6.93M
Category: educationeducation

Loyihaga asoslangan ta’lim

1.

Loyihaga asoslangan ta’lim

2.

BERILGAN SO‘ZLARNI O‘QUVCHI VA
O‘QITUVCHIGA MOS RAVISHDA AJRATING
hamma narsani biladi; bilmaydi;
bilim oladi; bilim beradi;
gapiradi; tinglaydi;
aytilganni bajaradi; boshqaradi;
shartni belgilaydi; shartni qabul qiladi;
mavzu tushuntirilishida passiv; mavzuni tusuntirishda faol;
ta’lim mazmunini tanlaydi; ta’lim mazmuniga moslashadi;
erkin emas; avtoritar;
sub’yekt; ob’yekt.

3.

AN’ANAVIY TA’LIM
O‘qituvchi hamma narsani biladi- o‘quvchi bilmaydi
O‘qituvchi bilim beradi - o‘quvchi tayyor holatda bilim oladi
O‘qituvchi gapiradi– o‘quvchi tinglaydi
O‘qituvchi boshqaradi – o‘quvchi aytilganni bajaradi
O‘qituvchi shart belgilaydi– o‘quvchi shartni qabul qiladi
O‘qituvchi faol – o‘quvchi passiv
O‘qituvchi ta’lim mazmunini tanlaydi– o‘quvchi moslashadi
O‘qituvchi avtoritar – o‘quvchi erkin emas
O‘qituvchi sub’yekt– o‘quvchi ob’yekt

4.

BERILGAN SO‘ZLARNI O‘QUVCHI VA O‘QITUVCHIGA MOS
RAVISHDA AJRATING
o‘z faoliyatini o‘zi belgilaydi; ko‘mak beradi;
yangi bilimlarni kashf etadi; yangi manbalarni tavsiya etadi;
tadqiqot qiladi ; faoliyatni tashkillashtirishga yordam beradi;
xulosa chiqaradi ; kutilayotgan natijani prognoz qiladi;
faol; faollik uchun sharoit yaratadi;
ta’lim sub’yekti; partnyor;
o‘z faoliyati uchun mas’ul ; olingan natijalarni baholashga va
o‘z faoliyatini takomillashtirishga yordam beradi.

5.

LOYIHAGA ASOSLANGAN TA’LIMDA
• O‘quvchi o‘z faoliyatini o‘zi belgilaydi– o‘qituvchi ko‘mak beradi;
• O‘quvchi yangi bilimlarni kashf etadi– o‘qituvchi yangi manbalarni tavsiya
etadi;
• O‘quvchi tadqiqot qiladi – o‘qituvchi faoliyatni tashkillashtirishga yordam
beradi;
• O‘quvchi xulosa chiqaradi – o‘qituvchi kutilayotgan natijani prognoz qiladi;
• O‘quvchi faol – o‘qituvchi faollik uchun sharoit yaratadi;
• O‘quvchi ta’lim sub’yekti– o‘qituvchi partnyor;
• O‘quvchi o‘z faoliyati uchun mas’ul – o‘qituvchi olingan natijalarni baholashga
va o ‘z faoliyatini takomillashtirishga yordam beradi.

6.

Loyiha ishini bajarish bosqichlari
Maqsadni
belgilash
Rejalashtirish
1. Har qanday loyiha muayyan
muammoni hal qilishga
qaratilgan bo‘ladi. O‘quvchi
o‘zining qiziqishiga asoslanib,
hal qilinishi zarur bo‘lgan
muammoni topishi kerak.
2. O‘quvchi loyiha maqsadiga
erishish uchun vazifalarni
va ularni amalga oshirish
muddatini belgilaydi.
3. Loyiha mahsulotini yaratish va
natijaga erishishga alohida
e’tibor qaratiladi. Unda
rejalashtirish bosqichida
belgilangan ishlarni bajarish
juda muhimdir.
4. O‘quvchi maqsadga erishdimi
yoki yo‘qmi, uning o‘zi va
bajargan ishi haqida xulosa
chiqarishi muhimdir, bu esa
kelgusida samaraliroq
ishlashga imkon yaratadi.
Faoliyat
Refleksiya

7.

