Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni
REJA:
UMUMIY QOIDALAR
Dorixonalarda giyohvandlik vositalarini saqlash, realizatsiya qilish, berish va hisobga olish
Dorixonalarda giyohvandlik vositalarini saqlash, realizatsiya qilish, berish va hisobga olish
Davolash-profilaktika muassasasida giyohvandlik vositalarini saqlash, berish va hisobga olish
Shifokor tomonidan giyohvandlik vositalari uchun retseptni bemorga yozib berish
Dorixona omborxonalarida giyohvandlik vositalarini saqlash, realizatsiya qilish, berish va hisobga olish
Ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim tashkilotlari va nazorat-tahlil laboratoriyalarida hamda  Farmatsevtika ishlab
764.72K

SSV 3604-sonli buyrug'i

1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH
VAZIRINING BUYRUGʻI
GIYOHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP
MODDALAR VA PREKURSORLARNI SAQLASH,
BERISH, SOTISH, TAQSIMLASH, HISOBGA OLISH
SHARTLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH
HAQIDA

2. REJA:

1
• Giyohvandlik vositalarini saqlash, realizatsiya qilish,
berish va hisobga olish
2
• Psixotrop moddalarni saqlash, realizatsiya qilish,
berish va hisobga olish
3
• Prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish va
hisobga olish
2

3. UMUMIY QOIDALAR

Giyohvandlik vositalari — giyohvandlik vositalari roʻyxatiga kiritilgan va Oʻzbekiston
Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar,
tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan preparatlar va oʻsimliklar;
Psixotrop moddalar — psixotrop moddalar roʻyxatiga kiritilgan va Oʻzbekiston
Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar;
Prekursorlar — prekursorlar roʻyxatiga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida
nazoratga olinadigan, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini va psixotrop
moddalarni tayyorlash uchun foydalaniladigan moddalar.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya
qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29oktabrdagi 472-son “Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixotrop
moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlish tartibini belgilab beruvchi nizomlarni
tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan belgilanadigan yuridik shaxslarning ehtiyoji
doirasida amalga oshiriladi.
3

4. Dorixonalarda giyohvandlik vositalarini saqlash, realizatsiya qilish, berish va hisobga olish

Giyohvandlik vositalari seyflarda saqlanadi. Seyflar yopiq holda boʻlishi kerak.
Masʼul shaxs tomonidan ish vaqti tugagandan soʻng seyflar qulflanishi,
plombalanishi kerak.
Dorixonalardan giyohvandlik vositalarini jismoniy shaxslarga shifokor
retsepti asosida realizatsiya qilish (berish) quyidagi shaxslar tomonidan
amalga oshiriladi:
dorixona mudiri;
farmatsevt (provizor);
dorixona farmatsevti assistenti.
Farmatsevt (provizor) tomonidan tarkibida giyohvandlik vositasi boʻlgan
dorining retsepti boʻyicha quyidagilar aniqlanishi lozim:
tarkibida giyohvandlik vositasi boʻlgan dorini qabul qiluvchi bemorning yoshi;
tarkibida giyohvandlik vositasi boʻlgan dori dozasining toʻgʻri belgilanganligi;
tarkibida giyohvandlik vositasi boʻlgan dori tarkibiy qismlarining mutanosibligi.
4

