
Pul bozori
Kapital bozori

13.

1.Moliyaviy bozor segmentlari
•-qisqa muddatli kreditlar
bozori;
-qisqa muddatli depozitlar
bozori;
- qisqa muddatli qimmatli
qog'ozlar bozori;
- valyutalar bozori;
-qisqa
muddatli
derivativlar bozori.
Kapital bozori
Pul bozori
• Moliya bozori ikkita segmentga pul bozori va kapital bozoriga boʻlinadi.
• - o'rta va uzoq muddatli
kreditlar bozori;
- o'rta va uzoq muddatli
depozitlar bozori;
- o'rta va uzoq muddatli
qimmatli
qog'ozlar
bozori;
- investitsiya bozori;
- sug'urta bozori;
- pensiya bozori;
- o'rta va uzoq muddatli
derivativlar bozori.

14.

MOLIYA BOZORIDA VOSITACHILAR TIPLARI

15.

MOLIYA BOZORI TASNIFI VA TURLARI TAVSIFI
- QMAB – qisqa muddatli (1 yilgacha)
monetizatsiyalashgan moliyaviy aktivlar (qimmatli
qog’ozlardan tashqari) bozori;
- UMAB – o’rta (1-5 yilgacha) va uzoq (5 yildan ortiq,
odatda 30 yilgacha) muddatli monetizatsiyalashgan
moliyaviy aktivlar bozori;
- QMQB – QMABga mos qisqa muddatli
qimmatli qog’ozlarning birjadan tashqari
bozori;
- UMQB – UMABga mos o’rta va uzoq
muddatli qimmatli qog’ozlarning birjadan
tashqari bozori;
- BB – qimmatli qog’ozlarning birja bozori.
Ta’kidlash joizki, moliya bozorining QMAB va UMAB qismlarida moliya
institutlariga oid pul, valyuta, kredit vositalari va sug’urta instrumentlar muomalada
bo’ladi.

16.

MOLIYA BOZORI TASNIFI VA TURLARI TAVSIFI
3. Muddatliligi bo’yicha:
4. Tartiblashtirish
(muvofiqlashtirish va nazorat
qilish) usuli bo’yicha:
5. Qatnashchilarning
manfaatlarini ta’minlanganligi
xarakter bo’yicha:
- qisqa muddatli operatsiyalar
bozori (1 yilgacha);
- tartiblashgan bozor;
- emitentlarning manfaatlariga
yo’naltirilgan bozor;
- o’rta muddatli operatsiyalar
(1 yildan 5 yilgacha);
- tartiblashmagan (yoki “ko’cha”)
bozor.
- investorlar manfaatlariga
yo’naltirilgan bozor;
- uzoq muddatli operatsiyalar
(5 yildan ortiq, odatda to 30
yilgacha).
- professional institutlar
manfaatlariga yo’naltirilgan bozor.
6. Moliyaviy instrumentlarning emitentlari bo’yicha:
- davlatning
(Markaziy bank,
moliya vazirligi,
g’azna kabilar)
moliyaviy
instrumentlari bozori;
- mahalliy xokimiyat
organlarining
(munitsipalitet,
meriya, xokimiyat)
moliyaviy
instrumentlari;
- korporativ
moliyaviy
instrumentlar
(kompaniyalar,
firmalarniki);
- moliya
institutlarining
(banklar, sug’urta va
kredit tashkilotlari,
investitsiya
institutlari, fondlar)
moliyaviy
instrumentlari;
- lotereya o’yinlari
instrumentlari (bular
moliyaviy
instrumentlar bo’lib,
qimmatli qog’ozlar
hisoblanmaydi).

17.

MOLIYA BOZORI TASNIFI VA TURLARI TAVSIFI
7. Moliyaviy
instrumentlarni etkazish
xarakteri bo’yicha:
- spot (kassaviy) bozori,
unda haridor va sotuvchi
o’rtasidagi o’zaro hisob-kitob
1-3 kun ichida to’g’ridan
to’g’ri (ya’ni “to’lov asosida
etkazish” tamoyili asosida)
amalga oshiriladi;
- muddatli bozor, unda hisobkitob operatsiyasi
shartnomada (odatda,
derivativlarning parametrlari
bo’yicha) belgilangan
muddatda bajariladi.
8. Masshtabi
bo’yicha:
9. Tovar
hususiyati
bo’yicha:
10. Infratuzilma
bo’yicha:
- milliy bozor (mamlakat
ichida faoliyat ko’rsativchi);
- pul va pul asosli
instrumentlar (valyutlar,
SDR, ssduda, kredit, bank
kartochkalari, lotereyalar va
h.k.) bozori;
- funksional tuzilmasi,
bozorni (segmentlari,
turlarini) o’z funktsiyalarini
bajarishi;
- regional (hududiy,
territorial) bozor (masalan,
evrobozor, EvrAzES bozori);
- sug’urta instrumentlari
(polislar) bozori;
- institutsional (operatsion)
tuzilmasi, bozor
qatnashchilarining faoliyat
turlarini amalga oshirishi.
- moliyaviy globallashgan
jahon (xalqaro) bozori.
- bazaviy qimmatli qog’ozlar
(aksiya va obligatsiyalar,
sertifikatlar va h.k.), ya’ni
ulush va qarz
munosabatlariga asoslangan
qog’ozlar, bozori;
- qimmatli qog’ozlarning
hosilalari (derivativlar:
optsion, fyuchers, svop,
forvard, depozitar tilhatlar,
depozitar aktsiyalar) bozori.

