156.10K

4-mavzu (2)

1.

MAVZU: Korporativ darajadagi strategiya . Xalqaro
strategiya
REJA:
1.Biznes darajasidagi strategiyaning mohiyati va ahamiyati.
Strategiyaning korporativ va funksional darajalaridan farqi.
2.Srategiyalarining asosiy turlari: xarajatlar bo‘yicha
yetakchilik, differensiallashuv va fokuslash strategiyalari.
3.Korporativ darajadagi strategiyaning mazmuni va
mohiyati. Strategik boshqaruvning yuqori darajasida qaror
qabul qilish jarayoni.
4.Global raqobat sharoitida korporativ strategiyaning
ustunliklari va xavflari.

2.

Biznes darajasidagi strategiya — bu korxonaning ma'lum bir
mahsulot yoki xizmat bo‘yicha bozorda qanday
raqobatlashishi, qanday ustunlik yaratishi va o‘z segmentida
muvaffaqiyatga erishishini belgilovchi strategiyadir.
U quyidagi savollarga javob beradi:
“Bu bozorda qanday qilib raqobatni yutamiz?”
“Qanday qiymat taklif qilamiz?”
“Qaysi mijozlarga xizmat qilamiz?”
“Raqobatchilardan qanday farq qilamiz?”
Asosiy e’tibor:
-raqobat ustunligini shakllantirish,
-xarajatlarni kamaytirish yoki farqlanish orqali o‘z pozitsiyasini
mustahkamlash,
-bozorda o‘z ulushini oshirishga qaratilgan.

3.

2. Biznes strategiyasining ahamiyati
Biznes darajasidagi strategiya korxona faoliyati samaradorligiga bevosita ta’sir
qiladi. Uning asosiy ahamiyatlari:
Raqobatda ustunlik yaratadi
Kompaniya xarajatlar bo‘yicha yetakchi bo‘lishni, differensiyatsiya yoki fokuslash
strategiyasini tanlab, bozorda o‘z mavqeini mustahkamlaydi.
Bozorni to‘g‘ri tanlashga yordam beradi
Maqsadli segmentlar, mijozlar guruhi va ularga taklif etiladigan qiymat aniq
belgilanadi.
Resurslarni samarali taqsimlaydi
Moliyaviy, insoniy va texnologik resurslar eng muhim yo‘nalishlarga yo‘naltiriladi.
Daromad va rentabellikni oshiradi
To‘g‘ri tanlangan strategiya korxonaning barqaror o‘sishiga, foydalilikning
ortishiga zamin yaratadi.
Tez o‘zgaruvchan muhitga moslashishga imkon beradi
Raqobat muhiti, texnologiyalar yoki iste’molchi talablari o‘zgarganda, biznes
strategiyasi kompaniyaga moslashuvchan bo‘lishga yordam beradi.

4.

3. Biznes strategiyasining korporativ strategiyadan farqi
Korporativ strategiya
Biznes strategiyasi
Nima haqida?
Kompaniyaning umumiy
yo‘nalishi: qaysi sohalarda
ishlashi
Aniq bir sohada
raqobatlashish
Savol
“Biz qaysi bizneslarda
bo‘lishimiz kerak?”
“Bu biznesda qanday
yutamiz?”
Daraja
Eng yuqori (tashkilot bo‘ylab)
O‘rta daraja (alohida
bo‘limlar, biznes birliklar)
Qamrov
Portfel boshqaruvi,
diversifikatsiya, bo‘limlar
o‘rtasidagi sinergiya
Bozor segmenti,
pozitsiyalash, raqobat
strategiyasi
Mas’ullar
Direktorlar kengashi, topmenejment
Biznes bo‘limi rahbarlari
Asos

5.

1. Xarajatlar bo‘yicha yetakchilik strategiyasi
Kompaniya mahsulot yoki xizmatni raqobatchilarga nisbatan eng past xarajat bilan ishlab chiqarishga intiladi.
Maqsad — bozorda eng arzon narxlarni taklif qilish yoki o‘rtacha narxda yuqori foyda ko‘rish.
Asosiy xususiyatlar
Katta miqyosda ishlab chiqarish (mass production)
Arzon xomashyo va resurslardan foydalanish
Samarali logistika va ishlab chiqarish jarayonlari
Unifikatsiyalangan, standartlashtirilgan mahsulot
Xarajatlarni qat’iy nazorat qilish
Afzalliklari
Narx orqali raqobatchilarni ortda qoldirish
Katta bozor ulushiga ega bo‘lish
Past narxga sezgir mijozlarni jalb qilish
Kamchiliklari
Sifat pastlash xavfi
Raqobatchilar ham xarajatni pasaytirsa, ustunlik yo‘qolishi
Yangi texnologiyalar mavjud tizimni eskirtirishi

6.

