Similar presentations:
Forex va aksiya bozoridagi ko'p qo'llaniladigan va kerakli atamalar
1.
MAVZU: FOREX VA AKSIYA BOZORIDAGI KO'PQO'LLANILADIGAN VA KERAKLI ATAMALAR
Bilimingizni kuchaytirmoqchimisiz,unda
bizning o’quv kurslarimizga qo’shiling
Tel: +998 90 500 90 07
Telegram:+998 99 753 96 95
2.
Foreksda savdoni boshlashdan oldin treyder qanday qilibkatirovkalarning qanday qilib tasvirlanishi va qanday qilib
hisob kitoblarni olib borish kabi bir nechta asosiy terminlarni
tushunishi lozim.
Pipslar yoki Punktlar
Odatda katirovkalr 5,4,3 va 2 xonali raqamlarda beriladi. Hisoblashda
adashtirimasligi uchun bularni kengroq yoritmoqchimiz.
0.00010 5 xonali katirovka
0.0010 4 xonali katirovka
0.010 3 xonali katirovka
0.10 2 xonali katirovka
Masalan: Agar GBP/USD 1.51542 dan 1.51552 ga o'zgarsa unda o'sha
.00010 USD o'zgarish bir pip (punkt) o'zgarish hisoblanadi.
3.
Buy- Sotib olish ( Bozorda biz ko’tarilayotgan paytda sotib olinadigan payt)Sell- Sotish ( Bozorda biz tushayotgan paytda sotiladigan payt)
Long- Ko’tariladigan jarayon ( Bu Inglizcha uzoq boradigan jarayon ya’ni
ko’tariladigan jarayon)
Short- Tushadigan jarayon ( Bu Ingliz tilida qisqa boradigan jarayon ya’ni
tushadigan jarayon)
Bid- Sotiladigan narx ( Kotirovkalar aynan shu narxda sotadi)
Ask- Sotib oladigan narx ( Kotirovkada sotib oladigan narx, agar biz real narxdan
sotib olaman desak aynan “Ask” narxi ostida bizda pozitsiya ochiladi
Spreed- Real narxdan Bid va Ask beriladigan narxning miqdori (Agarda biz Ask
narx bilan sotib olmoqchi bo’lsak biz har bir valyutalarning alohida alohida sotib
oladigan punkt har xil sanaladi. Masalan biz EURUSD Buy pozitsiyasi
ochmoqchimiz ya’ni sotib olmoqchimiz, real narx 1.4140 agarda biz shu real
narxdan sotib olaman desak bizda 2 punkt yuqoridan pozitsiya ochadi. Bu narx
1.4142 narxda pozitsiya ochadi manashu 2 punkt miqdor Spreed deyiladi.
4.
Chegara narx ( Отложенный ордер, Pending order)- Chegara narxlarko’pgina strategiyalarda juda yaxshi qurol sanaladi.
Yangiliklarda yoki bozorning kuchli o’zgargan paytida tezda biz xoxlagan narxda
pozitsiya avtomatik ravishda ochiladi. Chegara narx aslida pozitsiya ochish emas
balkim eng yaxshi joydan avtomatik ravishda pozitsiya ochish degani. Agarda biz
chegara narx qo’yganimizdan so’ng bizni fikrimiz yoki biz xoxlaganday analizmiz
bo’lmadi yoki biz boshqa bir savdo strategiyani ko’rib qoldik, biz qo’ygan
chegara narxni o’chirishimiz mumkin bunda zara ham foyda ham bermaydi.
Agarda biz chegara narx qo’yganimizdan so’ng narx haqiqatdan ham biz qo’ygan
chegara narxda yetib kelsa va bizda avtomatik ravishda pozitsiya ochilsa unda biz
faqat uni real narx qayerda bo’lsa va bizni pozitsiyamiz foyda yoki zararda bo’lsa
biz faqat shu narxada o’z pozitsiyamizni yopa olamiz. Chegara narxlar 4 xil
sanaladi. “ Buy Limit, Buy Stop, Sell Limit, Sell Stop”
Gap price - gap (bo'shliq) dan keyingi eng birinchi narx katirovkasi. U gapdan
avvalgi katirovkadan bir necha point, bazida esa bir necha yuz point farqlanishi
mumkin.
