61.95K

2-lektsiya

1.

2-mavzu. ETIOPATOGENEZ
• Reja:
• 1. Etilogiya va patogenez haqida tushuncha.
• 2.Kasalliklarni keltirib chiqaruvchi sabablar, shart-sharoitlar, rivojlanish mexanizmi,
taroqalish yo‘llari va oldini olish chora tadbirlari
• 3.Patogenez va unda etiologik omillarni tásir qilish mexanizimi.
• 4. Sanogenezda nerv va endakrin sistemalarining ahamiyati.

2.

1.Etiologiya - organizmda kasalliklarning kelib chiqishini umumiy
qonuniyatlarini, sabablarini, shart-sharoitlar yig‘indisini o‘rgatadi.
Etiologiya yunoncha aitia-sabab, logos-ta’limot degan tushunchani
bildiradi.
I.P. Pavlov ta’rificha kelajak tozalik veterinariyasiga, gigienasiga
aylanishi kerak. Shuning uchun ham, hozir tashqi muhitni muhofaza
qilish zarur va bu sohada bir qancha ishlar qilinmoqda. I.P.Pavlov
kasallikni hamma sabab va sharoitlarini bilish zarur degan.

3.

• Etiologiya ta’limotini o‘rganishda organizm tuzilishi va ularning birdamlik
prinsiplarini e’tiborga olinishi kerak, ya’ni
nazariya bilan amaliyotni
chambarchasligini birga olib borishimiz kerak, bu etiologiyani atroflicha tushintira
olishi mumkin.
Kasallik chaqiruvchi sabablarini 2-ta katta guruhga bo‘lib o‘rganiladi: tashqi
yoki ekzogen, ichki yoki endogen sabablar.
Tashqi kasallik chaqiruvchi sabablarga mexanik, fizik, ximik, biologik va
boshqa sabablar kiradi.

4.

• Kasallik chaqiruvchi tashqi sabablar deganda shunday ta’sirotchilar tushuniladiki
ular organizmga tashqi muhitdan ta’sir ko‘rsatib, patologik jarayonni hosil qiladi.
Kasallik chaqiruvchi tashqi muhit omillarini o‘z-o‘zidan o‘rganilmasdan organizm
bilan chambarchas bog‘liq holda o‘rganilib, kasallikning kelib chiqish darajasi
uning xususiyatiga bog‘liqdir. Kasallik chaqiruvchi tashqi muhit omillariga
mexanikaviy fizikaviy, ximiyaviy va biologik sabablar kiradi. YUqori darajada
rivojlangan hayvonlar organizmiga barcha omillar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etgan
joy orqali yopiq avtomatik (I.P.Pavlov) M.N.S.siga so‘rilish oqibatida (zahralar va
elektr toki, nur energiyasi) yoki reflektor ravishda (shartli va shartsiz reflektor yo‘l
bilan).

5.

• Odatda travma yoki jarohatlanish atamasini tor ma’noda qo‘llab mexanikaviy yo‘l bilan
bo‘lgan o‘zgarishlarni anglatadi. Mexanikaviy jarohatlanishlarga barcha o‘zgarishlar
kiritilib, ezilish, yaralanish, o‘tkir, o‘tmas, otilgan o‘q, bosim berayotgan jismlar
tomonidan hosil qilinadi.
Mexanikaviy ta’sirlar ta’sir qilgan joyda cho‘zilish, ezilish, urilish, qon tomirlari va
nerv tolalarini jarohatlaydi. CHo‘zilish yoki tortilish oqibatida yuzaga keladigan
patologik o‘zgarishlar kasallik chaqiruvchi sababni kuchi, ta’sir qilish vaqti va cho‘zilish
yoki tortilishiga uchragan organ yoki to‘qimaning fiziologik xususiyati hamda holatiga
bog‘liq.
• Odatda travma yoki jarohatlanish atamasini tor ma’noda qo‘llab mexanikaviy yo‘l bilan
bo‘lgan o‘zgarishlarni anglatadi. Mexanikaviy jarohatlanishlarga barcha o‘zgarishlar
kiritilib, ezilish, yaralanish, o‘tkir, o‘tmas, otilgan o‘q, bosim berayotgan jismlar
tomonidan hosil qilinadi.
Mexanikaviy ta’sirlar ta’sir qilgan joyda cho‘zilish, ezilish, urilish, qon tomirlari va
nerv tolalarini jarohatlaydi. CHo‘zilish yoki tortilish oqibatida yuzaga keladigan
patologik o‘zgarishlar kasallik chaqiruvchi sababni kuchi, ta’sir qilish vaqti va cho‘zilish
yoki tortilishiga uchragan organ yoki to‘qimaning fiziologik xususiyati hamda holatiga
bog‘liq.

6.

• Travmatik shok organizmning og‘ir patologik holatlaridan hisoblanib, oyoq suyaklarining
kuchli trovmatik jarohatlanishi, qorin, ko‘krak qafasini jarohatlanishi keng qismlarda
sezuvchi nerv oxirlarini qo‘zg‘alishi bilan kechadigan o‘zgarishdir.
• Travmatik shok davrida qisqa muddatli qo‘zg‘alishdan keyin organizmning asosiy
fiziologik funksiyalarini kuchli tormozlanishi yuzaga keladi. Travmatik shokga davrida
xarakterli o‘zgarishlardan nafas va pulsning tezlashishi, arterial bosimning oshishi, qonda
glyukoza va adrenalin miqdori ko‘payishi hosil bo‘ladi.
• Kontuziya tananing barcha yoki katta qismini yiqilishib, urilishidan hosil bo‘ladi (temir
yo‘l vasitalari va avtomobillar to‘qnashuvi, chaqmoq choqishi, snoryad va bomba
portlashi va xakozalardan).
• Miyaning chayqalishidan hushdan ketadi. yurak faoliyati zarflashadi, sklet muskullar
faoliyatlari zaiflashib talvasa yuzaga keladi. Miya qon tomirlaridan nuqtali qon
quyilishlar va mikroskapik o‘zgarishlar yuzaga keladi.

