Similar presentations:
Qadimgi Bobil podsholigi
1.
Reja:1.Amoriy qabilalarining
Mesopotamiyaga kirib kelishi
2.Xamurappi boshchiligida
Bobil podsholigining
yuksalishi
3.Yangi Bobil podsholigi
4. Mesopotamiya madaniyati
2.
3.
1. Bobil ("Xudolar darvozasi")- Ikki daryo oralig‘ining
markazi, mudofaa va hujum
uchun strategik jihatdan qulay.
2. Daryo va quruqlikdagi savdo
yo‘llari chorrahasi.
3. Sug‘orish sistemasi
markazlarining yaqinlashuvi butun Janubiy Mesopotamiya
hayotining asosidir.
4. Hukmdorlarning mohirona
tashqi siyosati.
5. Hunarmandchilik ishlab
chiqarishi va savdoning o‘sishi.
4.
Mil. avv. II ming yillik boshlarida Mesopotamiyadagiijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqiroz, amoriy qabilalarini
shimoldan jadal kirib kelishi uchun sharoit yaratdi.
Mil. avv. XVIII asrlar boshida Mesopotamiyani Larsa,
Bobil, Eshnunna, Ashshur, Mari, Issin shahar-davlatlari
o'zaro bo'lib olgan edilar. Ularning aksariyatida amoriy
qabilalaridan chiqqan podsholar hukmronlik qilar edi.
Mil. avv. 1895-yilda amoriylarning yaxrurum qabilasi
sardori Sumuabum (Mil. avv. 1895-1881-yy), Bobil
taxtini qo'lga kiritadi va I-Bobil sulolasiga asos soladi.
5.
Sumuabumdan keyin uning jiyani Sumulael (Mil.avv. 1881-1845-yy) Bobil taxtiga chiqadi.
Mil. avv. 1869 yilda Bobil podsholigi Kish
shahrini bosib oladi.
Podsho Sumulaelning o'g'li Sabium (Mil. avv.
1845-1831-yy) davrida Bobil, Yuqori
Mesopotamiyani eng kuchli shahar-davlatlari
Issin va Larsadan qolishmaydigan harbiy kuchga
ega bo'ladi.
Bobilda, Marduk ilohi uchun E-sagilu ("Baland
uy") ibodatxonasini qurdiradi.
6.
Bobil podsholari Apil-Sin (Mil. avv. 1831-1813-yy)va Sinmuballit (Mil. avv. 1813-1792-yy)lar Bobil
hududlarini kengaytiradilar.
Sinmuballit Bobil podsholaridan birinchi bo'lib
janubga yurish uyushtiradi. Bobillikiar Uruk, Isin,
Rapikum shaharlari bilan ittifoqda Larsa podshosi
Rimsinga (Mil. avv. 1822-1763-yy)qarshi chiqadilar.
Ammo Mil. avv. 1810-yilda Rimsin ushbu
kaolitsiyani tor-mor keltiradi.
Bobil podsholigi Rimsinga bo'ysunishga majbur
bo'ladi. Natijada Larsaning siyosiy mavqeyi oshib
ketadi.
7.
Древний Вавилон. II тыс. до н.э.Xammurapi yirik davlat arbobi, uzoqni ko‘ra
oladigan va uddaburon diplomat, yirik
strateg, dono qonunshunos, hisob-kitobli va
mohir tashkilotchi edi.
8.
Bobil podsholigi shimoldan Shamshi-Adad I (Ossuriyapodshosi), janubda Rimsin (Larsa podshosi) davlatlari
bilan chegaradosh edi.
Mil. avv. 1787-yilda Isin shahrini zabt etib, u yerdan
Larsa garnizonini haydab yuboradi.
Hukmronligining to'qqizinchi yili Ossuriya podshosi
Shamshi-Adad I bilan shartnoma imzolaydi.
Mari shahri bilan ittifoq tuzib, Eshnunna shahrini bosib
oladi.
Unga xavfli raqib bo'lgan Elamni 10 yillik urushdan
so'ng, Mari podshosi Zimrilim qo'shinlari bilan birlashib,
Mil. avv. 1764-yilda ularni ham yengadi.
Mil. avv. 1759-yilda Mari shahrini ham bosib oladi.
Ko'p o'tmay olti oylik qamaldan so'ng Larsa egallanadi.
9.
I). Xammurapi harbiy ittifoqlar tuzish siyosatidan ustalik bilanfoydalandi va kerakli maqsadga erishgandan so‘ng ularni osongina
tarqatib yubordi.
