Muhammad Yusuf ( 1954- 2001)
1. Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim, Qumlar bosib, qurimasin daryolarim. Alpomishga alla aytgan momolarim, Ruhini shod etay
Muhammad Yusuf( 1954- 2001)
Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim,
Qumlar bosib, qurimasin daryolarim.
Alpomishga alla aytgan momolarim, Ruhini
shod etay desang, xalq bo’l, elim!
2. Talabalar bilan uchrashuv. Andijon Davlat chet tillar oliygohi.
3. Muhammad Yusuf, Fazliddin Hamroev, Safar Barnoev, Jumaniyoz Jabborov va Sharofat Botirova.
4. Hamkasblar davrasida. Taniqli jurnalist Jabbor Razzoq, Muhammad Yusuf, Nodir Mahmudov.
5. Yurtim, ado bo’lmas armonlaring bor… Yutim,ado bo’lmas armonlaring bor, Toshlarni yig’latgan dostonlaring bor, O’tmishingni
o’ylab og’riydi jonim,Ko’ksing to’la shahid o’g’lonlaring bor.
Bag’rim o’rtar bir oy bahor ayyomlar,
Oy botgan yoqlarga termulib shomlar.
Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar,
Fayzullodek mardi maydonlaring bor…
Yurtim, ko’nglingdek keng osmonlaring bor,
Yulduzni yig’latgan dostonlaring bor.
Osmonlaringda ham diydoringga zor,
Jayrondek termulgan Cho’lponlaring bor.
6. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov Muhammad Yusufga “Xalq Shoiri” unvonini topshirmoqda. 1998 yil
7. Prezident huzuridagi “Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi” rekroti Alisher Azizxo’jaev akademiya bitiruvchisi Muhammad
Yusufga diplom topshirmoqda.8. Ustoz va shogirdlar: Yo’ldosh Sulaymon, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf.
9. Qizlar qo’shig’i.
Qiz yo’q uyda sarin sabo esmaydi,Qiz yo’q uyda janbil-rayhon o’smaydi.
O’g’illarning ota bilan ishi yo’q,
Qiz otasin har qadamda eslaydi.
Ko’zlariga surgay yurgan izingiz,
Qay o’g’ildan kamdir,ayting qizingiz…
Qiz yo’q uyda tonglar erta otmaydi,
Tomda oftob,ayvonda oy yotmaydi.
O’g’il qanday do’st bo’ladi bilmadim,
Qiz do’st bo’lsa – siringizni sotmaydi.
Og’ir kunda javdiratmas ko’zingiz,
Qay o’g’ildan kamdir, ayting qizingiz…
Ayting kimning paymonasi to’lmagan,
Qiz bor – ota yot bag’rida o’lmagan.
O’g’lim yo’q deb o’kinganlar – johillar,
Hatto, payg’ambarning o’g’li bo’lmagan!..
Bilib ayting aytganda har so’zingiz,
Qay o‘g’ildan kamdir,ayting qizingiz?!.