Similar presentations:
Loyihaga asoslangan ta'lim. Ona tili
1.
IV USTOZLAR MILLIYFORUMI
LOYIHAGA ASOSLANGAN TA’LIM
Klaraxon Mavlonova, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori,
pedagogika fanlari doktori
2.
MaqsadlarUshbu mashg‘ulot davomida siz bilan:
Loyihaviy ta’lim nima?
Loyihaviy ta’lim prinsiplari va bosqichlari
Ona tili ta’limida loyiha ishlarini tashkil qilish
haqida fikr almashamiz.
3. Loyiha ishi nima?
Loyiha ishi — bu o‘quvchilarning mustaqil yoki guruh bo‘lib, amaliy va tadqiqotxarakteridagi topshiriqlarni bajarish orqali bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini
mustahkamlashga qaratilgan ta’limiy faoliyat shakli.
Loyiha ishlarining samarasi:
• o‘quvchida ijodiy, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi;
an’anaviy ta’limda qo‘llanmaydigan usullarga murojaat qilinadi;
o‘quv rejasiga real hayot konteksti kiritiladi;
o‘quvchini obyektiv baholashga yordam beradi;
o‘quvchida o‘rganish (yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan),
hayotiy (muloqotchanlik va moslashuvchanlik, liderlik, mas’uliyatlilik,
tashabbuskorlik va o‘z-o‘zini boshqarish, samaradorlik va javobgarlik), hamda
ilmiy
(axborot,
media,
texnologik)
savodxonlik
ko‘nikmalarini
shakllantirishda yordam beradi.
4.
Ona tili ta’limi jarayonida qandayloyiha ishlarini amalga oshirish
mumkin?
AMALIY TOPSHIRIQ
loyiha mavzusini yozing;
shaklini belgilang: yakka/jamoaviy;
amalga oshirish mexanizmini izohlang;
kutiladigan natijani yozing.
5.
T/RLOYIHA NOMI
LOYIHA TURI
Ishtirokchilar soniga
Faoliyat turiga
Davomiyligiga
ko‘ra
ko‘ra
ko‘ra
1.
“Jonajon Vatanim”
Individual
Ijodiy
Qisqa muddatli
2.
Lug‘at tayyorlash
Jamoaviy
Tadqiqotchilik
O‘rta
3.
“O‘rtog‘imga yondaftarcha”
Individual
Ijodiy-
O‘rta
tadqiqotchilik
4.
“Bizning teatr”
5.
“Orzular
sari
dadil
Jamoaviy
Rolli-o‘yinli
Qisqa muddatli
Individual
Axborot beruvchi
Uzoq
Jamoaviy
Axborot beruvchi,
Uzoq
qadamlar”
6.
“Zukko kitobxon”
ijodiy
6.
Loyihaviy ta’lim prinsiplariAniq maqsadga egalik
Erkinlik
Foydalilik
Tajribaviylik
Haqiqiylik
Ijtimoiy tajriba
7.
Loyihaviy faoliyat qanday bosqichlardaniborat?
AMALIY TOPSHIRIQ
Guruhingiz bilan loyihaviy faoliyat bosqichlarini yozing.
8.
Loyihaviy faoliyat bosqichlariLoyiha ishiga kirish
Topshiriqlarni berish
O‘quvchilarning mustaqil faoliyati
Taqdimotga tayyorgarlik
Loyiha taqdimoti
Baholash
9.
T/R1.
LOYIHA TURI
MAZMUNI
Axborot-tadqiqotchilik Bunday loyihalarning asosiy maqsadi muayyan mavzu doirasida adabiyotlarni o‘rganish,
loyihasi
tahlil qilish, ma’lumotlar yig‘ish va ularni saralashdan iborat bo‘ladi. Olib borilgan
tadqiqotlar natijasida loyiha yakunida talab etilgan ko‘rinishda axborot taqdim etish
so‘raladi.
2.
Ijodiy loyiha
Bu turdagi loyihalarni bajarish o‘quvchidan ijodkorlik, obrazli fikrlash, badiiy tasavvurni
talab qiladi. Tanlangan mavzu doirasida turli ijod namunalarini (she’r, hikoya) yaratish
ushbu loyiha turiga xos.
3.
Amaliy loyiha
Bu loyihalarda o‘quvchilarning amaliy faoliyatiga, tajriba jarayonlariga ko‘proq urg‘u
qaratiladi. Amaliy loyihalarda ijodiy loyihalardan farqli ravishda aniq, ijtimoiy foydali,
qo‘llanishi mumkin bo‘lgan mahsulot tayyorlashga e’tibor qaratiladi.
4.
Dramatik loyiha
Bunday loyihalar ko‘proq badiiy asarlarni sahnalashtirishga, turli tadbir, chiqishlar
tashkillashtirishga
asoslanadi.
