Similar presentations:
Oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish
1.
OLIY TA’LIM XIZMATLARINI KO‘RSATISHTO‘G‘RISIDA IKKI TOMONLAMA SHARTNOMA № MT624895333401/3S
11.09.2024
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM (keying o‘rinlarda – OTM) nomidan ishonchnoma va
Ustavga asosan ish yurutuvchi rektor BOZOROV OTABEK NASHVANDOVICH bir tomondan
va IGAMKULOVA ZILOLA XAKIM QIZI (keyingi o‘rinlarda – Talaba), birgalikda – Tomonlar,
Talabani bakalavriat 3 -kurs davomida o‘qitish maqsadida mazkur shartnomani (keyingi
o‘rinlarda–Shartnoma) quyidagi shartlar asosida tuzdilar:
1.SHARTNOMA MAZMUNI
1.1. Mazkur shartnomaga asosan OTM 2024-2025 o‘quv yili davomida belgilangan ta’lim standartlari va
o‘quv dasturlariga muvofiq o‘qitadi, talaba esa shartnomaning 3-bobida ko‘rsatilgan tartib va
miqdordagi to‘lovni amalga oshiradi hamda talaba OTMda belgilangan tartibga muvofiq ta’lim olish
majburiyatini oladi:
Ta’lim bosqichi:Bakalavr
O‘qish muddati:5(besh yil) yil
Ta’lim yo‘nalishi: Maktabgacha ta'lim
Ta’lim shakli:Sirtqi
O‘quv kursi:3-kurs
2.1. OTMning huquqlari:
1.
Talabadan ushbu shartnoma majburiyatlarini bajarilishini, shu jumladan OTMning ichki
hujjatlarida belgilangan qoidalariga rioya qilishni, o‘quv mashg‘ulotlarida muntazam qatnashishni,
shartnoma bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni talab qilish;
2.
Talaba OTMning ichki hujjatlarida belgilangan qoidalarga rioya qilmagan, bir semestr
davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirgan yoki talaba o‘qitish uchun belgilangan
miqdordagi to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmagan bo‘lsa, OTM Talabaga nisbatan belgilangan
tartibda talabalar safidan chetlashtirish, tegishli kursda qoldirish yoki boshqa choralarni qo‘llash;
3.
Talaba OTMning ichki hujjatlarida belgilangan qoidalarni bir marta qo‘pol yoki muntazam
ravishda buzgan, huquqbuzarlik va yoki jinoyat sodir etgan hollarda shartnomani bir tomonlama
bekor qilish;
4.
Istisno tariqasida Shartnoma bo‘yicha to‘lov muddatlarini uzaytirish (OTMning rektor buyrug‘i
orqali);
5.
Talaba shartnomaning 3-bobida ko‘rsatilgan tartib va miqdorda o‘z vaqtida to‘lovni amalga
oshirmaganida, talabani barcha imtihon (oraliq va yakuniy) jarayonlariga qo‘ymaslik;
6.
Talabaga nisbatan kredit-modul tizimi to‘g‘risidagi nizomga asosan tegishli choralar ko‘rish
huquqiga ega.
2.2. OTMning majburiyatlari:
1.
O‘qitish uchun O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq OTM
ustavi va boshqa ichki hujjatlarida nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
2.
Talabalarning qonun hujjatlarida belgilangan huquqlarining bajarilishini ta‘minlaydi.
3.
Talabani tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlarga muvofiq darajada o‘qitadi.
4.
Talaba bakalavriat yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomlaganda, belgilangan tartibda O‘zbekiston
Respublikasi davlat va nodavlat tashkilotlarida tan olinadigan davlat namunasidagi diplom beradi.
5.
Imtihondan muvafiyaqatli o‘tgan yoki oshirilgan to‘lov shartnomasi asosida talabalikka tavsiya
etilgan abituriyent o‘quv yilining birinchi yarmi uchun yoki to‘liq to‘lovni amalga oshirganidan so‘ng uni
talabalar safiga qabul qilish.
2.3. Talabaning huquqlari:
1.
OTMdan ushbu shartnoma majburiyatlari bajarilishini talab qilish;
2.
OTMda tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlarga muvofiq darajada ta’lim olish;
3.