2. Differensiallashuv strategiyasi
Mazmuni
Kompaniya bozorda o‘ziga xos mahsulot yoki xizmat taklif qiladi: sifat, dizayn,
texnologiya, brend obro‘si, xizmat ko‘rsatish darajasi bo‘yicha farqlanadi. Maqsad —
mijozlar ko‘proq to‘lashga tayyor bo‘lgan noyob qiymat yaratish.
Asosiy xususiyatlar
•Yuqori sifat yoki innovatsiya
•Kuchli brend yaratish
•O‘ziga xos dizayn yoki funksionallik
•Mijozlar ehtiyojiga moslashtirilgan xizmat
Afzalliklari
•Narxni yuqoriroq qo‘yish imkoniyati
•Mijoz sodiqligi kuchli
•Raqobatchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri narx raqobatiga kirilmaydi
Kamchiliklari
•Tadqiqot va rivojlantirish xarajatlari yuqori
•Noyoblikni raqobatchilar oson ko‘chirishi mumkin
•Narxi yuqori bo‘lganligi sababli hamma segment uchun mos emas

7.

3. Fokuslash strategiyasi (Focus / Niche Strategy)
Mazmuni
Kompaniya keng bozorni emas, balki tor segmentni yoki ma’lum bir mijoz guruhini tanlaydi. Tanlangan segmentda
xarajatlar bo‘yicha yetakchilik yoki differensiallashuv qo‘llanadi.
Fokuslashning ikki ko‘rinishi:
1.Xarajatlar bo‘yicha fokuslash
– muayyan bozor ichida eng arzon variant bo‘lish.
2.Differensial fokuslash
– nisht (niche) segment uchun maxsus, noyob mahsulot yaratish.
Asosiy xususiyatlar
•Muayyan hudud, mijoz guruhi yoki maxsus ehtiyojga qaratilgan
•Bozor chuqur o‘rganiladi
•Kam raqobatchi
•Mahsulot yuqori darajada moslashtirilgan bo‘ladi
Afzalliklari
•Segment ehtiyojlarini chuqur qondirish
•Katta firmalar bu segmentga qiziqmasligi tufayli kam raqobat
•Mijozlar sodiqligi kuchli
Kamchiliklari
•Segment juda kichik bo‘lishi mumkin
•Tashqi muhit o‘zgarishlariga sezgir
•Katta kompaniyalar segmentga kirsa, kichik firma raqobatlasha olmaydi

8.

Xalqaro strategiya – bu korxonaning xorijiy bozorlar
sharoitida uzoq muddatli raqobat ustunligini shakllantirish,
resurslardan samarali foydalanish va bozordagi mavqeini
mustahkamlashga qaratilgan boshqaruv qarorlari tizimi.
Xalqaro strategiya korxona faoliyatining barcha asosiy
funksional yo‘nalishlarida – marketing, ishlab chiqarish,
moliya,
innovatsiya,
shakllantiradi.
logistika

global
qarashni

9.

U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
qaysi
mamlakatlar
bozoriga
kirish
strategiyasi;
global
raqobatbardos
hlikni oshirish
mexanizmlari.
mahsulotni
moslashtirish
yoki global
standart orqali
ishlab
chiqarish;
investitsiyalar
, risklar va
resurslarni
transmilliy
boshqarish;
narx, taqsimot
va
kommunikatsi
ya siyosatini
xalqaro
darajada

10.

Xalqaro strategiya quyidagi to‘rt turga bo‘linadi
Global strategiya- korxonaning butun dunyo bo‘ylab yagona,
standartlashtirilgan mahsulot, marketing, ishlab chiqarish va boshqaruv siyosatini
yuritish orqali xarajatlarni minimallashtirish va global raqobat ustunligiga
erishishga qaratilgan strategiyasidir.
Global strategiyaning asosiy xususiyatlari
-
Mahsulotning standartlashtirilishi(Barcha mamlakatlarda mahsulot deyarli
o‘zgarmaydi, dizayn, qadoqlash, asosiy funksiyalar bir xil)
-
Markazlashtirilgan boshqaruv(Filiallarning mustaqilligi past bo‘ladi)
-
Xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan(Yagona ishlab chiqarish liniyalari,
Ommaviy ishlab chiqarish
-
Brendning global bir xilda yuritilishi(Yagona logotip, reklama kontsepti, brend
xabari)

11.

