O’zbekiston Respublikasining zamonaviy tashqi siyosati
Ma’ruza mundarijasi
O’zbekistonning zamonaviy tashqi siyosati
O’zbekistonning zamonaviy tashqi siyosati
Tashqi siyosatning asosiy tamoyillari (1)
Tashqi siyosatning asosiy tamoyillari (2)
Diplomatik faollik va xalqaro kelishuvlar
YUNESKO (1)
YUNESKO (2)
YUNESKO (3)
YUNESKO (4)
YUNESKO (5)
O’ZBEKISTON – YUNESCO
O’ZBEKISTON – YUNESCO (2)
O’zbekiston madaniy diplomatiyasi
Luvr Muzeyida O’zbekiston ko’rgazmasi
Tarjimonlarning (volonter) asosiy vazifalari
KIYINISH TARTIBI
Hamroh va volontyorlar nimalarni bilishlari kerak?
Hamroh va volontyorlarga nimalar taqiqlanadi
E’tiboringiz uchun raxmat! Barchangizga omad tilaymiz!
13.84M
Category: historyhistory

Таржимонлар - презентация - (1)

1. O’zbekiston Respublikasining zamonaviy tashqi siyosati

Shavkat Shukrulloyevich Toshev
YUNESKO Bosh Konferensiyasining 43-sessiyasini tashkil
etish bo’yicha Bosh shtab kordinatori

2. Ma’ruza mundarijasi

O’zbekistonning zamonaviy tashqi siyosati
YUNESKO tashkiloti to’g’risida
O’zbekiston – YUNESKO aloqalari
Tarjimonlarning (volonter) asosiy vazifalari
Xorijiy delegatsiyalar bilan ishlashda protokol
va etiket qoidalari

3. O’zbekistonning zamonaviy tashqi siyosati

2017 yildan beri mamlakat Prezidenti
Shavkat
Mirziyoyev
rahbarligida
«Yangi O‘zbekiston» nomi ostida
ambitsiyali
islohotlar
strategiyasi
amalga oshirilmoqda.
Bu
Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev 2025 yil 23 sentyabr kuni NyuYork shahrida BMT Bosh Assambleyasining
80-yubiley sessiyasida nutq so‘zlamoqda.
konsepsiya nafaqat iqtisodiyot,
ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi
yo‘nalishlaridagi ichki o‘zgarishlar,
balki tashqi siyosatni tubdan qayta
ko‘rib chiqish va faollashtirishni ham
o‘z ichiga oladi.
Presentation title
3

4. O’zbekistonning zamonaviy tashqi siyosati

O‘zbekiston milliy manfaatlarga asoslangan
ochik, o‘zaro manfaatli, konstruktiv tashqi
siyosat olib bormoqda.
Tashqi
siyosatimizning bosh maqsadi –
davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro
maydondagi
o‘rnini
mustahkamlash,
xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik
muhitini shakllantirish, respublikaning
tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol ilgari
surishdir.

5.

Tashqi siyosiy faoliyatning asosiy vazifalaridan biri
“O‘zbekiston
oshirishdir.

2030”
strategiyasini
amalga
Ташқи сиёсий фаолиятнинг асосий ва
биринчи даражали вазифаларидан бири
“Ўзбекистон – 2030” стратегиясини
амалга оширишдир.
Presentation title
5