Xammurapi podsholigining 35-yili butun Mesopotamiya territoriyasiga
yoyilgan juda katta Bobil davlatini tuzishga erishdi.
Natija - Bobil kichik shahardan yangi ulkan davlatning poytaxtiga va
Old Osiyoning eng yirik iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaziga
aylandi.
10.
Xammurapi qonunlari insoniyatgama’lum bo‘lgan eng qadimgi
qonunlar to‘plamidir. 1901-yilda
Jak de Morgan ekspeditsiyasi
tomonidan Suzada topilgan qora
bazalt stelasida mixxat matni
shaklida saqlanib qolgan.
Qonunlarning vazifalari:
1. Bobil davlati xalqlarining
podsho hokimiyati ostida
birlashuvi.
2. Bobil jamiyati hayotining
barcha tomonlarini tartibga solish
yo‘li bilan mamlakatda tartib
o‘rnatish.
3. Mehnat unumdorligini oshirish.
Стела царя Хаммурапи в Лувре. Франция.
11.
Shoh stela tepasida quyosh xudosi Shamasholdida turgan holda tasvirlangan, u unga
qonunlarni topshirmoqda.
Qonunlar to’plami 247
moddadan iborat.
1). "Agar quruvchi bir kishiga
uy qurib, o‘z ishini mustahkam
qilmagan bo‘lsa, u qurgan uy
qulab, uy egasini o‘ldirgan
bo‘lsa, bu quruvchi qatl etilishi
kerak," deyiladi 229-moddada.
2). Erkin kishiga qilingan
muvaffaqiyatsiz operatsiya
uchun vrachning qo‘li kesilgan
(218-modda).
3). Agar odam o‘z yeridagi
to‘g‘onni mustahkamlashga
beparvolik qilgan bo‘lsa, jazo
sifatida u o‘zini qul qilib
sotishgacha bo‘lgan zararni
qoplashi kerak.
12.
Harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash. Jazo - o‘lim.Jangchilar davlatdan xizmatlari uchun ajralmas yer uchastkalari,
ba’zan bog‘, uy, chorva bilan birga olganlar. Qonunlar jangchilarni
qo‘mondonlarning o‘zboshimchaligidan himoya qilgan, ularni
asirlikdan ozod qilishni, jangchining oilasini ta’minlashni nazarda
tutgan.
13.
Xammurapi davrida sud1. Hukmdorning cheklanmagan hokimiyati.
U mamlakatni va uning ustidan hukmronlikni xudolardan olgan
va hech kim podshohning qarorlariga e’tiroz bildirishga jur’at eta
olmaydi, deb hisoblanardi
14.
2. Podsho yerning oliy egasi bo‘lgan.- U zodagonlar va amaldorlarga yer ajratib berish huquqiga ega
bo‘lib, bu bilan ularni davlat xizmati uchun rag‘batlantirgan.
Ibodatxonalar va jamoachilarning yerlari ham podshoning
vaqtincha foydalanishga berilgan mulki hisoblangan.
15.
Qonunlar uch toifadagi odamlarni mustahkamladi:Avilum (erkin kishilar) - yirik yer egalari, kohinlar, jamoachi
dehqonlar, hunarmandlar.
Mushkenumlar ("ta’zim qiluvchi") - podsho xo‘jaligida ishlaganlar.
Ular yer va mulkka ega bo‘lmaganlar, balki uni podshoh xizmati
evaziga shartli egalik qilish uchun olganlar, buning ustiga
cheklangan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lganlar.
Vardum (qullar). O‘rtahol oilada 2 tadan 5 tagacha qul bo‘lgan.
Ba’zan badavlat oilalarda ularning soni bir necha o‘ntaga yetgan.
16.
Xammurapining o'g'li Samsuilin (Mil. avv. I749-1712-yy) davrida Bobil podsholigida qaramaqarshiliklar kuchayib, xalqning ahvoli og'irlashib
boradi.
Mil. avv. 1742-yilga kelib, Mesopotamia shimoliysharqdan kassitlar etnonimidagi hind-yevropa
qabilalari (akkadcha Kassu, zamonaviy fanda
kassitlarni kaspe-kaspiy deb atagan) Gandash nomli
yo'lboshchilari bilan bostirib kiradilar.
Elamliklar janubda Shumer shaharlariga hujum
qiladilar.
Gandash Samsuilin bilan urush olib boradi va
Mesopotamiyada kassitlar sulolasiga asos soladi.
17.
Kassitlar davrida Bobilning siyosiy qudratikuchsizlanadi.
Buning ustiga Mil. avv. 1595-yilda xettlar
podshosi Mursiliy I, Bobiiga bostirib kirib, 1Bobil sulolasining oxirgi vakili Samsu-ditanani
taxtdan ag'darib, shaharni talon-taroj qiladi.
