Similar presentations:
3_Shriftlar_va_muhandislik_ishlarida_yozuvlar_Belgilar_va_ularni
1.
3. SHRIFTLAR VA MUHANDISLIK ISHLARIDAYOZUVLAR. MUHANDISLIK ISHLARINI
JIHOZLASHDA RANG ASOSIY VOSITA SIFATIDA
60710100-Kimyo muhandisligi (Materiallar kimyosi)
Ma’ruza:
Amaliy:
o‘qit.S.A.Atabayev
o‘qit.S.A.Atabayev
Toshkent-2025
2.
Shrift — bu matnni yozish uchun ishlatiladigan belgilar to‘plami, ya’ni harflar,raqamlar, tinish belgilari va boshqa belgilarning bir xil uslubda (ya’ni bir xil shakl,
qalinlik, qiyalik, o‘lcham va dizaynda) yaratilgan ko‘rinishidir. Shrift — bu yozuvning
ko‘rinish uslubi. Masalan, Word dasturida “Times New Roman”, “Arial”, “Calibri”, “Roboto”
kabi shriftlar mavjud. Shriftning asosiy qismlari:
Shrift oilasi (Font family) – masalan, Arial, Times New Roman, Calibri.
Shrift turi (Font style) – masalan, normal, italic (qiya), bold (qalin).
Shrift o‘lchami (Font size) – harflarning balandligi, masalan, 12 pt, 14 pt.
Shrift rangi (Font color) – harflarning rangi.
Arial → zamonaviy, soddaligi bilan ajraladi.
Times New Roman → klassik, rasmiy hujjatlar uchun ishlatiladi.
Courier New → harflar kengligi teng bo‘lgan (kod yozish uchun qulay).
3.
Alifbodagi belgilar harf va raqam deyilib, ular o‘zlarining yozlishi (tuzilishi)jihatidan umumiy qonun-qoidalarga asoslanadi. Har bir yaratilgan harf o‘zining
ko‘rinishi (stili) jihatidan bir butun bo‘lib, boshqa harflardan tuzilishi, unsur va
elementlarning joylashishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun alifbodagi har bir harf
ma’lum qonun-qoidaga bo‘ysunishi orqali bir butunlikni tashkil qiladi.
Planlar va sxemalardagi yozuvlar maxsus harflar asosida shakllantiriladi.
Yozuvlar ular orqali nima tasvirlanganligini aniqlashga imkon beradi. Chunki turli
obyektlar turli harflarda yoziladi va belgilanadi. Harflar o‘zining grafik ko‘rinishini
saqlagan holda, qora (unsurlari yo‘g‘onlashtirilgan) yoki och (unsurlar ingichkaroq), tik
yoki qiya (kursiv) yozilishi mumkin. Yozuvlar faqat bosh yoki yozma (kichik) harflarda
yozilishi mumkin.
Planlar va sxemalarda turli xil shriftlar qo‘llaniladi: yarim qalin (yumaloq),
akademik kursiv, oddiy kapital, ingichka, arxitektura, me’moriy, badiiy va boshqalar.
4.
Arxitektura harfi och hisoblanib, arxitektura-qurilish (loyiha), tushuntirishmatnlari kabilarni yozishda foydalaniladi. Me’moriy harf turli loyihalarning
sarlavhalarini yozishda, badiiy harfdan planlarning sarlavhalarini yozishda tadbiq
qilinadi.
Shriftlarning asosiy turlari. Shriftlar harf va raqamning ayrim elementlari,
kengligi, balandligi, yo‘g‘onligi, rasmning qandayligiga ko‘ra aniqlanadi. Shriftli belgilar
orqali asosiy elementlar (yo‘g‘on chiziqlar), qo‘shimcha elementlar (birlashtiruvchi
shtrixlar, burchaklarni birlashtiruvchi, tomchisimon elementlar, tubi qirqilgan
shtrixlar) va harfning ichki qismi yorug‘liklarini ko‘rsatishi mumkin. Ular orasidagi
farqlar shrift turiga qarab xarakterlanadi. Ushbu shriftlarning ko‘pgina turlari
kompyuterlarning standart shrifitlaridan tashkil topgan. Shriftlarning mingdan ortiq
ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular muhandislik ishlarda qo‘llaniladi. Shriftlar quyidagi
belgi va alomatlarga ega:
Shriftning
kontrastligi – asosiy elementning qo‘shimchaga nisbatan
yo‘g‘onligi. Agar elementlar yo‘g‘onligida qancha farq qilsa, shrift shuncha kontrastroq
(ko‘zga tashlanadigan) bo‘ladi. 2:1 yoki 3:1 nisbatda o‘rta kontrastli shriftlar yaxshiroq
o‘qiladi.
5.
Ravshanlik (yo‘g‘onlik) – asosiy element yo‘g‘onligi bilan harfning ichkiqismidagi yorug‘ligiga nisbatan kengligini anglatadi.
