Similar presentations:
Filologiya yoʻnalishida loyihaga asoslangan taʼlim
1.
Filologiyayoʻnalishida
loyihaga
asoslangan
taʼlim
MENTOR: Jamoliddin Nurmuhammadov
2.
Loyihaga asoslangan ta’lim nima?Loyihaga asoslangan ta’lim - unda ishtirokchilar uzoq vaqt
mobaynida qiziqarli va murakkab savol, muammo yoki
muammoni tekshirish, javob berish, ishlash orqali bilim,
ko‘nikma va malakaga ega bo‘ladilar.
Ta’lim jarayonida loyihalashning quyidagi muhim elementlari
mavjud: bilim, tushuncha va muva aqiyat ko‘nikmalaridir.
Loyihaga asoslangan ta’lim texnologiyasida o‘quvchilar dars
jarayonida tanqidiy fikrlash, muammoni hal qilishni,
hamkorlikda ishlash va o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalariga
ega bo‘lib boradi.
Loyiha asosida o‘qitishning afzalliklaridan biri bu fanlararo
integratsiya bo‘lib, bitta loyihada turli fanlar doirasida bir
nechta yechim bo‘lishi mumkin. O`quvchilar muammolarni
hal qilishda o‘zlarining strategiyalari va yondashuvlarini erkin
tanlaydilar, bu ularning keng dunyoqarashiga ta’sir qiladi.
Yana
bir
muhimlik
rag‘batlantirishidadir.
ijodkorlik
va
tasavvurni
3.
AlbertEynshteyn
4.
Loyiha – bu kompleksfaoliyat bo‘lib, bunda
o‘quvchi:
muammoni mustaqil ravishda aniqlaydi;
uni hal qilish yuzasidan vazifalarni belgilaydi
muammoni hal qilish usullarini rejalashtiradi;
belgilangan maqsadga erishishga olib keladi
faoliyatni amalga oshiradi;
natijani qo‘lga kiritadi va olingan ma’lumotlarn
tahlil qiladi, o‘z ishining sifatini baholaydi.
5.
LOYIHA ISHINI BAJARISHBOSQICHLARI
MAQSADNI
BELGILASH
FAOLIYAT
REJALASHTIRISH
REFLEKSIYA
1. Har qanday loyiha
muayyan
muammoni hal
qilishga qaratilgan
bo‘ladi. O‘quvchi
o‘zining qiziqishiga
asoslanib, hal
qilinishi zarur
bo‘lgan muammoni
topishi kerak.
2.O‘quvchi loyiha
maqsadiga erishish
uchun vazifalarni va
ularni amalga oshirish
muddatini belgilaydi.
3. Loyiha mahsulotini
yaratish va natijaga
erishishga alohida
e’tibor qaratiladi.
Unda rejalashtirish
bosqichida
belgilangan ishlarni
bajarish juda
muhimdir.
4.O‘quvchi maqsadga erishdimi yoki yo‘qmi, uning o‘zi va
bajargan ishi haqida xulosa chiqarishi muhimdir, bu esa
kelgusida samaraliroq ishlashga imkon yaratadi.
6.
Loyiha ishlariganamunalarni ko`rib
chiqamiz…
7.
1. Guruhlarga bo‘lining. Yoshi kattalardan xalqqo‘shiqlari haqida ma’lumotlar yig‘ing va xalq
qo‘shiqlari ijrosini audioshaklda yozib keling.
Yig‘ilgan materiallarni sinfda muhokama qiling.
(6-sinf adabiyot – 67-b.)
2.
Guruhlarda
ishlang.
Alisher
Navoiy
ruboiylaridan birini tanlang. Bu ruboiyning
asosiy g‘oyasini tushunishga yordam beradigan
rasm chizing yoki hikoya tuzing.
(6sinf adabiyot– 59-b.)
3. Tasavvur qiling, hikoya asosida badiiy film
yoki multfilm ishlamoqchisiz. Guruhlarga
bo‘lining.
Quyidagilarnin
g
qaysi biri
loyiha ishi?
1-guruh. Rassomlar. Film uchun dekoratsiyalar
(atrof-muhitni ko‘rsatuvchi rasmlar) chizing.
