712.56K

Ichki suv transporti, uning o‘ziga xos xususiyatlari va asosiy ko‘rsatkichlari

1.

*
Reja
1.Daryo transportining asosiy texnika jihozlari
2 Daryo transportining texnik-iqtisodiy
xususiyatlari
3.Daryo transportini rivojlantirish muammolari

2.

Suv transporti - transport turi. Tabiiy (daryo, koʻl, dengiz, okean va
qoʻltiqlar) va sunʼiy (kanal, suv omborlari) suv yoʻllari orqali yuk va
passajirlar tashiladi. Suv transporti daryo transportoʻ va dengiz
transpormura boʻlinadi.
Daryo transportning asosiy texnik jihozlariga O‘zbekiston
Respublikasi sharoitiga ko‘ra kemalar (barja kemalar), suv yo‘llari,
undagi qurilma va inshootlar, portlar, bekat (pristan)lar, prichallar,
kema ta’miri ustaxonasi, aloqa vositalari va boshqalar kiradi.
Kemalar daryo transportining asosiy faol texnika
jihozlaridan biridir. Bajarish vazifalariga ko‘ra daryo kemalarini
uch turga bo‘lish mumkin: transport kemalari, texnika yordami
kemalari va yordamchi xizmat ko‘rsatuvchi kemalar. Transport
kemalari yuk va passajirlar tashish uchun xizmat qiladi. Texnika
yordami kemalari daryo yo‘llari ostini chuqurlatish va tozalash
ishlari bilan shug‘ullanadi. Yordamchi xizmat ko‘rsatuvchi kemalar
transport va texnika yordami kemalariga xizmat qiladi.

3.

Transport kemalari o‘z navbatida quyidagicha bo‘lishi mumkin:
bajarish vazifasi bo‘yicha - yuk tashuvchi, passajirlar tashuvchi, aralash yuk va
passajirlar tashuvchi kemalar;
suvdan foydalanish bo‘yicha - suvga botib suzuvchi, suv osti kanatli,
parrakli va havo yostig‘i tamoyilida suzuvchi kemalar;
harakati bo‘yiga – o‘zi suzar, ya’ni o‘z kuch dvigateli bor (teploxod,
paroxod, dizel-elektroxod, shatak kemalar) va o‘zi suza olmaydigan barjalar;
korpusining materiali bo‘yicha - metall, yog‘och-metall, plastmassa va
temir-beton korpusli kemalar.
Bundan tashqari kemalar yana tashiydigan yuklari bo‘yicha quruq
mahsulotlar tashuvchi, suyuq mahsulotlar tashuvchi, universal va maxsus yuklar
tashuvchi kemalarga bo‘linishi mumkin.

4.

Transport kemalari o‘z navbatida quyidagicha bo‘lishi mumkin:
bajarish vazifasi bo‘yicha - yuk tashuvchi, passajirlar tashuvchi,
aralash yuk va passajirlar tashuvchi kemalar;
suvdan foydalanish bo‘yicha - suvga botib suzuvchi, suv osti
kanatli, parrakli va havo yostig‘i tamoyilida suzuvchi kemalar;
harakati bo‘yiga – o‘zi suzar, ya’ni o‘z kuch dvigateli bor
(teploxod, paroxod, dizel-elektroxod, shatak kemalar) va o‘zi suza
olmaydigan barjalar;
korpusining materiali bo‘yicha - metall, yog‘och-metall,
plastmassa va temir-beton korpusli kemalar.
Bundan tashqari kemalar yana tashiydigan yuklari bo‘yicha
quruq mahsulotlar tashuvchi, suyuq mahsulotlar tashuvchi, universal
va maxsus yuklar tashuvchi kemalarga bo‘linishi mumkin.

5.

Transport kemalari o‘z navbatida quyidagicha bo‘lishi mumkin:
bajarish vazifasi bo‘yicha - yuk tashuvchi, passajirlar tashuvchi, aralash yuk va
passajirlar tashuvchi kemalar;
suvdan foydalanish bo‘yicha - suvga botib suzuvchi, suv osti kanatli, parrakli
va havo yostig‘i tamoyilida suzuvchi kemalar;
harakati bo‘yiga – o‘zi suzar, ya’ni o‘z kuch dvigateli bor (teploxod,
paroxod, dizel-elektroxod, shatak kemalar) va o‘zi suza olmaydigan barjalar;
korpusining materiali bo‘yicha - metall, yog‘och-metall, plastmassa va temirbeton korpusli kemalar.
Bundan tashqari kemalar yana tashiydigan yuklari bo‘yicha quruq
mahsulotlar tashuvchi, suyuq mahsulotlar tashuvchi, universal va maxsus yuklar
tashuvchi kemalarga bo‘linishi mumkin.

