YOSH MUTAXASSISLAR MEHNAT MADANIYATINI YUKSALTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY OMILLARI
TADQIQOTNING MAQSADI
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
Muammoning o‘rganilganlik darajasi
Tadqiqotning vazifalari:
Tadqiqotning vazifalari:
Tadqiqot natijalarining joriy etilishi
I BOB. “Yosh mutahassis, uning faoliyati tushunchalarini tadqiq etishning nazariy metodologik asoslari”
1.1. Yosh mutaxassis, uning faoliyati tushunchalarining mohiyati, tuzilishi va asosiy xususiyatlari
1.1. Yosh mutaxassis, uning faoliyati tushunchalarining mohiyati, tuzilishi va asosiy xususiyatlari
1.2. Yosh mutahassislarni tarbiyalash to‘g‘risidagi qarashlar va ularning falsafiy-metodologik jihatlari
1.2. Yosh mutahassislarni tarbiyalash to‘g‘risidagi qarashlar va ularning falsafiy-metodologik jihatlari
1-bob bo‘yicha hulosalar
II BOB. Yosh mutahassislar faoliyati va faolligiga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-falsafiy omillar
2.1. Mehnat an’analari va sharoitining yosh mutahassislar mehnat madaniyati hamda faolligini oshirishdagi ahamiyati
2.1. Mehnat an’analari va sharoitining yosh mutahassislar mehnat madaniyati hamda faolligini oshirishdagi ahamiyati
2.2. Mehnat madaniyati va mehnat tarbiyasining o‘zaro aloqadorligi va ularga ta’sir ko‘rsatadigan omillar
2.2. Mehnat madaniyati va mehnat tarbiyasining o‘zaro aloqadorligi va ularga ta’sir ko‘rsatadigan omillar
2-bob bo‘yicha hulosalar
III BOB. Yangi O‘zbekiston yoshlarida kasb madaniyatini rivojlantirishning mehnat madaniyatini yuksaltirishning zarurati
3.1. Yosh mutaxassislar faolligini oshirish va kasb madaniyatini rivojlantirishning innovatsion usullari
3.1. Yosh mutaxassislar faolligini oshirish va kasb madaniyatini rivojlantirishning innovatsion usullari
3.2 Kasb madaniyatini rivojlantirish orqali mehnat madaniyatining yuksaltirish va uning istiqbollari
3.2 Kasb madaniyatini rivojlantirish orqali mehnat madaniyatining yuksaltirish va uning istiqbollari
3-bob bo‘yicha hulosalar
E‘TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
629.28K
Category: pedagogypedagogy

Семинарга тақдимот Холмирзаева

1. YOSH MUTAXASSISLAR MEHNAT MADANIYATINI YUKSALTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY OMILLARI

09.00.04 – Ijtimoiy falsafa
Xolmirzayeva Jumagul Xamdamovna
Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya
TAQDIMOTI
Ilmiy rahbar:
Falsafa fanlari doktori, (DSc) professor
B.S. Turdiyev

2.

Kirish
I bob. Yosh mutaxassis, uning faoliyati tushunchalarini tadqiq etishning nazariy metodologik asoslari.
1.Yosh mutaxassis, uning faoliyati tushunchalarining mohiyati, tuzilishi va asosiy xususiyatlari....
2. Yosh mutahassislarni tarbiyalash to‘g‘risidagi qarashlar va ularning falsafiy-metodologik jihatlari......
3.Bob yuzasidan xulosalari................................
•II bob. Yosh mutahassislar faoliyatiga va faolligiga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-falsafiy omillar.....................................
1.Mehnat an’analari va sharoitining yosh mutahassislar mehnat madaniyati hamda faolligini oshirishdagi
ahamiyati......................................................
2.Mehnat madaniyati va mehnat tarbiyasining o‘zaro aloqadorligi va ularga ta’sir ko‘rsatadigan
omillar...........................................................................
3. Bob yuzasidan xulosalar……………………………………………………….
•III bob. Yangi O‘zbekiston yoshlarida kasb madaniyatini rivojlantirish mehnat madaniyatini yuksaltirishning zarurati
sifatida……...........................
1.Yosh mutaxassislar faolligini oshirish va kasb madaniyatini rivojlantirishning innovatsion
usullari................................................
2. Kasb madaniyatini rivojlantirish orqali mehnat madaniyatining yuksaltirish va uning
istiqbollari........................................................
3.3 Bob yuzasidan xuloslar..................................................................................... Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Ilovalar……………………………………………………………………………...

3.

Prezidentimizning mehnat, kasb hunar va yetuk mutaxassis haqidagi fikrlari
“Yoshlarning xuquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning
o‘qishi, mehnat qilishi, bilim olishi va qobiliyatini namoyon etishi
uchun barcha sharoitlarni yaratmoqdamiz. Chunki butun xalqimiz
qatori yoshlar ham – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlaridir. Yosh
avlodning fuqarolik pozitsiyasi va faolligini kuchaytirish,
farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasbhunarlarni puxta egallab, xalqaro maydonda raqobatga kirisha
oladigan barkamol shaxslar, yetuk mutaxassislar etib tarbiyalash
bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni olib bormoqdamiz”
Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон тараққиёт стратегияси. – Тошкент. – O‘zbekiston. 2022. –
B.49

4.