Kenglik – harf enining balandligiga nisbati. Harflar kengligiga qarab ensiz,
normal va enliga bo‘linadi.
Yo‘naltirilgan – to‘g‘ri, o‘ngga, chapga, qiya va nishabroq.
Yozilish shakli – kursiv, bosma. Kursivli shriftlarda yozuvlar bosh harf va
satrdagi harflar turlicha ko‘rinishda, bosma shriftlarda esa, harflar asosan bir xilligicha
qoladi.
Shriftning o‘lchami (harfning balandligi).
Shriftning rangi – chizmaning o‘qilishi, ko‘rgazmaliligi, badiiy jihatdan sifatli
bezatilishida muhim tasviriy vositadir.
6.
Shriftlar majmuasining asosi qilib, asosiy belgilardan biri – shriftning kontrasti, shuningdek,yorug‘likning bo‘lishi va elementlarning bir-biri bilan bog‘liqlik xarakterlari qabul qilingan.
Shriftlar 6 ta asosiy guruhga bo‘linadi (rasm):
1) farqi yaqqol seziluvchi, bog‘lab turuvchi elementi asosiga nisbatan notekis va uzun-ingichka
qirqilgan;
2) o‘rtacha farqlanadigan (kontrastli), bog‘lanish elementi asos bilan bir xil silliqlikda va kalta
qirqilgan;
3) deyarli kam farq qiladigan, bog‘lanish elementi asos bilan bir xilda va to‘g‘ri burchak
shaklida qirqilgan;
4) kam farqlanadigan, notekis, keskin bog‘langan va uchlari asos kabi yo‘g‘onlikda to‘g‘ri
qirqilgan;
5) ko‘zga yaqqol tashlanmaydigan, qirqilish chizig‘isiz;
6) turli xildagi shriftlar, grafik belgilariga ko‘ra yuqoridan hech qaysi guruhga mansub emas.
Bu guruhga badiiy shriftlar xosdir.
7.
Hozirgi paytda, zamonaviy kompyuter dasturlari asosida yaratilgan planlarningbarchasi turli xil rang modellari va dizayn asosida tuzilmoqda. Nashr qilingan planlar ham,
qo‘lda yozilgan asl nusxalar ham, odatda, ko‘plab bo‘yoqlardan foydalangan holda yaratilgan
bo‘lib, bunda ko‘p sonli ranglardan foydalaniladi. Rang kuchli vizual vosita bo‘lib, chizmani
loyihalashda muhim rol o‘ynaydi.
Tasvirlash xususiyatlarini to‘g‘ri va ilmiy jihatdan asoslab beruvchi rangni ta’siriga
uchta asosiy aspekt bo‘yicha qaraladi.
1. Fizik.
2. Fiziologik.
3. Psixologik.
1 – aspekt bo‘yicha nurlanish energiyasi.
2 – aspekt bo‘yicha qaralganda, rangning energiyasini ko‘zning asab organlariga ta’siri.
3 – aspekt bo‘yicha qaralganda rangning sezilishi va qabul qilinishi.
Rangni mukammal o‘rganadigan fan bu rangshunoslik hisoblanadi. Bizning kursimizda
esa ranglar to‘g‘risida faqat kartalarni jihozlash loyihasini ishlab chiqish masalalari ko‘rib
chiqiladi.
8.
Yorug‘likning miqdori va sifati ko‘zga ta’sir qilganda predmetlarning shakli, rangi, hajmihaqida fikr yuritilib, uning fazoviy yo‘nalishi ifodalaniladi.
Yorug‘lik spektrining ozgina qismi ko‘rinadigan nurlardan iborat. Spektrda 7 xil asosiy
rang shartli ravishda ajratilgan.
Aslida esa inson ko‘zi spektrdagi juda ko‘p oraliq ranglarni sezadi. Bunday sezish
subyektiv holat bo‘lib, tadqiqotlar natijasidan olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, inson
ko‘zi rangni farqlashi va rangning to‘lqin uzunligi bilan quyidagicha holatni ifodalaydi:
1-jadval
Rang va uning to‘lqin uzunligi orasidagi munosabat
Rang bilan to‘lqin
uzunligi o‘rtasidagi
nisbatlar
Siyohrang-binafsharang
Havorang
Zangori
Yashil
Sarg‘ish-yashil
Sariq
Zarg‘aldoq (olov rang)
Rang to‘lqini
uzunligining
maydoni
mkm
390 – 450
450 – 480
480 – 510
510 – 550
550 – 575
575 – 585
585 – 620
Rang maydonining
kengligi
mkm
60
30
30
40
25
10
30
9.
Inson ko‘zi bilan spektrda 150 ga yaqin rangni ajratiladi. Yorug‘lik chizma yuzigatushganda, yorug‘likning bir qismi o‘tib ketadi, bir qismi yutiladi, qolgan qismi qaytadi.
Natijada tushayotgan yorug‘lik 3 ta qismga bo‘linadi.