2-guruh. Libos ustalari. Qahramonlar uchun
kiyimlar chizing.
3-guruh. Bastakorlar. Film uchun musiqa
tanlang yoki bastalang. (6-sinf adabiyot – 106-b)
8.
Oʻquvchida tahliliy va yozmakoʻnikmalarni rivojlantirish uchun
“Book review” strategiyasini tuzish
metodikasi
Kompyuter oʻyinlari va internet tarmogʻi
ommalashgan bir paytda bolalarni kitob
mutolaasi bilan mashgʻul boʻlishlariga
erishish murakkablikni yuzaga keltirmoqda.
Kitobni shunchaki oʻqitishdan to kitobsevar
darajasigacha olib chiqish esa alohida
strategiyalar ishlab chiqishni talab qiladi.
Demografik kogortaga koʻra Z (zed) avlod
(2000-yillardan to oʻrtalaridan 2015yillargacha tugʻilgan avlod) toifasiga
kiruvchi yoshlarning kitobxonlik darajasini
oshirish uchun muntazam yangi metodikalar
ishlab chiqish muhim masalalardan biridir.
Shu sabablarga ko`ra o`quvchilarda “Book
review” strategiyasini o`rgatish orqali badiiy
asar bilan ishlash, uni tahlil qilish va yozma
ko`nikmalarini yanada rivojlantirish mumkin.
9.
Kitob sharhlarini yozish – o`quvchining tahliliy va yozma
koʻnikmalarini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Kitob sharhi orqali badiiy asarning
ommalashuvi, shuningdek,
realizatsiyasi va monetezatsiyasi oson kechadi
Kitob sharhi (Book review)larning asosiy maqsadi oʻquvchini yangi
kitoblar bilan tanishtirish va ularga kitob mazmunining ahamiyati
toʻgʻrisida toʻgʻri qaror qabul qilishga yordam berishdir. Sharhlar har
qanday ishning muvaffaqiyatini belgilaydigan qoʻshimcha maʻlumot
olish imkonini beradi.
Kitob sharhlari odatda kitoblarning aniq tavsifini, ularni baholashni
va tanqidiy mulohazalarni oʻrtaga tashlaydigan muhim qaydlar
hisoblanadi.
10.
KITOB SHARHIREJASI
11.
Kitobsharhidagi
asosiy qismlar
12.
Birinchi qadam: Kitobda nima borligini tavsiflovchi bir nechta jumlalar bilan matn tuzishni boshlang.Bunda kitob mazmunining batafsil tafsilotini berishdan qochish kerak.
Ikkinchi qadam: Kitobdan sizga yoqqan joylarini muhokama qiling
Bu yerda siz kitob mazmuni va gʻoyalar qanday taqdim etilganligi haqidagi his-tuygʻularingiz va fikrlaringizga eʻtibor
qaratishingiz kerak. Bunda Siz bir nechta savollarga javob berishga urinib koʻrishingiz mumkin, masalan, sizning
sevimli qahramoningiz kim edi va nima uchun? Kitobning qaysi qismi sizga qiziqarli boʻldi va nima
uchun? Kitobdagi qahramonlar sizga haqiqiy tuyuldimi? Kitobning qaysi qismlari sizni taxmin qilishga majbur
qildi? va boshq.
Uchinchi qadam: Kitobning sizga yoqmagan oʻrinlarini muhokama qiling.
Bunday holda, nima uchun u sizga ma’qul kelmadi? Qaysi oʻrinda asabiylashdingiz? Baʻzi qahramonlarning xattiharakatlarini tushunish sizga qiyin boʻldimi? Nega?..
Loyihani
amalga
oshirish
qadamlari
Toʻrtinchi qadam: Sharh xulosasini yozing.
Ushbu bosqich koʻrib chiqilayotgan kitob haqidagi fikrlaringizni umumlashtirish orqali sharhni yakunlashni oʻz ichiga
oladi. Bu, shuningdek, kitobni tavsiya qiladigan kitobxon turini aniqlashni oʻz ichiga oladi, masalan, yoshi kattaroq
yoki kichikroq oʻquvchilar. Kitobning asosiy qismida boʻlishi mumkin boʻlgan iqtiboslar va tushuntirishlarning
qisqacha mazmunini taqdim etish juda muhimdir. Kitob tahlili kitob orqali olish mumkin boʻlgan ulkan taassurot
uygʻotuvchi jumla bilan yakunlanishi kerak.