6. Tashqi siyosatning asosiy tamoyillari (1)

•Milliy manfaatlar ustuvorligi: Tashqi siyosatning
O‘zbekiston xalqining farovonligi, davlat mustaqilligi
mustahkamlashga yo‘naltirilgan.
barcha jabhalari
va suverenitetini
•Ochiqlik va konstruktivlik: Boshqa mamlakatlar bilan teng huquqli, o‘zaro
manfaatli munosabatlar o‘rnatish va rivojlantirishga intiladi.
•Harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmaslik: O‘zbekiston o‘z hududida chet el
harbiy bazalari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik va harbiy mojarolarda ishtirok
etmaslik siyosatiga sodiq qoladi.
•Pragmatizm: O‘zbekiston xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro aloqalarni mamlakat
ichki rivojlanish ustuvorliklarini hisobga olgan holda pragmatik yondashuv
asosida quradi.
•Muvozanatli siyosat: O‘zbekiston yirik geosiyosiy bloklarga haddan tashqari
bo’g’liqlikdan qochib, ko‘plab xalqaro hamkorlar va tashkilotlar bilan aloqalarni
mustahkamlaydi.
Presentation title
6

7. Tashqi siyosatning asosiy tamoyillari (2)

Mintaqaviy hamkorlik
•Markaziy Osiyo: O‘zbekistonning tashqi siyosatida Markaziy Osiyo
davlatlari bilan do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash ustuvor yo‘nalish
hisoblanadi.
•Turkiy davlatlar: Mamlakat Turkiy davlatlar bilan aloqalarni
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi va 2019-yilda Turkiy Kengashga
(hozirgi Turkiy davlatlar tashkiloti) a’zo bo‘ldi.
Global hamkorlik
•Xalqaro tashkilotlar: O‘zbekiston BMT, MDH, YEXHT, ShHT va Islom
hamkorlik tashkiloti kabi 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarning a’zosi
bo‘lib, ularning faoliyatida ishtirok etadi.
•Moliyaviy institutlar: Mamlakat Jahon banki, Xalqaro valyuta
jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro moliyaviy institutlar
bilan hamkorlikni faol rivojlantiradi.
Presentation title
7

8.

Bugungi kunda O‘zbekiston:
-
dunyoning 165 ta davlati bilan
diplomatik aloqalar o‘rnatgan.
- Toshkentda 47 ta chet el
elchixonalari, 3 ta bosh konsullik,
13 nafar faxriy konsullar, 26 ta
xalqaro
tashkilotlar
vakolatxonalari, 29 ta xorijiy
xalqaro hukumatlararo va hukumat
tashkilotlari
vakolatxonalari
faoliyat ko‘rsatmoqda.
Xorijiy mamlakatlarda va
xalqaro
tashkilotlarda
O‘zbekistonning 60 ta diplomatik
va
konsullik
vakolatxonalari
mavjud.
- O‘zbekiston 100 dan ortiq xalqaro
tashkilotlarning a’zosi hisoblanadi.
Presentation title
8

9. Diplomatik faollik va xalqaro kelishuvlar

2017
yildan hozirga qadar bo‘lgan davrda
O‘zbekiston 1741 ta ikki tomonlama va ko‘p
tomonlama xalqaro kelishuvni imzoladi yoki ularga
qo‘shildi.
Bu holat mamlakatning xalqaro maydondagi beqiyos
faolligini namoyon etmoqda. Ushbu kelishuvlar
siyosiy
muloqot,
savdo-iqtisodiy
hamkorlik,
investitsiyalar, transport, xavfsizlik, madaniyat va
gumanitar aloqalar kabi keng yo‘nalishlarni qamrab
oladi.
Presentation title
9

10. YUNESKO (1)

YUNESKO (United Nations Educational, Scientific and Cultural
Organization) - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim,
fan va madaniyat masalalari bo‘yicha ixtisoslashgan
tashkiloti hisoblanadi.
• Tashkil topgan yili: 1945-yil 16-noyabr
• Bosh qarorgohi: Parij, Fransiya
• A’zolik: 194 ta davlat a’zo
• Rasmiy tillari: ingliz, fransuz, ispan, rus, arab va xitoy tillari
Presentation title
10

11.

