Similar presentations:
XX asr - XXI asr boshlarida O‘zbekiston va Turkiya madaniy aloqalari tarixi
1. 07.00.01-O’zbekiston tarixi ixtisosligi birinchi kurs doktoranti Mo’minova Manzura ASHUR QIZINING I BOSQICH II CHORAK UCHUN
07.00.01-O’ZBEKISTON TARIXIIXTISOSLIGI BIRINCHI KURS
DOKTORANTI MO’MINOVA
MANZURA ASHUR QIZINING
I BOSQICH II CHORAK UCHUN
HISOBOT TAQDIMOTI
2. Ilmiy tadqiqot mavzusi: “XX asr -XXI asr boshlarida O‘zbekiston va Turkiya madaniy aloqalari tarixi”
ILMIY TADQIQOT MAVZUSI: “XX ASR -XXI ASRBOSHLARIDA O‘ZBEKISTON VA TURKIYA MADANIY
ALOQALARI TARIXI”
3. KIRISH. I BOB. O‘ZBEK XONLIKLARINING USMONIYLAR BILAN MADANIY ALOQALARI 1.1. Buxoro amirligining usmoniylar bilan madaniy
KIRISH.I BOB. O‘ZBEK XONLIKLARINING USMONIYLAR BILAN MADANIY ALOQALARI
1.1. BUXORO AMIRLIGINING USMONIYLAR BILAN MADANIY ALOQALARI
1.2. XIVA XONLIGINING USMONIYLAR BILAN MADANIY ALOQALARI
I BOB BO‘YICHA XULOSA
II BOB. SOVETLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA TURKISTON VA TURKIYA MADANIY ALOQALARI
2.1. BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI VA XORAZM XALQ SOVET RESPUBLIKASINING TURKIYA BILAN MADANIY
HAMKORLIGI
2.2. TURKISTON AVTONOM SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI VA O’ZBEKISTON AVTONOM SOVET SOTSIALISTIK
RESPUBLIKASINING TURKIYA BILAN MADANIY ALOQALARI
II BOB BO‘YICHA XULOSA
III BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTON VA TURKIYA MADANIY ALOQALARI TARIXI
3.1 1991-2016-YILLARDA O‘ZBEKISTON VA TURKIYA MADANIY ALOQALARINING RIVOJLANISHI
3.2. YANGI O’ZBEKISTONNING TURKIYA BILAN MADANIY ALOQALARI
III BOB BO‘YICHA XULOSA
XULOSA
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI
ILOVA
4. Tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zaruriyati. Bir-biriga juda o‘xshash an’ana, til va ayni dinlarga ega bo‘lgan davlatlar
bo‘lmish O‘zbekiston va Turkiyani azaliy do‘stlik va uzoq tarixga egasiyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar bog‘lab turadi. Ya’ni bir qancha uyg‘unliklari bo‘lgan bu ikki
davlat aloqalari tarixi bundan faqat o‘ttiz yil oldingi tarixgagina borib taqalmasdan, ular o‘rtasidagi
siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar tarixi o‘zining chinakam ma’noda salmoqli tarixiga ega. Ushbu
ikki davlat orasidagi aloqalar temuriylar sulolasi va xonliklar davrida, xususan jadidchilik harakati
vujudga kelgan va ular faoliyatlarini yuritayotgan davrda, shuningdek alohida qayd etishimiz mumkinki,
Birinchi jahon urushi yillarida ham ayniqsa rivojlanadi. Ushbu davrlar tarixini yorituvchi tarixiy
manbalar bizning ushbu fikrlarimizni dalillaydi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston–Turkiya
munosabatlari tarixchilar, siyosatchilar diqqat markazida turgan dolzarb mavzulardan biri bo‘ldi. Ushbu
yillarda O‘zbekistonda xalqaro munosabatlar tarixi bo‘yicha ko‘plab tadqiqot ishlari olib borildi. Bunda
asosan, mustaqillik yillarida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar
xususida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu dissertatsiya ishida esa aynan, o‘zbek
xonliklari davrida, xususan Turkiston jadidlari va Turkiya jadidlari, Turkiston avtonom sovet
respublikasi hamda O‘zbekiston avtonom sovet respublikasi hamda mustaqillik yillarida ikki qardosh
o‘lka orasidagi faqat madaniy aloqalarning rivojlanish bosqichlari, ikki davlat o‘rtasidagi madaniy,
ma’orif sohasini rivojlantirishga oid va boshqa madaniy hamkorlik aloqalari tarixi ilmiy asoslab berilishi
bilan dolzarb hisoblanadi.