7.

Pavlov I.P. kasallik chaqiruvchi sabablarni uchta guruhga
bo‘lib o‘rganishni tavsiya qiladi:
• 1. Hamma ekzogen va endogen sabablar birinchi guruh sabablar bo‘lib, ularga organizm
shartsiz refleks bilan javob beradi.
• 2. I.P.Pavlov ishlari bilan vujudga keltirilgan indiferent ta’sirotlar ya’ni kasallik
chaqiruvchi sabablar ta’siri, odatdagi sharoit bilan quvvatlanib turilsa keyinchalik shu
quvvatlovchining tabiiy ta’sirini o‘zi kasallik chaqiradi. Masalan: apomorfinni shprisga
olib, itni stanokga bog‘lab so‘ngra apomorfinni itga yuborilishi har gal yorug‘lik yoki
qo‘ng‘iroq chalib quvvatlanib turilsa, keyin shu lampochkaning yoqilishini o‘zi kasallik
chaqirib, it qusadi va bu sabablarni indeferent ta’sirotchilar deyiladi. Bu kasallik
chaqiruvchi sabablarga hayvonlar organizmi shartli reflekslar hosil qilish bilan javob
beradi.
• 3. Psixogen sabablar ham tajribalarda isbotlanib, inson uchun katta ahamiyatga ega ya’ni
so‘zlash, chizish orqali organizmni ta’sirlash, og‘ir qayg‘urish, qattiq haqorat so‘zlarini
yozilishi ham kasalliklarga olib kelishi mumkin.

8.

• 1.Patogenez deb, kasalliklarning kelib chiqishi, rivojlanish mexanizmi, tarqalish
yo‘llarini, oqim va oqibatlarini o‘rgatadigan ta’limotga aytiladi.
Grekcha
pathos-jabrlanish, genezis-hosil bo‘lish. Turli patologik sabablar
organizmga
rivojlantiradi.
ta’sir
ko‘rsatganda
kasalliklarni
turlicha
mexanizmlar
bilan

9.


M.N.S.si va oliy nerv faoliyatini himoyalanish, adaptatsiya jarayonlarida buzilgan
funksiyalarni tiklanishida ishtirok etishini quyidagi misollarda kuzatamiz. Miyaga
narkotik moddalar ta’sirida tormozlanishlar hosil bo‘lib, proliferativ va regenerativ
jarayonlar susayadi, yurakning kompensator gipertrofiyasi zaif rivojlanadi, qon
yo‘qotganda qon bosimi sekin tiklanadi, immunologik reaksiyalar zaiflashadi.
Organizmning himoya reaksiyalari kasalliklarning turli davrlarida turlicha bo‘lib
ba’zan kuchayib ketib zararli bo‘lib, ularni blokada qilishga to‘g‘ri keladi.
Masalan: qusish ko‘plab zaharli moddalarning organizmdan tashqariga
chiqarishga yordam beradi, lekin qusish uzoq cho‘zilsa, u hayot uchun havfli
bo‘lib qoladi; yoki isitma meyoriy hosil bo‘lishi immunologik jarayonni
kuchaytiradi, lekin isitmani kuchli ko‘tarilishi xavfli bo‘lib, nerv va yurak tomirlar
sistemasida chuqur o‘zgarish chaqiradi.

10.

• Konstitutsiya nima? degan savolga haligacha to‘liq javob bo‘lmasdan,
konstitutsiya deganda organizmning umumiy morfologik va fiziologik
xususiyatlari tushinilib, bu xususiyatlar uzoq evolyusiya mahsuli
sifatida organizm bilan tashqi muhit aloqadorligidan hosil bo‘lib, bu
xususiyatlar turg‘indir. Bu xususiyatlar tufayli organizmni tashqi
muhitga nisbatan reaksiyasi aniqlanadi, yaqin turlarini solishtirib
ko‘radi.

11.

• Qishloq xo‘jalik hayvonlarning konstitutsiyasi deganda xo‘jalik va
muhit sharoitiga mustahkamlik, chidamlik, kasalliklarga berilmaslik,
moslashuvchanlik hamda mahsulot berish xususiyatini ko‘paytirishi
tushiniladi. SHunday qilib, qishloq xo‘jalik hayvonlarining
konstitutsiyasi deganda faqat organizmni morfologik, fiziologik
xususiyatlari tushinilmay balki organizmning tashqi muhit ta’siriga
reaktivliligi, jumladan kasallik chaqiruvchi sabablarga javob
reaksiyasini ishlab chiqishi tushiniladi.

12.

• Organizm faoliyatining qayta tiklanishi. Organizmda patogen ta’sirotchilar
ta’sirida buzilgan funksiyalarni tiklash qobiliyatiga ega bo‘lgan kimoyaviy
moslashuvchanlik mexanizmlar bo‘lib, ularga organizmda hosil bo‘lgan ortiqcha
energiya, yuzalar, depolangan qon, kimyoviy va biokimyoviy moddalar kiradi.
Masalan: oddiy fiziologik sharoitda yurak muskullarining 17-20%, o‘pkaning
nafas olish yuzasi, ichaklarning so‘rilishini ta’minlovchi yuza, buyrakning
koptokchalarining 20-25%, jigarning 12-15%, qon tomirlarining 10-15%,
gemoglobinning 50-60% va nerv, endokrin sistemalari kamdan-kam
foydalaniladi.
English     Русский Rules