Obvious error - Aniq xato - mijoz orderining bajarilmasligi, pozitsiyani noto'g'ri
bo'lgan narxlarda ochish yoki yopish yoki brokker tomonidan xato deb
hisoblanuvchi boshqa harakatlarning sodir bo'lishi.
5.
Buy Limit- Real narxdan pasda chegara qo’yish. Agarda biz qo’yganchegarada narx haqiqatdan ham tushsa bizda avtomatik ravishda Buy
pozitsiyasi ochiladi.
Buy Stop- Real narxdan teppaga chegara qo’yish. Agarda biz qo’ygan
chegarada narx haqiqatdan ko’tarilsa bizda avtomatik ravishda Buy pozitsiyasi
ochiladi
Sell Limit- Real narxdan teppaga chegara qo’yish. Agarda biz qo’ygan
chegara narx haqiqatdan ham ko’tarilsa bizda avtomatik ravishda Sell
pozitsiyasi ochiladi
Sell Stop- Real narxdan pasga chegara qo’yish. Agarda biz qo’yagan chegara
narx haqiqatdan ham tushsa bizda avtomatik ravishda Sell pozitsiyasi ochiladi.
Trend- Narxning borishi ( Agarda narx teppaga borsa demak biz Trend
teppaga ketyapti deymiz, pasga borsa trend pasga deymiz)
Tendensiya- Bu so’z trend so’ziga o’xshab ketadi. Lekin bu ibora modellarga
qaratib aytiladi. Trend narxning borishi bo’lsa tendensiya esa Modellarni
bildiradi. Masalan Buqa yo’nalishida trend boryapti, shu yo’nalishni
tendensiya deymiz. Buqa Tendensiyasi yoki Ayiq Tendensiyasi
6.
Take Profit- Pozitsiyamizni avtomatik ravishda foydaga yopish ( Bizpozitsiya ochganimizdan so’ng bizni pozitsiyamiz foydaga borsa biz
ma’lum miqdorda yana shuncha borsa avtomatik yop degan buyruq
beramiz. Biz qo’ygan buyruqda narx kelsa avtomatik ravishda
pozitsiyamizni yopadi.
Stop Lost- Pozitsiyamizni avtomatik ravishda zararga yopish. ( Biz
pozitsiya ochganimizdan so’ng bizni pozitsiyamiz zararga borsa biz
ma’lum miqdorda yana zaraga bormasligi uchun biz bergan narxda kelsa
avtomatik ravishda pozitsiyamizni yopadi.
Swap- Har qasysi davlatning o’zini banklar aro foiz stavkasi mavjud.
Agarda biz qaysi valyuta parasida ishlasak va qanday pozitsiya ochsak
bizni pozitsiyamiz bir kunga qolib ketsa keyingi kun yoki bizga swap
beradi yoki oladi. Bu biz qo’ygan summaga bog’liq bo’ladi. Masalan
hozirgi holatni men misol tariqasida aytaman EUR foiz stavkasi 1.50%
USD esa 0.25% agarda biz EURUSD pozitsiyasida Buy ochsak demak
bizda har kuni 1.25% svop beradi. Agarda biz EURUSD valyutasida Sell
pozitsiyasi ochsak demak bizdan -1.25% oladi har kuni shu tariqada svop
(Swap) ajratiladi.
7.
Yordamchi va buzuvchi chiziq- Maksimumlar va minimumlar orqali chigara va yordamchichiziqlar chiziladi. Agarda tendensiya ayiq yo’nalishi bo’lsa unda 2 ta maksimumni tutashtirib
1 ta minimumga paralel ravishda qo’yiladi va bu maksimumda chizilgan chiziq Buzuvchi
chiziq minimumda paralel ravishda chizgan chiziq yordamchi chiziq sanaladi. Agarda
aksincha Tendensiya Buqa yo’nalishi bo’lsa unda 2 ta minimumni tutashtirib va 1 ta
maksimumda paralel ravishda chiziladi. Minimumda chizilgan chiziq yordamchi chiziq
sanaladi, maksimumda qo’yilgan chiziq esa buzuvchi chiziq sanaladi.