Elam davlati bir necha urushlardan so'ng, Mil. avv.
1150-yillar atrofida Bobilda kassitlar sulolasi
hukmronligini tugatdi.
Lekin bir oz vaqt o'tib, Navuxodonosor I
Elamliklarni Bobildan haydab yuborishga erishadi.
18.
Keyinchalik Janubiy Mesopotamiyaning shaharlari oralig'idajoylashgan oromiy tilida so'zlashuvchi semitlardan bo'lgan
xaldey qabilalari kuchayadilar.
Mil. avv IX asrda xaldey qabilalari Bobilning janubiy qismini
bosib oldilar va Bobilning yuksak madaniyatini
o'zlashtiradilar.
Mil. avv. 851-yilda Ossuriya podshosi Salmanasar III,
xaldeylar Bobilini o'lpon to'lashga majbur qiladi.
Ossuriya Bobilni Mil. avv. 729-yilda bosib olishga muvaffaq
bo'ladi.
Mil. avv. 689-yilda (ayrim manbalarda Mil. avv. 681-yil)
Ossuriya podshosi Sinaxxerib, elamliklarga tayangan isyonkor
Bobilni butunlay vayron qilib, so'ngra suvga bostiradi.
19.
Mil. avv. 627-yilda Ossuriya podshosi Ashshurbanapalvafotidan so'ng Mesopotamiyada kuchlar muvozanati o'zgaradi.
Mil. avv. 627-yil xaldeylar lashkarboshisi Nabopalasar isyon
ko'tarib, Urukni egallaydi va Nippurni qamal qiladi.
Mil. avv. 614-yil Ossuriyaning qadimiy shahri Ashshurni
midiyaliklar vayron qiladilar. Nabopalasar, Midiya podshosi
Kiaksar bilan ittifoq tuzadi va Ossuriliklarga qarshi uzoq urush
olib boradi.
Mil. avv. 612-yili midiyaliklar bilan ittifoqda Nineviya shahrini
cgallaydilar. Shahar suvga bostirilib butunlay vayron qilinadi,
aholisi qisman qirib tashlanib, qolganlari qulga aylantiriladi.
Mil. avv. 605-yili ossurlar Misr fir'avni Nexo II bilan ittifoqda
Karkemish shahri yonidagi jangda bobilliklardan yengiladilar.
Shu tariqa Ossuriya davlati tarix sahnasidan o'chib ketadi.
20.
Nabopalasardan so'ng taxtga uning o'g'li Navuxudonosor II(Mil. avv. 605-562-yy) chiqadi.
Navuxudonosor II davrida Yangi Bobil podsholigining gullabyashnaydi.
Mil. avv. 562-yilda podsho Navuxodonosor II vafotidan
keyin, Bobil zodagonlar va kohinlaraing obro'yi oshib,
mamlakatda ichki nizolar boshlanadi.
Mil. avv. 556-yilda kelib chiqishi xaldey bo'lmagan yirik
zodagon Nabonid Bobil taxtm egallaydi. U Yangi Bobil
podsholigining so'ngi hukmdori bo'ldi.
Mil. avv. 539-yil oktabr oyida forslar podshosi Kir П
tomonidan bosib olinadi va mustaqilligini yo'qotib,
Ahamoniylar davlati tarkibiga kiritiladi.
Mil. avv. 331-yilgacha Aleksandr Makedonskiy davlatiga,
so'ngra Salavkiylar davlati tarkibiga kiradi.
21.
Marduk("jahon tepaligining o‘g‘li")
- Bobilning oliy xudosi va homiysi. Olam
va odamlarning yaratuvchisi
hisoblangan.
22.
Иштар. Статуя из храма вМари. Нач. 2-го тыс. до н. э.
Ishtar - Akkad mifologiyasining markaziy ayol xudosi: hosildorlik
va sevgi, urush va janjallar ma’budasi, astral xudo (Venera
sayyorasining timsoli).
23.
Ibodatxona - Ikki daryo oralig‘ishaharlarining markazi.
Ibodatxonalar zikkuratlar deb
atalib, baland pog‘onali minora
ko‘rinishida bo‘lgan.
Shumer va Bobilda xudolarga xizmat
qiluvchi kohinlar katta mavqega ega
bo’lgan
Terrasa-zinapoyalar olamlar,
xudolar va odamlarni birbiriga bog‘lab turuvchi
osmonga qarab ketgan ulkan
zinapoyani hosil qilgan.
Зиккурат в городе Уре