Beshinchi qadam: Kitob reytingini taqdim eting.
Yaxshi sharhlovchi kabi siz kitobga baho berishingiz mumkin, bu ixtiyoriy. Buning uchun 10 ta yulduzcha chizib,
qoʻymoqchi boʻlgan bahoyingizga mos yulduzcha ichini boʻyab chiqing. Bunday yulduzli reytingni kiritish boʻlajak
oʻquvchilarga asar haqida qoʻshimcha maʻlumot beradi. Reyting ixtiyoriy mashq boʻlsa ham, kitob mazmunini
qoʻshimcha tushunish uchun ahamiyatlidir.
13.
Baho berishda umumiy gaplardan qoching. Mukammal kitob sharhiniyozishning bir qismi hukm chiqarishdir. Kitobning qaysi sohaga qoʻshadigan
hissasini nazarda tutgan holda, auditoriyani toʻgʻri tanlang.
Kitobdagi hamma narsani qamrab olmang. Bu boʻlajak kitobxonni sizning
sharhingiz bilan chegaralanib qolishdan asraydi. Sharhingizni kitob mazmuni
argumentlari asosida tuzishga harakat qiling.
Kitobni niyatlaringizga qarab hukm qilishdan saqlaning. Kitobni sizning
fikringizga koʻra yozmaganligi uchun muallifni shunchaki tanqid
qilmang. Boshqacha qilib aytganda, oʻzingizni biron bir anʻananing saqlovchisi
yoki maʻlum bir standartning ijrochisi sifatida tasavvur qilish tuzogʻiga
tushmang. Muxtasar qilib aytganda, harakatlaringizda subyektiv boʻlmang.
Qoʻshimcha
tavsiyalar
Boʻshliqlarni aniqlash va uni tahlil qilish uchun koʻp vaqt
sarflamang. Koʻpincha kitoblarda muayyan boʻshliqlar uchraydi. Masalan,
obrazni tavsiflashda, joyni tasvirlash va hakozo. Bunday hollarda faqatgina
shuboʻshliqni eslatib oʻtish muhim, lekin unga chuqur kirish yaramaydi. Agar
muallif tomonidan yaxshi ishlanmagan deb oʻylashingiz mumkin boʻlgan
boʻlimlar boʻlsa, buni qisqacha bayon qiling.
Kitobdagi koʻplab iqtiboslarni ishlatishdan saqlaning. Yaxshi sharhlovchi
kitobdan koʻp iqtiboslarsiz ham katta natijalar chiqara olishi mumkin.
14.
Badiiy asar qahramonlariga psixologikdiagnoz – temperament qo‘yish
Mashg‘ulotdan
maqsad:
adabiy
laborantlarga
obrazlarning asardagi o‘rni, xatti-harakati va gap-so‘ziga
qarab psixologik baho berishni o‘rgatish.
O‘tkazish shakli:
so‘rovnoma.
Ijtimoiy
tarmoq
orqali
online
Kutiladigan natija: laborant (ya’ni mashg‘ulotdagi
o‘quvchi) asar qahramoniga to‘g‘ri tashxis qo‘ya olishi;
uni hayotiy o‘lchovlar asosida baholay olishi; obrazni “tirik
mavjudot” sifatida tasavvur qilishi kutiladi.
15.
TEMPERAMENTTIPLARI
«Sangviniklar – sho‘x, quvnoq, tirishqoq va ta’sirchan kishilardir. Ular tevarak-atrofga tez
moslashadi. Reaksiyalari yetarlicha kuchli yoki o‘rtamiyona bo‘ladi.
Ular bilimni tez va oson o‘zlashtirsalar-da, hamma vaqt ham puxta egallamaydilar. Muomalada ular
ko‘proq shirinsuxan, quvnoq va gapdon odamlardir. Sangviniklar ishga osongina berilib ketib, jadal
ishlashga qodir bo‘lishadi, lekin muntazam ravishda doimiy mehnat qilishga ancha qiynaladilar. Shu
bilan birga ular tirishqoq va faol
bo‘lishadi, boshqa kishilar bilan osongina til topishadi.
