51.37K
Category: medicinemedicine

Kesarcha kesish

1.

Mavzu:Kesarcha kesish
Shodmonqulov Shohsulton

2.

Tugʻruq – bu tabiiy jarayon boʻlib, ayol
organizmi har tomonlama bu holatga
moslashgandir. Ammo, ayrim
holatlarda tugʻruq jarayoni ayol yoki
homila hayotiga xavf tugʻdirishi
mumkin. Bunday vaziyatlarda tugʻruq
operativ yoʻl bilan amalga oshiriladi
yaʼni – kesarcha kesish amaliyoti
oʻtkaziladi.

3.

Kesarcha kesish amaliyoti rejali yoki shoshilinch oʻtkazilishi mumkin.
Rejali kesarcha kesish amaliyoti homiladorlikni rejalashtirish vaqtida
yoki homiladorlik davom etayotgan vaqtda belgilab qoʻyiladi.
Shoshilinch kesarcha kesish esa tugʻruq vaqtida yoki homila hayotiga
xavf tugʻilganda (homila gipoksiyasi, yoʻldoshning koʻchishi)
belgilanadi va amalga oshiriladi. Kesarcha kesishga koʻrsatmalar nisbiy
va absolyut boʻlishi mumkin. Absolyut koʻrsatmalar hech qanday
shubhalarsiz operatsiya jarayoni oʻtkazilishi va bu shifokor tomonidan
qatʼiy belgilanadi. Kesarcha kesish amaliyoti rejali yoki shoshilinch
oʻtkazilishi mumkin. Rejali kesarcha kesish amaliyoti homiladorlikni
rejalashtirish vaqtida yoki homiladorlik davom etayotgan vaqtda
belgilab qoʻyiladi. Shoshilinch kesarcha kesish esa tugʻruq vaqtida yoki
homila hayotiga xavf tugʻilganda (homila gipoksiyasi, yoʻldoshning
koʻchishi) belgilanadi va amalga oshiriladi. Kesarcha kesishga
koʻrsatmalar nisbiy va absolyut boʻlishi mumkin. Absolyut koʻrsatmalar
hech qanday shubhalarsiz operatsiya jarayoni oʻtkazilishi va bu
shifokor tomonidan qatʼiy belgilanadi.

4.

Homilador ayolda tor chanoq boʻlsa. Ayol
chanogʻining anatomik tor tuzilishi
natijasida tabiiy yoʻl bilan tugʻruq amalga
oshishining imkoni boʻlmaydi. Homilaning
tugʻruq yoʻllaridan oʻtishida qiyinchiliklar
kelib chiqadi. Bu holat homiladorlikni
rejalashtirish vaqtida belgilanadi va ayol,
uning oilasi bundan ogohlantiriladi,
operatsiya jarayoniga ayol oʻzini tayyorlab
borishi tushuntiriladi;

5.

Bachadon yorilish ehtimoli boʻlsa. Bu
koʻrsatma bachadon avvalgi operativ
amaliyot natijasida chandiqlar qolgan
holatda amalga oshiriladi, masalan
avvalgi tugʻruq ham kesarcha kesish
yoʻli bilan amalga oshirilgan boʻlsa
keyingi tugʻruq ham jarroh yoʻli bilan
amalga oshishi kerak, aks holda
bachadonda qolgan chandiq yirtilishi
mumkin.

6.

Yoʻldoshning muddatidan avval
koʻchishi. Yoʻldoshning tugʻruq
jarayoni boshlanishidan avval
koʻchishi homilani kislorod
va ozuqa moddalari
yetishmasligiga sabab boʻladi.
Bunday holat ham kesarcha
kesishga absolyut koʻrsatma
hisoblanadi.

7.

Bunday vaziyatda tabiiy yoʻl bilan tugʻish
imkoniyati ham bor ammo homila yoki ona
uchun xavf tugʻilish ehtimoli boʻladi. Nisbiy
koʻrsatmalarga quyidagilar kiradi:
Onaning koʻrish oʻtkirligida muammolar
boʻlsa (tugʻruq vaqtida kuchanish koʻrish
oʻtkirligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi);
English     Русский Rules