5. Dorixonalarda giyohvandlik vositalarini saqlash, realizatsiya qilish, berish va hisobga olish

Tarkibida giyohvandlik vositasi boʻlgan dorining retsepti asosida farmatsevt (provizor) tomonidan giyohvandlik vositasi
seyfdagi shtanglas idishdan oʻlchab olinadi va farmatsevt assistentiga beriladi, shundan soʻng shtanglas darhol seyfga olib
qoʻyiladi. Bunda, farmatsevt (provizor) retseptning orqa tomoniga giyohvandlik vositasini farmatsevt assistentiga bergani
haqida imzo qoʻyadi yoki muhr bosishi mumkin. Farmatsevt assistenti tomonidan qabul qilib olingan giyohvandlik vositasi
darhol dori tayyorlash uchun ishlatilishi va tayyorlangan dori vositasi farmatsevt (provizor) tomonidan tekshirib koʻrilishi
kerak.
Tayyorlangan dori vositasi boʻyicha farmatsevt (provizor) va uning assistenti tomonidan mazkur Nizomning 2ilovasida keltirilgan shakldagi jadval toʻldiriladi.
Giyohvandlik vositalari raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan, dorixona mudirining muhri va imzosi bilan tasdiqlangan
hisobga olish kitobida mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq hisobda turishi kerak.
Masʼul shaxs tomonidan har oyning uchinchi sanasiga qadar oldingi oyda dorixonada boʻlgan giyohvandlik vositalari
inventarizatsiyadan oʻtkaziladi va inventarizatsiya natijalari mazkur Nizomning 4-ilovasidagi shakl boʻyicha rasmiylashtiriladi.
Dorixonaning giyohvandlik vositalari saqlanadigan xonada giyohvandlik vositalari boʻyicha berilgan retseptlar besh yil
davomida muhrlangan holda saqlanadi.
Bunda, masʼul shaxslar tomonidan saqlash muddati tugagan retseptlar yoqib yuborish yoʻli bilan yoʻq qilinib, mazkur
Nizomning 6-ilovasidagi shaklda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Giyohvandlik vositalari Oʻzbekiston Respublikasining tegishli maʼmuriy-hududiy birligidagi dorixonadan mazkur
maʼmuriy-hududiy birlikda joylashgan davolash-profilaktika muassasasining retsepti asosida realizatsiya qilinadi (beriladi).
5

6. Davolash-profilaktika muassasasida giyohvandlik vositalarini saqlash, berish va hisobga olish

Navbatchi tibbiyot xodimi tomonidan giyohvandlik vositalari seyfda saqlanishi, ushbu seyf polga (devorga) qotirilgan boʻlishi kerak.
Bunda, giyohvandlik vositalari zaxirasi bir kunlik ehtiyojdan oshmasligi kerak.
Giyohvandlik vositalari saqlanadigan seyfda ularning bir martalik va bir kunlik dozasi koʻrsatilgan jadvallar hamda ulardan
zaharlanish holatlarida unga qarshi ishlatiladigan moddalar jadvali boʻlishi kerak.
Giyohvandlik vositalarining bemor tomonidan qabul qilinishi shifokor yoki hamshira ishtirokida amalga oshiriladi.
Dorixonalar tomonidan davolash-profilaktika muassasalariga beriladigan giyohvandlik vositalarining signatura yoki yorligʻida
aniq va yaqqol koʻrinuvchi belgilar (“Ichish uchun”, “Sirtqi”, “Inyeksiya uchun”, “Koʻz tomchilari” va boshqalar) boʻlishi kerak.
Davolash-profilaktika muassasasining dorixonasida giyohvandlik vositalari zaxirasi bir oylik ehtiyojdan oshmasligi, boʻlimlarida esa
uch kunlik ehtiyojdan oshmasligi kerak.
Davolash-profilaktika muassasasining qabulxonasida kechki vaqtlarda tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun giyohvandlik
vositalarining zaxirasi besh kunlik ehtiyojdan oshmasligi kerak.
Davolash-profilaktika muassasasida rahbar buyrugʻi bilan doimiy faoliyat yuritadigan komissiya (bundan buyon matnda komissiya
deb yuritiladi) tuziladi.
Bunda, ushbu komissiya davolash-profilaktika muassasasi rahbari, davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosar, dorixona mudiri, bosh
yoki katta hamshira va boʻlim boshligʻi orasidan besh kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Komissiya har chorakda bir marta shifokorlarning giyohvandlik vositasi boʻyicha tavsiyasi toʻgʻri ekanligini, giyohvandlik
vositalari va retsept blankalarining seyfda saqlanishini, uning soni hisobini olib boriladigan kitobidagi maʼlumotga mos kelishini
tekshiradi va sarfini nazorat qiladi.
6

