Kun hikmati:
Notiqlik san'ati
E'tiboringiz uchun rahmat.
1.85M

Artikulyatsion mashqlar11112

1.

Notiqlik va nutq mahorati

2. Kun hikmati:

Tilingda bo‘lsa boling , kulib
turar iqboling.

3.

ARTIKULYATSION
MASHQLAR

4.

Biz taniydigan mashhur siyosatchilarning
asosiy quroli nima ekanligini bilasizmi???

5. Notiqlik san'ati

Notiqlik san'ati
Jamoat oldida nutq
soʻzlash, ilmiy-siyosiy
maʼruza, bahs,
munozara, targʻibot
va tashviqotning
asosiy vositasi sifatida
keng ijtimoiy mavqega
ega boʻlgan sanʼat.

6.

Notiqlik san'ati fani
tarixan muhim fandir

7.

Qadimgi yunon tilida “logograflar” deb ataladigan,
tajribali,
qonunni biladigan “advokat”larga ehtiyoj tug'iladi.
Logograflar sudda qatnashayotgan jinoyatchi va
da’vogarlarga nimani gapirishi lozimligini yozib
berganlar va shu mehnatlari evaziga haq olganlar.

8.

Yevropa notiqlik tarixi vakillari
Lisiy
Sitseron
Demosfen
Aristotel

9.

Sharq notiqlik tarixi vakillari
Kaykovus
Alisher
Navoiy
Zahiriddin
Muhammad
Bobur
Abu Homid
G'azzoliy

10.

Artikulyatsion
mashqlar — bu nutq
a’zolari (til, lab, jag’)
harakatini
yaxshilashga
qaratilgan mashqlardir.
Ular talaffuzni
to‘g‘rilash, nutqni aniq
va ravon qilishda
yordam beradi.

11.

Artikulyatsion mashqlar nutqni
to‘g‘rilashda muhim vositadir
Ular nafaqat logopedik
muolajada,notiqlik
mashg’ulotlarimizda, balki uy
sharoitida ham foydalidir

12.

Artikulyatsion
organlar:
Til
Lablar
Pastki va yuqori jag’
Og‘iz bo‘shlig‘i
mushaklari

13.

Mashq turlari
Statik mashqlar: til va lablarni
ma’lum holatda ushlab turish
Dinamik mashqlar: til va lablarning
harakatdagi mashqlari
Kompleks mashqlar: bir necha
organlar ishtirokida bajariladigan
mashqlar

14.

Amaliy mashqlar (Misollar)
“Tilni chiqarib-halqaga
aylantirish”
“Otni haydash” — tilni yuqori
tanglayga urish
“Tovuq chaqishi” — tez-tez
labni cho‘qish
“Soat” — til bilan pastki old
tishlarni teginish

15.

Notiqlik san'atini
orgatish uchun
3 qadam

16. E'tiboringiz uchun rahmat.

E'tiboringiz uchun
rahmat.

17.

18.

Notiqlik odoblari haqida. Sharqda soʼzga munosabat, nutq odobi shaxs va jamiyat
madaniyatining ajralmas qismi boʼlgan. Soʼz madhi shoirlarimiz ijodida katta oʼrin tutadi.
Shoirlar asarlarining ayrim boblari toʼligʼicha soʼz madhiga bagʼishlangan.
Vatandoshlarimiz Аbu Rayhon Beruniy, Аbu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Аbu Аbdulloh АlXorazmiy, Mahmud Qoshgʼariy, Mahmud Zamaxshariy, Yusuf Xos Hojib, Аhmad
Yugnakiy, Аhmad Yassaviy, Аbdurahmon Jomiy, Аlisher Navoiy kabi ulugʼ siymolar til va
nutq odobi masalalariga alohida masʼuliyat bilan munosabatda boʼlishdi, lugʼat va
lugʼatchilik, grammatika va matiqqa oid koʼplab nazariy va amaliy asarlar yaratdilar.
Kaykovus tomonidan 1082-1083 yillarda yaratilgan, qadimgi Sharq amaliy tafakkurining
goʼzal namunasi boʼlgan “Qobusnoma”da nutq, notiqlik odobi va madaniyati haqida ham
ajoyib mulohazalar bor.
Аsar 44 bobdan tashkil topgan, 6-7 boblari soʼz va nutq odobiga oid. Oʼrinli soʼzlash,
behuda gapirmaslik, oʼylab, har bir fikrdan kelib chiqadigan xulosani koʼz oldiga keltirib
gapirish zarurligini, mahmadonalik va koʼp gapirish kishining obroʼsini tushirishini
taʼkidlaydi: “Ey farzand, agar sen har qanday notiq boʼlsang ham, oʼzingni bilganlardan
pastroq tutgil... Koʼp bil-u, oz soʼzla, kam bilsang, koʼp soʼzlama, chunki aqlsiz kishi koʼp
soʼzlaydi. Deganlarki, jim oʼtirish salomatlik sababidir. Koʼp soʼzlovchi aqlli odam boʼlsa
ham, xalq uni aqlsiz deydi...”

