Similar presentations:
3-darsm
1.
Baxtsiz hodisalarni oldini olish. Ishlabchiqarish sanitariyasi va mehnat
gigiyenasi
REJA:
1. Xavfli va zararli ta’sir etishi mumkin bo’lgan ishlab chiqarish
chiqindilari, materiallari bilan ishchilarni bevosita kontaktli aloqada
bo’lishini oldini olish.
2. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari mavjud bo’lganda
kompleks avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishni joriy etish.
2. Ishlab chiqarish sanitariyasining umumiy tushuncha va ta’riflari.
Ishlab chiqarish sanitariyasi – ishchilarga ta’sir etuvchi zararli omillarnibartaraf etishga qaratilgan tashkiliy, gigiyenik va sanitar – texnik tadbirlar hamda
vositalar tizimidir.
Ishlab chiqarish sanitariyasining asosiy vazifasi esa zararli moddalarning
belgilangan ruxsat etilgan miqdori (REM) asosida sog’lom va xavfsiz ish
sharoitini yaratishdan iboratdir.
Mehnat gigiyenasi – tibbiyot fanining bir qismi bo’lib, ish sharoitlarining
inson sog’ligiga va ish qobiliyatiga ta’sirini o’rganadi, shuningdek, mehnat
sharoitlarini sog’lomlashtirish hamda ishlab chiqarishni yuksaltirishga
yo’naltirilgan sanitariya – gigiyena, oldini olish va davolash tadbirlarini ishlab
chiqadi.
3.
Ishlab chiqarish jarayonlariga xavfsizlik talablari. Texnologikjarayonlarni tashkil etishni va bajarishni loyihalashda davlat standarti
quyidagilarni hisobga olishni taqoza etadi:
-xavfli va zararli ta’sir etishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish chiqindilari,
materiallari bilan ishchilarni bevosita kontaktli aloqada bo‘lishini oldini
olishni;
-xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari mavjud bo‘lganda kompleks
avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishni joriy etish;
-ishchilarning himoyasini ta’minlovchi va avariya holatida ishlab chiqarish
uskunalarini o‘chirish nazorati sistemasini taminlash va texnologik jarayonlarni
boshqarishni amalga oshirish;
-xavfli va zararli omil hisoblangan ishlab chiqarish chiqindilarini ish joylaridan
chiqarish va uni zararsizlantirish.
4.
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish zonalari havo muhitining ob-havo sharoitini havoningquyidagi ko`rsatkichlari bеlgilaydi:
1. havoning harorati, t, 0 С bilan o`lchanadi.
2. havoning nisbiy namligi aniqlanadi.
3. havo bosimi, R, mm sim.ust. yoki Ra bilan o`lchanadi.
4. Ish joylaridagi havo harakati, tеzligi, V, m/s bilan o`lchanadi.
Bulardan tashqari ob-havo sharoitiga ta'sir qiluvchi ishlab chiqarish omillari ham mavjud, bular
har xil mashina-mеxanizmlar va ishlov bеrilayotgan matеriallar yuzalaridan tarqaladigan issiqlik
nurlari ham havo haroratini oshirishga olib kеladi. Bu omillar ta'siridan hosil bo`ladigan ishlab
chiqarish zonasidagi havo muhitini sanoat mikroiqlimi dеb yuritiladi. Ob-havo omillari har biri
ayrim holda yoki bir nеchasi birlikda insonning mеhnat qilish qobiliyatiga, sog`lig`iga juda katta
ta'sir ko`rsatadi. Ishlab chiqarish sharoitida ob-havo omillarnng dеyarli hammasi bir vaqtda ta'sir
qiladi. Ba'zi sharoitlarda bunday ta'sir ko`rsatish foydali bo`lishi, masalan sovuq sharoitda quritish
natijasida kamaytirilishi mumkin, ba'zi vaqtlarda esa, bir-biriga qo`shilishi natijasida zararli ta'sir
darajasi ortib kеtishi mumkin, masalan nisbiy namlik va haroratning ortib kеtishi inson uchun og`ir
sharoit vujudga kеltiradi. Bundan tashqari, ish joylaridagi havo harakatini oshirish harorat yuqori
bo`lgan vaqtda ijobiy natija bеradi, harorat past bo`lgan vaqtda esa, salbiy natija bеradi.
5.
Ma’lumki, inson uchun ko’rish, eshitish, nafas olish, sezish va asabsistemalari muhim a’zolari hisoblanadi. Inson 20 dan 20000 Gs
chastotali tebranishgacha bo’lgan tovush to’lqinlarini eshita oladi.
Quloqning sezish qobiliyati ancha yuqori bo’lib, 2000 Gs dan 4000 Gs
gacha diapozondagi tovushlarni normal eshitadi, biroq 800 Gs dan past
va 6000 Gs dan yuqoriroq chastotda sezish qobiliyati birmuncha
pasayadi.
Odam nafas olganda o’pkaga kirayotgan havo tarkibida kislorod 21 %,
chiqarayotganda 16 % ni tashkil qiladi. Havo tarkibidagi zararli
moddalar (gazlar, bug’lar, chan va b.) inson uchun juda zararli bo’lib,
har xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Sof toza havo tarkibida 77 %
azot, 21 % kislorod,1 % is gazi va boshqa aktiv gazlar, 1 % inert
gazlari (argon, neon va b.) mavjud.