375.00K

devon.docx_Parsing.uz

1.

Devondan oʻrin olgan 554 gʻazalning 237 tasi Xoja Hofiz Sheroziyga, 33 tasi Amir Xusrav Dehlaviyga, 52
tasi Abdurahmon Jomiyga, 25 tasi Shayx Sa'diyga, 5 tasi Mavlono Kotibiyga, 5 tasi Mir Shohiyga, 4 tasi
Kamol Xoʻjandiyga, shuningdek, Husayniy, Vafoiy, Xoja Ismat, Qosim Anvor, Xoja Uxd, Sayfi Turk, Xoja
Hasan, Salmon Savojiy, Amir Suxayliy, Mavlono Orifiy she'rlariga bir yoki ikkitadan tatabbular mavjud.
Navoiy bir necha gʻazalga "Tatabbu'i ba'zi azizon" ("Ba'zi azizlarga tatabbu'"), "Tatabbu'i yake az akobir”
(“Ba'zi akobirlarga tatabbu'”), “Tatabbu'i yori aziz" ("Aziz doʻstga tatabbu'") kabi sarlavhalar qoʻygan.

2.

She'rlar janri
Parij milliy
kutubxonasi
nasxalarida
Istanbul
Turku
usmoniya
kutubxonasi
nasxalarida
Istanbul
Nuru
usmoniya
kutubxonasi
nasxalarida
Eron
nashrida
Toshkent
nashrida
MAT
Gʻazal
554
468
469
485
394
554
Musaddas
-
1
1
1
1
1
Tarkibband
-
1
1
1
1
1
Qitʼa
76
32
34
32
47
64
Ruboiy
72
67
53
59
51
72
Tavrix
16
17
16
11
16
16
Lugʻz
9
6
3
-
8
9
Muammo
373
341
144
16
17
266

3.

X. Sulaymonov tadqiqotlarida Alisher Navoiyning necha gazali Hofiz Sheroziyga, necha gazali
Abdurahmon Jomiyga, Sa'diyga yoki boshqa shoirlarga tatabbu' ekanligini, kaysi she'rlar "muxtara" yoki
"ixtiro" ekanligining aniq miqdorini hisoblab chiqqan edi. Ammo bu nashrlarni qiyosiy oʻrganish, ularni
bir-biri bilan muqoyasa qilish natijasida bu hisob butunlay boshqacha boʻlib chiqmoqda. Albatta, Texron
nashrida ham koʻpchilik gʻazallar Xoja Hofizga tatabbu' ekanligi qayd etilgan. Ammo ajablanarli eri
shundaki, "Devoni Foniy"ning Texron nashrida shoirga tatabbu' sifatida kitobxonga taqdim etilgan gʻazal,
Toshkent nashrida boshqa bir shoir gazaliga tatabbu' sifatida chop etilgan yoki aksincha Toshkent
nashridagi bir shoirga tatabbu' Texron nashrida boshqa bir shoirga tatabbu' sifatida e'lon qilingan. Shoir
asarlarining 20 tomligidan oʻrin olgan forsiy merosini nazardan oʻtkazganimizda ham qator jiddiy farqlar
kuzatildi.

4.

Toshkent nashrida. Tatabbuyi Xoja(1. 78)
Muxtara' (1. 106)
• Tatabbuyi ba'ze azizon (1. 174)
• Bayoni voqe'(1.256)
• Muxtara (1.286)
• Muxtara (1.292)
• Dar tavri Mir (1.306) • Tatabbuyi Mir (2.46) • Tatabbuyi Maxdum (2.64) • Tatabbuyi Mir (2.68)
Muxtara (2.82)
• Tatabbuyi Xoja (2.118)
• Tatabbuyi Xoja (2.130) • Muxtara (2.150)
• Muxtara (2.180)
• Dar tavri Mir(2.208) Dar Tatabbuyi Maxdum (2.220)
• Dar tavri Xoja (2.234)
• Tatabbuyi Mir(2.238)
• Tatabbuyi Saidqosim Anvor(2.276)
Tatabbuyi Xoja(2.282)
Muxtara' (2.332)
MAT nashrida Muxtara' (18, 102) • Muxtara' (18, 140) • Muxtara (18, 262)
• Muxtara (18, 396)
• Dar tavri Maxdumiy (18, 440
• Dar tavri Xoja (18, 446)
• Muxtara (18, 442)

5.