Loyiha – bu kompleks faoliyat bo‘lib, bunda o‘quvchi:
muammoni mustaqil ravishda aniqlaydi
uni hal qilish yuzasidan vazifalarni belgilaydi
muammoni hal qilish usullarini rejalashtiradi
belgilangan maqsadga erishishga olib keladigan
faoliyatni amalga oshiradi
natijani qo‘lga kiritadi va olingan ma’lumotlarni tahlil
qiladi, o‘z ishining sifatini baholaydi

8.


O‘quvchi tomonidan bajarilgan ushbu ish loyiha
hisoblanadimi?
1
O‘quvchi o‘z sinfdoshlariga muayyan mavzu yuzasidan o‘qituvchi
tavsiya etgan adabiyotdan olgan ma’lumotlarni ma’ruza qilmoqda.
2
O‘quvchi muayyan mavzu yuzasidan bir nechta manbalar (turli
adabiyotlar, internet)dan ma’lumot olib, referat tayyorladi.
3
Javob
Ha / Yo‘q
Ha / Yo‘q
O‘quvchi dunyo xalqlari raqslariga qiziqadi. U o‘nlab raqslarning
videosini
tomosha
uyg‘unlashtirgan
qilgach,
bir
o‘z
raqsini
holda
nechta
o‘ylab
yo‘nalishlarni
topdi.
O‘quvchi
maktabdagi tadbirda ushbu raqsni namoyish qildi va barchani
hayratda qoldirdi.
Ha / Yo‘q

9.

1-savolning javobi: “Yo‘q”.
O‘quvchi loyihani amalga oshirishda ma’lumot
to‘plash uchun bir nechta metodni o‘zi tanlaydi
va qo‘llaydi.

10.

2-savolning javobi: “Yo‘q”.
O‘quvchi referat yozish uchun turli manbalardan
ma’lumot to‘playdi, bunda yangi xulosa va natijaga
erishmaydi. Loyiha ishida esa olingan ma’lumot
asosida biror bir yangilik yaratiladi. Loyiha aniq
ko‘zlangan maqsadga erishish uchun amalga
oshiriladi.

11.

3-savolning javobi: “Yo‘q”.
O‘quvchi juda ko‘p ishni bajargan va muvaffaqiyatga
erishgan bo‘lishiga qaramay, bu ijodiy ishni loyiha
deb atash mumkin emas, chunki uning maqsadi yo‘q.
Loyiha va yakuniy mahsulot har doim biror bir
maqsadni ko‘zlagan holda amalga oshiriladi.

12.

Quyidagilarning qaysi biri loyiha ishi
bo‘la oladi?
1. Fotosintezga ta’sir etuvchi omillarni tadqiq etish.
2. Fotoperiodizm hodisasini o‘rganish.
3. “Barqaror taraqqiyot” tushunchasini sharhlash.
4. Nafas olish organlari kasalliklari.
5. Odam organizmiha shovqinning zararli ta’sirini tadqiq
etish.
6. Amilazning kraxmalga ta’siriga oid tajribani bajarish.

13.

Loyiha ishining afzalliklari
o‘quvchi mustaqil
ravishda ma’lumot izlaydi
muayyan muammoni
mustaqil ravishda hal
qilishni o‘rganadi
o‘z bilimini amalda qanday
qo‘llashni anglaydi
qaysi mavzuni o‘rganishni
o‘zi belgilashi mumkin
muayyan ko‘nikma va
kompetensiyalar rivojlanadi

14.

Loyiha turlari
Loyiha yo‘nalishiga ko‘ra:
ijtimoiy loyiha
ekologik loyiha
individual loyiha
Loyihaning maqsadli vazifasiga ko‘ra:
muammoni hal qilish
innovatsion loyiha
marketing loyihasi

15.