Jahonda kechayotgan globallashuv jarayonlari
yoshlarning mehnatga ijobiy munosabatini shakllantirish
masalalari, shu bilan birga ustoz-shogird an’analarining
yemirilishi, jamoaviylik va hamkorlik, kasbiy etiketning
yetishmasligi kabi jiddiy muammolar tizimini yuzaga
kelishiga sabab bo‘lgan holatlarning tadqiq etilishini
taqozo etmoqda. Bu esa yosh mutaxassislarda odat va
intizom, ijtimoiy hamjixatlik, ijtimoiy moslashuvlar
asosida innovatsion yondashuv bilan ilmiy izlanishlar
olib borishga undamoqda. Mazkur ijtimoiy omillar yosh
mutaxassislar faoliyati va mehnat madaniyatiga oid
dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish masalasini
qo‘ymoqda. Mehnat etikasi, uning inson barkamolligini
ta’minlashdagi roli, shuningdek, kasbiy mentalitet va
axloqiy tamoyillar, modernizatsiya va innovatsiyalar
haqidagi tushunchalarni ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil
qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mavzuning
dolzabligi va
zarurati

5.

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llabquvvatlash, ularni ish bilan ta’minlash, o‘z-o‘zini baxolash va
tanqidga ochiqlik, mas’uliyat va intizomli bo‘lishi, qobiliyat va
iste’dodini ro‘yobga chiqarish, korporativ madaniyatini
shakllantirish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7
fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”,
2020 yil 30 iyundagi PF-6017-son “O‘zbekiston
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh
qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”, 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “Yangi
O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”, 2023 yil 11
sentabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston 2030” strategiyasi
to‘g‘risida”gi farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18
yanvardagi 23-son “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat
siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida” qarori hamda sohaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy
hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu
dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
Mavzuning
dolzabligi va
zarurati

6.

Dunyo ilm-fanida yosh mutaxassislar faolligi,
ularning mehnat madaniyati bilan bog‘liq
fundamental
tadqiqotlar,
xususan
mehnat
munosabatlari sohasida aksiologik va praksiologik
yo‘nalishlarda olib borilayotgan tadqiqotlar
o‘zining muhimligi bilan alohida ahamiyatlidir.
Ta’kidlash joizki, bugungi globallashuv jarayonida
yosh mutaxassislar faolligining yetishmasligi,
ularda tashabbuslarni rag‘batlantirish, ishlab
chiqarish simulyatsiyalari, mentorlik dasturlarini
rivojlantirish, shuningdek, yosh mutaxassislarni
tayyorlash, hisobga olish hamda kasbiy
rivojlantirish muammolarini innovatsion metodlar
vositasida maxsus ilmiy tadqiq qilish zaruriyatini
yuzaga keltirmoqda.
Mavzuning
dolzabligi va
zarurati

7. TADQIQOTNING MAQSADI

Yangi O‘zbekistonda yosh mutaxassislar mehnat madaniyatini
yuksaltirishning ahamiyatini ijtimoiy-falsafiy va ilmiy-nazariy
asoslash hamda bu bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan
iborat.

8. Tadqiqotning ilmiy yangiligi

yosh mutaxassislar mehnat madaniyatini
rivojlantirishda mehnat an’analari ustoz-shogird,
jamoaviylik va hamkorlik, kasbiy etikaning
aksiologik, mehnat sharoiti odat va intizom,
ijtimoiy hamjihatlik, ijtimoiy moslashuvlarning
praksiologik xususiyatlari rivojlanishga ta’sir
ko‘rsatuvchi asosiy vositalar ekanligi vorisiylik
tamoyili kontekstida ochib berilgan;
mehnat madaniyati, mehnat tarbiyasining
uyg‘unligini ta’minlash zarurati ularga ta’sir
ko‘rsatuvchi vositalar mehnat etikasi, ma’naviy
qadriyatlar, a’nanalar, axloqiy tamoyillar, kasbiy
mentalitet, ta’lim va tarbiya, modernizatsiya va
innovatsiyalar dialektikasining aksiologik va
gnoseologik jihatlari falsafaning sabab va oqibat
kategoriyalari vositasida dalillangan;

9. Tadqiqotning ilmiy yangiligi

yosh mutaxassislar faolligini oshirishning
vebinar va treninglar, xalqaro sertifikatlashishni
ta’minlash, innovatsion loyihalar uchun
platforma yaratish, tashabbuslarni
rag‘batlantirish va mehnat madaniyatini
yuksaltirishning stajirovka, ishlab chiqarish
simulyatsiyalari, ijtimoiy hamkorlik, mentorlik
dasturlari kabi innovatsion usullarini
rivojlantirish muhimligi imkoniyat va voqelik
kategoriyalari negizida asoslangan;
mehnat madaniyatini yuksaltirishning muhim
omili sifatida kasbiy madaniyatni rivojlantirish
zarurati kommunikatsiya va jamoaviy ishlash,
axloqiy normalar va qoidalar, kasbiy rivojlanish,
mas’uliyat va ishonch, tasodifiy va sistemali
baxolash, innovatsion rivojlanish, karera rivoji
va ma’naviy o‘sish kabi gnoseologik va
praksiologik omillari hisobiga yuz berishi
tizimlilik tamoyili asosida ochib berilgan.