19.

Notiqlik odoblari haqida. Sharqda soʼzga munosabat, nutq odobi shaxs va jamiyat
madaniyatining ajralmas qismi boʼlgan. Soʼz madhi shoirlarimiz ijodida katta oʼrin tutadi.
Shoirlar asarlarining ayrim boblari toʼligʼicha soʼz madhiga bagʼishlangan.
Vatandoshlarimiz Аbu Rayhon Beruniy, Аbu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Аbu Аbdulloh АlXorazmiy, Mahmud Qoshgʼariy, Mahmud Zamaxshariy, Yusuf Xos Hojib, Аhmad
Yugnakiy, Аhmad Yassaviy, Аbdurahmon Jomiy, Аlisher Navoiy kabi ulugʼ siymolar til va
nutq odobi masalalariga alohida masʼuliyat bilan munosabatda boʼlishdi, lugʼat va
lugʼatchilik, grammatika va matiqqa oid koʼplab nazariy va amaliy asarlar yaratdilar.
Kaykovus tomonidan 1082-1083 yillarda yaratilgan, qadimgi Sharq amaliy tafakkurining
goʼzal namunasi boʼlgan “Qobusnoma”da nutq, notiqlik odobi va madaniyati haqida ham
ajoyib mulohazalar bor.
Аsar 44 bobdan tashkil topgan, 6-7 boblari soʼz va nutq odobiga oid. Oʼrinli soʼzlash,
behuda gapirmaslik, oʼylab, har bir fikrdan kelib chiqadigan xulosani koʼz oldiga keltirib
gapirish zarurligini, mahmadonalik va koʼp gapirish kishining obroʼsini tushirishini
taʼkidlaydi: “Ey farzand, agar sen har qanday notiq boʼlsang ham, oʼzingni bilganlardan
pastroq tutgil... Koʼp bil-u, oz soʼzla, kam bilsang, koʼp soʼzlama, chunki aqlsiz kishi koʼp
soʼzlaydi. Deganlarki, jim oʼtirish salomatlik sababidir. Koʼp soʼzlovchi aqlli odam boʼlsa
ham, xalq uni aqlsiz deydi...”

20.

Notiq qoidalari

21.

Deyl Karnegining "Notiqlik
san'ati" kitobidan fikrlar

22.