Kompaniyalar
Coca-Cola
Butun dunyoda bir
xil ta’m va
qadoqlash,
Reklamalar global
kontseptga
asoslangan
Nike
Standartlashtirilgan
mahsulotlar, Global
brend imiji
Intel
Mikrochiplar dunyo
bo‘ylab bir xil texnik
standartda
Apple
Dizayn va mahsulot
funksiyalari bir xil,
Global marketing va
ishlab chiqarish
tizimi

12.

Global strategiya qo’llanilishi
Mahsulot
universalligi yuqori
bo‘lsa (telefon,
avtomobil,
elektronika)
Texnologiya tez
o‘zgaradigan
sohalarda (IT,
elektronika)
Mahalliy
bozorlardagi farqlar
minimallashgan
bo‘lsa
Xarajatlarni
kamaytirish global
miqyosda turtki
bo‘lsa

13.

Multidomestic (ko‘p mahalliy) strategiya
- bu korxonaning har bir mamlakat bozoridagi iste’molchilarning mahalliy
ehtiyojlari, madaniyati va talabiga moslashgan holda maxsus mahsulot, narx,
reklama va taqsimot siyosatini yuritishga asoslangan xalqaro strategiya.
Multidomestic strategiyaning asosiy xususiyatlari
Mahalliy moslashuv ustuvor
- Mahsulot dizayni, ta’mi, funksiyalari mamlakatga qarab o‘zgartiriladi.
-
Reklama matni va brending ham mahalliy madaniyatga moslashtiriladi.
Desentralizatsiyalashgan boshqaruv
-Qarorlar markazdan emas, mahalliy menejerlar tomonidan qabul qilinadi.

14.

Bozor segmentatsiyasi chuqur
Har bir mamlakat uchun alohida iste’molchi
segmentlari aniqlanadi.
Mahalliy raqobatchilar bilan to‘g‘ridanto‘g‘ri kurash
Har bir bozor o‘ziga xos sharoitga ega
bo‘lgani uchun raqobat strategiyasi ham
farqlanadi.

15.

Multidomestic strategiyani qo‘llaydigan kompaniyalar
Nestlé
Har bir mamlakatda ta’m varianti farq qiladi.
Hindistonda achchiqroq, Yaponiyada yengil, Yaqin Sharqda
shirinroq mahsulotlar.
McDonald’s
Hindistonda mol go‘shti yo‘q, o‘rniga sabzavotli burgerlar.
Yaponiya: shrimp burger
O‘zbekiston: lavash, mahalliy xususiyatdagi menyu

16.

Transmilliy strategiya — bu global integratsiya va mahalliy moslashuvni
birgalikda ta’minlaydigan xalqaro biznes modeli bo‘lib, unda kompaniya bir
vaqtning o‘zida:
-
global
miqyosda
samaradorlikka
erishadi
(xarajatlarni
minimallashtiradi),
- har bir mamlakat bozoriga moslashadi (talab va madaniy farqlarni
hisobga oladi).

17.

Transmilliy strategiyaning asosiy xususiyatlari
Global integratsiya +
mahalliy moslashuv
Tarqalgan (dispers)
ishlab chiqarish tizimi
Innovatsiyaning global
almashuvi
Murakkab boshqaruv
tizimi

18.

Transmilliy strategiyani qo‘llaydigan kompaniyalar
Toyota
Dunyoda yetishmayotgan ehtiyot qismlar boshqa mamlakatlardan olinadi.
Har bir bozor uchun avtomobil modeli modifikatsiya qilinadi.
Samsung
Texnologiya Koreyada yaratiladi,
Asosiy ishlab chiqarish Vetnam, Xitoy, Malayziyada,
Dizayn va moslashtirish esa turli mamlakatlarda amalga oshiriladi.

19.

International (xalqaro, eksportga yo‘naltirilgan) strategiya- bu korxonaning asosiy
mahsulot ishlab chiqarish, tadqiqot, texnologiya va boshqaruv qarorlarini o‘z mamlakatida
(markazda) saqlagan holda, tayyor mahsulot yoki xizmatlarni xorijiy bozorlar orqali sotishga
qaratilgan strategiya turidir.
International strategiyada
- Mahsulotlar asosan ichki bozorda ishlab chiqiladi.
- Xorijiy bozorda faqat savdo, marketing va ayrim
hollarda servis faoliyati amalga oshiriladi.
- Innovatsiya, R&D, qaror qabul qilish jarayoni
markazlashgan bo‘ladi.
- Mahsulot deyarli o‘zgarmagan holda eksport
qilinadi (minimal moslashtirish bilan).