10. Muammoning o‘rganilganlik darajasi

Xorijiy
tadqiqotla
rda
MDH
miqyosida
Mamlakati
mizda
M. Veber, F.V. Teylor, A.Fayol, G. Ford, G. Emerson, E.Agazzi, J.Bodriyar,
A.Toffler, V.Frankl, E.Fromm, J.Habermas, E.Kassiser, E.Dyurkgeym,
T.Parsons, E.Giddens
Yu.G. Jdanov, V.E. Davidovich, A.N. Efremova, E.P. Marinenko, R.G.
Gurova, O.Paryagina, N.Chernishenko, V.Svik, S.A. Sopoev, R.R.
Xizbulina, Yu.A. Nexaeva, F.P. Djioeva va boshqalar
G. Navro‘zova, G. Yunusova, E. Zoirov, A. Sharipov, S. Choriyev, B.
Turdiev, F. Turg‘unboev, T. Abdullaev, M. Nurmatova, M. Quronov, R.S.
Asomova, M.M. Qaxxorova, Z.R. Qodirova, A. Begmatov, M. Artikova va
boshqalar

11. Tadqiqotning vazifalari:

Yosh mutaxassislar mehnat
madaniyatini yuksaltirishda mehnat
an’analari ustoz-shogird, jamoaviylik
va hamkorlik, mehnat sharoiti odat va
intizom, ijtimoiy hamjihatlik,
rivojlanishga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy
vositalar ekanligini ochib berish;
Mehnat madaniyati, mehnat
tarbiyasining uyg‘unligini ta’minlash
zarurati ularga ta’sir ko‘rsatuvchi
vositalar mehnat etikasi, ma’naviy
qadriyatlar, a’nanalar, axloqiy
tamoyillar, kasbiy mentalitet, ta’lim
va tarbiya, modernizatsiya va
innovatsiyalar masalalarini dalillash;

12. Tadqiqotning vazifalari:

Yosh mutaxassislar faolligini
oshirishning vebinar va treninglar,
xalqaro sertifikatlashish va mehnat
madaniyatini yuksaltirishning
stajirovka, ishlab chiqarish
simulyatsiyalari kabi innovatsion
usullarini rivojlantirish muhimligi
asoslash;
Mehnat madaniyatini yuksaltirishning
muhim omili sifatida kommunikatsiya
va jamoaviy ishlash, axloqiy normalar
va qoidalar, kasbiy rivojlanish,
mas’uliyat va ishonch, tasodifiy va
sistemali baxolash, omillari hisobiga
yuz berishini ochib berish.

13.

Tadqiqotning
ob’yekti
• sifatida yosh mutaxassislar mehnat madaniyati
yuksaltirishda
unga
bevosita
ta’sir
ko‘rsatuvchi mehnat intizomi va mehnat
tarbiyasi masalalari tanlab olingan.
Tadqiqotning
predmeti
• O‘zbekistonda yosh mutaxassislar mehnat
madaniyatini yuksaltirishda zarur bo‘lgan
mehnat tarbiyasi, mehnat sharoitlari, mehnat
intizomi, mehnat an’analari masalalari
tashkil etadi.
Tadqiqotning
usullari.
• Dissertatsiyada analiz va sintez, kontenttahlil, dialektik, tarixiylik va mantiqiylik,
tizimlilik, kompleks yondashuv, qiyosiy
tahlil,
kuzatuv,
so‘rov
usullaridan
foydalanilgan

14. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi

O‘zbekiston Respublikasi
oliy ta‘lim, fan va
innovatsiyalar vazirligi
(O‘zMU loyiha)
Respublika Ma’naviyat va
ma’rifat markazi
O‘zbekiston Yoshlar
ittifoqi
O‘zbekiston milliy
teleradiokompaniyasi

15. I BOB. “Yosh mutahassis, uning faoliyati tushunchalarini tadqiq etishning nazariy metodologik asoslari”

Birinchi bobda yosh mutaxassis va uning faoliyati
tushunchalarining mohiyati, tuzilishi va asosiy xususiyatlari,
faylasuf olimlar tomonidan o‘rganilishi va yoshlar mehnat
madaniyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tadqiq etilgan.
Shuningdek, ushbu bobda yosh mutahassislarni rivojlantirish
bo‘yicha qarashlar evolyutsiyasi va uning falsafiymetodologik jihatlari tahlil qilingan.

16. 1.1. Yosh mutaxassis, uning faoliyati tushunchalarining mohiyati, tuzilishi va asosiy xususiyatlari

O‘zbek tilining izohli lug‘ati, (2020 yil) vikipediya, “Rossiya Federatsiyasining
yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi 2020 yil 30 dekabrdagi 489-FZ-sonli Federal qonuni, 2016
yil 14-sentyabrdagi O‘RQ-406-son “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Rossiya Federatsiyasi Mehnat kodeksi, Chernыshenko
N.A., Marshak A.L., Sopoev Soslan Axsarbekovich, Xizbulina Radmila Radikovna.,
Nexaeva Yuliya Anotolievna., Djioeva Fatima Palanovna., Lobachyova Anastasiya
Sergeevna, Ochilova X., N.Nazarovalarning tadqiqotlariga tayanib yosh mutaxassis
tushunchasining ilmiy falsafiy taxlilini olib bordik va quyidagi ta’rifni tavsiya etamiz.
Yosh mutaxassis - oliy va o‘rta maxsus ta’limning to‘liq kursini tamomlagan, uch yildan
ortiq ish stajiga ega bo‘lmagan, ishchanlik, bilim, axloq va mas’uliyat borasida katta
pozitiv jihatlarga ega, 30 yoshdan oshmagan, shaxsiy rivojlanish, o‘zini hozirlash, kasbiy
etika va ahloqiy qadriyatlardagi o‘zgarishlar hamda ixtisoslashuvlarni yaxshi anglagan
yosh xodimdir;

