173.93K
Category: medicinemedicine

Autizm sindromining turlari va tasniflari

1.

3-MAVZU : AUTIZM SINDROMINING
TURLARI VA TASNIFLARI
• Reja:
• 1. Autizm sindromining turlari (EBA).
• 2. O. S. Nikolskaya, K.S.Lebedinskaya fikriga ko’ra autizmning klinik-psixologik
tasnifi.
• 3. Xalqaro kasalliklar tasnifi (МКБ-10, МКБ-11) 10-va 11-qayta tahriri.
• Tayanch so‘zlar: autistik soha buzilishi, Asperger, Kanner, Retta sindromi, atipik
autism, EBA

2.

O. S. Nikolskaya, K.S.Lebedinskaya fikriga ko’ra
autizmning klinik-psixologik tasnifi
• Birinchi guruh sodir bo’layotgan hamma narsadan to'liq ajralish bilan
tavsiflanadi.
• Ushbu bolalar guruhi chuqur autizmga ega. Ular belgilangan ularni o'rab turgan voqelikdan
maksimal darajada ajralgan.. Bolalar gaplashmaydilar, boshqalar bilan aloqa qilishning ehtiyoji
yo’qligi. Ular uchun “kezib yurish” xulq-atvori xosdir. Bola tomonidan amalga oshiriladigan
harakatlar umuman bola xohish-istak va maqsadi natija emas. Bola xulq-atvoriga atrofdagi
narsalarning fazoviy joylashuvi ta'sir qiladi. Shuning uchun bolaning xatti-harakatlarida
maqsadsiz xonalar bo'ylab yurish va narsalarga ozgina tegish harakatlari kuzatiladi.

3.

Ikkinchi guruh-atrof-muhitni faol ravishda
rad etish
• Ushbu bolalar guruhida aloqa qilish qobiliyati kamroq buziladi. Ular atrof-muhitga moslashishga
qiynaladilar. Bolalarning xatti-harakati stereotipik, maktabgacha yoshdagi bolalar oziq-ovqat, kiyimkechak, yurish marshini tanlashda ijodkor. Ushbu guruh bolalarining yuz ifodalari ko'pincha atrofdagi
dunyodan qo'rqish bilan ifodalanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ijtimoiy o'rnatishi mumkin, garchi
ular o'zlari uchun aloqa ob'ektini tanlab tanlaydilar. Ular streotipik xatti-harakatlarga ega, ya’ni qo'llarni
siltalash, boshni burish, turli xil narsalarni manipulyatsiya qilish bilan tavsiflanadi.
• Ushbu guruhning bolalar nutqi o’zgacha, sababi bunday bolalar nutqni faqat o’z xohish – istaklarini
qondirish uchun ishlatadilar. Ammo frazali nutqda tashqi dunyodan ko'chirilgan stereotiplar va nutq
qoliplari mavjud. Bola o'zini birlik shaxs son qo’shimchasida atamaydi Ular ko'pincha multfilmlarda
eshitgan iboralarni ishlatadilar.

4.

Uchinchi guruh-autistik qiziqishlarga tobe
• Uchinchi guruh bolalari boshqalarga nisbatan haddan tashqari mojarolarga beriluvchan. . Bu
o’ziga va atrofdagilarga nisbatan tajovuzkor xatti-harakatlar bilan belgilanadi. Bu bolalar yanada
rivojlangan monologik nutq bilan ajralib turadi. Ammo frazeologik nutqi biroz g'ayritabiiy. Bu
bolalar suhbatdoshlarni xohlashmaydi. Ular harakat sohasida juda rivojlangan. Ularga xos alohida
xususiyat shundan iboratki, bunday bolalar yetarlicha bilimlarga ega bo’ladilar, ammo bu
bilimlarni manipulyatsiya qiladilar. Bu bolalar amaliy faoliyat bilan shug'ullanmaydilar, garchi
ular zavq bilan fikrlasa ham, fiktrlari stereotipik ammo bu ularga katta zavq bag'ishlaydi. Ushbu
mashqlar (hayollar) ular uchun juda ko'p ijobiy taassurotlarni keltirib chiqaradi.