Jamoada
ishlash
va
hamkorlik
ko‘nikmalarini
shakllantirishda ahamiyati katta.
5.
Hayotiy ko‘nikmalarni Bu turdagi loyihalar bevosita amaliy hayot bilan, real muammolarni hal qilish bilan bog‘liq
rivojlantirishga oid
loyihalar
bo‘lib, maqsadi o‘quvchida zaruriy hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirishdan iborat sanaladi.
10.
T/RLOYIHA TURI
MAZMUNI
1.
Lingvistikaga oid
Bunday loyihalar lingvistik ko‘nikmalar ustida ishlashga qaratilgani bilan xarakterli. Ona tilidagi
loyihalar
grammatik qoidalar, nazariy va amaliy masalalarni yoritishga bag‘ishlangan bo‘lishi mumkin. M.:
“O‘zbek tilidagi iboralar” mavzusida poster tayyorlash, antonimlar lug‘atini tuzish va b.
2.
Nutq madaniyatiga oid Bu turdagi loyihalar og‘zaki, yozma nutqda muloqot madaniyatini shakllantirish, nutq
loyihalar
uslublarini to‘g‘ri qo‘llash, o‘quvchida kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan
bo‘ladi. M.: “Ijtimoiy tarmoqlarda muomala madaniyati” mavzusida esse yozish, “O‘zbekcha
gapiraylik!” mavzusida taqdimot tayyorlash va b.
3.
Media va axborot
Bu loyihalar o‘quvchilarda axborotlar bilan ishlash jarayonida til vositalaridan to‘gri foydalanish,
loyihalari
ularda tahlil, tahrir, ma’lumotlarni saralash va samarali yetkazib bera olish ko‘nikmalarini
shakllantirishga e’tibor qaratadi. M.: “Sinf gazetasi” tayyorlash, reportaj, podkastlar tayyorlash
va b.
11.
Lug‘at tayyorlaymiz (birgalikda bajaramiz)Vazifa
maqsadini
tushuntirish
Amaliy (tajriba,
kuzatish, tahlil,
xulosa)
Baholash
12.
13.
14.
15.
16.
17.
Amaliy topshiriq bajarishBunda o‘qituvchi ko‘rsatmalari asosida
amaliy ish bajariladi.
Mavzu bo‘yicha yangi bilimlarni generatsiya
qilinadi.
O‘quvchining o‘zi mavzu yuzasidan xulosa
chiqaradi.
18.
QUYIDAGI SAVOLLARDAN QAYSILARIGA JAVOBOLDINGIZ?
Qanday prinsiplari
bor?
Loyiha ishi nima?
Loyihaning qanday
turlari bor?
Loyihani tashkil qilish
bosqichlari qanday?
NIMA
QILSAM
EKAN?
Ona tili ta’limida
qanday mavzularda
loyiha tayyorlash
mumkin?
Mening missiyam
qanday?
Qanday baholayman?
19.
8-sinflar uchun mo‘ljallangan “Maktabimiz gazetasi” va “Tabiat eko-jurnali” loyihalarini baholash mezoniMezonlar
Loyiha ishini belgilangan maqsad asosida to‘g‘ri bajarilgani, topshiriq shartiga mos kelishi
Ball (100)
1–10 ball
Loyiha ishi mahsuloti (gazeta/jurnal)ning mazmunan boyligi, janrlar (maqola, reportaj, intervyu,
hikoya va b.) xilma-xilligi;
Tadqiqotchilik ko‘nikmasining shakllangani: turli manba va axborotlar bilan ishlangani, ularning
saralangani
Gazeta/jurnalda o‘quvchilarning o‘zi tomonidan yozilgan matn, maqolalarning nisbati; yozilgan
matnlarning mazmundorligi, grammatik va struktura jihatidan to‘g‘ri shakllantirilgani
Loyiha ishini bajarishga kreativlik bilan yondashilgani
Loyiha ishining dizayni, bezatish ishlari ustida ishlangani; rasm, illyustratsiyalardan unumli
foydalangani;
Loyiha ishining taqdimotida vaqt reglamentiga amal qilgan holda ishning asosiy jihatlarini ochib
bera olingani; taqdimot jarayonida og‘zaki nutqning ravon va ifodaliligi, til vositalaridan o‘rinli
foydalanilgani
Jamoada ishning to‘g‘ri tashkil etilgani, vazifalarning taqsimlangani; hamkorlikda ishlashning yo‘lga
qo‘yilgani
Gazeta/jurnalda berilgan matnlarda imloviy, ishoraviy, uslubiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilmagani
1–20 ball
“A’lo” 86–100
“Yaxshi” 71–85
“Qoniqarli” 60–70
1–10 ball
1–15 ball
1–15 ball
1–5 ball
1–10 ball
1–10 ball
1–5 ball
20.
Sessiya bo‘yichasavollaringiz …
Ishtirokingiz uchun rahmat
pedagogy