17. 1.1. Yosh mutaxassis, uning faoliyati tushunchalarining mohiyati, tuzilishi va asosiy xususiyatlari

1. Olib borilgan tadqiqotlar va kuzatishlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, yosh mutaxassislar ishchanlik, bilim,
axloq, mas’uliyat, o‘rganishdan tolmaslik borasida kabi pozitiv jihatlarga ega. Bular yosh mutaxassisga xos
asosiy pozitiv xususiyatlardir.
2. Yosh mutaxassis faoliyati deganda, kasbiy malaka orttirish, yosh mutaxassislarning o‘z yo‘nalishlari
bo‘yicha izlanishlar olib borishlari, yangi texnologiyalar va metodologiyalarni o‘rgatilib faoliyat
yurgizishlari tushunish lozim;
3. Yosh mutaxassis faoliyatining mohiyatini ish jamoasidagi munosabatlar, kasb yoki mehnat etikasi,
ma’naviy o‘sish, qadriyatlar, ijtimoiy mas’uliyat, kasbiy va shaxsiy rivojlanish singari omillar tashkil etadi.
Uning strukturasini esa, professional vazifalar, tashkiliy struktura, ta’lim va tayyorgarlik, ma’naviy
aspektlar, ijod va innovatsiya, samaradorlik va baholash kabilardan tashkil topgan;
4. Yosh mutaxassis faoliyatining xususiyatlar ikki qismga pozitiv va negativga bo‘linadi. Pozitiv
xususiyatlarga turli kurslar va seminarlar orqali yosh mutaxassislarning tahsil olishi, treninglar va masterklasslarda muntazam ishtirok etishlari, o‘z sohalaridagi trendlar, yangiliklar va ilmiy ishlarni muhokama
qilish uchun to‘planishlari kabilar kirsa negativ xususiyatlariga yetarli tajribaga ega bo‘lmaslik, tadqiqot va
rivojlanish ishlarini olib borishda resurslar taqchilligi va boshqalar kiradi;

18. 1.2. Yosh mutahassislarni tarbiyalash to‘g‘risidagi qarashlar va ularning falsafiy-metodologik jihatlari

Yosh mutaxassislarni tarbiyalash va rivojlantirish bo‘yicha “Avesto”,
Sharq mutafakkirlari, birinchi va ikkinchi Renessans davri, Amir Temur va
temuriylar davri, jadidlar va hozirgi davr tajribalarini ko‘rib chiqish va kerakli
tavsiyalari ishlab chiqish mumkin.
Yosh mutaxassislarni tarbiyalash va kamol toptirish jarayonida ustozshogird tizimi uzluksiz jarayon hisoblanib, ... maktab, akademik litsey, kasb-hunar
kolleji, oliy o‘quv yurtida professor-o‘qituvchilar, ishlab chiqarish korxonalarida
esa o‘z kasbini puxta egallagan, usta nomini olgan tajribali ustozlar murabbiylik
qiladilar. Bu hozirgi zamon uchun eng yaxshi metod sifatida ko‘rinmoqda.

19. 1.2. Yosh mutahassislarni tarbiyalash to‘g‘risidagi qarashlar va ularning falsafiy-metodologik jihatlari

Yosh mutaxassislarni tarbiyalash va rivojlantirish masalasida “Avesto” yoshlar tarbiyasi va ularning ruhiy, axloqiy va
ma’naviy o‘sishi uchun muhim asosiy prinsiplarni o‘z ichiga olgan. Ustozlar yosh mutaxassislarga o‘z faoliyatida
bilim olgan va kasbga oid aniq ko‘nikmalarni egallashga rag‘bat berilgan.
Yosh mutaxassislar yoki shogirdlarni tarbiyalashda Sharq mutafakkirlari Ibn Sino, Farobiy, Beruniy, Navoiy, Amir
Temur asarlarining o‘rni juda muhim. Ushbu falsafiy va ilmiy asarlarda yosh avlodni tarbiyalashga, ilm olishga,
ma’naviy-axloqiy tarbiyaga alohida e’tibor berilgan. Ta’limda muntazamlik, samaradorlik va shogirdning shaxsiy
ijodkorligiga urg‘u berilgan. U shogirdlarga nafaqat bilim berish, balki ularning qobiliyatlari va iste’dodlarini
rivojlantirishga ahamiyat bergan.
Yosh mutaxassislarni tarbiyalash va rivojlantirish bo’yicha islom falsafasi xususan tasavvufda quyidagicha fikrlar
mavjud. “Qo‘l doimo ishda bo‘lishi, ya’ni bunyodkorlikka, jamiyatga xizmat etishga, odamlarning og‘irini yengil
qilishga, mehnatsevarlik, uning gullab yashnashi uchun harakat qilish bilan birga, iymonli bo‘lishga ya’ni til va
dilning bir xil bo‘lishi, musulmonchilik farzlarini bekamu-ko‘st bajarish, vijdonan yashashga da’vat etiladi.
Birinchi va ikkinchi Renessans davrga tegishli yosh mutaxassislarni tarbiyalashning bir qator muhim jihatlari mavjud
bo‘lib, birinchidan renessans davrida ilm-fan va falsafa guvohlik beruvchi o‘ta muhim faktlar bilan savodli yosh
mutaxassislarni tayyorlashga doimiy e’tibor qaratilgan. Bu esa o‘zidan keyingi taraqqiyot bosqichi uchun ham
metodologik asos bo‘lib xizmat qildi.