YUNESKOning asosiy maqsadi:
Dunyo
bo‘yicha tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda yordam berish,
bunda:
• ta’limni rivojlantirish,
• fan va texnologiyani ilgari surish,
• madaniyatni asrash va rivojlantirish,
• erkin
axborot
almashinuvini
qo‘llab-quvvatlash
orqali xalqlar o‘rtasidagi hamkorlik va o‘zaro tushunishni kuchaytirish
ko‘zda tutiladi.
YUNESKOning faoliyat yo‘nalishlari:
1. Ta’lim: butun dunyo bo‘yicha sifatli ta’limni rivojlantirish, savodsizlikka
qarshi kurashish.
2. Fan: barqaror rivojlanish uchun ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash.
3. Madaniyat: moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash, tarixiy
obidalarni muhofaza qilish.
4. Axborot va kommunikatsiyalar: matbuot erkinligi va internetga teng
kirish imkoniyatlarini ta’minlash.
Presentation title
11

12. YUNESKO (2)

YUNESKO
boshqaruv organlari – tashkilotning siyosiy va ijroiy
faoliyatini belgilovchi asosiy tuzilmalar hisoblanadi. Ular YUNESKOning
maqsad va vazifalarini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Quyida YUNESKOning uchta asosiy boshqaruv organini ko’rib
chiqamiz:
1. Bosh Konferensiya (General Conference) - Oliy boshqaruv organ.
• Har 2 yilda bir marta yig‘iladi.
• Har bir a’zo davlat teng ovoz huquqiga ega.
• Bosh Konferensiyada:
• YUNESKO siyosati va dasturlarining asosiy yo‘nalishlari belgilanadi.
• Tashkilotning byudjeti va ish rejasi tasdiqlanadi.
• Yangi a’zo davlatlar qabul qilinadi.
• Bosh direktor tayinlanadi (Ijroiya Kengashining tavsiyasi asosida).
Presentation title
12

13. YUNESKO (3)

2023 yil 7-22 noyabr kunlari Parij shahrida bo’lib utgan YUNЕSKO
Bosh Konferensiyasining 42-sessiyasi yakunida O’zbekiston
Respublikasining
YUNЕSKO
Bosh
konferensiyasining
43-sessiyasini 2025 yilda Samarkand shaxrida o‘tkazish
tashabbusi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.
Ta’kidlash joizki, Samarqand shahrida
bo‘lib o‘tadigan Bosh konferensiyaning
43-sessiyasi so‘nggi 40 yil ichida
birinchi marta YUNЕSKOning Parij
shahridagi qarorgohidan boshqa joyda
o‘tkazilmoqda.
Ushbu
voqea
tashkilotning 80 yilligiga to‘g‘ri keladi..
Presentation title
13

14. YUNESKO (4)

2. Ijroiya Kengash (Executive Board)
• YUNESKO
siyosatini amalda bajarilishiga mas’ul
organ.
• Bosh Konferensiyada saylangan 58 ta a’zo davlat
vakillaridan iborat.
• Yiliga kamida ikki marta yig‘iladi.
• Asosiy vazifalari:
• Bosh direktor faoliyatini nazorat qilish.
• Dasturlar va loyihalarni ko‘rib chiqish va baholash.
• Byudjet loyihalarini tayyorlash va Bosh Konferensiyaga taqdim
etish.
Presentation title
14

15. YUNESKO (5)

3. Bosh direktor (Director-General)
• Tashkilotning ijrochi rahbari.
• Bosh Konferensiya tomonidan 4 yillik muddatga
tayinlanadi (Ijroiya Kengashi tavsiyasi bilan).
• Asosiy vazifalari:
• YUNESKO dasturlarini amalga oshirish.
• Tashkilot kotibiyatini boshqarish.
• A’zo davlatlar bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish.
Presentation title
15

16. O’ZBEKISTON – YUNESCO

O’zbekiston 1993 yil 26 oktyabrdan YUNESKO a’zosi hisoblanadi.
YUNESKOning O’zbekistondagi vakolatxonasi 1996 yil 23 apreldan
faoliyat yuritmoqda.
2018 va 2025-yillarda Parijda, 2019-yil Samarqandda hamda 2022yil Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining YUNЕSKO
Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tgan.
Presentation title
16

