Similar presentations:
Egri va to'g'ri soliqlar
1. Egri va to'g'ri soliqlar
12. EGRI VA TO'G'RI SOLIQLAR
Reja:1. Soliqlar mohiyati va funksiyasi
2. Soliqqa tortish tamoyil va
elementlari
3. Umumdavlat va mahalliy soliqlar
4. Egri va to'g'ri soliqlar
2
3. Soliqlar mohiyati va funksiyasi
Soliqlarning eng oddiy ta'rifi qo'yidagicha:Soliqlar aholidan, korxonalar va xo'jalik
yurituvchi boshqa sub'ektlardan davlat (markaziy
va mahalliy hokimiyat organlari) tomonidan
undirib olinadigan majburiy to'lovlardir. Soliq o'z
mohiyat e'tiboriga ko'ra ijtimoiy mahsulotning
(yalpi ichki mahsulotning – YAIM) bir qismi
bo'lib, soliq to'lovchi bundan biror-bir foyda
ko'rish ko'rmasligidan qat'iy nazar, o'z
mablag'laridan davlat hisobiga majburiy
ajratmalar ko'rinishida aks etadi.
3
4. Soliqlarning bir nechta asosiy funksiyalari mavjud:
Soliqlarning asosiy funksiyasi fiskal (lotincha fiscus so'zidankelib chiqqan bo'lib, g'azna degan ma'noni anglatadi) xususiyatga
ega ekanligidir. Bu o'rinda funksiyaning mohiyati shundan
iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil
qilinadi hamda davlat faoliyat ko'rsatishi uchun moddiy sharoit
yaratiladi, hozirgi vaziyatda esa butun bozor xo'jaligi tizimi ishlab
turishi uchun moddiy imkoniyat vujudga keltiriladi. Soliqlar
orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bo'lagini davlat
apparatini, mamlakat mudofaasini, noishlab chiqarish sohasining
umuman o'z daromadlari manbaiga ega bo'lmagan qismini
(ko'pgina madaniyat muassasalari, jumladan, kutubxonalar,
arxivlar va boshqalar) yoki lozim darajada rivojlanishi ta'minlash
uchun o'zining mablag'i yetishmaydigan tarmoqlarni
(fundamental kutubxona, teatrlar, muzeylar, ko'plab o'quv yurtlari
va hokazo) saqlab turish maqsadida undirib olish jarayoni ro'y
beradi.
4
5. Soliqqa tortish tamoyil va elementlari
Soliqqa tortishning to'rtta asosiy tamoyilini ko'rib chiqaylik. Butamoyillar bir vaqtlar Adam Smit (1723-1790 yillar) tomonidan
ta'riflab berilgan edi.
1. Davlat fuqarolari davlat xarajatlarini qoplashda o'zlari hurmat
muhofazasida foydalanayotgan daromadlariga muvofiq tarzda
qatnashishlari lozim.
2. Har bir odam to'laydigan soliq aniq belgilab qo'yilgan bo'lishi
kerak, bunda o'zboshimchalik ketmaydi. Soliq miqdori, to'lanadigan
vaqti va tartibi uni to'lovchiga ham, boshqa har qanday odamga ham
birday aniq va ma'lum bo'lishi zarur.
3. Har bir soliq to'lovchiga har jihatdan qulay bo'lgan vaqtda va
tartibda undirilishi kerak.
4. Har bir soliq shunday tarzda tuzilishi kerakki, bunda soliq
to'lovchining hamyonidan ketadigan pul davlat byudjetiga kelib
tushadigan mablag'ga nisbatan ortiq bo'lishiga mumkin qadar yo'l
qo'yilmasin.
5
6. Hozirgi sharoitga tatbiqan olganda, soliqqa tortish samarali tizimining quyidagi tamoyillarini ta'riflab o'tish mumkin:
Etarlilik tamoyili. Mazkur tamoyilga muvofiq soliqqa tortishdarajasi shunday bo'lishi lozimki, u davlat intilayotgan xalq xo'jaligi
samaradorligiga erishishni kafolatlay olsin. Soliqqa tortish tizimi
iqtisodiyot, ijtimoiy himoya, mudofaa qobiliyati va boshqa
sohalardagi davlat siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan
moliya resurslari to'planishini ta'minlasin. Shuni ham ta'kidlab o'tish
lozimki, soliq stavkalari o'zicha olganda soliq yuki ko'rsatkichi
hisoblanmaydi, chunki soliq to'lovchi soliq to'lar ekan, davlat
tomonidan bepul xizmatlardan bahramand bo'lgani holda ayni choqda
o'zining ba'zi xarjatlarini qisqartiradi. Masalan, davlat umumiy
foydalanish yo'llarining holati yaxshi saqlanishini ta'minlash bilan
soliq to'lovchining transport xarajatlarini kamaytiradi, bepul maorif,
sog'liqni saqlashni ta'minlash bilan yollanma xodimlarning
xarajatlarini ham kamaytirgan bo'ladi.