20. 1-bob bo‘yicha hulosalar

yosh mutaxassislar
orasida ma’naviy
qadriyatlarning
o‘zlashtirilishi,
jamiyatga nisbatan
moslashuvchanlik,
adolat, samaradorlik
va mas’uliyat hissini
rivojlantirish
metodologik asos
bo’lishi mumkin
yosh mutaxassislar yoki
shogirdlarni tarbiyalash
jarayonida zamonaviy,
ilovaviy va amaliy
bilimlarni o‘z ichiga
olagan yangi usullarni
qo‘llashga yo‘naltirilgan
jadidlar tajribasini yanada
rivojlantirish yaxshi
samara beradi
Yosh mutaxassis
tushunchasi va maqomini
milliy tadqiqotlarimiz,
fanimiz va
qonunchligimizda qayta
ko’rib chiqish zarur

21. II BOB. Yosh mutahassislar faoliyati va faolligiga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-falsafiy omillar

Ushbu bobda mehnat an’analari va sharoitining yosh mutahassislar mehnat
madaniyati hamda faolligini oshirishdagi ahamiyati tadqiq qilingan.
Shuningdek, mehnat madaniyati va mehnat tarbiyasining o‘zaro aloqadorligi
va unga ta’sir ko‘rsatadigan omillari yoritilgan.
Dunyo globallashuv davrini boshdan kechirayotgan hozirgi davrda mehnat
munosabatlari tizimida qator o‘zgarish va yangiliklar bo‘layotgani ayni
haqiqat. Yosh mutaxassislar mehnat madaniyatini yuksaltirish muammosi esa
bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.

22. 2.1. Mehnat an’analari va sharoitining yosh mutahassislar mehnat madaniyati hamda faolligini oshirishdagi ahamiyati

Yosh mutaxassislar faoliyatida va faolligini oshirishda mehnat an’analari, qadriyatlar va udumlar
bir so‘z bilan aytganda, mehnat an’analari muhim rol o‘ynaydi. Bu elementlar yoshlarning mehnat
madaniyatini shakllantirish, ularning faolligini oshirish va professional rivojlanishini ta’minlash uchun
asosiy omillardan hisoblanadi.
Yosh mutaxassislar o‘zbek xalqining mehnat an’analari, qadriyatlar va udumlariga sodiq qolishi
kerak, chunki bu ularning professional va shaxsiy rivojlanishini ta’minlashga, hamda milliy
madaniyatni saqlashga yordam beradi. Har bir mutaxassisda mehnatga bo‘lgan munosabat va an’analar
bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi aspeklar ya’ni kasbiy etika (mehnat madaniyati) mavjud:
Mehnatga ehtirom; 2. Tadbirkorlik va ijodkorlik; 3. Sabr-toqat; 4. Ihtisoslashgan shaxslar; 5.
Jamoaviylik va hamkorlik.
Yuqoridagilar mehnat an’analarining yosh mutaxassislar faolligi va mehnat madaniyatini
oshirishdagi muhim omillari hisoblanadi.

23. 2.1. Mehnat an’analari va sharoitining yosh mutahassislar mehnat madaniyati hamda faolligini oshirishdagi ahamiyati

• Yosh mutaxassislarning mehnat madaniyati
rivojlantirishga to‘siq yaratishi mumkin
bo‘lgan ish sharoiti bilan bog‘liq xolatlar bu
yosh mutaxassislarining ishga
joylashishlari, ustozlari bilan bo‘lajak
ishlarini takomillashtirish, iqtisodiy va
ijtimoiy holatlardagi o‘zgarishlar bilan
bog‘liq. Yosh mutaxassislar mehnat
madaniyati yuksaltirishga salbiy ta’sir
ko‘rsatuvchi omillari sifatida ish
o‘rinlarining kamligi, iqtisodiy
rivojlanishning pastligi, ta’lim sifatining
pastligi, psixologik omillar, fikrlash tarzi,
tashkilot va rahbarlarning munosabatini
aytib o‘tish o‘rinli.
• Hozirgi vaqtda yosh mutaxassislar uchun
mos ish o‘rinlarining yetishmaydi.
Mavjud ish o‘rinlari ko‘pincha ularning
malakasiga mos kelmaydi. Mamlakatdagi
iqtisodiy vaziyat, iqtisodiy rivojlanish
sur’atlari yoshlarning mehnat bozoridagi
joyini belgilaydi. Iqtisodiy
rivojlanishning pastligi mehnatga bo‘lgan
talabni pasaytiradi. Bu ham yosh
mutaxassisning mehnatga va mehnat
madaniyatiga munosabatini
shakllantiradi

24. 2.2. Mehnat madaniyati va mehnat tarbiyasining o‘zaro aloqadorligi va ularga ta’sir ko‘rsatadigan omillar

Yosh mutaxassislarda mehnat madaniyati va mehnat tarbiyasining dialektik aloqadorligi
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy va madaniy rivojlanishida zarurdir. Ushbu aloqadorlikni
falsafiy va amaliy jihatdan tahlil qilish, yosh mutaxassislarning mehnat muhitini shakllantirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
“Mehnat madaniyati - bu shaxsning mehnat faoliyatiga munosabatini, shuningdek, mehnatni
tashkil etish darajasi va samaradorligini belgilaydigan qoidalar, me’yorlar, qadriyatlar va
an’analar to‘plami”
Yosh mutaxassislarning mehnatida professional etika, mas’uliyat, sodiqlik va mehnatga
bo‘lgan munosabatlarini shakllantirish zarur. Axloqiy normalar mehnat madaniyatining
asoslaridan biridir. Mehnat jarayonida ijobiy va madaniyatli munosabatni ta’lim berish, jamoa
bilan hamkorlik qilish, ijobiy moslashuvchanlik kabi mahoratini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Mehnat jarayonida yangi g‘oyalar, innovatsiyalar va kreativ yondashuvlarni qo‘llash yosh
mutaxassislarning o‘z faoliyatida ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi.
Aynan ular mehnat madaniyati va mehnat tarbiyasining aloqadorligini isbot etadi va ular yosh
mutaxassis faolligi va mehnat madaniyatining yuksalishida asosiy rol o’ynaydi.