6.

* Daryo portlarida bir necha maxsus bekat (pristan)lar va prichallar (kemalarni
bog‘lab qo‘yish joylari) bo‘lishi mumkin. Quruqlikka joylashtirilgan port
xo‘jaliklari maydoni port hududi hisoblanadi. Suvlar sathi, kamalar yo‘li,
prichallar va bekatlarga kiruvchi suv yo‘llari port akvatoriyasi deyiladi.
*
Ko‘pchilik hollarda ochiq daryolarga joylashgan portlar ishi suv
balandligi o‘zgarishiga (10 metr va undan ortiq) bog‘liqdir. SHuning uchun ham
bunday portlar oldidagi suv joylari ko‘p hollarda chuqurlashtirishni talab etadi.
*
Bekat deb, qirg‘oq oldi yuk ortish va tushirish, passajirlar chiqarish va
tushirishga moslangan hamda maxsus jihozlangan joyga aytiladi.
*
Daryo yo‘llarida faqat passajirlarga xizmat qiladigan joylar kemalar
to‘xtash joyi deb ataladi. Ko‘p hollarda bunday to‘xtash joyi suzuvchi
prichallardan iborat bo‘ladi.

7.

Daryo transportining texnik-iqtisodiy xususiyatlari
CHuqur daryo yo‘llari transport vositalari sifatida boshqa quruqlik transport
turlariga nisbatan katta o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lib, ko‘p yuk va
passajir oqimlariga xizmat qilishga moslashgandirlar. Aytilganlarga ko‘ra
daryo yo‘llarini zaruratga ko‘ra chuqurlatish dolzarb masaladir.
Daryo transporti asosiy texnik iqtisodiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
tabiiy suv yo‘llaridagi kemalar suzishini tashkil etish xarajatlari va
boshlang‘ich investitsiya xarajatlari miqdori temir yo‘l va avtomobilq
transportidagi xarajatlarga nisbatan bir necha marta kamligi; kemalar
harakatiga suvning ko‘rsatadigan qarshiligi quruqlikda ishlovchi temir yo‘l va
avtomobil transportlari harakatidagi qarshilikka nisbatan ancha kichikligi
sababli ular har bir tonna yukni teng masofaga tashish uchun kam quvvat va
kam yonilg‘i sarfi talab qilishi; kemalarning yuk ko‘tara olish qobiliyati temir
yo‘l vagonlari yuk ko‘tara olish qobiliyatlariga nisbatan bir necha marta,
avtomobillarga nisbatan esa bir necha yuz marta kattaligi; ayrim yuklarni
daryo kemalarida tashish tannarxi temir yo‘l transportidagiga nisbatan 2…3
marta va avtomobil transportidagiga nisbatan 20…30 marta kamdir. Daryo
transporti har bir tonna yukni teng masofaga tashishda yonilg‘ini temir yo‘l
transportiga nisbatan 2…3 marta va avtomobil transportiga nisbatan 4…5
marta kam sarflaydi.

8.

Daryo transportini rivojlantirish muammolari
Yuk va passajirlarni daryo transportida tashishni ta’minlash uchun
uning moddiy-texnika bazasini jiddiy ravishda rivojlantirishga katta
ahamiyat berishlikni taqozo etadi. Amudaryo suv yo‘llarida kemalar qatnovi
muddatlarini uzaytirish bilan birga, maqsadga muvofiq deb topilgan
joylarda yuklar tashishni avtomobilq va temir yo‘l transportidan Amudaryo
transportiga mumkin qadar ko‘proq o‘tkazish zarur.
Amudaryo portlarining (MDH davlatlari bilan birga) yuk qabul qilish va
jo‘natish qobiliyatini oshirish, Orol dengizi suv havzasini Kaspiy dengizi
ortiqcha suvi hisobigi tiklashni nazarda tutib Amudaryo flotini og‘ir yuk
ko‘taradigan "daryo-dengiz" deb nomlangan aralash kemalar, shatak
kemalar, ko‘p yuk ko‘tara oladigan barjalar, muz yorarlar va yaxshi
jihozlangan shinam passajir tashuvchi kemalar bilan to‘ldirish va kema
ta’miri zavodlarini rivojlantirish ham uzoq kelajak echimlariga kiradi.

9.

*E’tiboringiz uchun Rahmat
*
English     Русский Rules