5.09M
Category: managementmanagement

Raqamli markirovkalash

1.

2.

Markirovka nima?
Raqamli markirovkalash — bu mahsulot yoki mahsulot
qadog‘iga maxsus kodni qo‘llash jarayoni bo‘lib, uning
maqsadi markirovkalangan mahsulot harakatini kuzatishdir.
Tovarlarni markirovkalashning asosiy vazifasi iste’molchilarga
xarid qilinayotgan mahsulotning haqiqiyligi va e’lon qilingan
sifatini kafolatlashdir.
Tovarni markirovkalash uchun ikki o‘lchovli Data Matrix
kodidan foydalaniladi, unda tovarning ishlab chiqarilgan
sanasi va joyi qayd etiladi, shuningdek, uning tovar zanjiri
bo‘ylab harakati kuzatiladi: ishlab chiqaruvchidan ulgurjichakana savdo bo‘g‘iniga va undan keyin tovar onlayn-kassa
orqali sotilgunga qadar.
Har bir bosqichda mahsulot ishlab chiqarish va aylanmasi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar tovarlarni raqamli markirovkalash
va kuzatish milliy axborot tizimi – «Asl Belgisi» MATda qayd
etiladi.

3.

Mahsulotlarni markirovkalash nima
Raqamli markirovkalash — bu mahsulot yoki mahsulot
qadog‘iga maxsus kodni qo‘llash jarayoni bo‘lib, uning
maqsadi markirovkalangan mahsulot harakatini kuzatishdir.
Mahsulotlarni markirovkalashning asosiy vazifasi
iste’molchilarga xarid qilinayotgan mahsulotning haqiqiyligi va
e’lon qilingan sifatini kafolatlashdir.
Agar tovar markirovka qilinishi kerak bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi
yoki import qiluvchi tovarning har bir birligiga noyob kodni
qo‘llashi yoki kodni mahsulot yorlig‘iga bosib chiqarishi kerak.
Kod uni kim va qachon ishlab chiqarganini yoki mamlakatga
olib kirganini va hozirda realizatsiyaning qaysi bosqichida
ekanligini kuzatish imkonini beradi.
Ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi O‘zbekiston tovarini
olib kirishda unga markirovka kodini qo‘llashi shart.
Markirovka qilinmagan mahsulot qalbaki hisoblanadi. Keyin
savdo tizimining har bir ishtirokchisi markirovkani kodini
tizimga ma’lumotlarni yuboradigan maxsus skaner bilan
o‘qishi kerak.

4.

Pivo mahsulotlarini raqamli
markirovkalash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2020-yil 20-noyabrdagi «Ayrim turdagi mahsulotlarni
majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish
to‘g‘risida»gi 737-son qaroriga muvofiq, «Pivo va pivo
mahsulotlari» mahsulot guruhini majburiy raqamli
markirovkalash 2021-yil 1-apreldan boshlandi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi "Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy
etish to‘g‘risida"gi 737-son qarori (tanishib chiqish)
MAJBURIY RAQAMLI MARKIROVKALASH LOZIM BO‘LGAN TOVARLARNING CHAKANA SAVDOSINI TARTIBGA SOLISH TO‘G‘RISIDA
Soliq qo‘mitasi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026-yil 1-avgustga qadar qalbaki raqamli markirovkalangan va/yoki
kontrafakt mahsulotlarni import qiluvchi, ishlab chiqaruvchi hamda ulgurji va chakana realizatsiya qiluvchi subyektlarga
nisbatan mazkur mahsulotlarni musodara qilgan holda, jinoiy javobgarlikka tortish normalarini belgilashni nazarda tutuvchi
normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi "Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini
ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 943-son qarori (tanishib chiqish)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi "O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 522-son qarori (tanishib chiqish)
Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy yuridik shaxslar va qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan bog‘liq soliq ma’muriyatchiligini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori (tanishib chiqish)

5.

