Similar presentations:
Dam olish vaqti
1.
Dam olish vaqtiREJA:
1. Dam olish vaqti tushunchasi va turlari.
2. Ta’tillar tushunchasi va uning turlari.
3. Mehnat ta’tillari tushunchasi va turlari.
4. Yillik qo‘shimcha ta’tillar.
5. Mehnat ta’tillari muddatini hisoblab
chiqarish tartibi.
2.
Dam olish vaqti xodim mehnat majburiyatlarini bajarishdanozod boʻlgan va oʻz ixtiyoriga koʻra foydalanishi mumkin
boʻlgan vaqtdir.
3.
Dam olish vaqtining turlari quyidagilardan iborat:➢ ish kuni (smena) davomidagi tanaffuslar;
➢ har kungi (smenalar oraligʻidagi) dam olish;
➢ dam olish kunlari (har haftalik uzluksiz dam olish);
➢ ishlanmaydigan bayram kunlari;
➢ har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat taʼtillari;
➢ xodimning istagiga koʻra dam olish kunida yoki ishlanmaydigan
bayram kunida ishlaganlik uchun kompensatsiya sifatida
taqdim etiladigan ishdan boʻsh boʻlgan qoʻshimcha kunlar,
shuningdek qon va uning tarkibiy qismlari topshirilgan har bir
kundan keyin donorlarga beriladigan dam olish kuni.
4.
Xodimga dam olish uchun emas, balki boshqa maqsadlarda beriladigan,xodimni mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etish davrlari dam
olish vaqtiga kirmaydi. Bunday davrlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
➢ mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor
qilinishi toʻgʻrisidagi ogohlantirish muddati davrida xodimga ishga
joylashish uchun beriladigan ishdan boʻsh boʻlinadigan qoʻshimcha
kunlar;
➢ oʻn olti yoshga toʻlguniga qadar nogironligi boʻlgan bolani
tarbiyalayotgan ota-onadan biriga beriladigan ishdan boʻsh
boʻlinadigan qoʻshimcha kunlar;
➢ homilador ayollarga beriladigan ishdan boʻsh boʻlinadigan kunlar;
➢ donorlarning tibbiy tekshiruv kunida hamda qon va uning tarkibiy
qismlari topshiriladigan kunda ishdan ozod etilishi;
5.
➢ ijtimoiy taʼtillar: homiladorlik va tugʻish taʼtillari, bolaniparvarishlash taʼtillari, oʻquv taʼtillari va ijodiy taʼtillar;
➢ xodim tomonidan davlat yoki jamoat majburiyatlari bajariladigan
davrlar;
➢ ish beruvchining va mehnat jamoasining manfaatlarini koʻzlab
majburiyatlar bajariladigan davrlar;
➢ xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlari;
➢ xodimga dam olish uchun emas, balki mehnat toʻgʻrisidagi
qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda
belgilangan oʻzga maqsadlarda beriladigan, xodimni mehnat
majburiyatlarini bajarishdan ozod etishning boshqa davrlari.
6.
MK.204-modda. Dam olish va ovqatlanish uchuntanaffuslar
Ish kuni (smena) davomida xodimga dam olish va ovqatlanish uchun
davomiyligi koʻpi bilan ikki soat va kamida oʻttiz daqiqa boʻlgan, ish
vaqtiga kiritilmaydigan tanaffus berilishi kerak. Ichki mehnat tartibi
qoidalarida yoki mehnat shartnomasida, agar xodim uchun belgilangan
kunlik ishning (smenaning) davomiyligi toʻrt soatdan oshmasa, unga
mazkur tanaffus berilmasligi nazarda tutilishi mumkin.
7.
MK.204-modda. Dam olish va ovqatlanish uchuntanaffuslar
Agar ish kunining (smenaning) davomiyligi sakkiz soatdan oshgan
hollarda xodimlar uchun ish vaqtini jamlab hisobga olish belgilangan
boʻlsa, xodimga dam olish va ovqatlanish uchun ikkita tanaffus
berilishi kerak.
