83.67K
Category: industryindustry

Yiliga quvvati 200 ming tonna sulfat kislota ishlab chiqarishda kuydirish pechini tanlash va hisoblash

1.

NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
KIMYO-METALLURGIYA FAKULTETI
“KIMYOVIY TEXNOLOGIYA” KAFEDRASI
5320400-“KIMYOVIY TEXNOLOGIYA”
(ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
19b-19 KT. GURUH TALABASI
Mirzayokubova Feruza Bahrom qizi
MAVZU: Yiliga quvvati 200 ming tonna sulfat kislota ishlab
chiqarishda kuydirish pechini tanlash va hisoblash.
Bitiruv malakaviy ishi rahbari:Axtamova M.Z.

2.

Sulfat kislota kimyo sanoatining asosiy mahsulotlaridan biri
hisoblanadi. U mineral o‘g‘itlar, turli xildagi mineral tuzlar va kislotalar,
organik mahsulotlar, bo‘yoqlar va boshqalar ishlab chiqarishda keng
miqyosda ishlatiladi. Sulfat kislota ishlatilmaydigan yirik zamonaviy
sanoat korxonalari mavjudligini tasavvur etish qiyin. Sulfat kislotadan
neftni qayta ishlash, metallurgiya, metallarni qayta ishlash, to‘qimachilik,
charm va boshqa sanoatlarda suvsizlantiruvchi va qurituvchi modda
sifatida, neytrallash jarayo- nida, metallarni tozalashda va boshqa bir
qancha maqsadlarda foydalaniladi.

3.

Xozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha sulfat kislotasi ishlab chiqarishning 2 xil usuli
mavjuddir:
1.Nitroza usuli;
2. Kontakt usuli.
Nitroza usuli 2 xil turga:
a) Kamerali tur;
b) Minorali turga bo‘linadi.
Nitroza va kontakt usullarining bir-biridan asosiy farqi asosan SO2 gazini SO3 gaziga
qanday oksidlashga bogliqdir. Nitroza usulida o‘choq gazi tarkibidagi SO2 yuqori
bo‘lmagan xaroratda suyuq fazadan iborat nitrozada absorbsiyalanib, shu vaktning
o‘zida u, ya’ni SO2 oksidlanib, suyuk fazada maxsuliy sulfat kislotasi hosil qiladi

4.

Sulfat kislota ishlab chiqarishda sulfit angidridning kislorod ishtirokidagi
oksidlanishi muhim bosqich hisoblanadi. Bu oksid- lanish jarayoni katalizator
ishtirokida (sulfat kislota ishlab chiqa- rishning kontakt usulida) yoki kislorod
uzatuvchilarni qo‘llash orqali (sulfat kislota ishlab chiqarishning nitroza usulida)
amalga oshiriladi.
Oltingugurt kolchedani tarkibida 53,5% S va 46,5% Fe bo‘lgan temir disulfid —
FeS2 mavjud. Tabiiy oltingugurt kolchedani tarkibida FeS2 dan tashqari mis, rux,
qo‘rg‘oshin, mishyak, nikel, kobalt, selen, vismut, tellur, kadmiy birikmalari,
kalsiy va magniy karbonatlari va sulfatlari, oz miqdorda oltin va kumush kabi
qo‘shimchalar bo‘ladi. Shuning uchun sulfat kislota ishlab chiqarishda
ishlatiladigan kolchedan tarkibidagi oltingugurt miqdori katta chegarada — 30 dan
52% gacha o‘zgarib turadi.

5.

Sulfat kislota eng faol noorganik kislotalardan biri hisoblanadi. U deyarli barcha turdagi
metallar va ularning oksidlari bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi; suvda eritilganda esa juda katta
miqdordagi issiqlik ajraladi; kuchli oksidlovchilik va boshqa muhim kimyoviy xossalarni
namoyon qiladi. Sulfat kislotaning yuqori kimyoviy faolligini uning turli sanoat tarmoqlarida keng
foydala- nilishidan ham bilish mumkin.
Suvsiz sulfat rangsiz moysimon suyuqlik bo‘lib, 10,37°C haroratda kristallanadi. 296,3°C
harorat va 760 mm.sim.ust. bosimida suvsiz sulfat kislota tarkibida 98,3% H2SO4 va 1,7% H2O
bo‘lgan azeotrop aralashma hosil bo‘lguncha parchalanish bilan qaynay boshlaydi. Bunday
azeotrop aralashma 336,5°C da qaynaydi. Sulfat kislota suv va sulfat angidrid bilan har qanday
nisbatda aralashadi. Aralashtirish paytida turli xil kristallanish harorati va boshqa bir qancha
o‘ziga xos xossalarga ega bo‘lgan bir necha birikmalar hosil qiladi

6.

Sulfat kislota olish uchun xomashyo sifatida elementar oltingugurt yoki
tarkibida oltingugurt tutgan va undan elementar oltingugurt yoki sulfit
angidrid olish mumkin bo’lgan moddalar ishlatiladi. Tabiiy oltingugurt
tabiatda nisbatan kam tarqalgan. Oltingugurt tabiatda, ko’pincha, temir, rux,
qo’rg’oshin, mis va boshqa metallar bilan birikma holatida uchraydi. Yer
qobig’idagi oltingugurtning miqdori 0,1% ni tashkil etadi.
Sulfat kislota ishlab chiqarish uchun tarkibida asosan temir disulfid — FeS2
tutgan pirit yoki temir kolchedani keng ko’lamda ishlatiladi

7.

Sulfat kislota Uzbekiston Respublikasining asosan quyidagi
korxonalarida ishlab chiqaradi:
1.Olmaliq tog‘ - kon metallurgiya konbinatida;
2.Olmaliq “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasida;
3.Samarqand kimyo zavodida;
4.Chirchiq “Elektrokimyo sanoati” birlashmasida;
5. Navoiy tog‘ - kon metallurgiya konbinatida va x.k.

8.

1 — flltr; 2 — trubokompressor; 3 — nasadkaii quritish minorasi; 4 — ho'I elektrofiltr; 5 — ho'lfovchi minora; 6 — ikkinchi
nasadkaii yuvish minorasi; 7 —birinchi yuvish minorasi; 8 — ikkinchi nasadkaii monogidratli absarber; 9 — quvuri issiqalmashgich;
10 — kontakt apparati; 11 — oleumii adsorber; 12 — birinchi monogidratli adsorber; I — sovutilgan kislota; II — sovutishga
yuborilgan kislota; III — suyuq H2SO4; IV — sovutilgan suyuq H2SO4 yoki suv; V — sovutilgan oleum yoki monogidrat; VI —
sovutishga yuborilgan oleum.

9.

10.

E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
English     Русский Rules