Loyiha turlari
Yo‘nalishiga ko‘ra:
ijtimoiy loyiha
ekologik loyiha
individual loyiha
Loyiha maqsadi:
ijtimoiy muammo va hodisalarni o‘rganish
atrof-muhitni muhofaza qilish
o‘quvchining bilimlari, shaxsiy xislatlarini
rivojlantirish

16.

Loyiha turlari
maqsadli vazifasiga ko‘ra:
muammoni hal qilish
innovatsion loyiha
marketing loyihasi
loyiha maqsadi:
dolzarb muammoni hal qilish;
ilgari mavjud bo‘lmagan yoki muayyan hududda keng
qo‘llanilmaydigan foydali mahsulotni yaratish;
muayyan mavzuga, mahalliy yoki global muammoga
boshqa insonlarning e’tiborini jalb qilish

17.

Berilgan kartochkalarni mos
o‘ringa joylashtiring

18.

Ikkita mezonga asoslangan loyiha mavzulari
Loyiha
turlari
Ijtimoiy
Ekologik
Individual loyiha
Maktabdagi janjallarning
asosiy sababi nimada?
Maktabda chiqindilarni
Tog‘ chang‘i dam olish
saralab yig‘ish ishlarini tashkil zonasiga sayohat
etish
harajatlarini hisoblash
Innovatsion
loyiha
Shahrimizga ko‘chib
kelgan odamlarning
moslashishlari uchun
chora-tadbirlar rejasini
ishlab chiqish
Maktab hududidagi sport
Telefonni quvvatlantirish
maydonchasini yoritish uchun uchun quyosh batareyasi
shamol generatorini yaratish samarali hisoblanadimi?
Marketing
loyihasi
“31-may — xalqaro
tamakisiz kun” (devoriy
gazetalar tanlovi)
Har bir o‘quvchi atrof-muhitni
muhofaza qilishga qanday
hissa qo‘shishi mumkin?
Muammoni
hal qilish
loyihasi
Maktab to‘garagini
ommalashtirishga
qaratilgan chora-tadbirlar

19.

O‘qituvchi va o‘quvchining vazifalari
O‘quvchi
O‘QITUVCHI
• bunday sayohatga ko‘p marta chiqqan;
• yo‘lboshlovchi emas;
• bola bu yo‘lni mustaqil ravishda
bosib o‘tishiga ishonch hosil qilishi kerak.
O‘QUVCHI
• har bir qadamni mustaqil ravishda amalga oshiradi:
• sayohatga qayerga borishni o‘zi hal qiladi (mavzuni tanlaydi);
• marshrutni tuzadi va sumkaga narsalarni joylaydi (loyiha ustida
ishlashni rejalashtiradi), chodir quradi, olov yoqadi va tog‘ga
chiqadi (natijaga erishish uchun faoliyatlarni amalga oshiradi)

20.

O‘qituvchi qanday yo‘l tutgani ma’qul?
ish jarayonida baho
qo‘yadi
kuzatish natijalarini o‘quvchiga
xabar beradi
tayyor holdagi to‘g‘ri
javobni o‘quvchiga
taqdim etadi
yo‘naltiruvchi savollar berish
orqali o‘quvchi tanlagan usul va
yechimning kamchiliklarini
ko‘rishga imkon beradi
tanqid qiladi
sabab-oqibat bog‘lanishlarini
hamkorlikda tahlil qiladi

21.

O‘qituvchi qanday yo‘l tutgani ma’qul?
Bunday qilmang!
Urunib ko‘ring
ish jarayonida baho
qo‘yadi
kuzatish natijalarini o‘quvchiga
xabar beradi
tayyor holdagi to‘g‘ri
javobni o‘quvchiga
taqdim etadi
yo‘naltiruvchi savollar berish
orqali o‘quvchi tanlagan usul va
yechimning kamchiliklarini
ko‘rishga imkon beradi
tanqid qiladi
sabab-oqibat bog‘lanishlarini
hamkorlikda tahlil qiladi

22.

