203.03K
Category: medicinemedicine

Tish to‘qimalarining follikulyar rivojlanish davrida yuzaga keladigan shikastlanishlar va nekarioz shikastlanishlar

1.

Mavzu: Tish to‘qimalarining follikulyar rivojlanish davrida yuzaga
keladiganshikastlanishlar. Tishlarning rivojlanishi va chiqish davridagi
anomaliyalar, ularning rangini o‘zgarishi.
Mavzu rejasi:
1. Yuzaga kelish sabablari bilan tanishish
2. Kasallik kelib chiqish mexanizmi
3. Klinika
4. Davolash
5. Profilaktika

2.

Tishlarning nekarioz shikastlanishlari
Tishlarning nekarioz shikastlanishlari — bu kelib chiqishi mikroblar ta’siri bilan bog‘liq bo‘lmagan kasalliklar guruhidir.
Asosiy shikoyatlar estetik nuqson paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan giperesteziya (tish sezuvchanligi) kuzatiladi.
Nekarioz shikastlanishlar tishning qattiq to‘qimalarining yemirilishi bilan kechadi.
Tashxis quyidagilarga asoslanadi:
bemorning shikoyatlari,
kasallik tarixi (anamnez),
klinik ko‘rik,
qo‘shimcha tekshiruv usullari natijalari.
Davolash tish qattiq to‘qimalarining mineral tarkibini tiklash, estetik nuqsonni bartaraf etish va chaynash funksiyasini
normallashtirishga qaratilgan.

3.

Sabablari va tasnifi
Tish to‘qimalarining shakllanishi va minerallashuvi bosqichida yuzaga keladigan buzilishlar follikulyar rivojlanish davrida
ham, tish chiqqandan keyin ham sodir bo‘lishi mumkin.
Tizimli gipoplaziyaning asosiy sabablari:
moddalar almashinuvi buzilishi,
o‘tkir infeksion kasalliklar,
ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari.
Mahalliy gipoplaziya:
tish urug‘ining shikastlanishi,
sut tishlarining surunkali periodontiti asorati natijasida rivojlanadi.
Flyuorozli nekarioz shikastlanishlar ichimlik suvida ftor miqdori yuqori bo‘lgan hududlarda uzoq yashovchilarda
uchraydi.
Bolalarda flyuorozga yoshga mos bo‘lmagan ftorli tish pastalaridan foydalanish ham sabab bo‘lishi mumkin.

4.

Irsiy nekarioz shikastlanishlar
(nomukammal dentinogenezi, nomukammal amelogenezi) — tishning qattiq to‘qimalarini hosil qiluvchi genlar mutatsiyasi
oqibatida yuzaga keladi.
Diskolorit (ichki pigmentatsiya) quyidagi holatlarda rivojlanishi mumkin:
gemolitik kasallik,
porfiriya,
homilador ayol yoki bolada tetratsiklin qabul qilinishi.
Emal rangining o‘zgarishi shuningdek:
tish chiqishidan oldingi travma,
kumush amalgamali plombalar,
rezorsin-formalin asosli kanal plomba moddalari ta’sirida ham kuzatiladi.
Klinasimon nuqsonlar sabablari:
tishni noto‘g‘ri tozalash,
qattiq cho‘tkalar,
yuqori abrazivli pastalar.
Ko‘p sonli klinasimon nuqsonlar parodontoz belgisi bo‘lishi mumkin.

5.

Patologik yeyilish:
endokrin buzilishlar (qalqonsimon bez yon bezlari disfunktsiyasi),
tish qatorlari oxirgi nuqsonlarida kesuvchi tishlarga ortiqcha yuk tushishi natijasida
yuzaga keladi.
Emal eroziyasi ko‘pincha tireotoksikoz bilan og‘rigan bemorlarda aniqlanadi.
Emal nekroziga:
markaziy asab tizimi kasalliklari,
intoksikatsiya,
tireoid gormonlar ortiqcha ishlab chiqarilishi sabab bo‘lishi mumkin.

6.

Nekarioz shikastlanishlar ikki guruhga bo‘linadi
1. Tug‘ma nekarioz shikastlanishlar:
tizimli va mahalliy gipoplaziya
emal giperplaziyasi
flyuoroz
irsiy rivojlanish nuqsonlari
(nomukammal amelogenezi, nomukammal dentinogenezi, dentin displaziyasi)
endogen pigmentatsiya
2. Orttirilgan nekarioz shikastlanishlar:
flyuoroz
klinasimon nuqsonlar
patologik yeyilish
emal nekrozi va eroziyasi
ekzogen pigmentatsiya

7.

