Dars rejasi
Hujayraning bo‘linishi
Hujayra sikli
Interfaza
Mitoz
Profaza
Metafaza
Anafaza
Telofaza
Sitokenez
Sitokenez
Mitozning biologik ahamiyati
Yangi bilimlarni qo‘llang
Yangi bilimlarni qo‘llang
Yangi bilimlarni qo‘llang
Yangi bilimlarni qo‘llang
Mustaqil bajarish uchun topshiriq
5.79M

10-sinf 2.12.-mavzu. Mitoz

1.

RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
MAVZU:
PROKARIOT VA EUKARIOT
HUJAYRALARNING BO‘LINISHI
Zebo Tillayeva
Toshkent Stomatologiya instituti akademik litseyi
biologiya fani o‘qituvchisi, biologiya fanlari nomzodi

2. Dars rejasi

1. Hujayra sikli
2. Mitoz bosqichlari
10-SINF

3. Hujayraning bo‘linishi

Mitoz
Meyoz
Irsiy material ikki
hissa ortadi va yangi
hosil bo’lgan
hujayralar o‘rtasida
taqsimlanadi
Hosil bo‘lgan
hujayralarda
xromosoma soni ikki
hissa kamayadi

4. Hujayra sikli

Ikki bosqichdan iborat:
1) interfaza
• Sintezdan oldingi davr G1 - 2n2c
• Sintez davri S - 2n4c
• Sintezdan keyingi davr G2 - 2n4c
2) mitoz

5. Interfaza

G1 – presintetik davr; 10 soatdan 1sutkagacha, hujayra o‘sadi.
Sitoplazmada oqsil, ferment, RNK sintezlanadi
S – sintetik davr, 6-8 soat, DNK reduplikatsiyasi, sentriolaning ikki
hissa ortishi kuzatiladi. 2 xromatidali xromosoma hosil bo‘ladi
G2 - postsintetik davr, 3-4 soat, RNK va tubulin oqsili sintezlanadi

6. Mitoz

Mitoz 4 davrdan iborat:
1) Profaza – 2n4c
2) Metafaza – 2n4c
3) Anafaza – 4n4c
4) Telofaza – 2n2c

7. Profaza

2n4c
• Xromosoma spirallashadi
• Kalta va yo‘g‘on xromosoma
mikroskopda ko‘rinadi
• Yadro qobig‘i parchalanadi
• Yadrocha erib ketadi
• Sentriola qutblarga tarqaladi

8. Metafaza

2n4c
• Kaltalashgan va yo‘g‘onlashgan
xromosomalar ekvator tekisligiga
joylashadi
• Bo‘linish urchug‘i xromosoma
sentromerasiga birikadi

9. Anafaza

4n4c
• Bo‘linish urchug‘i qisqarib,
xromosomani sentromerasidan
tortib ikkita xromatidaga ajratadi
• Xromatida qarama-qarshi qutblarga
tortiladi va xromosomaga aylanadi

10. Telofaza

2n2c
• Xromosoma spirallari yechiladi
• Yadro qobig‘i paydo bo‘ladi
• Yadrocha shakllanadi
• Kariokenez sodir bo‘ladi
• Sitokenez kuzatiladi

11. Sitokenez

O‘simlik (a) va hayvon (b) hujayralarida sitokinez farqlanadi. Hayvon
hujayralarida sitoplazma yon tomonga botib kirib, ikkita hujayra hosil qiladi.
Qalin qobiqqa ega o‘simlik hujayralarida to‘siq hosil bo‘ladi. Bu to‘siq yon
tomonga kengayib, hujayrani ikkiga bo‘ladi.

12. Sitokenez

13. Mitozning biologik ahamiyati

• hujayraning bo‘linishidan ikkita hujayra hosil
bo‘ladi;
• tirik organizmning o‘sishini ta’minlaydi;
• o‘simliklar vegetativ ko‘payadi;
• regeneratsiya amalga oshadi.

14. Yangi bilimlarni qo‘llang

Bilish va tushunish
1. Hujayra sikli nima?
2. Mitoz qanday fazalardan tashkil topgan?
3. Mitozning qaysi bosqichida xromosoma spirallashadi?
4. Kaltakesaklarda regeneratsiya qanday amalga oshadi?
5. O‘simliklarning o‘sishida mitoz qanday ahamiyatga
ega?

15. Yangi bilimlarni qo‘llang

Qo‘llash. Hujayra sikli bosqichlarida
xromosomalar sonini mos ravishda juftlang.
DNK
va

16. Yangi bilimlarni qo‘llang

Sintez. Xromosomalar diploid to‘plami 38 ga teng tirik
organizmga tegishli DNK va xromosoma sonini yozing.
a) profaza:
b) metafaza:
d) anafaza:
e) telofaza:

17. Yangi bilimlarni qo‘llang

Baholash. Rasmdagi mitoz jarayoni ketma-ketligini belgilang.

18. Mustaqil bajarish uchun topshiriq

Darslikning 70–73-betlaridagi
mavzuni o‘qish.

19.

E’tiboringiz uchun rahmat!
English     Русский Rules