25. 2.2. Mehnat madaniyati va mehnat tarbiyasining o‘zaro aloqadorligi va ularga ta’sir ko‘rsatadigan omillar

Mehnat tarbiyasi – yoshlarni mehnatga, ishga muhabbat bilan munosabat qilish, ularda
mehnat qilish, jamiyatga, o‘z oilasiga va iqtisodiyotga foyda keltirish hissini shakllantirish
jarayonidir.
Tadqiqotchining fikricha mehnat madaniyati va mehnat tarbiyasi o‘rtasidagi dialektik
aloqadorlik quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- mehnat madaniyati yosh mutaxassislarda ijodkorlikni, jamiyatga foyda keltirishni, mas’uliyatni
ta’minlash maqsadida va ijtimoiy qonuniyatlarga muvofiq ravishda shakllanadi. Ularning mehnat
madaniyati bilan bog‘liq qadriyatlari va standartlari, mehnat tarbiyasining asosi bo‘lib xizmat
qiladi.
- mehnat tarbiyasi pedagogik jarayonda mehnat madaniyatini shakllantirish uchun muhim
vositadir. Oliy ta’lim muassasalarida esa yosh mutaxassislarga mehnat madaniyatini, innovatsion
texnologiyalarni, jamoada ishlash kadrlarini shakllantirish uchun to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish lozim;
Ta’sir ko‘rsatadigan omillar: qadriyatlar va standartlar, innovatsion texnologiyalar, professional
etika, mas’uliyat, sodiqlik va mehnatga bo‘lgan munosabatlari, ijobiy va madaniyatli munosabatni
ta’lim berish, jamoa bilan hamkorlik qilish, ijobiy vakili moslashuvchanlik

26. 2-bob bo‘yicha hulosalar

Mehnat an’analari va mehnat
sharoitlari yosh mutaxassis mehnat
madaniyatini yuksaltirishda muhim
rol o’ynaydigan falsafiy va ijtimoiy
omillardan hisoblanadi. Shuning
uchun bu masalalarda doimiy
targ’ibot
ishlari
natijalarni
yaxshilaydi.
Masalan mas’uliyat ortadi va milliy
ma’naviy merosga hurmat ortadi. Bu
esa
mehnat
musabatlarini
muammolarni oldini olishga hizmat
qiladi.
Mehnat madaniyati va mehnat
tarbiyasini uyg‘unlashtirish ya’ni
ularning birligiga erishish yosh
mutaxassislarning ijtimoiy va
professional
munosabatlarida
mustahkam poydevor yaratadi,
ularning ijtimoiy senzura va
mas’uliyat sezishini oshiradi.

27. III BOB. Yangi O‘zbekiston yoshlarida kasb madaniyatini rivojlantirishning mehnat madaniyatini yuksaltirishning zarurati

sifatida
Mazkur bobda yosh mutahassislar faoliyati samaradorligini oshirish va kasbiy
madaniyatni rivojlantirishning innovatsion usullari, shuningdek, mehnat madaniyatining
yuksaltirish orqali kasb madaniyatini rivojlantirish va uning istiqbollari hamda asosiy
yo‘nalishlari tadqiq qilingan.
Jamiyat va davlat rivojlanib borgani sari unga mos kadrlar zahirasini shakllantirish
dolzarb masalaga aylanadi. Shu ma’noda “bugungi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar
davrida yosh mutaxassis ijtimoiy, iqtisodiy, shaxsiy psixologik manfaatli mehnat
faoliyatida shakllanishi lozimdir. Bu borada yosh mutaxassislar faolligini oshirish va
kasb madaniyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish zarur.

28. 3.1. Yosh mutaxassislar faolligini oshirish va kasb madaniyatini rivojlantirishning innovatsion usullari

YOSH MUTAXASSISLAR FAOLLIGINI OSHIRISH KO‘PLAB MUHIM
OMILLARGA BOG‘LIQ.
Xususan, xalqaro sertifikatlashish imkoniyatlarini ta’minlash,
- ishlab chiqarish va ta’lim muassasalari o‘rtasida memorandumlar tuzish,
- ochiq joylarga, ya’ni alohida tartib o‘rnatilmagan joylarga stajirovka va amaliyotni kiritish,
- yosh mutaxassislarning o‘z innovatsion loyihalarini ilgari surishlari uchun platforma yaratish,
- kuboklar, grantlar va musobaqalar orqali tashabbuslarini rag‘batlantirish,
- professional sohalardagi o‘zgarish va tendensiyalar bo‘yicha forumlar tashkil qilish,
- tadbirlarda ish faoliyatini yo‘lga qo‘yish va yangiliklar bilan tanishish imkoniyatlari berish,
- yosh mutaxassislarning ruhiy sog‘lig‘i uchun psixologik dasturlar va seminarlarni o‘tkazish,
- stressni boshqarish va ish o‘rnidagi muammolarni hal qilish bo‘yicha maslahatlar berish,
- yosh mutaxassislarga sovg‘alar va tashakkurnomalar berib borish,
- faol ishtirok etishlari uchun maxsus tadbirlar o‘tkazish, ish jarayonini soddalashtirish va
samaradorlikni oshirish uchun foydalanish va boshqalar muhim ahamiyatga ega.