O‘qituvchi va o‘quvchining vazifalari
Loyiha ishida yana kimlar ishtirok etadi va qanday vazifalarni bajaradi?
tashqi ekspert
ichki ekspert
ota-onalar,
o‘qituvchilar,
tengdoshlar

23.

Loyiha ishini bajarishda qo‘llaniladigan metod va usullar
ma’lumot olish metodlari
• kuzatish
• tajriba
• o‘lchash
• taqqoslash
• intervyu;
• tahlil qilish va boshqalar
ma’lumotlarni qayd etish usullari
diagramma, grafik, sxema
jadval
xarita
fotosurat, audio va video materiallar
Model, prototip va boshqalar

24.

Loyiha ishini bajarishda rivojlanadigan ko‘nikmalar
DIRECTOR
tadqiqotchilik
mulohaza
yuritish
ijtimoiykommunikativlik
o‘zini o‘zi
boshqarish

25.

Loyiha mahsuloti
Loyiha mahsuloti (yakuniy mahsulot) – loyihada olingan ma’lumotlar tahlilining amaliy natijasi
kitob/she’r/qo‘shiq/ssenariy;
muammoga e’tiborni
jalb qiluvchi marketing
kampaniyasi
tajriba;
veb-sayt/blog;
kiyim dizayni;
mashq qilish uchun ishlab
chiqilgan dastur
interfaol xarita/
metodik qo‘llanma
bayram tadbiri ssenariysi

26.

Loyiha mavzusi
Men qanday qilib to‘g‘ri
ovqatlanishim mumkin?
Stressning organizmga ta’siri
Men tug‘ilgan jannatmakon hudud
sayyohlar uchun sevimli maskan
Loyiha mahsuloti
reseptlar to‘plami
stress haqida video
interfaol xarita yaratish

27.

O‘quvchining
ish daftari
ishning borishini rejalashtirish
va kuzatish
loyihaga oid muhim ma’lumotlarni
saqlash
ishni davom ettirish uchun
xulosalarni, bajarilgan ish
natijalarini yozib borish
loyihaga oid barcha ma’lumotlarni
bir joyda to‘plash

28.

O‘quvchining ish daftari
chizmalar, hisob-kitoblar
o‘rin olishi mumkin
har bir qaydning sanasi
ko‘rsatilishi kerak
bola daftar dizayni va
uni to‘ldirish usulini o‘zi
tanlaydi

29.

Loyiha yuzasidan hisobot tayyorlash
O‘quvchilarga loyiha ishi taqdimotiga qo‘yilgan
talablarni oldindan, loyiha ustida ish boshlaganda
yetkazish zarur
Hisobotda quyidagilar aks etadi:
loyiha ishining maqsadi;
maqsadga erishish jarayoni (metodlar,
ishni bajarish tartibi);
loyiha mahsuloti va loyiha natijasi;
o‘quvchining xulosasi.

30.

Loyiha mavzusini shakllantirish
Loyiha mavzusi mezonlari
mavzu yuzasidan ma’lumot olish
imkoniyati mavjud bo‘lishi kerak
o‘quvchiga tushunarli bo‘lishi kerak
“O‘quvchi nima maqsadda loyihani amalga
oshirmoqda?” degan savolga javob berishi kerak
muayyan savolga qaratilgan bo‘lishi kerak
mavzu o‘quvchiga qiziqarli bo‘lishi kerak

31.

Loyihaga tayyorgarlik
Muammo
Bu mavzu men uchun nima sababdan qiziqarli va muhim
hisoblanadi?
Maqsad
Men loyihani nima uchun amalga oshirmoqdaman?
Vazifalar
Men maqsadga erishish uchun nima qilishim kerak?
Metod va usullar
Men buni qanday amalga oshiraman?
Men aynan qanday faoliyatni amalga oshirishim zarur?
Mahsulot
Men o‘z loyiham doirasida nimani yarataman?
Natija
Mening loyiham yakunida nima bo‘ladi?
Men oxir-oqibat nimaga erishmoqchiman?
Mening loyiham asoslari

32.