5. Muammoning o‘rganilganlik darajasi O‘zbekistonda mustaqillik yillarida xalqaro munosabatlar tarixi bo‘yicha ko‘plab tadqiqot
ishlari olib borildi. O‘zbekiston–Turkiyamunosabatlari tarixchilar, siyosatchilar diqqat markazida turgan dolzarb mavzulardan biri
bo‘ldi. Mavzuga doir mavjud adabiyotlarni ikki guruhga ajratib, tahlil qilish mumkin:
mahalliy olimlar tomonidan nashr etilgan tadqiqot ishlari; xorijiy mualliflari tomonidan
bajarilgan tadqiqotlar. O‘zbekiston respublikasining tashqi siyosati hamda xorijiy davlatlar
bilan savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalasi, jumladan,
O‘zbekiston va Turkiya davlatlari hamkorligining turli jihatlari haqida ma’lumot beruvchi
ilmiy maqolalar, monografiyalar, tadqiqot ishlari mavzuga doir ilmiy adabiyotlarning birinchi
guruhini tashkil etadi. Mustaqillik yillarida qisqa muddat ichida O‘zbekistonning xalqaro
aloqalariga bag‘ishlangan bir nechta yirik asarlar yaratildi. A.Qosimov, A.Alimov,
E.Nuriddinov, A.Qirg‘izboyev, S.Safoyev, M.Rahimov, Q.Rajabov, X.Bekmuratov, B.Imamov
va boshqalarning asarlari shular jumlasidandir. Xususan, tadqiqotlar orasida
X.Bekmuratovning “O‘zbekistonning Turkiya bilan iqtisodiy va madaniy hamkorligi”
mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi biz tadqiq etayotgan muammoga bevosita aloqador
bo‘lib, unda o‘zbek va turk xalqlarining o‘rta asrlardan to mustaqillikning dastlabki o‘n
yilligidagi hamkorligi tadqiq qilingan.
6. Shuningdek, ushbu mavzudagi tadqiqot jarayonida Turkiyaning ichki va tashqi siyosati hamda Markaziy Osiyo davlatlari bilan
o‘zaro hamkorlik aloqalari mavzusi doirasidaM.Aydin, A.Davutoğlu, A.O’zgen, B.Ersanli, Ü.Özdag’,
E.Caman, A.Akyurt, N.Devlet, E.Akçay, E.Yelinkiliçe,
B.Toktogulov kabi turk tadqiqotchilarining ilmiy maqolalari
va asarlari, tadqiqot ishlari o‘rganilgan bo’lsada, ularda ham
O‘zbekiston va Turkiya munosabatlariga kam e’tibor
qaratilgan. Unda o‘zbek va turk xalqlarining o‘tmishdagi uzoq
yillik tarixi, XX asr 90 yillarida O‘zbekiston va Turkiya
Respublikalarning o‘zaro munosabatlarining yo‘lga qo‘yilishi
hamda iqtisodiy va madaniy sohalardagi aloqalarini tahlil
etilishi bilan qimmatlidir.
7.
--
Tadqiqotning maqsadi. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi XX asr va XXI asr boshlarida
Turkiston va Turkiya o‘rtasidagi madaniy aloqalari tarixiga oid materiallar tahlil qilinib, ularning
mohiyatini ochib berishdan iborat.
Shunga ko‘ra quyidagi asosiy vazifalar belgilandi:
O‘zbek xonliklari hamda amirligining usmoniylar bilan madaniy aloqalar tarixini arxiv va tarixiy
manbalar asosida tahlil etish.
Buxoro amirligining Turkiya bilan madaniy aloqalarda tutgan o‘rnini yoritib berish.
Turkiston jadidlari va Turkiyadagi «Ittihod va Taraqqiy» tashkiloti bilan o‘zaro aloqalari va madaniy
hamkorligini tarixiy manbalar asosida tahlil etish.
Birinchi jahon urushi davrida Turkistonning Turkiya bilan o‘rnatgan madaniy munosabatlarini o‘rganish.
O‘zbekiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi davrida ikki davlat o‘rtasidagi madaniy munosabatlar
tarixini yoritib berish.
Mustaqillik yillarida О‘zbekiston va Turkiya Respublikalari о‘rtasidagi madaniy-gumanitar sohalardagi
hamkorlikni rivojlanish jarayonlarini tahlil etish.
tadqiqot natijalari asosida yakuniy xulosalar chiqarish hamda ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan
tavsiyalar berishdan iborat.
8.
Tadqiqotning obyekti sifatida bugungi O‘zbekiston va TurkiyaningXX asr - XXI asr boshlaridagi madaniy aloqalari tadqiqot obyekti sifatida
tanlab olindi.
Tadqiqotning predmetini bugungi O‘zbekiston va Turkiyaning XX
asr-XXI asr boshlari o‘zaro munosabatlarida ta’lim, ilm-fan, sog‘liqni
saqlash hamda madaniyat va san’at sohalarining turli yo‘nalishlaridagi
hamkorlik aloqalari tarixini o‘rganish tashkil etadi.
Tadqiqotning usullari. Dissertatsiyada tarixiylik tamoyili, qiyosiy tahlil,
tizimlashtirish va tizimli-xronologik tahlil kabi tadqiqot usullaridan
foydalaniladi.
history