5.

To'rtinchi guruh- atrof-muhit bilan o'zaro
aloqada o'ta qiyinchilik
• Ushbu guruhning bolalari juda ham ko’ngli bo’sh. Bunday holda, autizm ularning aloqa
shakllari rivojlanmaganligi bilan ifodalanadi. Ushbu bolalar muloqotda katta ehtiyojga
ega, ijtimoiy munosabatlarga kirishga tayyor.
• Ammo ular himoyasiz va ko’ngli bo’sh, shuning uchun agar bu bolalar biron bir narsa
muloqotdagi to'siq yoki qarshilikni his qilsalar darrov aloqani to'xtatadilar.Bunday
bolalar ko'z bilan aloqa qilishadi, ammo bu aloqa vaqti-vaqti bilan. Bu bolalar haqidagi
umumiy taassurotlar bu ularning uyatchanligi va jur’atsizligi, stereotipik xulq-atvori.
Ammo bu bolalar aniq kuchli intizomni namoyon etadilar, tartibni izlaydilar.

6.

K.Gilbert va T. Piters tasnifiga ko'ra, ASB
quyidagilarni o'z ichiga oladi:
klassik autizm yoki Kanner sindromi,
Asperger sindromi,
bolalik davridagi parchalanish buzilishi,
autizmga o'xshash boshqa kasalliklar,
autistik holatlar.

7.

Yuqorida qayd etilganidek autizmning bir necha xil tasniflari mavjud. Psixiatriya
amaliyotda Kasalliklarning Xalqaro Tasnifi 10-qayta ko'rib chiqish (MKБ-10)
qo'llaniladi (1994). U o'z ichiga oladi:
F84.0
• Bolalar autizmi
F84.1
• Atipik autizm
F84.2
• Retta sindromi
F84.3
• Bolalik davridagi parchalanish buzilishi
F84.4
• Aqliy zaiflik va stereotipik harakatlar bilan birlashtirilgan giperaktiv buzilish
F84.5
• Asperger Sindromi
F84.8
• Rivojlanishning boshqa birlamchi kasalliklari
F84.9
• Birlamchi buzilishlar rivojlanishning o'ziga xosligi.

8.

Bolalikdagi autizm ( kanner sindromi):
• bunda eng aniq bo'lgan umumiy rivojlanish buzilishilari 3 yoshgacha bo’lgan davrda kuzatiladi. Bolalarda
ijtimoiy o'zaro munosabatlar, aloqa buziladi, cheklangan, takrorlanadigan xatti-harakatlar qayd etiladi.
Shunday qilib, ijtimoiy o'zaro ta'sirning uchta sohasi o'zgargan bo’ladi. Bu ko’proq qizlarga qaraganda
o'g'il bolalarda kuzatiladi.
Ilk davrlarda
me’yorda
rivojlanish deyarli kuzatilmaydi. Odatda bu buzilish 3 yoshgacha
aniqlanadi. Bolalarda ijtimoiy o'zaro munosabatlarga kirishish shakllanmagan bo’ladi.. Shu bilan birga,
maktabgacha yoshdagi bolalar boshqalarni yetarlicha baholamaydilar, boshqalarning his-tuyg'ulariga
to’g’ri javob bera olmaydilar. Ular ijtimoiy belgilardan etarli darajada foydalanmaydilar. Bunday bolalarda
ijtimoiylashuv, hissiyotlilik, xushmuomalalik o'zlarining xatti-harakatlarida juda kam birlashadi. Ushbu
turdagi nuqsonlar har doim qiziqishlar, faollikning cheklanganligi, takrorlanishi, stereotipik xatti-
harakatlar bilan ajralib turadi.

9.