2-bosqich: rejalashtirish
vazifalar:
1-bosqich: loyiha
maqsadini belgilash
Maqsad: kundalik
hayotda energiyadan
oqilona foydalanish
usullariga boshqalarning
e’tiborini jalb qilish
energiya tejashning jamiyat hayotidagi ahamiyatini o‘rganish
energiya tejashni targ‘ib qiluvchi reklama bilan tanishish
kundalik hayotda energiyadan oqilona foydalanish usullarini
aniqlash
tadqiqot o‘tkazish va olingan ma’lumotlarni tahlil qilish
Mahsulot: kundalik
hayotda energiyani
tejash bo‘yicha eslatma
energiyani tejash usullari haqida eslatmani yaratish
bajarilgan ishni qayd etish va loyiha taqdimotini tayyorlash

33.

3-bosqich: faoliyat
O‘quvchi ma’lumotni to‘playdi
Loyiha mahsulotini tayyorlaydi
Bajarilgan loyiha ishiga oid taqdimotni tayyorlaydi

34.

3-bosqich: faoliyat
Kundalik hayotda elektr energiyani tejash
energiya tejovchi
lampochkalardan
foydalaning
gaz plitasi va sovutkich
monitorning kontrastini uydan chiqayotganda
orasida masofani saqlang pasaytiring
barcha elektr jihozlarini
tok manbaidan uzing
derazani butkul
to‘sib qo‘ymang
kunduzi deraza
pardalarini oching
quvvatlantiruvchi
qurilmani tok
manbaida qoldirmang
ko‘p tarifli elektr
hisoblagichni
o‘rnating
ortiqcha suvni ko‘p qaynatmang,
oddiy choynakdan foydalaning
changyutgich
idishini tozalang
konditsionerdan foydalanganda
deraza va eshiklarni yoping

35.

4-bosqich: refleksiya
O‘quvchi quyidagi savollarga javob
berishi lozim
Loyihaning yakuniy natijasi sizga yoqdimi?
Bu loyiha ishining maqsadiga qanchalik mos keladi?
Qanday faoliyat natijasi samarasiz bo‘ldi? Nima uchun?
Agar hammasini qaytadan boshlasangiz, nimani
o‘zgartirgan bo‘lar edingiz? Nima uchun?

36.

O‘quvchining loyiha ishini baholash mezonlari
Maqsad va vazifalar:
mustaqil ravishda shakllantirilgan bo‘lsa – 2 ball;
bevosita o‘qituvchi ko‘rsatmasiga asosan
shakllantirilgan bo‘lsa – 1 ball;
umuman shakllantirilmagan bo‘lsa – 0 ball.
Loyihani rejalashtirish:
reja belgilangan vazifalarga muvofiq
tuzilgan bo‘lsa – 2 ball;
reja va vazifalar qisman mos kelsa – 1 ball;
reja va vazifalar mos kelmasa – 0 ball.
Taqdimotchining
shaxsiy xislatlari va
savollarga javob berishi,
taqdimotning sifati quyidagi talablarga
Ma’lumot bilan ishlash:
ma’lumotlar loyihaning mazmuniga mos
kelsa – 2 ball;
qisman mos kelsa – 1 ball;
mavzuga mos kelmasa – 0 ball.
javob bersa, 2 ball qo‘yiladi:
loyiha ishi natijalari to‘liq, aniq va lo‘nda taqdim etilsa;
dalillarga asoslangan holda savollarga javob berilsa;
xulq-atvor qoidalari va nutq madaniyatiga rioya
qilinsa.

37.