17. O’ZBEKISTON – YUNESCO (2)

O‘zbekiston tomonidan YUNЕSKOning 10 ta konvensiyasi ratifikatsiya qilingan.
Mamlakatimiz tashabbusi bilan axborotdan foydalanish va bolalar ta’limi
masalalari bo‘yicha rezolyutsiyalar qabul qilindi.
O’zbekiston Madaniy boyliklarni saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha xalqaro
markazga a’zo bo‘ldi.
Buxoro "Kreativ shaharlar tarmog‘i"ga qo‘shildi.
2024 yildan ta’lim, madaniyat, raqamli va innovatsion texnologiyalar sohalarida 7 ta
yangi loyiha amalga oshirish boshlandi.
Turon cho‘llari va Zarafshon-Qoraqum yo‘lagi, ipakchilik, kulolchilik, rubob chalish va
iftorlik an’analari, "Buxoro amiri devonxonasi arxivi", "Turkiston albomi",
"Xudoybergan Devonov fotoalbomi" YUNЕSKOning maxsus ro‘yxatlariga kiritildi.
Presentation title
17

18. O’zbekiston madaniy diplomatiyasi

Madaniyat
va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
tashkil etildi (01.11.2017 y.).
Madaniy meros agentligi tashkil etildi (19.06.2021 y.).
Xalqaro
maqom (2018), baxshichilik (2019) va
hunarmandchilik (2019) san’ati festivallari tashkil
etildi. “Sharq taronalari” muntazam o’tkazilmoqda.
60
ta xorijiy davlatda “Uzbekistan Culture Days”
(O‘zbekiston
madaniyati
kunlari)
tadbirlari
muvaffaqiyatli o‘tkazildi (2017-2024yy.).
Parij, Berlin, Florensiya, Venetsiya, Milan, London,
Dubay, Doha, Boku, Ostona kabi shaharlarda 30 dan
ortiq yirik madaniy ko‘rgazmalar va konsertlar
tashkil etildi.
18

19. Luvr Muzeyida O’zbekiston ko’rgazmasi

Faktlar:
◼ 168 ta muzey eksponati, jumladan
O’zbekistondan - 137 ta, dunyo
muzeylaridan 31 ta.
◼ Dunyoning 100 ta yetakchi OAVlarida
300 ta matrial.
◼ 1 mln. ortiq kishi tashrifi (70% xorijiy
davlatlar vakilari)
19

20.

Presentation title
20

21. Tarjimonlarning (volonter) asosiy vazifalari

Volonter-tarjimon
hamrohlik
qiluvchi
bilan
birgalikda xorijiy mehmonlarning dasturini amalga
oshirishda bevosita ishtirok etadi. Xususan:
Xorijiy delegatsiyalarni Samarqand xalqaro aeroportida
kutib oladi va tashrif so‘nggida kuzatib qo‘yadi.
Mehmonlarning kelish-ketish grafigi haqidagi ma’lumotlar
Markaziy shtabdagi koordinator orqali aniqlanadi.
Mehmonlarning
O‘zbekistondagi dasturiga binoan,
Markaziy shtab bilan hamkorlikda YUNESKO Bosh
konferensiyasining
43-sessiyasiga
ishtirokini
ta’minlashda ko‘maklashadi.
Presentation title
21

22.

Agar tashrif dasturida ikki tomonlama uchrashuvlar ko‘zda
tutilgan bo‘lsa, ularni tashkil etishda ko‘maklashadi.
Tashrif dasturida ko‘zda tutilmagan obyektlarga borish bilan
bog‘liq masalalarni zudlik bilan Markaziy shtab kelishish va uni
ko’rsatmaga muvofiq tashkil etish lozim.
Mehmon/delegatsiya tomonidan mahalliy mobil aloqa
operatorlarining raqamini (sim karta) olish xohishi bildirilsа,
uni olishda ko’maklashish
Mehmonlarni respublikamizda amalga oshirilayotgan keng
ko’lamli islohotlar to‘g‘risida, mamlakatimizning siyosiy,
iqtisodiy, demografik va resurs salohiyati, o‘zbek xalqining boy
tarixiy va madaniy merosi to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar bilan
tanishtirish.
Presentation title
22

23.

