Similar presentations:
9-ma'ruza slayd
1.
9-Ma’ruza: Xalqaro ekologik huquqtushunchasi, mohiyati va prinsiplari
1. Xalqaro ekologik huquq va uning taraqqiyoti.
2. Xalqaro ekologik huquq prinsiplari.
3. Hayvonot va o‘simliklar dunyosi muhofazasi.
4. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro ekologik
hamkorligi.
5. Xalqaro ekologik huquqining nazariy muammolari.
2.
Xalqaro atrof-muhit huquqiatrof-muhit muhofazasi, uning zaxiralaridan unumli
foydalanish borasida xalqaro huquq subyektlari o‘rtasidagi
munosabatlarni tartibga soluvchi xalqaro huquq prinsiplari
va normalari majmuidir.
3.
1972-yilningiyun
oyida
umuminsoniy
miqyosdagi ilk anjuman – Atrof-muhit
muammolari bo‘yicha BMT konferensiyasi
bo‘lib o‘tdi va unda dastlabki muhim hujjat
BMTning Atrof-muhit muammolari bo‘yicha
Stokgolm deklaratsiyasi qabul qilindi.
4.
Keyinchalik xalqaro «yumshoq» huquq hujjatlari rezolyutsiyalar,deklaratsiyalarni qabul qilish yo‘li bilan rivojlandi.
1. BMT Bosh Assambleyasi 1980-yilda «Davlatlarning Yer
tabiatini hozirgi va kelgusi avlod uchun saqlab qolish
uchun tarixiy javobgarligi to‘g‘risida»gi rezolyutsiyasini
qabul qildi.
2.
1982-yilda
Xalqaro
nohukumat
tashkilotlar
kongressi
tomonidan «Tabiat umumjahon xartiyasi» qabul qilindi.
5.
1992-yil Rio-de-Janeyroda davlatlar, xalqarotashkilotlarning
nufuzli
vakillari,
olimlar
ishtirokida bo‘lib o‘tgan Atrof-muhit va
taraqqiyot bo‘yicha BMT konferensiyasi bo‘lib
o‘tdi.
O‘zbekiston Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risida va
biologik
xilma-xillik
haqidagi
ramkali
konvensiyalarning 154 ta ishtirokchisidan
biridir.
6.
Rio deklaratsiyasi (Global sheriklikning yangishakllari negizida atrof-muhit muhofazasi
bo‘yicha xalqaro hamkorlik kelishilgan
prinsiplarining yangilangan majmui), «XXI asr
kun tartibi» nomli deklaratsiya va bir qator
konvensiyalar qabul qilindi.
Ana shu barcha hujjatlarning asosi global
hamkorlik konvensiyasi hisoblanadi.
7.
Xalqaro atrof-muhit huquqi rivojida xalqarotashkilotlar yetakchi o‘rin tutadi. Ayniqsa,
BMTning o‘rni alohida bo‘lib, Bosh Assambleya
bu borada prinsipial rezolyutsiyalar qabul qiladi.
Shuningdek, Iqtisodiy va Ijtimoiy kengash
(EKOSOS) ekologiya masalalari bilan muntazam
shug‘ullanadi.
8.
Shuningdek, BMTning Sanoat taraqqiyotibo‘yicha tashkiloti (YUNIDO), YUNESKO,
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik
(MAGATE), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
(JST), Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti
(FAO) kabi ixtisoslashgan muassasalarining har
biri o‘z sohasi bo‘yicha atrof-muhit muhofazasiga
oid qoidalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
9.
Maxsus xalqaro tashkilot YUNEP yuridik jihatdan1972-yilning dekabrida Bosh Assambleyaning
1972-yilgi Insonni o‘rab turuvchi atrof-muhit
muammolari bo‘yicha BMT konferensiyasi
tavsiyalariga muvofiq tuzilgan yordamchi
organdir. YUNEP doirasida huquqiy masalalar
ishlab chiqiladi, konvensiyalarni tayyorlash
borasida tashabbuskorlik ko‘rsatiladi.
10.
YUNEP vakillari turli muammolar bo‘yichabitimlar ishlab chiqish maqsadida o‘tkaziladigan
ko‘plab
konferensiyalarda
ishtirok
etadi.
YUNEPning rahbariy organi 58 nafar a’zodan
iborat Boshqaruvchilar kengashi bo‘lib, BMT
Bosh Assambleyasi tomonidan to‘rt yil muddatga
saylanadi.
11.
Boshqaruvchilar kengashi zimmasiga quyidagivazifalar yuklatilgan:
1) tashkilot faoliyatiga umumiy rahbarlik va BMT
tizimi doirasida insonni o‘rab turuvchi atrof-muhit
sohasiga taalluqli dasturlarni muvofiqlashtirish;
2) yuzaga keladigan muammolar hukumatlar tomonidan
tegishli tartibda ko‘rib chiqilishiga erishish
maqsadida jahon miqyosida atrofmuhitning holatini
muntazam kuzatib borish;
3) atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro
hamkorlikka ko‘maklashish va hokazo.