29. 3.1. Yosh mutaxassislar faolligini oshirish va kasb madaniyatini rivojlantirishning innovatsion usullari

Kasbiy madaniyatni rivojlantirishning
ba’zi innovatsion usullarini tavsiya
etiladi. Ular:
- Ko‘rgazma va festivallar;
- mentorlik dasturlari;
- ishlab chiqarish simulyatsiyalari;
- raqamli platforma va onlayn ta’lim;
kasbiy
sertifikatlashtirish
va
akkreditatsiya;
- ma’naviy-axloqiy ta’lim;
- ishchi mahsuldorligini oshirish
texnologiyalari; (KPI)
- ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar (Grand
loyihalar) va boshqalar.
- interaktiv loyihalar;
innovatsion
axborot
texnologiyalarni o‘zlashtirish;
- mobil dasturlar, onlayn platforma
va virtual simulyatsiyalar;
Shunigdek, yosh mutaxassisning
kasbiy
madaniyatini
oshirishida
simpoziumlar va konferensiyalarning
samarasi yuqoriroq bo‘ladi.

30. 3.2 Kasb madaniyatini rivojlantirish orqali mehnat madaniyatining yuksaltirish va uning istiqbollari

Kasb madaniyati - bu muayyan kasb (ijodiy, ilmiy, texnik, tibbiy,
o‘qituvchilik va boshqalar) doirasida shakllangan mehnat etikasi, bilim, mahorat va
ko‘nikmalar, o‘zaro munosabatlar, mas’uliyat, odob-axloq va qoidalar
majmuasidir.
Mehnat madaniyati - bu insonning mehnat faoliyatidagi intizom, mas’uliyat,
samimiyat, sifatga intilish, kasbiy etika va shaxsiy munosabatlar kabi axloqiy,
huquqiy va madaniy normalar majmuasidir.
Kasb madaniyatini raqamli ta’lim va onlayn platformalar, virtual treninglari,
mentorlik va kouching tizimlarini raqamlashtirish, ish jarayonini avtomatlashtirish va
sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish, kasbiy mikrokurslar va sertifikatlash, global
mentorlik va hamkorlik platformalari kabi nnovatsion usullari vositasida
rivojlantirish orqali mehnat madaniyatini yuksaltirish mumkin.

31. 3.2 Kasb madaniyatini rivojlantirish orqali mehnat madaniyatining yuksaltirish va uning istiqbollari

Yana mehnat madaniyatini
yuksaltirish usullari sifatida
- kasbiy ta’lim va malaka oshirish,
- mentorlik va treninglar,
- intizom va mehnat tartibqoidalarini kuchaytirish,
- raqamli
vositalardan
foydalanish,
- - motivatsiya va rag‘batlantirish
tizimini takomillashtirish,
- jamoaviy
muhitni
mustahkamlash kabilarni misol
keltirish mumkin.
mehnat madaniyatini yuksaltirish istiqbollari
- ish samaradorligining oshishi kuzatiladi.
- yosh mutaxassislar ish jarayonida samarali va
mas’uliyatli bo‘ladilar.
- kasbiy rivojlanish va yangi malaka egallanadi.
- yoshlar o‘z kasbiy salohiyatlarini tezroq oshiradilar,
murakkab vazifalarni bajarishga tayyor bo‘ladilar.
- jamoada hamkorlikni kuchaytiradi.
- jamoada ishlash madaniyati rivojlanib, ish muhiti
yoqimli va samarali bo‘ladi.
- nizolar kamayadi va ishonch muhiti yaratiladi. Global
raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishiga erishiladi.

32. 3-bob bo‘yicha hulosalar

Mehnat madaniyati shakllangan
yoshlar faol, mas’uliyatli va
davlat g‘oyalarini qo‘llovchi
fuqarolar bo‘ladilar. Bu barqaror
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga
xizmat qiladi.
Mehnat madaniyatini yuksaltirishda
uchun samarali faoliyat olib borish,
transformatsiya jarayonlarini to‘g‘ri
tashkil etish, mehnat muhitini
yaxshilash,
innovatsion
texnologiyalardan
foydalanish,
oilada
mehnat
madaniyatini
rivojlantirish, yoshlarning mehnatga
munosabatini yangilash muhim
o‘rin tutadi

33.

Hulosa
Yosh mutaxassis - oliy va o‘rta maxsus ta’limning to‘liq
kursini tamomlagan, uch yildan ortiq ish stajiga ega
bo‘lmagan, ishchanlik, bilim, axloq va mas’uliyat borasida
katta pozitiv jihatlarga ega, 30 yoshdan oshmagan, shaxsiy
rivojlanish, o‘zini hozirlash, kasbiy etika va ahloqiy
qadriyatlardagi o‘zgarishlar hamda ixtisoslashuvlarni yaxshi
anglagan yosh xodimdir.
Tadqiqotlar va kuzatishlar natijalari ko‘rsatadiki, yosh
mutaxassislar
ishchanlik,
bilim,
axloq,
mas’uliyat,
o‘rganishdan tolmaslik borasida katta pozitiv jihatlarga ega.
Bular yosh mutaxassisga xos asosiy pozitiv xususiyatlardir. Yosh
mutaxassis faoliyati deganda esa kasbiy malaka orttirish, yosh
mutaxassislarning o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha izlanishlar olib
borishlari, yangi texnologiyalar va metodologiyalarni o‘rgatilib
faoliyat yurgizishlari tushunish lozim.