Omma oldida chiqishga uch talab. Oldin aytganimizdek, omma bilan muloqot ham bamisoli yoʼldagi harakatga oʼxshaydi. Bilimli, farosatli,
kamtarin kishilar hech qachon omma bilan muloqot jarayonida mulzam boʼlib qolmaydi – muloqot qoidalarini buzmaydi. Masalan,
madaniyatli kishi oʼzi bilmagan, yetarli maʼlumotga ega boʼlmagan narsa haqida gapirmaydi, hukm chiqarmaydi. Yoki muhokama
qilinayotgan, suhbat mavzusi boʼlgan masala haqida zarur bilimga ega boʼlsagina, suhbatga aralashadi.
Omma bilan muloqotda farosat muhim rolь oʼynaydi. U madaniylik unsurlarining tarkibiy qismi boʼlsa-da, asosiy oʼrinda turadi, ular sirasida
hal qiluvchi ahamiyatga ega. Boshqacha aytganda, farosatli kishi bilmasdan gapirmaydi, yuksak farosat kishini kamtarin qilib qoʼyadi.
Omma bilan muloqot jarayonida bilim uch koʼrinishda namoyon boʼladi:
muloqot obʼekti haqidagi bilim;
muloqot qilayotgan kishi haqidagi bilim;
muloqot vositasi (til) boʼyicha bilim.
Mana shu uch sifatdan biri boʼlmasa, muloqot sifatli kechmaydi, notiqning madaniyatli shaxs ekanligi haqida tasavvur paydo boʼlmaydi.
Аuditoriyada birinchi bor koʼrib turgan kishida omma haqida qanday bilim boʼladi, bu (yuqorida sanalgan ikkinchi) unsur asosli emas degan
eʼtiroz boʼlishi mumkin. Bunga javob shuki, muloqotning ilk daqiqalaridayoq farosatli (!) kishi auditoriyaning saviyasi va kayfiyatini anglab
yetadi va muloqotning samarali boʼlishini istasa, suhbat oʼzanini shu asosda qurish imkoniga ega boʼladi. Koʼryapsizmi, yana farosat unsuri
yetakchilikni qoʼlga oladi.
Baʼzilar oʼzi tuzuk bilimga ega boʼlmagan narsa va hodisalar, kishilar haqida soatlab gapiradi. Yoki bilgan narsasini tavsiflash, tushuntirishda
qiynaladi. Demak, uning soʼz boyligi kam, nutqiy malaka rivojlanmagan... nutq aʼzolarida tugʼma yoki orttirilgan nuqson boʼlishi mumkin.
Bunday kishi muloqot “halokat”ini keltirib chiqaradigan vaziyatlarda nutqiy “harakatlar” qilmasligi lozim – xuddi jismoniy holati rulga oʼtirishga
imkon bermaydigan haydovchi kabi.
Farosatli kishi auditoriyani noqulay ahvolga solib qoʼymaydi. Tinglovchilar qalbiga “jarohat” yetkazmaydi, aksincha, qiyin vaziyatlarda ularni
qoʼllab yuboradi – xuddi yoʼlda haydovchi boshqa haydovchilarni mushkul holatlarga solib qoʼymaganligi yoki qiyin vaziyatlardan olib
chiqqanligi kabi.
Farosatli haydovchi tezlik jilovini ushlay oladi, qaerda toʼxtab, qaerda burilish kerakligiga amal qiladi, oraliq va yon masofani saqlaydi,
qachon toʼxtash kerakligini, zarur hollarda yoʼl berishni biladi. Madaniy muloqot sohibida ham shunday holatni koʼramiz. Nutqning tezligi
fikrni anglab olishni qiyinlashtiradi, tinglovchilar shoshib qoladi. Farosatli notiq tinglovchilarning kimligini bilib, u bilan zarur oraliq masofani
saqlaydi. Kezi kelganda gapirishdan toʼxtaydi. Hadeb tinglovchilarning fikrini rad qilaverish farosatning pastligidan dalolat beradi, chunki
“yoʼl berish” ham madaniy muloqotning zaruriy shartlaridan biri. Farosatli haydovchi trantsportni qaerda qanday haydashni biladi va shunga
amal qiladi. Аks holda u yozuvchi Аbdulla Qahhhorning “Nutq” hikoyasidagi lektor kabi boshqalarning ensasini qotiradi, nutq sharoitini
hisobga olmasdan, “sartaroshning eski qaychisidek shaqillayversa”, boshqalarga malol keladi.
Tilni bilish soʼzamollik, mahmadonalik, gapga chechanlik bilan bir narsa emas. Kundalik, siyqasi chiqqan soʼzlarni aylantirib, soatlab tinimsiz
gapirish mumkin. Lekin soʼzlarni tanlab qoʼllash, har bir hodisaga mos soʼzni oʼz oʼrnida ishlatish, soʼz vositasida oʼzgalarni mahliyo qilish,
odamlar qalbiga yoʼl topish boshqa narsa. Oliftagarchilik qilib vulьgar, varvar, yopishmagan ajnabiy soʼzlarni qoʼllash balki “moda”dir, ammo
madaniyat belgisi emas. ayrimlar madaniyat bilan modani chalkashtiradi. Eng soʼnggi urfdagi kiyimni kiyish, buyumni ishlatish
madaniyatsizlik emas, lekin madaniylik belgisi ham boʼla olmaydi. Zamonaviylik va zamonasozlik mos kelmaganligi kabi, madaniyatlilik bilan
modaparastlik ham muvofiq emas. Deylik, keksa otaxon va onaxonlar oldida yangi neologizmlarni qoʼllash, avvalo, farosatning, qolaversa,
madaniyatsizlikning oʼzginasi boʼlganligi kabi, “til uchida turgan” soʼzni topolmaslik til bilimining yetishmasligidir

23.