18.

11. Moliya bozorinin eng katta segmenti bo’lgan qimmatli qog’ozlar bozorini
yuqoridagi belgilarga qo’shimcha tarzda quyidagicha tasniflash mumkin.
11.1. Turi bo’yicha:
- birlamchi bozor, unda, odatda, bir yil ichida emissiya qilingan qog’ozlar emitent tomonidan to’g’ridan to’g’ri
yoki vositachi yordamida birinchi investorlar o’rtasida belgilangan tartibda va shartlarda joylashtiriladi;
- ikkilamchi (spekulyativ) bozor, unda qog’ozlar cheklanmagan muddat ichida investorlar o’rtasida
cheklanmagan marotaba bozor kon’yunkturasiga bog’liq holda qayta-qayta oldi-sotisi amalga oshiriladi.
11.2. Qatnashish xuquqini cheklanganligi bo’yicha:
- oldindan belgilangan qatnashchilar va (yoki) qimmatli qog’ozlarga ruhsat berilgan bozor;
- ochiq bozor, unda qatnashchilar ishtirokiga va qimmatli qog’ozlar turlariga hech qanday cheklashlar
qo’yilmaydi.
11.3. Hizmat ko’rsatish hususiyati bo’yicha:
- QMABga hizmat ko’rsatuvchi qimmatli qog’ozlar bozori;
- UMABga hizmat ko’rsatuvchi qimmatli qog’ozlar bozori.
11.4. Davomiyligi bo’yicha:
- ma’lum bir davrlarda chaqiriladigan bozorlar (call markets);
- uzluksiz faoliyat ko’rsatuvchi bozorlar (continuous markets).
11.5. Kategoriyasi bo’yicha:
- uchinchi bozor (third market), unda birja listingiga kirililgan qimmatli qog’ozlar belgilanmagan vaqtda
birjada yoki birjadan tashqari savdoda oldi-sotti qilinadi;
- to’rtinchi bozor (fourth market), unda institutsional investorlar qimmatli qog’ozlarni birjasiz va
vositachilarsiz o’zaro to’g’ridan to’g’ri savdosini amalga oshiradilar. AQShda bunday bozor
kompyuterlashtirilgan, masalan, POSIT i Crossing Network savdo tizimlari yordamida.
11.6. Savdo maqsadlari bo’yicha:
- «Buqalar» bozori, unda vositachilar qimmatli qog’ozlar kursini birjada ruhsat etilgan doirada oshirilishi
hisobiga spekulyativ o’yinni amalga oshiradilar;
- «Ayiqlar» bozori, unda vositachilar qimmatli qog’ozlar kursini birjada ruhsat etilgan doirada pasaytirish
hisobiga spekulyativ o’yinni amalga oshiradilar;
- «Quyonlar» bozori («Ko’cha bozori» ham deb yuritiladi), unda yuqori riskli birja listingiga kiritilmagan
qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq birjadan tashqari operatsiyalar bajariladi.

19.

MOLIYA BOZORINING TARKIBIY TUZULISHI

20.

Qimmatli qog'ozlar bozori - qimmatli qog'ozlar bo'yiicha talab
va taklif funktsiyasi hamda ular
vositasida
jamg'armalami
investitsiyalarga transfomatsiyalanishi uchun zaruriy shart-sharoitlarni
ta’minlab beruvchi, faoliyati maxsus iqtisodiy-huquqiy-informatsion
mexanizm bilan ta’minlangan va tartibga solinuvchi bozor.
Aksiya – bu korxona mulkdorlari tomonidan uning
aktivlari qismiga qo‘yiladigan talab.
Obligatsiya - kelgusida qayd qilingan summani
to‘lashni va’da qiladigan qayd qilingan daromadga ega
qimmatli qog‘oz.
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar - bahosi boshqa
aktivlar, masalan, aksiyalar, obligatsiyalar, xorijiy valyuta
yoki qandaydir mahsulotlar bahosiga bog‘liq bo‘lgan
qimmatli qog’ozlarga aytiladi.

21.

- effektiv (samarali)
mulkchilik tizimi;
- investitsiya uchun
mo’ljallangan etarli
jamg’armalar (moliyaviy
resurslar, mablag’lar) va
iqtisodiy-huquqiy mexanizm
bilan ta’minlangan moliyaviy
instrumentlar.
- moliyaviy barqarorlik,
raqobatbardoshlilik va
havfsizlik, risklarni
bashoratliligi.
Moliya bozori
iqtisodiyotda
quyidagilar mavjud
bo’lgandagina samarali
faoliyat ko’rsatishi
mumkin:
- bozor qonunlari,
tamoyillari va
qonunchiligini hukm
surishi;
- talab va taklifni obyektiv
mutanosibligi;
- moliya bozori
infratuzilmasini samarali
faoliyati;
Эрнандо де Сото. Секрет капитала. Почему капитализм торжествует на Западе и терпит поражение во всем остальном
мире./Пер. с англ.-М.: Олимп-Бизнес, 2001.-272 с.