ERI – bu elektron hujjatlarni imzolash va haqiqiyligini tekshirishda shaxsni
tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan an’anaviy qo‘l imzosining muqobili.
ERIdan foydalanish kontragentlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni
minimallashtirgan holda yuridik ahamiyatga ega hujjatlarni tezroq almashish
imkonini beradi.

6.

ASL BELGISI tizimida ro‘yxatdan o‘tish
“Asl Belgisi” MAT – Mahsulotlarni markirovkalash va kuzatish monitoringi milliy axborot tizimi. Ushbu
tizimda mahsulot aylanmasi ishtirokchilari uchun mahsulotlarni markirovkalash bilan bog‘liq barcha
ishlar: mahsulotlarni tavsiflash va markirovkalash kodlariga buyurtma berishdan tortib,
markirovkalangan mahsulotlarni kiritish va muomaladan chiqarishgacha amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tish majburiy bosqich bo‘lib, usiz Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833son qaroriga asosan markirovka bilan ishlash mumkin emas.

7.

Agregatsiya hisobotini topshirish
Agregatsiya – iste’mol qadog‘idagi mahsulotlarni birinchi darajali guruhli qadoqqa va
(yoki) transport qadog‘iga, shuningdek, yaratilayotgan qadoqqa har bir kiritilgan
iste’mol qadog‘i, transport qadog‘ining guruhli qadog‘i identifikatsiya kodlarining
yaratilayotgan guruhli qadoq va (yoki) transport qadog‘ining identifikatsiya kodi bilan
o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlaydigan
identifikatsiya kodini kiritgan holda keyingi darajali transport qadog‘iga birlashtirish.

8.

Markirovkalangan mahsulotlarni elektron
hisobvaraq-faktura bo‘yicha berish
Markirovka kodlarini hisobvaraq-fakturaga kiritishning bir necha usullari mavjud.
1. Qo‘lda – bu usul kam miqdordagi mahsulotlarni sotadiganlar uchun mos keladi.
2. Faylni elektron hujjat aylanish operatoringiz foydalanadigan formatda yuklash (odatda excel
formatida). Bunday faylni markirovka kodlari bilan to‘ldirish uchun maxsus qurilmalar – ikki o‘lchovli
lazer skanerlari, ma’lumotlarni yig‘ish terminallaridan foydalanish maqbuldir.
3. Maxsus dasturiy ta’minotga ega avtomatlashtirilgan tizim yordamida API usullari (sotiladigan
mahsulot hajmi katta bo‘lgan mahsulot aylanmasi ishtirokchilari uchun mos keladi).

9.

10.

Jarayon qanday amalga oshiriladi?
Raqamli markirovkalash — bu mahsulot yoki mahsulot
qadog‘iga maxsus kodni qo‘llash jarayoni bo‘lib, uning
maqsadi markirovkalangan mahsulot harakatini kuzatishdir.
Mahsulotlarni markirovkalashning asosiy vazifasi
iste’molchilarga xarid qilinayotgan mahsulotning haqiqiyligi va
e’lon qilingan sifatini kafolatlashdir.
Agar tovar markirovka qilinishi kerak bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi
yoki import qiluvchi tovarning har bir birligiga noyob kodni
qo‘llashi yoki kodni mahsulot qadog’iga qo’llashi kerak. Kod
uni kim va qachon ishlab chiqarganini yoki mamlakatga olib
kirganini va hozirda realizatsiyaning qaysi bosqichida
ekanligini kuzatish imkonini beradi.
Mahsulotga kodni qo’llash vazifasi O‘zbekistonga mahsulotni
olib kirayotgan ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchiga
yuklatiladi. Markirovka qilinmagan mahsulot noqonuniy
(kontrafakt) hisoblanadi. Keyingi bosqichlarda savdo tizimi
ishtirokchilari mahsulot kodini maxsus skaner yordamida
o‘qib, ushbu ma’lumotni tizimga yuborishlari shart.
English     Русский Rules