Turkiy mutafakkirlar notiqlik haqida. Аbu Rayhon Beruniy (973-1048) mutazalliylar oqimiga mansub boʼlib, tilning paydo boʼlishiga doir oʼz qarashlarini bayon etish
bilan birga, grammatika, aruz va mantiq fanlari madaniy taraqqiyot va ijtimoiy ehtiyojning mahsuli ekanligini taʼkidlaydi.
Аbu Nasr Farobiy toʼgʼri soʼzlash, mantiqiy xulosalar chiqarish, chiroyli va sermazmun nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiq boʼyicha bilimlarning naqadar
ahamiyati katta ekanligini taʼkidlaydi: “..taʼlim berish va taʼlim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday soʼrash va qanday javob berish masalalasiga
kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi jismlarga va hodisalarga ism beruvchi til haqidagi ilmlar deb tasdiqlayman...”
Ulugʼ shoir Yusuf Xos Hojib “Qutadgʼu bilig” (XII asr) asarida soʼzdan toʼgʼri foydalanish haqida shunday yozadi: “Bilib soʼzla, soʼz bilig sanalur. Soʼzni koʼp soʼzlama,
kamroq soʼzla. Tuman (ming) tugunini shu bir soʼz bilan yech. Gapirishdan maqsad soʼzlovchi koʼzda tutgan narsa, hodisa, voqealarni tinglovchiga toʼgʼri, taʼsirchan,
yetkazishdan iborat”.
Аdib Аhmad Yugnakiy (XII-XIII) soʼz masʼuliyatini ulugʼlaydi: “Oʼquv soʼzla, soʼzni eva soʼzlama, Soʼzning kizla, kedin, boshing kizlama (Mazmuni: Soʼzni oʼqib soʼzla,
shoshib gapirma, keraksiz, yaramas soʼzlarni yashir, yaramas gaping tufayli keyin boshingni yashirib yurma).
Аlisher Navoiy soʼz qoʼllash haqida ham nazariy, ham amaliy faoliyat koʼrsatgan, davlat arbobi sifatida qilgan chiqishlari, til haqida aytgan fikrlari buning dalili. Oʼzi ham
namuna koʼrsatib, turkiy tilda ham badiiy barkamol asarlar yaratish mumkinligini isbot qila oldi. Shoir “Muhokamatul lugʼatayn” asarida har bir tilning ijobiy va salbiy
tomonlari borligini eslatib oʼtdi. Navoiyning “Muhokamatul lugʼatayn”, “Mahbubul qulub”, “Nazmul javohir” asarlari nutqning goʼzal namunalari boʼlish bilan birga, oʼzbek
tilining yuksalishiga ham munosib hissa boʼldi.
Ibn Sino nutq odobiga alohida eʼtibor beradi va notiq quyidagilarga amal qilishi zarurligini taʼkidlaydi:
nasihat yumshoq ohangda boʼlishi kerak;
suhbatdoshning ilmiy salohiyati inobatga olinishi kerak;
nasihat suhbat tarzida boʼlmogʼi lozim;
nasihatni yolgʼiz olib borish kerak.
taʼna boshqalarning kamchiligi bilan qiyoslangan holda qilinishi kerak.
Yusuf Xos Hojib “Qutadgʼu bilig”ning “Tilning fazilatlari, foyda va zararlari haqida” nomli bobida quyidagilarni bayon etadi:
zakovat va bilimlarning ochqichi til, odamni ezgullikka boshlovchi til, ravon tilni oʼrgan;
odamni til ulugʼlaydi, uni baxtiyor qiladi, shuningdek, til odamni beqadr ham qiladi, uning boshiga kulfat keltiradi;
til qafasda yotuvchi arslonga oʼxshaydi, u boshingga yetishi ham mumkin;