Fermentlar
Guruhda ishlash
O‘qituvchi: “Tasavvur qiling, tengdoshlaringiz fermentlar haqida tushunchaga ega
emaslar. Sizning vazifangiz esa ularni mavzuga qiziqtirish hamda ferment, uning
funksiyasini tushunib olishlarini ta’minlashdan iborat”.
O‘quvchilar ferment va uning funksiyasi haqida taqdimot tayyorlashlari kerak. Ular
taqdimotni “jonli” tajriba (sharhlagan holda) yoki ovozli video ko‘rinishida
tayyorlashlari mumkin.
O‘quvchilar guruhda ishlab, vazifani qanday amalga oshirishni rejalashtiradilar.
Fermentning funksiyasini namoyish etishda katalazadan foydalanish qulay, sababi
u barcha o‘simlik va hayvon hujayralarida uchraydi.

38.

Fermentlar
• Katalaza vodorod peroksidini
parchalaganda kislorod ajralib chiqadi.
Agar hayvon to‘qimasi, masalan, jigardan
foydalanilsa, jiddat bilan kechadigan ajoyib
reaksiyani ko‘rish mumkin.
• Shuningdek, tajribada
kartoshkadan
foydalanish mumkin.
Ishni rejalashtirishda xavfsizlik
choralarini ko‘rish muhim
hisoblanadi.
“Siz qanday xavflardan ogoh
bo‘lishingiz kerak?
Siz bunday xavflarni kamaytirish
uchun qanday yo‘l tutasiz?”

39.

Hujayra modelini yasash
Ushbu loyihani amalga oshirish uchun uch yoki to‘rt kishilik guruhda ishlash
tavsiya etiladi. Hujayra modelini yasashga oid turli fikrlarni muhokama qiling.
Bu qaysi hujayra bo‘ladi: hayvon
hujayrasimi, o‘simlik hujayrasimi
yoki bakteriya hujayrasimi?
Hujayra modelini qanday
yasaysiz?
Buning uchun sizga qanday
jihozlar kerak bo‘ladi?
Agar biror fikr xayolingizga kelmasa, internetdan izlashingiz mumkin. Biroq u
yerda yaxshi takliflarni topsangiz hamki, hujayra modelini o‘z qo‘llaringiz
bilan, o‘z g‘oyalaringiz asosida va o‘ziga xos qilib yasashingiz kerak. Hujayra
modelini yasash jarayonida dastlabki rejaga o‘zgartirishlar kiritishingiz, shu
sababli qo‘shimcha materiallardan foydalanishingiz mumkin. Modelni yasab
bo‘lganingizdan so‘ng uni boshqa guruhlar yasagan modellar bilan
taqqoslang. Bu esa sizga kelgusida ushbu modelni yanada yaxshiroq yasash
uchun yangi g‘oyalar beradi.

40.

Odam ovqat hazm qilish trakti modelini yasash
Odam ovqat hazm qilish sistemasi modelini
yasash uchun guruhda ishlang. Siz topish
oson bo‘lgan har qanday materialdan
foydalanishingiz mumkin. Masalan, turli
o‘lchamdagi karton bo‘laklari, shar va
hokazo.
Tasavvuringizni ishga soling! Avvalo,
guruhingiz bilan modelni qanday yasashni
muhokama qiling. Sizga kerak bo‘ladigan
jihozlar haqida fikr yuriting. To‘plagan
jihozlaringizdan foydalanib model yasang.
Ishni bajarish jarayonida dastlabki rejaga
ayrim o‘zgarishlar kiritishingiz mumkin.

41.

Odam ovqat hazm qilish trakti modelini yasash
Barcha guruhlar modelni yasashni yakunlagach, modellar xonada ko‘rgazma
tarzida joylashtiriladi. Har bir guruhdan bir yoki ikki nafar o‘quvchi guruhi
yasagan model yonida turib ko‘rgazmani aylanib yurgan o‘quvchilarga modelni
tushuntirib berishi lozim. Barcha o‘quvchilar modellarni ko‘zdan kechirishlari
va har bir guruh o‘zi yasagan modelni boshqalarga tushuntirib berishi kerak.

42.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
English     Русский Rules