Klinik belgilari
Tizimli gipoplaziya:
Old tishlarning vestibulyar yuzasida, molyar va premolyar tishlarning bo‘rtmalarida
simmetrik joylashgan sarg‘ish yoki oq rangli dog‘lar.
Ba’zan emal to‘liq yo‘q bo‘lgan joylar uchraydi.
Giperplaziya:
Bo‘yin sohasida 4 mm gacha emal tomchilari hosil bo‘ladi.
Flyuoroz:
Og‘riqsiz pigmentatsiya; rang suvdagi ftor miqdoriga qarab oq, och jigarrangdan qora
ranggacha o‘zgaradi.

8.

Irsiy shakllar:
Amelogenezi: emal yupqalashadi, chuqurchalar paydo bo‘ladi.
Dentinogenezi I: faqat rang o‘zgaradi (kulrang).
Dentinogenezi II: tishlar sarg‘ish-ambar rangda, ildiz kanallari kalsifikatsiyalanadi.
Pigmentatsiyalar:
porfiriya — qizil,
tetratsiklin — sariq-kulrang.
Klinasimon nuqson:
Bo‘yin qismida uchburchak shaklda.
Eroziya:
Old tishlarning vestibulyar yuzasida dumaloq simmetrik nuqsonlar.
Nekroz:
Markazida yumshash bo‘lgan dog‘lar, yuqori sezuvchanlik.

9.

Diagnostika
Tashxis quyidagilarga asoslanadi:
shikoyatlar,
anamnez,
klinik ko‘rik,
qo‘shimcha tekshiruvlar.
Gipoplaziya:
Mat yoki sarg‘ish dog‘lar, ba’zan emal yo‘q joylar.
Flyuoroz:
Ko‘p sonli dog‘lar, chiziqlar, nuqtalar.
Giperplaziya:
Bo‘yin sohasida emal tomchilari.
Amelogenezi:
Emal tez yupqalashadi, chashka shaklli chuqurliklar.
Dentinogenezi:
Rentgenogrammada ildiz kanallarining yopilib borishi.
Klinasimon nuqson:
Bo‘yin qismida uchburchak, silliq va zich emal.

10.

Eroziya va nekrozda klinik farqlar
Eroziyada old tishlarning yonoq (vestibulyar) yuzasida likopchasimon shakldagi simmetrik
nuqsonlar aniqlanadi.
Eroziyadan farqli ravishda, emalning kislota nekrozida nuqson markazida yumshash zonasi
bo‘ladi.
Metilen ko‘k bo‘yoq surtilganda nekarioz shikastlanishlar bo‘yalmaydi.
Zondlash vaqtida emal zich bo‘ladi.
EOD (elektroodontodiagnostika) natijalari nekarioz shikastlanishlarda pulpani tirikligini
ko‘rsatadi.
Ko‘rsatkichlar pasayishi nomukammal dentinogenezi va travmadan keyingi
pigmentatsiyada kuzatiladi.
Nekarioz shikastlanishlar karies bilan differensial tashxis qilinadi.
Tekshiruvni stomatolog-terapevt olib boradi.

11.

Nekarioz shikastlanishlarni davolash
Nekarioz shikastlanishlarda birinchi navbatda tish qattiq to‘qimalarining mineral tarkibini tiklash maqsad qilinadi.
Mahalliy davolash:
kalsiy va ftorli preparatlar bilan applikatsiyalar,
elektroforez muolajalari.
Bolalarda estetik nuqsonlarni bartaraf etish uchun:
shishaionomer sementlar qo‘llanadi.
Ular:
yuqori biosamaradorlik,
emal va dentinga yaxshi yopishish,
kislota bilan ishlov talab qilmasligi,
kariyesga qarshi himoya xususiyati bilan ajralib turadi.
Katta yoshda:
kompozit yoki keramik vinirlar bilan laminatsiya qilinadi.
Irsiy nekarioz shikastlanishlarda:
qattiq to‘qimalarni saqlash uchun protezlash tavsiya etiladi.

12.

Flyuorozda:
ftorli mahsulotlarni cheklash,
ichga kalsiy preparatlari qabul qilish.
Flyuorozli dog‘lar:
silliqlanadi,
so‘ngra kompozitlar, keramik koronkalar yoki vinirlar bilan tiklanadi.
Pigmentatsiyani yo‘qotish uchun:
kombinatsiyalangan Oqartirish (tashqi va ichki kanal orqali) amalga oshiriladi.

13.

Etiboringiz uchun rahmat
English     Русский Rules