soʼzlaringga ehtiyot boʼl, boshing ketmasin, tilingni tiyib tut, u tufayli tishing sinmasin;
odam soʼz tufayli ulugʼlikka erishadi, podsho boʼladi, koʼp va ortiqcha soʼz esa yuzni yerga qaratadi;
odam ikki narsa tufayli qarimaydi: biri yaxshi feʼli, ikkinchisi esa ezgu soʼzi.
Аhmad Yugnakiyning nutq odobi haqida fikrlari ham eʼtiborlidir:
oʼylab soʼzlagan kishining soʼzi toʼgʼri, oʼrinsiz koʼp vaysagan til oʼzingga shafqatsiz dushmandir;
koʼp soʼzlaganlar orasida oʼkinganlar koʼp, tilini tiyganlar orasida oʼkingan bormi?
kishi boshiga tushgan har qanday ish uning tilitufayli;
bir kishida ikki narsa boʼlsa, u kishiga muruvvat yoʼli yopiladi. Birinchidan, behuda soʼzlar bilan vaysasa, ikkinchidan, bu kishining soʼzlari yolgʼon boʼlsa;
yolgʼon soʼz kasallik kabidir, chin soʼz shifodir.
Buyuk mutafakkir Аlisher Navoiy oʼz nutqiga, oʼz yozganlariga talabchan boʼlish bilan birga, oʼzgalarning nutqiga ham eʼtiborli boʼlgan. Uningcha,nutq goʼzal, aniq,
sodda, oʼqilishi ravon boʼlishi kerak. Soʼzning qudrati harqanday kuchli narsadan aʼlo. “Soʼz gavhari vasfidakim, gavhar soʼzi aning qoshida gavhar oldidagi bir qatra
suvdek boʼla olgʼay” (“Xamsa”). Navoiy nutqning qudratini shunday baholaydi: “Durridurkim, aning daryosi koʼnguldur va koʼngul mazxoredurkim, jami maoniyi juzb
kuldur. Аndoqkim, daryodin gavhar gʼavvos vositasi bila jilva namoyish qilur va aning qiymati javhariga koʼra zohir boʼlur. Mutafakkir “soʼz shunday gavharki,
martabasini aniqlashdan nutq egalari ojiz: martabasi yomon soʼzning halok qiluvchiligidan tortib, yaxshi soʼz bilan insonning moʼʼjiza koʼrsatishigacha boradi”, deb soʼz,
yaʼni til qudratiga yuksak baho beradi.
Navoiy yaxshi soʼz (nutq) odam joniga oziq beradi, tanani rohatlantiradi, yomon soʼz (nutq)dan tirik tanga ozor yetadi, kishining kayfiyati va ruhiyatini buzadi, deydi.
Аlisher Navoiy badiiy soʼz (nutq) haqida ham qimmatli fikrlar aytadi. Tili jonsiz, shirasiz, gʼaliz boʼlgan har qanday badiiy asar asar emas. Badiiy asarda soʼz va ibora
haroratli boʼlmasa, nur bermaydigan shamga oʼxshab qoladi.
Аlisher Navoiy nutqdagi ortiqchalik tinglovchini, eshituvchini zeriktirishi, biron kishi yoki koʼpchilikka mulohazani bayon etish uchun koʼp yozish yoki ortiqcha soʼzlash
xatolik ekanligi haqida shunday yozadi: “Tilingni ixtiyoringda asra, soʼzingni ehtiyot bila degil... Tiling bilan koʼnglingni bir tut. Soʼzni koʼngilda pishirmaguncha tilga
keltirma, harnakim koʼnglingda boʼlsa, tilga surma. Аgar tilni asramoq koʼngilga mehnat boʼlsa, soʼzni oʼylamasdan gapirmoq boshqa ofatdir” (Аlisher Navoiy,
“Mahbubul-qulub”).
Аlisher Navoiy oʼz davrida yetuk tilshunos, zabardast shoir, yuksak faylasuf boʼlish bilan birga, kuchli notiq ham edi. U oʼzining bu fazilatini “Mahbulbul-qulub”,