20.

International strategiya qo’llanilishi
- Kompaniya mustahkam ichki bozorga ega
bo‘lsa.
Mahsulot standart bo‘lib, turli mamlakatlar
uchun katta moslashtirish talab qilmasa.
- Xorijiy bozorlar korxona uchun yangi
daromad manbai bo‘lsa.
- Xorijda ko‘p xarajat talab etiladigan zavod
ochish riskli bo‘lsa.

21.

Strategiyaning asosiy xususiyatlari
Xorijda
cheklangan
faoliyat
Standartlashtirilgan
mahsulot (Mahsulot
asosan o‘zgarmaydi,
butun dunyoda bir xil
ko‘rinishda sotiladi)
Markazlashgan
boshqaruv(Barcha
asosiy texnologik
yechimlar, brend
siyosati, narx
belgilash — bosh
ofis nazoratida)

22.

International strategiyaga misollar
Toyota
avval eksport orqali
kirgan. Dastlab
Yaponiyada ishlab
chiqarib, dunyoga
eksport qilgan.
Uzbekistan:
“Artel”,
“UzAuto”ning
ayrim
liniyalari
Ichki ishlab chiqarish +
MDH
davlatlariga
eksport.

23.

Xalqaro strategiyaning amaliy ahamiyati
Yangi
bozorlarni
egallash.
Xorijiy
bozorlar
korxona
uchun
daromadni ko‘paytiradi,
raqobat
maydonini
kengaytiradi va o‘sish
imkoniyatlari yaratadi.
Raqobatbardoshlikni
oshirish
Globallashuv jarayonida
korxonalar:
yangi texnologiyalarni
o‘zlashtiradi,
xarajatlarni kamaytiradi,
ishlab
chiqarishning
sifatini oshiradi.
Resurslardan
samarali foydalanish
Xalqaro
strategiya
orqali korxona:
arzon ishchi kuchiga
ega
mintaqalarga
investitsiya kiritishi,
xom-ashyo manbalarini
diversifikatsiya qilishi,
logistika samaradorligini oshirishi mumkin.

24.

Risklarni diversifikatsiya
qilish
Innovatsion salohiyatni kuchaytirish
Xalqaro bozorlar:
yangi g‘oyalar,
ilg‘or texnologiyalar,
bozor talabiga mos innovatsion
mahsulotlar yaratishni rag‘batlantiradi.
Bir mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz
boshqa bozorlar hisobiga qoplanadi —
bu korxona barqarorligini ta’minlaydi

25.

Xalqaro bozorga kirish usullari
Korxonaning chet el bozoriga chiqishi bir necha xil usullarda amalga oshiriladi.
Ular risk darajasi, sarmoya talabi va boshqaruv qiyinligiga ko‘ra farqlanadi. Xalqaro
biznesda quyidagi asosiy usullar keng qo‘llaniladi:
Eksport (bevosita va bilvosita eksport)
a) Bilvosita eksport. Mahsulotni vositachi firmalar, eksport agentlari yoki savdo
uylariga topshirib sotish. Korxona chet elda bevosita ishlamaydi, hamma ishni
vositachilar qiladi.
Afzalliklari: kam xarajat, risk past. Kamchiliklari: nazorat cheklangan, daromad pastroq.
b)
Bevosita eksport. Kompaniya chet eldagi mijozlar bilan o‘zi ishlaydi, o‘zi
shartnoma tuzadi.
Afzalliklari: yuqori nazorat, ko‘proq foyda.
Kamchiliklari: logistika, bojxona va marketing xarajatlari yuqori.

26.

2. Litsenziyalash
Kompaniya o‘zining brendi, texnologiyasi yoki patentidan foydalanish huquqini
xorijdagi korxonaga beradi. Mahsulotni mahalliy kompaniya ishlab chiqaradi.
Litsenziya beruvchi har yili royalty oladi.
Afzalliklari: sarmoya talab qilmaydi, risk kam.Kamchiliklari: sifat nazorati qiyin,
texnologiya tarqalib ketishi mumkin.
3. Franchayzing
Mahalliy
korxona kompaniya brendi, standartlari va texnologiyasi asosida
ishlaydi.
Misol: McDonald’s, KFC, Domino’s Pizza.
Afzalliklari: tez kengayish, kam xarajat.
Kamchiliklari: mahalliy franchayzining sifatni buzish ehtimoli.
English     Русский Rules