OTMning ta’lim jarayonlarini yaxshilashga doir takliflar berish;
4.
O‘qish uchun to‘lov turini mazkur shartnomaning 3-bobga asosan tanlash;
5.
OTM imkon berganda (agar tanlangan filialda belgilangan yo‘nalish, ta’lim shakli, ta’lim tilida
bo‘sh o‘rin bo‘lsa) OTMning boshqa filialiga o‘qishni ko‘chirish huquqiga ega.
2.4. Talabaning majburiyatlari:
2.
1.Talaba joriy o‘quv yili uchun belgilangan o‘qitish qiymatini shartnomaning 3-bobida ko‘rsatilgan
tartib va miqdorda o‘z vaqtida to‘laydi.
2.
OTM ustavi va boshqa ichki hujjatlari talablariga qat’iy rioya qiladi.
3.
Talaba o‘quv mashg‘ulotlarida muntazam qatnashadi.
4.
Talaba OTMda belgilangan tartib va doirada ta’lim oladi hamda ushbu jarayonda bilim
darajasini oshirib boradi. Qoldirilgan darslar OTM tomonidan qoplab berilmaydi va ushbu darslar
uchun qayta hisob- kitob qilinmaydi.
5.
Shartnomani imzolaganidan keyin uning bir nusxasini va boshqa talab qilingan hujjatlarni
OTMga taqdim etadi. Hujjatlar (ushbu shartnomani imzolangan nusxasi, diplom, attestat va yoki
shahodatnoma asli, belgilangan fotosurat, shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi) va yoki ularning
nusxalarini OTM tomonidan belgilangan muddatda qisman va yoki to‘liq taqdim etilmasligi
talabalikka qabul qilmaslikka asos bo‘ladi.
6.
Texnika xavfsizligi qoidalariga, ichki tartib qoidalarga to’liq rioya qilishi, rioya qilmasdan ta’lim
muassasasi moddiy boyliklariga yoki ta’lim oluvchining o’ziga (sog’ligiga) yetkazilgan zarar uchun
javobgarlik ta’lim oluvching zimmasida bo’ladi va keltirilgan zarar ham ta’lim oluvchi tomonidan to’liq
qoplanadi.
3. TO‘LOV MIQDORLARI VA MUDDATLARI
1. 2024-2025 o‘quv yilida ta’lim olish uchun to‘lov summasi 10000000 (o'n million) so‘mni tashkil
etadi.
2. To‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi yarim yillik uchun
toʼlov shartnomasi summasining kamida 50% miqdorini 15-sentyabr 2024-yil gacha yoki talim
muassasasi komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha, bahorgi semestr (ikkinchi yarim
yillik) uchun 1-mart 2025-yil yilga qadar toʼlash;
3. Talaba tomonidan Shartnoma bo‘yicha o‘qitish qiymatini to‘lashda to‘lov topshiriqnomasida
Talabaning familiyasi, ismi, sharifi hamda o‘qiyotgan kursi to‘liq ko‘rsatiladi.
4. SHARTNOMANI BEKOR QILISH
1. Shartnoma quyidagi hollarda OTM tomonidan bir tomonlama bekor qilinadi:
1.
Ustav va boshqa ichki hujjatlariga muvofiq talaba talabalar safidan chiqarilganda;
2.
Shartnoma to‘lov miqdori belgilangan muddat ichida to‘lanmasa;
3.
Shartnomaning 2.1.2, 2.1.3.-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda;
4.
Talaba tomonidan qabul imtihonlarida ayyorlik, tovlamachilik, firibgarlik va boshqa shunga
o‘xshash belgilangan tartibga zid yollar bilan o‘qishga qabul qilinganligi aniqlanganida;
5.
Talaba o‘qish davri (oquv davri deganda joriy o‘quv yili uchun tasdiqlangan yillik o‘quv reja
taqvimi nazarda tutiladi) davomida korrupsiya yoki korrupsiya holatlari bilan bo‘gliq huquqbuzarlikni
amalga oshirganida va yoki urunganida (o‘qituvchi-pedagog, xodimlarga pul, qimmatbaho sovg‘a (3
AQSH $ ko‘p miqdorda) va boshqalar taklif qilish, berish va yoki bunda vositachilik qilish);
6.