Xalqaro
kuzatuvchilar bilan bo‘lgan muloqot davomida ular
tomonidan aytilgan fikr-mulohazalar, mamlakatimizda
bo‘layotgan keng miqyosli ijobiy o‘zgarishlar haqidagi
ularning baholari bo‘yicha ma’lumotlarni Bosh Shtabning Tahlil
guruhigа xabar berish.
Mehmonlarning
respublika viloyatlariga borishga qiziqish
bildirsa, bu to’g’risida Bosh Shtabga xabar berish hamda
ko’rsatmaga muvofiq ularni poezd va aviachiptalar bilan
ta’minlash, aeroport yoki vokzalga kuzatib qo‘yishda ko’mak
berish.
Presentation title
23

24. KIYINISH TARTIBI

Xorijiy
mehmonlarga
volontyorlik/tarjimonlik qilish
davomida kiyinish tartibi
barcha uchun yagona bo‘ladi –
protokol talablariga mos
kiyim:
qora
yoki
to‘q
rangdagi
kostyum,
qizlarimiz uchun esa shu
rangdagi libos va oq rangli
ko‘ylak yoki kofta. Ob-havo
sharoitidan kelib chiqqan
holda ixcham ustki kiyim –
palto yoki plash tavsiya
etiladi.
Presentation title
24

25. Hamroh va volontyorlar nimalarni bilishlari kerak?

1. Avvalo, ularga biriktirilgan mehmon haqidagi ma’lumotlarni. Kelayotgan
mehmonlar haqidagi ma’lumotlar, ularning biografiyasi Bosh shtabda bo‘ladi ularni olib, puxta o‘rganib chiqish lozim.
2. Ikkinchidan, mehmon yashaydigan mamlakat, uning aholisi, iqtisodiyoti,
tarixi, madaniyati, an’analari, milliy bayramlari kabi umumiy ma’lumotlarni
o‘rganish zarur.
3. Uchinchidan, xalqaro mehmon ishlaydigan tashkilot, davlat muassasasi, oliy
o‘quv yurti va shu kabi tashkilotlar haqidagi ma’lumotlarni oldindan o‘rganib
chiqish kerak.
4. To‘rtinchidan, delegatsiyalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan ba’zi
muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etish uchun Bosh Shtab kordinatorning
logistika va analitika guruhlari, shuningdek, xizmat ko‘rsatayotgan haydovchi va
mehmon yashayotgan mehmonxonaning shahar va tegishli mobil telefon
raqamlarini bilish zarur.
Presentation title
25

26. Hamroh va volontyorlarga nimalar taqiqlanadi

Xalqaro mehmonlarning mamlakatidagi vaziyatga xos bo‘lgan nozik masalalar (etnik,
diniy, siyosiy va boshqalar) yuzasidan suhbat olib borish
Mehmonlarni ularning dasturi bilan bog‘liq masalalarni hal etish uchun Bosh Shatbga
olib kelish
Ularni ovqatlantirish uchun tavsiya etilgan restoran va kafelardan boshqa joylarga
olib borish
Mehmonlar bilan muloqotda (ayniqsa volontyorlar uchun) saqich chaynash,
gapirganda qo‘lni silkitib har xil harakatlar (jestikulyatsiya) qilish
Bosh Shtab bilan kelishmagan holda xorijiy delegatsiyalarni Samarqand shahridan
tashqariga olib chiqish
Presentation title
26

27. E’tiboringiz uchun raxmat! Barchangizga omad tilaymiz!

English     Русский Rules