7. Shifokor tomonidan giyohvandlik vositalari uchun retseptni bemorga yozib berish

Shifokor tomonidan giyohvandlik vositalari bilan bemorni davolashda
davolash-profilaktika muassasasining shtampi va yumaloq muhri hamda uning
imzosi va shaxsiy muhri qoʻyilgan retsept blankalari rasmiylashtiriladi. Bir dona
retsept blankasida shifokor tomonidan faqat bitta nomdagi giyohvandlik vositasi
miqdori yetti kunlik ehtiyojdan oshirilmagan holda yozilishi kerak.
Davolash-profilaktika muassasasi rahbarining yoki uning oʻrinbosari
koʻrsatmasi asosida shifokor tomonidan ambulator sharoitda davolanuvchi bemor
uchun giyohvandlik vositalarini oladigan dorixonaga ushbu Nizomning 11ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha biriktiruvchi talon rasmiylashtiriladi.
Bunda, talon quyidagi holatlarda rasmiylashtiriladi:
birinchi marotaba bemorga giyohvandlik vositasi uchun retsept yozilganda;
retseptdagi giyohvandlik vositasi boshqa giyohvandlik vositasiga
oʻzgartirilganda yoki retseptda yozilgan kunlik qabul qilish miqdori oʻzgartirilganda;
bemorlarni davolash uchun yoziladigan bir retseptdagi giyohvandlik
vositalarining miqdori ikki marta oshirilganda.
7

8. Dorixona omborxonalarida giyohvandlik vositalarini saqlash, realizatsiya qilish, berish va hisobga olish

Dorixona
omborxonalarida
giyohvandlik
vositalari
qulflanadigan,
plombalanadigan xona va seyf yoki metall javonlarda saqlanadi. Giyohvandlik
vositalari saqlanadigan xonaga dorixona omborxonasi rahbari buyrugʻi bilan
tayinlangan, bevosita ular bilan ishlash huquqi berilgan shaxslarga kirishga yoʻl
qoʻyiladi.
Masʼul shaxs kukun holatdagi giyohvandlik vositalari dorixona omborxonasidan
faqat muhrlangan holda realizatsiya qilinadi (beriladi).
Dorixona omborxonalarida giyohvandlik vositalarining realizatsiya qilinishi
(berilishi) davolash-profilaktika muassasasi rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan
imzolangan va muhr bosilgan talabnoma asosida amalga oshiriladi.
Giyohvandlik vositalari uchun yoziladigan talabnomalar boshqa dori
vositalariga yoziladigan talabnomalardan alohida yozilishi, miqdorlar soʻz bilan
yozilgan holda koʻrsatilishi kerak.
Dorixona omborxonasida giyohvandlik vositalarining kirimi va chiqimiga
taalluqli boʻlgan barcha hujjatlar masʼul shaxsda saqlanadi.
Bunda, ushbu hujjatlarning saqlanish muddati 5 yil.
8

9. Ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim tashkilotlari va nazorat-tahlil laboratoriyalarida hamda  Farmatsevtika ishlab

Ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim tashkilotlari va nazorat-tahlil
laboratoriyalarida hamda Farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarida
giyohvandlik vositalarini saqlash, berish va hisobga olish
Ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim tashkilotlari va
nazorat-tahlil laboratoriyalarida giyohvandlik
vositalari alohida jihozlangan xonalarda
saqlanadi, bunda giyohvandlik vositalari
yopiq, plombalangan seyflarda saqlanadi.
Ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim tashkilotlari va
nazorat-tahlil laboratoriyalariga tahlil uchun
giyohvandlik
vositalari
farmatsevtika
tashkilotlaridan uch marotaba tahlil qilishga
yetadigan miqdorda kelib tushishi kerak.
Yaroqlilik muddati tugaganda giyohvandlik
vositalari yoʻq qilinadi.
Kundalik
ishlash
uchun
zarur
boʻlgan
giyohvandlik vositalari tahlil oʻtkazuvchining
soʻrovi asosida faqat laboratoriya mudirining
yoki kafedra mudirining yozma ruxsati bilan
beriladi.
Farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarida (bundan
buyon matnda korxona deb yuritiladi) giyohvandlik
vositalari qulflanadigan, plombalanadigan, alohida
jihozlangan xonalarda joylashgan seyf yoki metall
javonlarda saqlanadi.
Giyohvandlik vositalarining saqlanishiga korxona
rahbari yoki masʼul shaxs javobgardir.
Giyohvandlik
vositalari
realizatsiya
qilinganda
(berilganda) korxona rahbari yoki masʼul shaxs
giyohvandlik vositasining miqdorini ilova qilingan
hujjatlarga mos kelishini shaxsan oʻzi tekshirib
koʻrishi shart.
Giyohvandlik vositalari omborxona va boʻlimlarda hisobi
sahifalari raqamlangan, ip bilan tikilgan, korxona
rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan
daftarda olib boriladi.
9
English     Русский Rules