Xedj savdosi- Xedj degan ibora aslida ruscha so’z bo’lib (Хеджирование торговля) ya’ni
qarama qarshi savdo deyiladi. Agarda bizda Buy pozitsiyasi ochilgan bo’lsa bu pozitsiya
zararga ketsa qarama qarshi tomon Sell pozitsiya ochiladi Buy pozitsiyani zararlarni qoplash
uchun. Mana bu savdo jarayonini Xedj savdosi deyiladi.
Margin (Marja)- Bizning balansimizda qancha summa bo’lsa biz ma’lum miqdorini bozorda
ishlatsak, qanchasi qoldiqda qolsa manashu qoldiq summa marja deyiladi. Marja zararda
kamayib boradi foydada esa ko’payib boraveradi.
Margin call (Marjin kol)- Agarda bizda zarar juda ham ko’p bo’lsa bu bizni balansimizdagi
summaga yaqinlashsa bizning balansimizda qizil chiroq yonadi manashuni marjin kol deymiz
bu deganiki hisobing xavfda turibti degani.
Stop Out ( Stop aut)- Agarda bizni pozitsiyamiz juda ko’p zararga ketsa bu balansimizdagi
summagacha agarda zarar borsa unda bizni pozitsiyamiz avtomatik tarzda yopiladi.
8.
Currency (valyuta) - valyuta so'zi lotincha "Currens" so'zidan kelib chiqqanbo'lib, "yugurish" yoki "muomalada" degan ma'noni anglatadi. Pul bu muomalada ishlatiladigan pullar, masalan, banknot va tangalardir. Ba'zi
manbalarda valyutalar bir millatdagi odamlar orasida ishlatiladigan pul tizimi deb
nomlanadi.
Leverage - berilgan bitim hajmiga kerak bo'lgan omonatdagi pul miqdorining
nisbati. Masalan, ko'p brokerlarda 1:50 kabi nisbat sifatida baholanadi, bu sizga $
5000 savdo pozitsiyasini boshqarish uchun depozit uchun $ 100 kerak bo'ladi.
Slippage (sirpanish) - odatda kuchli iqtisodiy yangiliklar yoki prezidentlik
saylovlari bo'lganda, moliya bozoridagi instrumentlar narxlari keskin
harakatlanadi va bu "slippage" sodir bo'lishiga olib keladi. Bu holatda brokerlar
treyderlar tomonidan belgilangan narxlardan farq qiladigan narxda sotishga yoki
sotib olishga majbur bo'lishadi. Bu holat treyderlarga ham foydali yoki zararli
bo'lishi mumkin, ochilgan bitimlariga va qaysi yo'nalishda "slippage" sodir
bo'lganinga qaragan holda.
Lot size (Lot hajmi) - forex broker hisob qaydnomasi uchun minimal savdo
birligi. Lotlarning hajmi odatda standart hisoblar uchun 100000 asosiy valyuta
birligi, Mini hisoblar uchun 10,000 asosiy valyuta birligi va Micro hisoblar uchun
1000 ta asosiy valyuta birliklari.
9.
Margin- bu savdo qilishingiz uchun hisobingizda bo'lishi talab qilinadigan pulmiqdoridir.
Margin treyder asosiy valyutasi, joriy bozor katirovkasi, so'ralayotgan valyuta
miqdori (volume) va treyder hisobining levarage darajasi asosida hisoblanadi.
MT4 savdo terminalida margin daraji ko'rsatiladi.
Margin quyidagicha hisoblanadi : (Joriy Bozor Katirovkasi * Miqdor
(volume))/Levarage = $ Talab qilinadigan Margin
Masalan:
Treyder 1.4177 bozor narxida 0.1 lot (asosiy valyutaning 10,000 tasi) miqdorda
EUR/USD bilan pozitsiya ochmoqchi (yo sotib olmoqchi, yoki sotmoqchi).