6
7.
Tadbirlik va investitsiyalarnirag'barlantirish.
.
Soliq tizimi xo'jalik yurituvchi
sub'ektlarni, jumladan, chet el sub'ektlarini,
ishlab chiqarishni rivojlantirish, uskunalar
va zamonaviy texnalogiyalar sotib olish
uchun mablag' yo'naltirishni, ya'ni kapital
jamg'arish
va
shu
yo'l
bilan
texnalogiyalarni
takomillashtirish,
raqobatbardosh
mahsulotlar
ishlab
chiqarishni rag'barlantirish lozim.
7
8. Soliqqa totishning adolatlilik tamoyili.
Adolat tamoyillariga muvofiq soliqlarjamiyat tomonidan oqilona va adolatli deb
tan olingan umumiy ob'ektiv qoidalarga
binoan belgilanishi lozim.
Gorizontal va vertikal adolatni bir-biridan
farqlanadi. Gorizontal adolat tamoyili
daromad olishining turli sharoitlarida soliq
to'lovchilarga nisbatan soliqqa tortishning
taxminan teng shartlarini qo'llanishni
ko'zda tutadi.
8
9. Oddiylik va xolislik.
Bu tamoyil soliqqa tortish bazasini aniqlashda,soliqlarni hisoblab chiqishda oddiylik
bo'lishini, taqdim etiladigan hisobotlarning
mazmunini soddalashtirishni, shuningdek
soliqlarning eng muhim turlari bo'yicha
yagona stavkalar belgilashni, beriladigan
imtiyozlarni iloji boricha kamaytirishni ko'zda
tutadi. Bu o'rinda nazarda tutilayotgan narsa
shuki, soliqlarning iqtisodiy funksiyasi
doirasida beriladigan imtiyozlar yakka
tartibdagi xususiyatga ega bo'lmasligi, balki
muayyan faoliyat turlarini rag'barlantirishga,
soliq to'lovchilarning mulkchilik shakli va
qaysi idoraga mansubligidan qat'i nazar,
ma'lum turdagi mahsulotlarni ishlab
chiqarishni ko'paytirishga qaratilmog'i lozim.
9
10. Boshqarishga qulaylik.
Samarali soliq tizimiga qo'yiladigan muhimtalablardan biri boshqaruvga qulay bo'lishidir.
Soliqlarni undirib olishda samaradorlikka
erishish ko'p hollarda soliqlarning soliq
to'lovchilarga yaxshi tushunarli bo'lishiga
bog'liq.
Ayrim mamlakatlarda soliqqa tortishning
nihoyatda murakkab tartibi amal qiladi,
aytaylik, shkala va stavkalar turi, soliqlar
ro'yxati, ularni to'lash qoidalari va tartiblari
haddan tashqari ko'p. Buning ustiga ular soliq
tushumlarining ko'payishiga hech qanday
yordam bermaydi hamda soliiqlarning
rag'batlantiruvchi funksiyasi bajaralishida rolь
o'ynamaydi.
10
11. Soliq stavkalarini qiyoslash.
Soliq stavkalari boshqa davlatlardagi huddishunday
soliqlarning
stavkalari
bilan
qiyoslanishi, ya'ni mintaqaning o'ziga xos
xususiyatlari xisobga olingan holda boshqa
mamlakatlar bilan teng bo'lgan xo'jalik faoliyati
shart-sharoitlari vujudga keltirilishi lozim. Agar
qattiq shartlar belgilab qo'yilgudek bo'lsa, bu hol
respublika iqtisodiyotiga ivestitsiyalarni jalb
qilishni mushkullashtirib yuboradi, aksincha,
yengil sharoit yaratilsa, mamlakat byudjetiga
salbiy ta'sir qiladi.
11