22.

Moliya bozorida resurslar harakati quyidagi omillarga bog’liq:
• bozorning daromadlilik darajasi;
• bozorni soliqqa tortish shart-sharoitlari;
• kapitalni yo’qotish yoki nazarda tutilgan foydani ololmaslik
riski;
• bozorni
samarali
institutsional
va
funktsional
tashkillashgani;
• bozorni samarali muvofiqlashtirilganligi va nazorat qilinishi;
• moliyaviy instrumentlarning real bazis bilan ta’minlanganligi
va shu asosda iqtisodiyot va moliya bozorini ekvivalentligi;
• jamiyatning mentaliteti va tanlab olgan rivojlanish modeli;
• makro- va mikroiqtisodiy barqarorlik;
• tashqi kuchlar va hodisalarning bozorga ta’siri va
boshqalar.

23.

Moliya bozorining iqtisodiyotdagi ahamiyati
- iqtisodiyotning real sektoriga investitsion moliya resurslarni samarali jalb
qilinishi;
- kapitalni samarasiz tarmoqdan samaralisiga qayta taqsimlanishi;
- davlat byudjetiga hizmat ko’rsatishi, uning kamomatini (defitsitini) qoplash
uchun pul mablag’larini samarali jalb qilinishi;
- iqtisodiyotning holatini aniq bozor indikatorlari yordamida baholanishi;
- inflyatsiya sur’atlari (templari) va valyuta kurslari o’zgarishiga operativ ta’sir
ko’rsatilishi;
- davlatning kredit-pul va byudjet-soliq siyosatini ob’ektiv va mutanosiblikda olib
borilishi;
- mulkka egalik xuquqini ishlab chiqarish vositalariga qayta taqsimlanishi;- jahon
globallashuvi jarayonlariga milliy iqtisodiyotni integrallashuvi.

24.

Moliyaviy oqimlarni moliya bozori orqali harakati modеli.
MB – Moliya bozori;
B – Markaziy bank;
X – Hukumat;
UX – uy ho’jaliklari;
F – firmalar;

25.

Moliya bozorining mahsus funktsiyalari
- moliyaviy
rеsurslarni taqsimlash
va qayta taqsimlash
funktsiyasi.
Uni o’z navbatida to’rt kichik funktsiyaga
ajratish mumkin:
1) moliyaviy rеsurslarni tarmoqlar va bozor
faoliyati sohalari
(sfеralari)
o’rtasida
taqsimlash va qayta taqsimlash;
2)
jamg’armalarni,
ayniqsa
aholi
jamg’armalarini,
noishlab
chiqarish
shaklidan ishlab chiqarish shakliga o’tkazish
(transformatsiyalash);
3) noinflyatsion asosda davlat budjеtini
moliyalashtirish, ya’ni qo’shimcha pulni
muomalaga chiqarmasdan;
4) pul massasini boshqarish;
- narx va moliyaviy
risklarni oldini olish
funktsiyasini
hosilaviy
qimmatli
qog’ozlarni
(f’yuchеrslar,
optsionlar, svop, forvard va
h.k.) paydo bo’lishi evaziga
xеdjirlash.

26.

Moliya bozori asosiy tamoyillari:
barcha
potеntsial
invеstorlar
o’z
mablag’larini
foydali
tarzda
joylashtirishlari uchun ularga tеng shart-sharoitlar yaratib bеrish;
bozorda tuziladigan bitimlarning ixtiyoriyligi;
erkin raqobat yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish;
narxlarni rеal tarkib topadigan talab va taklif asosida bеlgilash;
bozor to’g’risidagi qonun hujjatlariga uning barcha qanashchilari
tomonidan rioya etishi;
birja va birjadan tashqari opеratsiyalar, kotirovkalar, emitеntlarning
moliyaviy holati to’g’risidagi axborot oshkor etilishining shartligi;
o’z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan barcha
invеstorlar va emitеntlar uchun bozordan foydalanish mumkinligi;
moliyaviy instrumеntlar (qimmatli qog’ozlar) va ularning emitеntlariga doir
axboroning to’la oshkor etilishini, oshkoralikni va bu axborotdan barcha
qanashchilar foydalana olishini ta’minlash;
invеstorlar va emitеntlarning manfaatlarini himoya qilish;
bozorda tomlamachilik va boshqa noqonuniy faoliyani ta’qiqlash hamda ta’qib
qilish.

27.

TOPSHIRIQLAR:
1. “Moliya bozori” fanining Moodle tizimidagi andozasi bilan
tanishish
2. Fan bo’yicha adabiyotlarni yig’ish
3. Mavzuni chuqur o’rganish va adabiyotlarni o’qib chiqish
4. Savol-javob uchun puxta tayyorlanish
English     Русский Rules