Atipik autizm
• aqliy zaif bolalarda hamda nutqida retseptivlikning qoloqligi yoki jiddiy rivojlanish buzilishi
mavjud bolalarda juda keng tarqalgan. Autizmning ushbu turi maktabgacha yoshdagi
bolalarda diagnostika mezonlari yo'qligi bilan ajralib turadi, bu uch yoshdan besh yoshgacha
bo'lgan bolalarning yoshiga tegishli. Bu birinchi marta uch yildan keyin namoyon bo’ladi.
Bolalarda tashxis qo'yish uchun psixik rivojlanishining uch sohasidan bir yoki ikkita
sohasida yetarlicha aniq buzilishlar mavjud emasligi bilan tavsiflanadi. Biz ijtimoiy
sohalardagi buzilishlar (o'zaro ta'sir, umumiy, cheklanganlik, stereotiplar, xatti-harakatlarning
takrorlanishi) haqida gapiramiz. Ushbu autizm turi ko'pincha chuqur aqli zaif bolalarda
tashxis qilinadi. Tashxislashda umumiy autizmdan atipik autizmning sezilarli farqlarini
aniqlash kerak.

10.

Retta Sindromi
• Bu kasallikni ilk bor avstriyalik nevrolog Andreas Rett tomonidan 1966 yilda
ta’rif berilgan. Ushbu kasallik irsiydir. Bu qizlarda kuzatiladi. Bir yoki bir
yarim yilgacha bolalar me’yorda rivojlanadi, ammo keyin ular nutqiy
qobiliyatlari,
harakat
ko’nikmalari
yo'qoladi
hamda
predmetli-rolli
ko’nikmalarni unitishadi. Ular stereotipik va bir xil tarzda qo'llarini harakatga
keltiradilar, qayiltiradilar. Qizlarda nutqi qoloq, ba'zida u mutizmga uchraydi
yoki yo'qoladi. Qizlar ichlarida kulgini siqib chiqarganday tuyuladi,
ularning xatti-harakatlari impulsiv bo'ladi.
keyin

11.

Retta sindromli qizcha

12.

Retta sindromida ko'pincha to'rtta bosqichlar aniqlanadi:
• 1. Birinchi bosqich-turg'unlik.
• Bu davr bolalarning rivojlanishidagi 4 oydan 2,5 yoshgacha davom etadi.
Birinchi
kasallik
belgilariga
bolaning
psixomotor
rivojlanishining
sekinlashishi va boshning o'sish sur'ati pasayishi, qo’l harakatning
yo'qolishi. Bolalarning yarmidan ko'pi nafas olish anomaliyalariga ega,
ayrim hollarda sudurogi tutishlar ham kuzatiladi.. Muhim alomat-bu
boshqalar bilan aloqani yo'qolishi.

13.

2. Buning ortidan neyro-aqliy rivojlanish regressiyasi davri
keladi,
• bu odatda 1-3 yoshdan boshlanadi va quyidagilar bilan birga
keladi: xavotir hurujlari," chidab bo'lmas qichqiriq", uyquning
buzilishi. Bir necha hafta-oylar davomida bola ilgari egallagan
ko'nikmalar, xususan, maqsadli qo'llar harakatlari va nutqi
yo'qoladi.

14.

3. Uchinchi bosqich, maktabgacha va erta maktab yoshi
davrini qamrab oladi.
• Bu vaqtda bolalarning ahvoli nisbatan barqaror. Birinchi galda
chuqur aqliy zaiflik yuzaga keladi, sudurogi tutishlar va
shuningdek, turli xil harakat buzilishlari namoyon bo’ladi.
Xavotir hurujlari o'tadi, uyqu yaxshilanadi, bola bilan hissiy
aloqa o’rnatish mumkin bo'ladi.

15.

4. Hayotning birinchi o'n yilligining oxiriga kelib to'rtinchi bosqich
boshlanadi
• harakat buzilishlari rivojlanadi. Shu bilan birga,
sudurogi tutishlar kamroq kuzatiladi. Bunday holatda
bemorlar o'nlab yillar davomida qolishlari mumkin.

16.