Flegmatiklar – vazmin odamlar. Ular uchun shoshmaslik va bosiqlik o‘ta xos. Bunday odamlar
murakkab hayotiy vaziyatlarda kamharakatchan bo‘lishsa-da, qo‘yilgan maqsadga erishishda ancha
dadil bo‘lishadi. Bilimni sekinroq o‘zlashtirsalar ham, puxta egallashadi. Agar sangvinik alangaga
o‘xshatilsa (u tez yonib, tezda so‘nadi), flegmatik sekin va uzoq yonadigan alangaga o‘xshaydi. Biror
narsaga tez javob qilish kerak bo‘lsa, flegmatiklar vaqtni boy berib qo‘yadilar. Bunday paytlarda
sangvinikning ustunligi sezilib turadi. Qat’iylik, iroda va sabr-toqat talab qilinadigan ishlarda esa
flegmatik ustun keladi.
Xoleriklar – kuchli, chaqqon, jizzaki va harakatchan odamlardir. Ularning o‘ziga xos xususiyati —
jizzakilik va beqarorlik. Xoleriklar juda faol va ishchan bo‘lishadi. Biroq ular bir maromda ishlay
olishmaydi, goh g‘ayrat bilan, goh imillab ishlashadi. Shuning uchun ham ehtiyotkorlik, sabr-toqat va
chidam talab qilinadigan vaziyatlarda xoleriklar qiyin ahvolga tushib qolishadi.
Melanxoliklar — g‘amgin, jur’asiz va ma’yus kishilardir. Salga charchash, biror ishga yetarlicha
jur’at etmaslik, o‘z fikr va istaklarini qondira olmaslik ular uchun juda xos. Melanxoliklar, ko‘pincha,
arzimagan qiyinchiliklarga bardosh bera olmaydilar, ularga qarshi kurashdan voz kechadilar.
Sangviniklar va flegmatiklar esa qiyinchiliklarni oson yengishadi, xoleriklar esa ularni hatto yo‘q qilib
yuboradilar. Melanxoliklarda ijobiy his-tuyg‘ulardan salbiy his-tuyg‘ular ustunlik qiladi. Baxtli
voqealardan ular zavqlana olmaydi, noxush voqealar esa ularni tushkunlikka tushirib qo‘yadi.
Melanxoliklarning tashqi ko‘rinishi doimo tushkunlik va g‘amgin odamni eslatadi. Ular depressiyaga
moyil bo‘lishadi
16.
1-qadam. Asar treyleri uchun ssenariy tuzib olish. Bundaasarning qiziqarli epizodlaridan fragmentlar tanlab olinadi.
2-qadam. Asarga oid illyustratsiyalar yig‘iladi (asarning
kinofilmidan tuzilgan ssenariyga mos fragmentlar ham
maxsus IT dasturlar vositasida kesib tayyorlanishi
mumkin) va saralanadi.
3-qadam. Tuzilgan ssenariy va yig‘ilgan qo‘shimcha
materiallar asosida video suratga olish (yoki turli
elementlarni
birlashtirgan
video
ketma-ketlik)
tashkillashtiriladi. Bunda guruh ichidan rejissor, montajchi,
muharrirlar tanlab olinadi.
4-qadam. Suratga olish (yoki turli elementlarni
birlashtirgan video ketma-ketlik) yakunlangach, video foni
uchun musiqa tanlanadi. Musiqa asardan tanlab olingan
fragmentga mos kelishi va eshitgan odamni o‘ziga jalb
qiladigan bo‘lishi kerak.
5-qadam. Tayyor bo‘lgan treyler navbatdagi mashg‘ulotda
namoyish etiladi va bu haqida ko‘ruvchilarning fikrlari
jamlanadi. Lozim topilsa, treylerga o‘zgartirish kiritiladi.
6-qadam. Treyler ijtimoiy tarmoq va ta’lim platformalari
orqali ochiq e’lon qilinadi.
17.