Ishlab chiqarish (ish) sharoitlariga koʻra dam olish va ovqatlanish uchun
tanaffus berish imkoni boʻlmagan ishlarda ish beruvchi xodimga ish
vaqtida dam olish va ovqat yeyish imkoniyatini taʼminlashi shart.
Bunday ishlarning roʻyxati, shuningdek dam olish va ovqat yeyish
uchun joylar ichki mehnat tartib qoidalari bilan belgilanadi.
8.
MK 205-modda. Ish kuni (smena) davomida dam olish vaovqatlanish uchun tanaffusdan tashqari xodimlarga
quyidagi qoʻshimcha tanaffuslar beriladi:
qonunchilikda, sanitariya normalari va qoidalarida yoki mehnat
haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan, texnologiya hamda
ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish yoxud ushbu mehnat faoliyati
turining oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq tanaffuslar;
9.
MK 205-modda. Ish kuni (smena) davomida dam olish vaovqatlanish uchun tanaffusdan tashqari xodimlarga
quyidagi qoʻshimcha tanaffuslar beriladi:
yilning issiq yoki sovuq mavsumida ochiq havoda yoxud
sovitilmaydigan yoki isitilmaydigan yopiq xonalarda ishlaydigan,
shuningdek yuk ortish-tushirish ishlarida band boʻlgan shaxslar uchun
maxsus tanaffuslar. Ish beruvchi isitish, sovitish uchun asbob-uskunalar
bilan jihozlangan va xodimlarning dam olishi uchun yaroqli boʻlgan
xonalarni taʼminlashi shart. Bunday tanaffuslar taqdim etiladigan
ishlarning roʻyxati, harorat koʻrsatkichlari, shuningdek ushbu
tanaffuslarning davriyligi va davomiyligi ish oʻrinlarini mehnat
sharoitlari hamda asbob-uskunalarning jarohatlash xavfi boʻyicha
attestatsiyadan oʻtkazish asosida belgilanadi;
10.
MK 205-modda. Ish kuni (smena) davomida dam olish vaovqatlanish uchun tanaffusdan tashqari xodimlarga
quyidagi qoʻshimcha tanaffuslar beriladi:
bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar.
Ushbu moddaning birinchi qismida sanab oʻtilgan tanaffuslar ish
vaqtiga kiritiladi.
Mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy
hujjatlarda xodimlarga ish kuni davomida ish vaqtiga kiritiladigan yoki
kiritilmaydigan boshqa tanaffuslar berish nazarda tutilishi mumkin.
11.
206-modda. Har kungi (smenalar oraligʻidagi) dam olishningdavomiyligi
Ishning tugashi va uning keyingi kuni (smenada) boshlanishi oʻrtasidagi
har kungi (smenalar oraligʻidagi) dam olish davomiyligi, shu jumladan
dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus oʻn ikki soatdan kam boʻlishi
mumkin emas.
12.
208-modda. Ishlanmaydigan bayram kunlariQuyidagi kunlar ishlanmaydigan bayram kunlaridir:
1-yanvar — Yangi yil;
8-mart — Xotin-qizlar kuni;
21-mart — Navroʻz bayrami;
9-may — Xotira va qadrlash kuni;
1-sentabr — Mustaqillik kuni;
1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni;
8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni;
Roʻza hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.
13.
208-modda. Ishlanmaydigan bayram kunlariDam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelgan taqdirda,
dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga koʻchiriladi. Bunda ishlab
chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab
chiqarish, aholiga har kuni xizmat koʻrsatish, navbatchilik asosida
ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari toʻxtatib
qoʻyish mumkin boʻlmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari
koʻchirilmaydi.
Dam olish kunlaridan va ishlanmaydigan bayram kunlaridan
xodimlarning oqilona foydalanishi maqsadida dam olish kunlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan boshqa
kunlarga koʻchirilishi mumkin.