1. Qaytgan yorug‘lik (aks etish).
2. Yutilgan yorug‘lik.
3. O‘tib ketgan yorug‘lik.
Ranglarning tavsiflari
Predmetlarning rangi yorug‘likni tanlab yutishiga qarab xromatik ranglar deyiladi.
Xromatik ranglar uchta asosiy tavsifi bilan farqlanadi.
1. Ranglar qatori.
2. Ranglar yorqinligi.
3. Ranglar tiniqligi.
Ranglar qatori – bu rangning sifati hisoblanib, spektrning biror bir rang bilan
taqqoslanishidir (masalan, qizil, yashil, ko‘k va h.k.).
Ranglar yorqinligi – bu ranglardagi tasavvurni o‘zgartirmaydi (masalan, to‘q-qizil, to‘qko‘k va h.k).
Ranglar tiniqligi – bu ko‘zning sezishiga bog‘liq holda oq rang bilan kam farq qiladigan
darajadasi.
10.
Ranglarni aralashtirishAngliyalik olim I.Nyuton tomonidan birinchi marotaba ranglarni aralashtirish diagrammasi tuzildi.
Diagramma ranglarning qo‘shilishini ko‘rsatadi va oq rang bilan spektral rangning qo‘shilishi natijasida hosil
bo‘ladigan ranglarni to‘lqin uzunligi bo‘yicha joylashishini ifodalaydi.
Qizil, yashil va ko‘k ranglar tez seziladigan ranglar bo‘lib, asosiy fiziologik ranglar hisoblanadi. Ushbu
uchta rang bo‘yicha ularning qo‘shilishi ikki qismga bo‘linadi: 1) additiv, 2) subtraktiv.
Additiv qo‘shilish chizma va sexmalarni nashr qilishda keng qo‘llaniladi. Subtraktiv qo‘shilishda esa
yangi ranglar hosil bo‘ladi (rasm).
Ranglar qatoridagi rang shkalasini tuzishda, ularning xarakterli tomonlaridan ranglar qatori, tiniqligi,
yorqinligi sezish qoidasi turadi (rasm).
Ranglarning qo‘shilish sxemasi: a) additiv; b) subtraktiv
Rangli shkalalar
11.
Ranglarni sezishRanglarni sezish xususiyati jihozlash amaliyotida muhim rol o‘ynaydi. Ranglar shkalasini
tanlashda ranglarni sezish muhim o‘rin tutadi va ma’lumotni yaxshi o‘qilishini hamda ko‘rgazmali
bo‘lishini ta’minlaydi.
Ranglarni sezishga fizik, fiziologik va psixologik faktorlar ta’sir qiladi. Rangli jihozlashda
muhim o‘rinlardan birini barobar kontrastlash egallaydi. Bunda ranglar, atrofdagi harakatlar va
boshqa ranglar natijasida o‘zgaradi (jadval).
Ranglar qatori
Qizil
Qizil
Qip-qizil
Sariq
Yashilsimonsariq
Kuzatilayotgan ranglar sirti
Yashil
Havo rang
To‘yingan
Zangori
yashil
Binafsha rang
Havo rang
Oq
Zumradrangyashil
Zangorisimonyashil
To‘yingan havo
rang
To‘yingan havo
rangsimon
binafsha rang
Binafsha rang
Sariq
Qirmizi rang
Kulransimonsariq
Yashil
To‘yingan qizil
Zarg‘aldoq
Kulrangsimonyashil
Binafsha rang
Qirmizi rang
Qirmizisimonqizil
Havo rang
Zarg‘aldoq
To‘yingan
oltinsimon-sariq
Sarg‘imtiryashil
Kulrangsimonhavo rang
Qirmizi rang
Zarg‘aldoq
Binafsha rang
Zarg‘aldoq
To‘yingan
limonrang-sariq
Sarg‘imtiryashil
Zangorisimonhavo rang
Kulrangsimonbinafsha rang
Yashilsimon-sariq
12.
Sun’iy yoritish ostida rang xususiyatlarining o‘zgarishiRangning nomlanishi
Rang tusi
Rang xususiyatlari
To‘yinganligi
Binafsha rang
Qizaradi (qirmiziga yaqinlashadi)
Havo rang
Ayrim havo ranglar qizaradi
Zangori
Yashillashadi
Sarg‘ish-yashil
O‘zgarmaydi
Sariq
Oq rangga yaqinlashadi
Zarg‘aldoq (olov rang)
Qizaradi
Yorqinligi
To‘yinganligini yo‘qotadi
Siniqadi
O‘zgarmaydi
O‘zgarmaydi
To‘yinganligi oshadi
Yorqinlashadi
Qizil
Ranglar garmoniyasi (ranglarning o‘zaro mosligi)
-ranglarni ajratishda estetika (эстетика изолированного цвета);
-ranglarning o‘zaro mosligi (гармонии калорита);
-ranglar munosabatining o‘zaro mosligi (гармонии отношений).