• Tatabbu'i Mir (19, 190) • Tatabbu'i Maxdum (19, 210) • Tatabbu'i Mir (19, 214 • Muxtara (19, 230)
Tatabbuyi Xoja (19, 278) • Tatabbuyi Xoja (19, 292) • Muxtara (19, 314) • Muxtara (19, 354) • Muxtara
(19, 386) • Ayzan (19, 398)
• Ixtiro(19, 414)
• Tatabbuyi Mir (19, 418)
• Dar tavri Maxdum (19, 462)
·
Tatabbu'i Shayx (19, 474)
• Muxtara (19, 564)
Devoni Foniy"da tavr asosida yaratilgan bir turkum gʻazallar ham uchraydi. “Devoni Foniy"da faqat toʻrt
shoir - Sa'diy Sheroziy (2 gʻazal), Amir Xusrav Dehlaviy (s gʻazal), Hofiz Sheroziy (20 gʻazal) va
Abdurahmon Jomiy (8 gʻazal) tavridagi gʻazallar bor.
Oʻziga xos uslubda, mustaqil yozilgan gʻazallar Foniy devonida "Muxtara" yoki "Ixtiro" nomi bilan
belgilangan. Devoni Foniy”ga kirgan gʻazallarni ikkita katta turkumga boʻlish mumkin. Birinchi turkum
shoirning tatabbu'lari, ikkinchi turkum esa oʻz zamonidan shikoyat ruhida yozilgan, nasihat xarakteriga
ega boʻlgan "ixtiro'" xarakteridagi gʻazallardir
Shoirning turkiy lirikasi singari
forsiyda ham 7 va 9 baytli g'azallar
qo'shilishini Toshkil etadi.

6.

7 baytli
8 baytli
9 baytli
11 baytli
13 baytli
319
4
215
14
Bobning ikkinchi fasli ijodiy maydon" deb

7.

"Tatabbu' Yangi nomlanadi. Ma'lumki,
Alisher Navoiy tatabbunavislikni adabiy yoʻnalish darajasiga koʻtardi va bu bilan oʻziga xos an'ana yaratdi.
Shu bilan birga asos qismini tatabbu' Gʻazallar tashkil etgan “Devoni Foniy”ni tartib berdi. Tatabbu'
yozishga kirishgan shoir ustozlari darajasida qobiliyati borligini, oʻsha shaklda, oʻsha motivda she'r
aytishga oʻzining qodir ekanligini namoyish etadi. Adabiy ta'sir Va ijodiy hamkorlik mahsuli sifatida
yaratilgan payravlar tatabbunavislarning chuqur bilim, katta ijodiy kuch, maxsus tayyorgarlik, adabiy
ijodiy tajribaga ega boʻlganligidan dalolat beradi. Navoiyning tatabbulari shu jihatdan xarakterlidir..

8.

Alisher Navoiyning tatabbularini oʻrganish jarayonida shuni kuzatdikki, shoir ba'zi gʻazallarga ma'no va
mazmun (gʻoyasi, mavzui, obrazlari), shakl belgilari (vazn, kofiya radif) jihatidan oʻxshatma tarzida
tatabbu' bitgan boʻlsa, ba'zilarining vazn, qofiya va radifi saqlangan holda mazmuni erkin, she'riy
san'atlar chuqur ishlangan masnu' tatabbular yozadi, ba'zi gʻazallarga esa mazmunga katta e'tibor
bergan holda vazn va radif yangilangan, shakl oʻzgacha matbu' tatabbular ijod qiladi. Navoiy salaflari
qoʻllagan timsollar, adabiy an'analardan ustalik bilan foydalanib, goho tatabbu qilinayotgan asar soʻzlari
chegarasidan chiqmay yangi mazmun ifoda etadi, goho yangi qofiya, yangi soʻzlarni goho matlada acoc
gʻazaldan uncha uzoqlashmaydi, gohida matladan uzoqlashib ketadi-yu, maqtada shoirning oʻz
misralarini tazmin qilib, yan unga qaytib keladi.

