691.76K
Category: lingvisticslingvistics

Akademik yozuv. Taqriz matni

1.

Akademik yozuv
Mavzu : Taqriz matni
tuzuvchi: Qazaqov Mansurbek

2.

3.

4.

Taqriz – adabiy tanqid sohasidagi eng kichik janrlardan
biri. Taqriz – badiiyat olamidagi “razvedka” vositasi.
Uning vazifasi ixcham ommabop tahlil orqali asarning
adabiy jarayon va yozuvchi ijodiyotidagi oʼrnini aniqlash,
yutuq va kamchiliklarini koʼrsatish, isbotlash va
baholash, unga kitobxonning eʼtiborini qaratishdan
iborat. Bu janr shunisi bilan xarakterliki, keng
jamoatchilikning asarni qanday qabul qilishi maʼlum
jihatdan uni baholagan, tahlil qilgan dastlabki
taqrizlarga bogʼliq. Haqqoniy taqriz asar haqida
jamoatchilik fikrining shakllanishiga taʼsir koʼrsatadi.

5.

Taqrizchi asar mohiyatini ilmiy-estetik tahlil qilish orqali
u haqida kitobxonning tasavvur koʼzini ochadi. Shu
oʼrinda taqrizchi masʼuliyati degan muhim masala kelib
chiqadi. Аgar taqrizchi ilmiy-estetik jihatdan kuchli
boʼlsa, mulohazalari asosli va teran boʼlsa, ilmiy
jamoatchilikka ham, kitobxonlarga ham, adabiyotga
ham naf keltiradi. Va, aksincha boʼlsa: qimmatli asarni
didsizligi tufayli inkor etsa yoxud boʼsh asarni madh
etsa, adabiy jamoatchilikni ham, kitobxonni ham
chalgʼitadi. Shu maʼnoda taqrizchini tibbiyotdagi tashxis
qoʼyuvchiga qiyoslasa boʼladi.

6.

Taqrizda vijdonan, bilimdonlik va masʼuliyat bilan
amalga oshirilgan tahlil zarur.
Taqriz yozuvchi shaxs asarga oʼz shaxsiyat-u
hissiyoti nuqtayi nazaridan emas, balki umumxalq
fikridan kelib chiqib hukm chiqarishi kerak. “Menga
yoqadi, menga yoqmaydi” qabilidagi iboralar taom,
vino, yoʼrgʼa otlar, chopqir itlar, kiyim-kechak va
boshqalar haqida gap ketayotgandagina qimmatlidir.

7.

Taqriz - sаylаnmа bаyоnning bir turi. U bаdiiy, ilmiy,
mеtоdik vа bоshqа аsаrlаrgа bеrilgаn bаhоdir. Taqrizdа
аsаr tаnqidiy tаhlil еtilаdi, shu nuqtаi nаzаrdаn
bаhоlаnаdi. Аsаrning yutuqlаri hаm, nuqsоnlаri hаm
ko‘rsаtilаdi. Tаqrizchi o‘zining dа’vоlаrini turli dаlillаr
аsоsidа isbоtlаy bоrаdi, аsаrgа ilmiy izоhlаr bеrаdi.
Taqriz yоzish оdоbi хоlislikni, hаqiqаtdаn
chеtlаshmаslikni tаlаb еtаdi. Tаqriz qilinаyоtgаn
аsаrning yutuq vа kаmchiliklаri, nаzаriy vааmаliy
аhаmiyati hаqqоniy ko‘rsаtilishi lоzim. Аsаrgа bаhо
bеrishdа muаllifning shахsiyati, оbro‘si еmаs, bаlki
uning (аsаrning) хususiyatlаri, аhаmiyati ko‘zdа tutilаdi.

8.

Taqriz yozishda quyidagi sxemaga amal qilinadi:
1. Tezis (umumiy holati) va uni ochib berish.
2. Kitob (film, teatr, maqola)ning baholanishi.
Taqrizning boshlang‘ich qismida quyidagi konstruksiyalardan
foydalaniladi:
Kitob (film, teatr, maqola)da hikoya qilinadi.
Kitob (film, teatr, maqola)da muammolar ko‘tariladi.
Taqrizni baholash qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:
Men … hisoblayman …
Mening fikrimcha…
Mening nazarimda…
… menga yoqdi.
… menda katta taassurot uyg‘otdi.
Kitob (film, teatr, maqola) … o‘rgatadi.

9.

10.

E’tiboringiz uchun rahmat!!!
English     Русский Rules