Talaba ОТМning qonuniy talablarini bajarmaganida.
2. Talaba darslarga qatnashgan yoki qatnashmaganligidan qat’iy nazar shartnoma OTM tomonidan
bir tomonlama bekor qilingan barcha holatlarda talaba amalga oshirgan to‘lov qaytarilmaydi. Agar
talaba ungacha muddatda ushbu shartnomada belgilangan (1-semestr to‘lovi miqdorida; agar
shartnoma 2-semestr davrida bekor qilinsa – 1-yillik to‘lov miqdorida) to‘lovni amalga oshirmagan
bo‘lgan taqdirda talaba ushbu qarzdorlikni to‘lashni o‘z majburiyatiga oladi;
3. OTM tomonidan shartnoma bir tomonlama bekor qilinganda va talaba talabalar safidan
chiqarilganda OTM Talabaga yozma xabarnoma yuborish huquqiga ega.
4. Shartnoma talaba tomonidan uning arizasiga muvofiq bir tomonlama bekor qilinishi mumkin.
Bunda talaba darslarga qatnashgan yoki qatnashmaganligidan qat’iy nazar shartnoma Talaba
tomonidan bir tomonlama bekor qilingan barcha holatlarda talaba amalga oshirgan to‘lov
qaytarilmaydi. Agar talaba ungacha muddatda ushbu shartnomada belgilangan (1- semestr to‘lovi
miqdorida; agar talaba shartnomani 2-semestr davrida bekor qilsa – 1-yillik to‘lov miqdorida) to‘lovni
amalga oshirmagan bo‘lgan taqdirda ushbu qarzdorlikni to‘lashni o‘z mujburiyatiga oladi;
5. Shartnoma tomonlar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra bekor qilinishi mumkin:
1.
Talaba tomonidan tanlangan ta’lim shakli, yo‘nalishi, tili bo‘yicha qabul rejasida ko‘rsatilgan
miqdorda guruh shakllanmagan bo‘lsa.
2.
Talaba vafot etsa.
3.
Ushbu holatlarda OTM 10 ish kuni ichida talabaga agar imkoni bo‘lsa OTMning boshqa filialida
yoki boshqa ta’lim shaklida, tilida, yo‘nalishida o‘qishni davom ettirishni taklif qiladi.Talaba ushbu
3.
taklifga 10 ish kuni ichida javob xati bilan murojat qilishi shart bo‘ladi, aks holda ushbu shartnomabekor qilingan hisoblanadi va Talaba talabalar safidan chiqariladi.
4.
Shartnoma taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra bekor qilinganda OTM
tomonidan Talabaga qoldiq summani qaytarilishi bilan bog‘liq sarf-xarajatlar (bank komissiyalari,
kanselyariya xarajatlari va boshqalar) ushbu qoldiq summadan chegirilib qolingan holda 10 bank ish
kunida Talaba arizasiga asosan qaytariladi.
5.
OTMning boshqa bino joyga ko‘chirishi, masofaviy ta’lim shakliga o‘tishi taraflar ixtiyoriga
bog‘liq bo‘lmagan holat hisoblanmaydi va talaba OTMning talabiga ko‘ra boshqa bino joyda va yoki
masofaviy ta’lim shaklida o‘qishni davom ettirishi kerak bo‘ladi. Bu holatda talaba ushbu shartlarga
rozi bo‘lmasa va o‘qishini davom ettirmasa OTM shartnomaning 4.1. bandiga muvofiq sharnomani bir
tomonlama bekor qilib amalga oshirilgan to‘lovni qaytarmaydi, agar talaba ungacha muddatda
ushbu shartnomada belgilangan (1-semestr to‘lovi miqdorida; agar shartnoma 2-semestr davrida
bekor qilinsa – 1-yillik to‘lov miqdorida) to‘lovni amalga oshirmagan bo‘lgan taqdirda talaba ushbu
qarzdorlikni to‘lashni o‘z mujburiyatiga oladi.
6.