9.

Garchi Foniy gʻazallari mavzusi Hofiznikiga yaqin boʻlsa-da koʻpgina jihatlari bilan ulardan farq ham qiladi.
Sherozlik nazm ustasining gʻazallari baytlari mazmunan bir-biri bilan mustahkam aloqada emas. Bu
xususiyat kamchilik emas. Baytlar mustaqilligi shoirga lirik mavzudagi gʻazallarga falsafiy mushohadali
baytlarni joylashtirish imkonini bergan. "Hofiz baytlarini bekorga gavhar shodalariga oʻxshatishmaydi.
Uning gʻazallaridagi ayrim baytlar tashlab ketilsa va oʻrni almashtirilsa ham sezilmaydi. Shu bois,
Hofizning turli yillarda koʻchirilgan va chop etilgan devonlarida ayrim baytlarni tashlab ketish yoki ular
oʻrnini almashtirishdek hollarga yoʻl qoʻyilgan. Foniy gʻazallari esa musalsalligi, ya'ni voqeabandligi bilan
ajralib turadi. Ularda bir mavzu chuqur va izchil yoritiladi. Hofiz gazallarida aks etmay qolgan jihatlarga
urgʻu berish, uning fikrini toʻldirish va yangi sharoitlarda rivojlantirish, mavzun yangi-yangi tasviriy
vositalar yordamida ochish Foniy tatabbu'lariga xos xususiyatdir.

10.

TOLSTOI
• Navoiy, qaerdaki, shoir Dehlaviy va uning ijodi haqida zikr qilsa, unga parallel ravishda ishq soʻziga
urgʻu beradi. Xususan, tasavvufiy talqinlarda ham bir tomondan Jomiydagi orifona ruh sezilsa, IKKINChI
tomondan Hofizdagi rindona kayfiyat motivlari koʻzga tashlanib turadi. Uchinchidan, eng asosiy
hisoblangan Ishq mavzusi va uni tasvirlash uslubida Xusrav ruhi sezilib turadi. Sh.Shomuhammedov
Navoiyning "Devoni Foniysi va undan oʻrin olgan tatabbular haqida soʻz yuritganda quyidagi fikrni bayon
etganida toʻla haqli edi: "Alisher Navoiy forsiy Devoniga kiritgan ... she'rlarida fors adabiyotining besh
asrlik tarixiga yakun yasadi, uning gʻazallarida Sa'diy mantiki, Xusrav Dehlaviyning sehrli nafosati va Hofiz
isyonkorligi uygʻunlashdi. Navoiy bu asarlarida fors adabiyoti bosib oʻtgan Xuroson (yoki Turkiston )
uslubini ham, Iroq uslubini ham yaxshi egallaganini namoyish qilibgina qolmay, balki Alisher Navoiyning
oʻzbekcha gʻazallariga ham xos boʻlgan yangi fusunkor navoiyona uslubga asos soldi"

11.

Hofiz :
Voizon k-in jilva bar mehrobu minbar mekunand, Chun ba xilvat meravand, on kori digar mekunand.
(Voizlar mehrob va minbarda bu xildagi gaplarni qilsalar-da xilvatga borganlarida boshqacha ishlar bilan
mashgʻul boʻladilar)
• Foniy:
Voizon to chand man'i jomi sogʻar mekunand,
Chun dimogʻi xushro ham gah-gahe tar mekunand. (Voizlar jom-sogʻarni man etsalar-da goh-gohida
oʻzlari ham u bilan dimogʻlarini hoʻllab turadilar.)

12.

Hofiz
baytida
voizlarning
Nima haqida
gapirganlari, nimani
man etganlari ochik
aytilmaydi, ularning xilvatga borganlarida turli ishlar bilan shugʻullanishlari mavhumroq aytilsa, Foniyda
ularga tomoqlarini oʻzlari man narsalar, ya'ni Qur'oni karimda harom deb tilga olingan may bilan hoʻllab
turadilar, degan ayb qoʻyiladi. Bunday misollarni Foniyning boshqa tatabbu'larida ham koʻrish mumkin.