Levarage 1:200. Treyderning asosiy valyutasi (hisob raqami) USD. Demak
formulaga ko'ra 0.1 lot pozitsiya ochish uchun
(1.4177 * 10,000)/200 = $70.89 miqdorda mablag' talab qilinadi.
10.
Bear Market ("ayiqlar bozori")- bu atama moliya bozorida pasayishtendensiyasi yoki aksiyalar bahosining pasayish davri bo'lgan savdo munozarasiga
qo'llaniladi.
Bull Market ("buqalar bozori")- umuman bozorda narxlar ko'tarilishining uzoq
davom etgan davriga nisbatan qo'llaniladi.Bu "ayiqlar" bozorining aksi.
Beta - birja narxi va butun bozor harakati o'rtasidagi munosabatni o'lchash. Agar
XYZ aksiyasida 1,5 beta bo'lsa, demak bozorda har 1 ochko uchun XYZ
aktsiyalari 1,5 ballni tashkil qiladi va aksincha.
Dividend - har chorakda yoki yillik asosda aksiyadorlarga yoki ushbu
kompaniyaning aksiyalariga ega bo'lgan shaxslarga to'lanadigan kompaniya
daromadlarining bir qismi. Hamma kompaniyalar dividend to'lamaydilar.
Annual Report (Yillik hisobot)- bu aksiyadorlarni hayratda qoldirmoqchi bo'lgan
kompaniya tomonidan tayyorlangan hisobot. U pul oqimidan tortib boshqaruv
strategiyasigacha kompaniya haqida ko'plab ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
11.
Index (Indeks) - Savdogarlar va portfel menejerlari uchun mos yozuvlarmarkasi sifatida foydalaniladigan ko'rsatkich. 10 foizli daromad yaxshi
ko'rinishi mumkin, ammo agar bozor indeksi 12 foizni qaytargan bo'lsa,
demak siz yaxshi natijalarga erishmadingiz, chunki, indeks fondiga
mablag' kiritib, tez-tez savdo qilmasdan vaqtni tejashingiz mumkin edi.
Bunga Dow Jonesning o'rtacha ko'rsatkichi vaSPY 500 ni misol qilib
keltirish mumkin.
Gep- ingliz tilidan olingan bo'lib, o'zbek tiliga tarjima qilinganda, bu
moliyaviy terminning ma'nosi - bozordagi qoida asosida yuzaga
keladigan, shanba va yakshanba kunlari savdoning yo'qligi yoki muhim
yangiliklarning chiqarilishi bilan bog'liq bo'lgan narxlardagi tafovut
hisoblanadi.
Kvant - bu terminning ma'nosi, investitsion kompaniyalarda savdo
robotlari, algoritmlarni ishlab chiquvchi matematiklar, dasturchilar yoki
fiziklar hisoblanadilar.
12.
Quote (Kotirovka) - birjaning so'nggi savdo narxi haqidagi ma'lumot uning narxinibildiradi. Agar haqiqiy broker savdo maydonchasidan foydalanmasangiz, ba'zan
bu 20 daqiqaga kechiktiriladi.
Rally - bozorning umumiy narxlari yoki aksiyalar narxining tez o'sishi "rally" deb
nomlanadi.
Volatility (O'zgaruvchanlik) - birja yoki umuman fond bozorida narxlarning
o'zgarishi. Kuchli uchuvchan aksiyalar - bu kunlik yuqoriga va pastga harakat
qiladigan va kun bo'yi keng savdo maydonchalariga ega bo'lgan aksiyalar. Bu
odatda ozgina sotiladigan yoki past savdo hajmiga ega bo'lgan aksiyalar bilan teztez uchraydi.
Exotic pairs - ekzotik juftliklarga Meksika pesosi, turk lirasi yoki Chexiya korunasi
kabi eng ko'p sotiladigan valyutalar o'ntaligiga kirmaydigan ekzotik valyutalar
kiradi. Ushbu valyutalar juda o'zgaruvchan bo'lishi mumkinligi sababli, ular ijobiy
tomonga sotilishi kerak.