12.
1972-yilgi deklaratsiyada o‘z ifodasini topgan xalqaroatrof-muhit huquqining maxsus prinsiplari
quyidagilardan iborat:
1) insonning atrof-muhitga nisbatan munosib va farovon
yashash imkonini beradigan darajadagi huquqi;
2) atrof-muhitni hozirgi va kelgusi avlodlar farovonligi
yo‘lida muhofaza qilish;
3) tabiat zaxiralaridan ekologik jihatdan asoslangan holda
oqilona foydalanish.
13.
Quyidagi bir qator tabiat muhofazasiga qaratilganprinsiplar esa xalqaro huquqning boshqa
tarmoqlaridan o‘rin oladi:
- dengiz muhitini ifloslantirishni taqiqlash;
- atrof-muhitning radioaktiv zaharlanishiga yo‘l
qo‘ymaslik;
- tabiiy muhitga ta’sir etuvchi vositalardan harbiy
maqsadlarda yoki boshqa har qanday dushmanlarcha
foydalanishni taqiqlash.
14.
Dengiz muhiti xalqaro huquqiy muhofazaningdastlabki obyektlaridan biridir. BMTning 1982-yilgi
Dengiz huquqi bo‘yicha konvensiyasida:
- dengizni kemalar ifloslantirishiga barham
berishning umumiy prinsiplari va tabiiy
zaxiralarni qazib olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar;
- Jahon okeanida davlatlarning zaxira qazib olish
faoliyatiga oid shartlar hamda ularning dengiz
muhitini muhofaza etish yuzasidan vakolatlari
belgilangan.
15.
1954-yildagi Dengizni neft bilan ifloslantirishningoldini olish bo‘yicha London konvensiyasi
dengizni neft bilan ifloslantirishga qarshi kurashga
bag‘ishlangan.
1969-yilgi
Ochiq
dengizda
neft
bilan
ifloslantirishga sabab bo‘ladigan avariyalarga
(falokatlarga) aralashish to‘g‘risidagi Bryussel
konvensiyasida qirg‘oqbo‘yi davlatlariga g‘oyat
katta vakolatlar berilgan.
16.
1969-yildagi Neft bilan ifloslantirishdan kelib chiquvchizarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Bryussel
konvensiyasi neft bilan ifloslantirish oqibatida yetkazilgan
ziyonni qoplash masalasiga bag‘ishlangan. Unda kema
egalarining mutlaq, ya’ni aybiga bog‘liq bo‘lmagan
holdagi javobgarligi mustahkamlangan va shu bilan birga,
uning hajmlari yuqori ko‘rsatkichlarda bo‘lsa-da cheklab
qo‘yilgan.
17.
Dengiz muhitini xalqaro huquqiy muhofaza qilishyuzasidan qabul qilingan xalqaro hujjatlar.
1. 1990-yilgi Neft bilan ifloslantirish hollariga tayyorlikni
ta’minlash, u bilan kurash va hamkorlik bo‘yicha konvensiya
2. 1973-yilgi Dengizni kemalar ifloslantirishining oldini olish
bo‘yicha konvensiyada
3. 1972-yildagi Dengizni chiqindilar va boshqa materiallar bilan
ifloslantirishning oldini olish bo‘yicha konvensiya
4. 1976-yilgi O‘rta Yer dengizini ifloslanishdan muhofaza etish
to‘g‘risidagi konvensiya
5. 1992-yilgi Qora dengizni ifloslanishdan muhofaza etish
to‘g‘risidagi konvensiya
18.
1972-yilgi Insonni o‘rab turuvchi atrof-muhitmuammolari
bo‘yicha
Stokgolm
konferensiyasida
ma’qullangan
prinsipga
muvofiq, Yer zaxiralari, shu jumladan, havo, suv,
yer yuzasi, hayvonlar, o‘simliklar hozirgi va
kelgusi avlod manfaatlari uchun jiddiy
rejalashtirish va boshqarish yo‘li bilan muhofaza
etilishi zarur.
19.
1. «Jahon tabiatni saqlash strategiyasi»ning maqsadi o‘zzaxiralarini tartibga solishda hukumatlarga samarali usullarni
taklif etish yo‘li bilan tirik zaxiralarni saqlab qolish natijasida
barqaror rivojlanishga
erishishlariga ko‘maklashishdan
iboratdir.
2. Hayvonot va o‘simlik dunyosiga bag‘ishlangan konvensiyalar
ichida 1972-yilgi Umumjahon madaniyati va tabiat merosini
muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyani
20.
O‘zbekiston borgan sari global ekologik muammolarning tazyiqinihis etmoqda. YUNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda
eng katta hisoblangan Abramov muzligi yer kurrasining isishi
sababli keyingi 30 yilda o‘z hajmining 18 foizini yo‘qotdi.