13.

Bunday misollarni Foniyning boshqa tatabbu'larida ham koʻrish mumkin. Masalan, Hofiz bir gʻazali
Matla'sida shunday deydi:
Dush az masjid soʻi mayxona omad piri mo,
Chist yoroni tariqat ba'd az in tadbiri mo? Ya'ni:
Keldi masjiddan bu kech mayxona sori pirimiz, Ne boʻlur yoʻldoshlarim, bundan keyin tadbirimiz? Foniy
oʻz javobiyasining dastabki baytidanoq uning savoliga javob berib, toʻldirib hukm chiqarib: Di sui dayri
mugʻon omad zi masjid piri mo, Chist juz zunnor bastan ba'd az in tadbiri mo! Ya'ni, pirimiz masjiddan
Dayri mugʻon nomusulmonlar maskaniga keldi, bizning tadbirimiz buyinga kofirlik zunnorini bogʻlashdan
boshqa nima ham boʻlardi, deydi.
• Xofit:

14.

Garchi badmonist nazdi oqilon, Mo namexohem nangu nomro.
(Garchi oqillar nazarida badnomlik sanalsa-da biz oru nomusni istamaymiz) desa,
Foniy uning fikrini qoʻllab-quvvatlab:
Zohid, majuy, az mo, ki mondaem,
Andar sari surohiyu may, nangu nomro.
(Ey zohid, bizdan intizomlilik, sharmu nomuslilik, taqvodorlik xislatlarini izlama, biz ularni koʻzacha-yu
may yoʻlida qurbon qilib yuborganmiz), deydi.
Hofiz oʻzining "kujo" radifli gʻazalining matla'ida:
Salohi kor kujovu mani xarob kujo,
Bubin tafovuti roh, k-az kujost to ba kujo!
(Ishni oʻnglamoq qayoqda-yu men qayoqdaman, bu yoʻllarning tafovutini koʻrish-bilish bosh-adogʻini
aniqlash qayoqda) desa,
Foniy oʻzining tatabbu'si matlaida:
Zeri noʻh toqi falak gayri kaji kor kujost, Rosti dar kami in gunbadi davvor kujost?
(Bu toʻqqiz falak toqining tagida egrilikdan boshqa nima boʻlardi, ya'ni bu gumbaz devori ichra toʻgrilik
boʻlarmidi?) -deydi.
Chandon ki guftam gʻam bo tabibon, Darmon nakardand miskin gʻaribon. Foniy:

15.

• On gul, ki noʻshad may bo raqibon, • Hofiz:
Binandu mirand miskin gʻaribon. Hofiz:
On gul, ki har dam dar dasti bodast, Goʻ, sharm bodash az andalibon.
• Foniy:
Ey gul, ba gulshan chun jilva sozi, Afgʻon makun ayb az andalibon. Hofiz:
• Ey mun'im, oxir, bo xoki judat, To chand boshem az benasibon.
• Foniy:
• Foniy, nasibe z-on mahvashad nest,
.

16.

Koʻrinib turibdiki, Foniy, hatto ba'zi misralarda Hofiz birikma va soʻzlarini aynan qoʻllagan. Ammo baytlari
ma'nosi boshqacha. Demak, Foniy oʻz fikrlarini aytishda ba'zan Hofiz gʻazallari shaklidan foydalangan.
Mazkur tatabbuda gʻazalning
vazn, qofiyasi saqlangan, mazmuni esa erkin. Shuning uchun uni she'riy san'atlar chuqur ishlangan
masnu' tatabbu' deyish mumkin.
Hofiz:
Agar on turki Sherozi ba dast orad didi moro, Ba xoli hinduyash baxsham Samarqandu Buxororo.
Mazmuni:
Maning koʻnglimni band etsa oʻshal Sheroz jononi Kora xoliga baxsh etgum Samarqandu Buxoroni Foniy:
Gar on turki Xitoyi noʻsh sozad jomi sahboro, Naxust orad soʻi mo turktozi qatlu yagʻmoro.
Mazmuni: “Agar ul xitoylik turk may jomini ichib yuborsa, birinchi avval biz tomonga ot surib turkcha
qatlu gʻoratni olib keladi".