Xorijiy davlatlardagi oliy taʼlim muassasalaridan oʼqishini koʼchirayotgan talabaning oʼqishni
koʼchirish uchun taqdim etilgan xujjatlari boʼyicha oʼrganish natijasida kamchilik, qalbakilashtirish
holatlari, xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega boʼlmagan oliy taʼlim muassasalarida yoki ularning
filiallarida oʼqiganligi aniqlanganda yoki Oʼzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʼqishga
qabul qilish boʼyicha Davlat komissiyasining Qarorlarida koʼrsatilgan boshqa tartiblarga zid holatlar
aniqlanganda talabani oʼqishni koʼchirish boʼyicha murojaati rad etiladi va tomonlar oʼrtasida
rasmiylashtirilgan mazkur shartnoma bekor qilinadi. Shartnoma uchun toʼlov amalga oshirilgan
boʼlsa, toʼlangan summa qaytarilmaydi.
5. FORS-MAJOR HOLATLAR
1. Ushbu Shartnomaga asosan majburiyatlarning bajarilmasligi holatlari yengib bo‘lmaydigan
kuchlar (fors-major) ta’siri natijasida vujudga kelganda, tomonlar o‘z majburiyatlarini bajarmaslikdan
qisman yoki to‘liq ozod bo‘ladilar, agar fors-major hukumat tomonidan rasman e’lon qilinsa,
masofaviy ta’lim shaklida o‘qishni imkoni bo‘lmasa va ular 3 oydan uzoq davom etsa.
2. Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlariga tomonlarning irodasi va faoliyatiga bog‘liq
bo‘lmagan tabiat hodisalari (zilzila, ko‘chki, bo‘ron, qurg‘oqchilik va boshqalar, agar ular 3 oydan
uzoq davom etsa) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini ko‘zlab,
agar ular 3 oydan uzoq davom etsa) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda Tomonlarga qabul qilingan
majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan
holatlar kiradi.
3. Shartnoma tomonlaridan qaysi biri uchun majburiyatlarni yengib bo‘lmaydigan kuchlar
(fors-major) holatlari sababli bajarmaslik ma’lum bo‘lsa, darhol ikkinchi tomonga bu haqida 10
kun ichida ushbu holatlar harakati sababini dalillar bilan taqdim etishi lozim. Ushbu holatda OTM
masofaviy uslubda ta’lim berish imkonini yo‘lga qo‘yish huquqiga ega va talaba bu uslubda ta’lim
olishga roziligini bildiradi. Ushbu holatlarda OTM 10 ish kuni ichida Talabaga masofaviy uslubda
o‘qishni davom ettirishni taklif qiladi.Talaba ushbu taklifga 10 ish kuni ichida yozma murojat bilan
javob taqdim qilishi shart bo‘ladi, aks holda ushbu shartnoma bekor qilingan hisoblanadi, Talaba
talabalar safidan chiqariladi va to‘lov qaytarilmaydi. Agar talaba masofaviy ta’lim shaklida o‘qishni
davom ettirishga norozi bo‘lsa, ushbu shartnoma bekor qilinadi va to‘lov qaytarilmaydi, agar Talaba
ungacha muddatda ushbu shartnomada belgilangan (1-semestr to‘lovi miqdorida; agar shartnoma 2semestr davrida bekor qilinsa – 1-yillik to‘lov miqdorida) to‘lovni amalga oshirmagan bo‘lgan
taqdirda Talaba ushbu qarzdorlikni to‘lashni o‘z mujburiyatiga oladi yoki talaba yozma murojatiga
binoan o‘qishni keyingi yilga shu davridan qaytadan o‘qish sharti bilan davom ettirishi mumkin bo‘ladi
(an’anaviy ta’limga o‘tish imkoni bo‘lsa).
4. Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) davrida masofaviy shaklda ta’lim jarayonini yo‘lga
qo‘yish imkoni bo‘lmasa, hukumat tomonidan rasman e’lon qilingan bo‘lsa va yengib bo‘lmaydigan
kuchlar (fors major) ta’siri 3 (uch) oydan ortiqroq davom etsa shartnomaga asosan majburiyatlarni
ijro qilish muddati ushbu yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) davom etish muddatiga qadar
uzaytiriladi. Fors-major davridan uch oydan keyin shartnoma bir tomonlama bekor qilinishi mumkin. Bu
holatda Talaba yozma murojaatiga asosan xizmat davriga (o‘qish kalendar rejasiga asoslangan
holda har bir dars soati – kunduzgi ta’lim shakli uchun; har bir oy – sirtqi ta’lim shakli uchun)
mutanosib ravishda to‘lov summasidan chegirilib qoldiq to‘lov summasi talabaga 30 kalendar kun
ichida qaytarib beriladi.
