267.45K
Category: pedagogypedagogy

Mirzokirova (1)

1.

Autizmli bolalarning maktab
tayyorgarligini rivojlantirishdagi
muammolar
Mirzokirova Shoxida

2.

Autizmli bolalarning maktab tayyorgarligi va
moslashuvi jarayoni nafaqat bolaning o'ziga, balki butun
oila va ta lim tizimiga katta mas'uliyat yuklaydi.
Muammolar ikki yo'nalishda namoyon bo'ladi: bolaning
individual xususiyatlaridan kelib chigadigan qyinchillklar
va ta lim tizimining nomukammalligi.

3.

Muloqot va ijtimoiy integratsiya muammolari:
Autizmli bolalar uchun eng katta to'siqlardan biri
bu muloqotdir. Ular nutqni rivojlantirishda
orqada qolishi yoki nutqni faqat ma'lum maqsadda
ishlatishi mumkin. Bu esa tengdoshlari bilan o'yin
qurish va birgalikda faoliyat olib borishni
qiyinlashtiradi. O'qituvchilar esa ko'pincha bunday
bolalarni "boshqarib bo'lmaydigan" deb hisoblab,
ularga nisbatan noto'g'ri munosabatda bo'lishadi.

4.

Xulq-atvor va muhitga moslashishdagi qiyinchiliklar:
Autizmli bolalar o'zgarishlarni juda qiyin
qabul qiladi. Maktabning notanish muhiti, qo'ng'iroq
ovozi, sinfdagi shovqin ular uchun kuchli stress manbai
bo'lishi mumkin. Bu stress o'z navbatdagi xulq-atvor
muammolariga (qichqiriq, o'zini-o'zi urish,
qochish) olib keladi. Afsuski, ko'plab
maktablarda bu muammoni hal qilish uchun maxsus
xonalar yoki jismoniy jazolash usullari qo'llaniladi, bu
esa vaziyatni yanada og'irlashtiradi

5.

Bola bilan ishlash strategiyalari:
• Individual ta'lim rejasi: Har bir bolaning o'ziga xos ehtiyojlari va
qobiliyatlarini moslashtirilgan dastur
tuzish zarur. Bu reja bola nima qila olmayotganiga emas, balki uning
kuchli tomonlariga tayanishi kerak .
• Vizual qo'llab-quvvatlash: Autizmli bolalar ko'pincha vizual ma'lumotni
yaxshiroq qabul diladi. Kun tartibi rasmlari, vizual ko'rsatmalar va jadvallar
bolaning xavotirini kamaytiradi.
• Sensor yuklamani boshqarish: Sinfda tinch burchak yaratish,
quloqchinlardan foydalanishga ruxsat berish, harakat uchun pauzalar
tashkil etish bolaning o'zini yaxshi his qilishiga yordam beradi.

6.

• Qiziqishlardan foydalanish: Bolaning
sevimli mashg'uloti yoki qiziqishini
(masalan, poyezdlar, mashinalar)
o'quv materialiga integratsiya qilish
orqali uni o'qishga jalb qilish mumkin

7.

Maktab dasturlari va muhiti "har qanday
bola tayyor bo'lishi kerak" degan qarashdan
"maktab har qanday bolaga tayyor bo'lishi
kerak" degan qarashga o'tishi lozim. Bu sinf
xonalarini turli ehtiyojlarga moslab
loyihalashni kerak.Ota-onalarni
qo'llab-quvvatlash va ularni pedagogik
jarayonning faol ishtirokchisiga aylantirish
muhim. Ota-onalar uyda bolaga qanday
yordam berishni bilishi kerak

8.

Autizmli bolalarning maktab tayyorgarligi
kompleks yondashuvni talab qiladi. Bola
rivojlanishini qo'llab-quvvatlash bilan bir
qatorda, maktablar va butun ta'lim tizimi ham
o'zgarishi kerak. Asosiy maqsad bolani
"tuzatish" emas, balki uning o'ziga xosligini
qabul qilgan holda, uning muva aqiyatli
bo'lishi uchun sharoit yaratish kerak.

9.

E’tiboringiz uchun rahmat
English     Русский Rules