Asperger Sindromi
• U birinchi marta 1944 yilda Vena psixiatri G.Asperger tasvirlangan.
• U bu nuqsonni shaxsiyatning buzilishi deb bilgan va autistik psixopatiya deb belgilagan. Hozirgi vaqtga qadar kelib
chiqishi aniqlanmagan. Asperger sindromi yengil autizm buzilishining bir turi.
Funktsiya qobiliyati saqlanib qolganligi bilan boshqa turlardan farqlanadi. Ushbu sindrom klinik jihatdan
nisbatan farq qiladi. Bolalarda me’yoriy aqliy qobiliyat, kam rivojlangan ijtimoiy qobiliyatlar kuzatiladi. Ular
ijtimoiy o'zaro ta'sirdagi sifat buzilishlari va xatti-harakatlardagi cheklovlar, takrorlanishlar, stereotiplar, ayniqsa
qiziqish va faoliyat uchun xarakterlidir. Bola rivojlanganligi sari, shizoid tipga yaqin shaxs shakllanib boradi.
Asperger sindromi ijtimoiy o'zaro ta'sirdagi sifat buzilishlari va xatti-harakatlardagi cheklovlar,
takrorlanishlar, stereotiplar, ayniqsa qiziqish va faoliyat uchun xarakterlidir. Shunga qaramay, Asperger sindromida
nutq va intellektual rivojlanishda kechikish bo'lmaydi. Asosan, bolalarning aksariyati normal aqlga ega.
Harakatlarning rivojlanishi quyidagi xususiyatlarga ega: ular beso’noqay yurishadi, harakatlar notekis, stereotipik.
O'g'il bolalarda bu kasallik qizlarga nisbatan ko’proq kuzatiladi. Ular egosentrizm, tengdoshlar bilan o'zaro
munosabatlar past ehtiyoj bilan ajralib turadi.

17.

Aqliy zaiflik va streotip harakatlar bilan
birga uchraydigan giperaktiv buzilishlar
• Belgilar nomi bilan tavsiflanadi kasalliklar.
Murakkab alomatlar bilan birga o‘rta, chuqur
va og‘ir darajadagi aqli zaiflik.

18.

Bolalik davridagi boshqa parchalanish
kasalliklari
• Kasallik asta-sekin o'sib boradi, ammo ayni paytda demaniya rivojlanadi.
Bolalarda ijtimoiylashuv va aloqa o’ziga xos bo'lib, aqliy kamchiliklarda ko'ra
ko'proq kuzatiladi.
Ushbu guruhga erta rivojlanib o’sib boruvchi, aqliy
rivojlanishning to'xtashi va regressiyasi, shuningdek, ijtimoiy, kommunikativ
va xulq-atvor faoliyati bilan bog'liq kasalliklar kiradi. Odatda, bu stereotipik
harakatlar va autistik yetakchilik bilan birga keladi. Tashxis qo'yishdagi
qiyinchiliklar shundan iboratki, bola me’yorda rivojlangan va miya yarim
sharlarining organik jarohatlanishi kuzatilmaydi.

19.

Rivojlanishning o'ziga xos bo'lmagan
birlamchi buzilishlari
• to'liq ijtimoiy o'zaro ta'sirning yoki og'zaki va noverbal kommunikatsiyaning buzilishi.
Tashxis cheklangan xatti-harakatlar holatlarida amalga oshiriladi. Birlamchi va shunga
o'xshash kasalliklarning o'ziga xos xususiyatlari mezonlari har doim ham bolalarning
qiziqishlari va faoliyatiga javob bermaydi. Ko'pgina hollarda, o'ziga xos bo'lmagan
birlamchi rivojlanish buzilishi autizmning atipik kasalligi deb ataladi, chunki u autizm
buzilishi mezonlariga javob bermaydi. Masalan, u keyinroq yoki eng kam ifoda etilgan
holda aniqlanadi yoki bo’lmasa barcha uchta mezonni birlashtiradi. Biroq, XKT-10da
atipik autizm va rivojlanish o’ziga xos bo’lmagan birlamchi buzilishi ajralib turadi va
har xil kodlar bilan belgilanadi.

20.

Leo Kanner
(1894-yil 13-iyun – 1981-yil 3-aprel)
Avstriya va Amerika
Johan Hans Friedrich Karl Asperger
Andreas Rett
(1906-yil 18-fevral – 1980-yil 21-oktabr) (1924-yil 2-yanvar – 1997-yil 25-aprel)
Avstriya pediatri va psixiatri
Avstriya pediatrik, nevrologi va
yozuvchisi
English     Русский Rules