4.
5.5. Ushbu shartnomaning 5.3. bandida ko‘rsatilgan shartga asosan fors-major holatlari ta’limnimasofaviy amalga oshirishga imkon bersa, tomonlar o‘z majburiyatlarini masofaviy ta’limga asosan
amalga oshiradilar. Bunda talaba masofaviy ta’lim olish uchun talab qilingan barcha texnik va boshqa
jihatdan sharoitni yaratishni o‘z zimmasiga oladi.
6. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
1. Tomonlarning biri ushbu shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada
bajarmagan taqdirda boshqa tarafga yetkazilgan zararni ushbu shartnomada va amaldagi
qonunchilikda belgilangan tartibda to‘laydi.
2. Fanlar farqi Oʼzbekiston respublikasi Oliy taʼlim tizimida keltirilgan nizom va qonunlarga asosan,
talaba modul kredit asosida qayta oʼzlashtiradi
3. Talaba tomonidan mazkur shartnoma shartlari tegishli tarzda bajarilmasligi natijasida yuzaga
keladigan zararlarni OTMga qoplab berishi shart.
4. Tomonlar o‘rtasidagi barcha nizolar oldindan muzokaralar yo‘li bilan hal qilinadi. Agar o‘zaro
rozilikka erishilmasa, nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va tomonlar kelishuviga
asosan tegishli sudlarda ko‘rib chiqiladi.
5. OTM Talabaning shaxsiy va boshqa mulkiga javobgar emas, talaba o‘ziga tegishli bo‘lgan mulkni
OTM hududida yo‘qotib qo‘ysa, mulkiga zarar etsa va boshqa shunga o‘xshash holatlar sodir bo‘lsa
OTM javobgar hisoblanmaydi.
6. Davlat, xususiy va boshqa oliy ta’lim muassasalarida belgilangan chegirmalar, imtiyozlar
«Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM» ga tatbiq etilmaydi, bunday holatlar OTM ichki hujjatlari
bilan belgilanadi.
7. Agar talaba o‘z xohishiga ko‘ra yoki oilaviy sharoitidan kelib chiqib, shartnomani bekor qilish
bo‘yicha murojaat qilsa, uni o‘qitish uchun ketgan xarajatlar qayta hisob-kitob qilinib chegirib qolinadi.
7. YAKUNIY QOIDALAR VA NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
1. Ushbu shartnomani bajarish jarayonida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizo va ziddiyatlar
tomonlar o‘rtasida muzokaralar olib borish yo‘li bilan hal etiladi.
2. Muzokaralar olib borish yo‘li bilan nizoni hal etish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, tomonlar
nizolarni hal etish uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq iqtisodiy sudga murojaat etishlari mumkin.
3. “Ta’lim muassasa” axborotlar va xabarnomalarni internetdagi veb-saytida, axborot tizimida yoki
e’lonlar taxtasida e’lon joylashtirish orqali xabar berishi mumkin.
4. Shartnoma 2 (ikki) nusxada, tomonlarning har biri uchun bir nusxadan tuzildi va ikkala nusxa
ham bir xil huquqiy kuchga ega.
5. Ushbu shartnomaga qo‘shimcha bitim kiritilgan taqdirda ushbu barcha kiritilgan qo‘shimcha
bitimlar shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.
8. TOMONLARNING REKVIZITLARI VA IMZOLARI
Ta’lim muassasasi:
Ta’lim oluvchi:
F.I.Sh.: IGAMKULOVA ZILOLA XAKIM
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
QIZI
NTM Pochta manzili:
Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani,
Yasmin ko’chasi, 11-uy
Telefon raqam: +998993329461
E-mail: ipu.ntm@bk.ru
Ta’lim oluvchining imzosi:
Tel.: +998752236060
Faks: +998752236060
"INVEST FINANCE BANK" ATBQASHQADARYO VILOYAT FILIALI
H/R: 2021 2000 6054 6861 9009
INN: 309 098 931
MFO: 01 135
Rektor __________ O.N.Bozorov
education