Tanlanganasar:
Chingiz
Aytmatovnin
g “Oq kema”
qissasi.
Obrazlar:
Bola, Mo‘min
chol,
O‘rozqul.
18.
Natijalarnitayyorlash
19.
ADABIYPODKASTLAR
Podkast bu - yangiliklar, ma`lumotlar,
suhbat yoki munozaralarning onlayn
tinglash
uchun
hostlar
tomonidan
tarqatiladigan
(yoki
translyatsiya
qilinadigan) raqamli audio (yoki video)
yozuv shakli hisoblanadi. Ushbu xizmat
turini 2003-2004-yillarda amerikalik TV va
radio boshlovchisi Adam Karri (Adam
Curry) ilk bor amaliyotga kiritgan va
ommalashtirgan edi.
Podkast
inglizcha “iPod” va “broadcasting”
so‘zlaridan olingan bo‘lib, hamma
joyda eshitish yoki ko‘rish imkonini
beruvchi ovozli yoki video fayllarni
anglatadi.
Podkast,
odatda,
suhbat
va
munozara
shaklida
bo‘ladi.
Podkastning davomiyligi bir necha
daqiqadan bir necha soatgacha
davom etishi mumkin. Bu suhbat
yoki munozara uchun tanlanadigan
mavzu ko‘lamiga bog‘liq.
20.
PODKAST O`TKAZISH VA TAYYORLASH QADAMLARI5-qadam. Tayyor bo‘lgan podkast faylni maktab sayti va
ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaringizga joylashtiring. Eshitib,
munosabat (komment qoldirgan) bildirganlarning fikrlarini
o‘rganib, navbatdagi podkastlarda hisobga oling.
4-qadam. Yozib olingan materialni qayta eshitib, kerakli
o‘rinlarni sayqallang: kesing, shovqindan tozalang, fon
uchun musiqalar tanlang.
3-qadam. Belgilangan kun kelgach, suhbat yoki munozarani
o‘tkazing va jonli efirni yozib oling.
2-qadam. Podkast munozarasi uchun ayrim ishtirokchilarga
muayyan rollar bering: boshlovchi moderator, asar bo‘yicha savolni
muhokamaga qo‘yuvchi jurnalist, yangi savol yoki topshiriqni
belgilovchi
podkaster,
muhokamani
ayni
mavzudan
chetlashmasligini ta’minlovchi navigator, ekspert kabi.
1-qadam. Ijtimoiy tarmoq yoki video platformalar (masalan, Zoom)
orqali podkast kuni va muhokama mavzusi va formatini e’lon qiling.
21.
Adabiy podkastga namunaNomi: Erik Mariya Remark "Gʻarbiy Frontda Oʻzgarish
yoʻq". Podkast.
• Nomi: Rey Bredberi "Farangeyt boʻyicha 451
gradus". Podkast.
22.
O‘quvchining loyiha ishini baholash mezonlariMaqsad va vazifalar:
mustaqil ravishda shakllantirilgan bo‘lsa – 2 ball;
bevosita o‘qituvchi ko‘rsatmasiga asosan
shakllantirilgan bo‘lsa – 1 ball;
umuman shakllantirilmagan bo‘lsa – 0 ball.
Loyihani rejalashtirish:
reja belgilangan vazifalarga muvofiq tuzilgan bo‘lsa – 2
ball;
reja va vazifalar qisman mos kelsa – 1 ball;
reja va vazifalar mos kelmasa – 0 ball.
Ma’lumot bilan ishlash:
ma’lumotlar loyihaning mazmuniga mos kelsa – 2
ball;
qisman mos kelsa – 1 ball;
mavzuga mos kelmasa – 0 ball.
Eslatma!
Taqdimotchining shaxsiy xislatlari va
savollarga javob berishi, taqdimotning
sifati quyidagi talablarga javob bersa,
2 ball qo‘yiladi:
loyiha ishi natijalari to‘liq, aniq va lo‘nda
taqdim etilsa;
dalillarga asoslangan holda savollarga
javob berilsa;
xulq-atvor qoidalari va nutq
madaniyatiga rioya qilinsa.
23.
DIQQATINGIZ UCHUNTASHAKKUR!