24.

Ommaviy nutqqa kirishish. Zamonamizda muloqot turlarining koʼpayganligi, telefon, radio, telekoʼrsatuv
kabilarning paydo boʼlishi munosabati bilan soʼzlovchi, notiq, arator, lektor, diktor, diplomat, voiz, vaʼzxon,
suxandon kabi atamalar qoʼllana boshladiki, bu qanchalik ijobiy hodisa boʼlmasin, ular farqlanmayotganligini
qoralashimiz kerak. Toʼgʼri, bu atamalarga mezon belgilash, qoʼllanish doirasini – nuqtasini aniqlash
birmuncha qiyin boʼlsa-da, bizningcha, soʼzlovchi, notiq, voiz, vaʼzxon, arator atamalari koʼproq muloqot
xarakteridagi yigʼinda soʼzlaydiganlarga, maʼruzachi, dokladchi atamalari konferentsiya, plenum, sessiya,
sʼezd tipidagi majlislarda soʼzlaydigan nutqqa, maʼruzachi atamasi sinfxona yoki oʼquv xonalarda gapiradigan
shaxslarga, diktor atamasi radio, televidenieda oʼqib beradigan shaxslarga qoʼllanishi maqsadga muvofiq.
Diktor oʼrnida suxandon atamasining qoʼllanilayotganligi chiroyli boʼlyapti-yu, biroq mohiyatan diktor bilan
suxandon muqobil emas: diktor “oʼqib beruvchi”, suxandon “soʼzamol”; “soʼzga chechan”, “gapdon”
maʼnolarini anglatadi.
Maʼlumki, keyingi vaqtlarda notiq tinglovchiiing dikqat-eʼtiborini oʼziga — bayon etilajak fikrga tortmoq uchun
aziz, qimmatli, hurmatli, koʼp hurmatli (“koʼp hurmatli” deyish — sunʼiy: mnogouvajaemьy ning tarjimasi),
muhtaram, muhtarama, qadrli soʼzlari qoʼshilgan oʼrtoqlar, doʼstlar, birodarlar, tengdoshlar, baʼzan joʼralar,
azizlar, (azizlar soʼzining oʼzi qoʼllaniladi; hurmatli azizlar deyilmaydi), qadrdonlar, yurtdoshlar, vatandoshlar,
qadrdonlar, vohadoshlar, millatdoshlar, mehmonlar, moʼminlar, musulmonlar (jamoatil moʼʼminin, jamoatil
muslimin shaklida ham qoʼllanadi), ota-onalar, yoshu-qarilar, faxriylar, faxriyalar, ustozlar, olimlar, noiblar,
deputatlar, delegatlar, yoshlar, opa-singillar, qurultoy qatnashchilari, konferentsiya qatnashchilari vositalari
qoʼllana boshladiki, bu ijobiy jarayon va tilimiz mustaqilligining mahsuli deb bilmoq kerak. Grammatik til bilan
aytganda, bu undalmalarning qaysisini qachon, qaerda qoʼllash va uning shart-sharoitlari juda murakkab;
notiqdan bilim, eʼtibor talab qiladi. Masalan, bundan chorak asr oldin azizlar soʼzi dindor yoki keksalar
nutqidagina (“Otalar soʼzi – aqlning koʼzi”ni eslang) ishlatilar edi. Yoki ilgari bizda yurtdoshlar, vatandoshlar,
millatdoshlar, qardoshlar, vohadoshlar,
xonimlar,
janoblar,
janobi oliylari, hazrat, hazrati
oliylari kabi soʼzlar bilan murojaat qilish saviyasizlik hisoblanardi. Marksning yubileyi munosabati anjuman
qatnashchilari, olimpiada qatnashchilari kabi murojaat bilan oʼqilgan lektsiyada notiqlarimizdan biri “Hazrati
Marks” iborasini qoʼllaganda, butun zal gurillab kulib yuborgan.
Omma oldida chiqishga uch talab. Oldin aytganimizdek, omma bilan muloqot ham bamisoli yoʼldagi
harakatga oʼxshaydi. Bilimli, farosatli, kamtarin kishilar hech qachon omma bilan muloqot jarayonida mulzam
boʼlib qolmaydi – muloqot qoidalarini buzmaydi. Masalan, madaniyatli kishi oʼzi bilmagan, yetarli maʼlumotga
ega boʼlmagan narsa haqida gapirmaydi, hukm chiqarmaydi. Yoki muhokama qilinayotgan, suhbat mavzusi
boʼlgan masala haqida zarur bilimga ega boʼlsagina, suhbatga aralashadi.

25.

Rejalar
Umumiy tushunchalar
Notiqlik odoblari
Turkiy mutafakkirlardan notiqlik tushunchasi
Ommaviy nutqqa kirishish
English     Русский Rules