34.

Hulosa
Yosh mutaxassislarni tarbiyalash va rivojlantirish
bo‘yicha Avesto, sharq mutafakkirlari, Renessans davri, Amir
Temur va temuriylar davri, jadidlar, Sovet davri va hozirgi
davr tajribalarini ko‘rib chiqish va kerakli tavsiyalari ishlab
chiqish mumkin.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti munosabatlarining
chuqurlashuvi, innovatsion
texnologiyalarning, raqamli
iqtisodiyotning inson faoliyatiga tatbiq etilishi, yoshlar
mehnat faoliyati va mehnat an’analari asosida mehnat
madaniyatini yuksaltirish masalalarini ijtimoiy falsafiy
qirralarini tadqiq etishni dolzarb ilmiy vazifaga aylantirdi.

35.

Hulosa
Jamiyatda demokratik islohatlar
davri
yosh
mutaxassisdan sohada yuzaga kelgan qator kamchilik va
muammolar tufayli o‘z kasbiga munosabatni o‘zgartirishni,
egallaydig an kasbiga innovatsion bilim va yangiliklarni joriy
etishni, faoliyatiga tanqidiy tahlil va qat’iy tartib intizom
ruhida qarashni talab etmoqda.
Hozirgi vaqtda yosh mutaxassislarni tayyorlash, ishga
jalb qilish mexanizmini rejalashtirish va uning marketingini
tashkil qilish; yosh mutaxassislarni mehnatga yollash va ular
bilan tizimli ishlashni e’tiborga olish va ular faoliyatiga
kompleks baho berish, kasbiy malakasini oshirish,
kadrlarning ichki korporativ o‘sishini boshqarish jarayonini
jadallashtirish, intelektual imkoniyatlarini faollashtirishni
tashkillashtirish dolzarb vazifa hisoblanadi.

36.

Hulosa
Yoshlar faoliyatida yangi sohalar va kasbiy bandlik
masalalarining yangicha ko‘rinishlari paydo bo‘lishi o‘ziga xos
tartib va me’yorlarni yuzaga keltirmoqda. Bu esa ular faoliyatiga
oid kasbiy me’yorlar va nizomlarni ishlab chiqishni kun tartibiga
qo‘ymoqda.
Yangi taraqqiyot bosqichi mehnat madaniyati va uni
rivojlantirish masalasiga modernizatsiya ruhida qarashni, o‘zo‘zini takomillashtirish,
jamiyat va shaxs o‘rtasidagi
munosabatlarni uyg‘unlashtirish asosida o‘z faoliyatini doimiy
rivojlantirib borib professionallikka erishishni asosiy masalaga
aylantirdi.

37.

Tavsiyalar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Mehnat va bandlik vazirliklari
hamkorlikda yosh mutaxassislar mehnat madaniyatini yanada rivojlantirish
maqsadida ta’lim xizmati ko‘rsatish, kadrlar tayyorlash sohasida qator
kamchilik va muammolar mavjudligini hisobga olib, yosh mutaxassislarni
kasbga tayyorlash jarayonida “Mehnat madaniyati asoslari” o‘quv kursini
oliy ta’lim tizimiga kiritish maqsadga muvofiq.
OAV va manfaatdor tashkilotlar mehnat madaniyati va mehnat tarbiyasi
mezonlariga yangicha yondashuv asosida mehnat etikasi, ma’naviy
qadriyatlar, a’nanalar, axloqiy tamoyillar, kasbiy mentalitet, ta’lim va
tarbiya, modernizatsiya va innovatsiyalar dialektikasini targ‘ib qilish
maqsadida ijtimoiy reklamalar miqdorini oshirish va soha bo‘yicha yetuk
mutaxassislar takliflarini amaliyotga tadbiq etishga ko‘maklashish zarur.

38.

Tavsiyalar
Manfaatdor tashkilotlar va Mehnat va bandlik vazirliklari
hamkorlikda yosh mutaxassislar faolligini oshirishning vebinar va
treninglar, xalqaro sertifikatlashishni ta’minlash, tashabbuslarni
rag‘batlantirish, mehnat madaniyatini yuksaltirishning stajirovka,
ishlab chiqarish simulyatsiyalari, ijtimoiy hamkorlik, mentorlik
dasturlari kabi innovatsion usullarini rivojlantirish uchun platforma
yaratish va ishga tushirish lozim.
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi va milliy
teleradiokompaniya hamkorlikda zamonaviy mehnat madaniyatini
yuksaltirish maqsadida ularga xos bo‘lgan ijobiy xususiyatlar
negizida yosh mutaxassislar faolligini orttirishga erishish uchun
sohaga, kasbga, mutaxassislikga oid teleko‘rsatuvlar va
radioeshittirishlar, ijtimoiy tarmoqlarda esa kontentlar salmog‘ini
oshirish, ularning ta’sirchanlik saviyasini ko‘tarishga nisbatan
e’tiborni kuchaytirish muhim.

39. E‘TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

English     Русский Rules