17.

• Ishning uchinchi fasli "Muxtara' - kashf va ixtiro namunasi” deb atalgan. “Devoni Foniy” tarkibida
javobiya va yo tatabbu' tarzida aytilgan gʻazallar bilan bir qatorda bevosita Alisher Navoiyning oʻz
kashfiyoti boʻlgan she'rlar Ham talaygina uchraydi. Ushbu kulliyotning Toshkent nashrida shu
xususiyatga molik asarlarning mikdori yuzdan ortiqdir. Shoirning muxtara' gʻazallari soni haqida turlituman fikrlar bor. Olim Davlatov esa "Foniyning muxtara gʻazallari” maqolasida ularning soni Alisher
Navoiy toʻla asarlar toʻplami 10 jildlikda 95 ta ekanligini qayd etadi. Biz esa shoir mukammal asarlari
toʻplami 20-jildlikning 18, 19 va 20-jildlarini nazardan oʻtkazib, muxtara' gʻazallarning bu nashrda 88 ta
ekanligiga guvoh boʻldik.
• Foniyning muxtara gʻazallarida koʻzga tashlanadigan yangiliklaridan yana biri shuki, u xalq tilida mavjud,
ammo oʻsha davr yozma adabiyotida qoʻllanilmaydigan soʻzlarni dadillik bilan qoʻllab, she'riyatni leksik
jihatdan ham boyitgan. Ya'ni " gʻazaldagi "baloxuron”, "kafandoz" soʻzlari “Farhangi zaboni tojiki"da
mavjud emas. Qolaversa, bu soʻzlar Foniyning gʻazalnavislikdagi ustozlari Hofiz, Sa'diy, Amir Xusrav va
Jomiyning asarlarida ham uchramaydi. Navoiyning turkiy tilda yozgan asarlarining lugʻaviy boyligi tengsiz
ekanligini olimlarimiz allaqachon isbotlashgan. Ma'lum boʻladiki, Navoiy-Foniy Turkiy asarlarida qoʻllagan
muvaffaqiyatli tajribalarini forsiy gʻazallarida ham tatbiq etgan va bunda ham yuksak natijalarga
erishgan".

18.

Oʻrni kelganda ta'kidlash joizki, Navoiy faqat ulkan salaflari va ayrim zamondoshlarigagina emas, ba'zan
oʻz gazallariga ham tatabbu'lar (javobiyalar) bitgan. "Devoni Foniy”da "Muxtara'" sarlavhasi bilan kelgan
quyidagi:
• Ba subh toibam az mehnati xumori sharob,
• Vale ba shom digar doram intizori sharob.
• Mazmuni:
Sharob xumori azobidan tongda tavba qilaman,
• Ammo shomda sharob ichishga yana intizor boʻlaman
matlali gʻazaldan soʻng “Dar javobi she'ri guzashta” (“Yuqoridagi she'rga javob”) sarlavhasi bilan yana
yangi gʻazal yaratgan. Bu gʻazaldan quyida ikki bayt keltiramiz: Chunon shudast ruxat gul-gul az bahori
sharob,
• Ki digarem ba dil afkand xor-xori sharob.
Baloxuroni xaroboti ishkro dar dil,
Foniy muxtara' gʻazallarining mavzulari doirasiga -nazar tashlasak, unda quyidagi motivlar yaqqol koʻzga
tashlanadi:
• Alloh Taolo va uning husni jamolini madh etuvchi vasf gʻazallar;

19.

• Ilohiy ishqni madh va talqin etuvchi gʻazallar; Ayriliq motividagi gʻazallar;
• Majoziy ishqni kuylovchi gʻazallar;
• Tabiat goʻzalligini kashf etuvchigʻazallar; • Tabiat manzaralari bilan ruhiy olam uygʻunligini ochuvchi
gʻazallar;
Doʻst-yorlik munosabatlariga bagʻishlangan Gʻazallar;
• Ijtimoiy adolat mavzudagi gʻazallar; • May tavsifiga bagʻishlangan gʻazallar; • Zamondan shikoyat
ruhida yozilgan gʻazallar.
English     Русский Rules