9.94M

6_SINF_Kompyuterda_yaralgan_tasvir_Olinma_soʻzlar_talaffuzi_va_imlosi

1.

Kompyuterda yaralgan
tasvir. Olinma soʻzlar
talaffuzi va imlosi

2.

Tashkiliy qism
5 minut
Yangi mavzuni
mustahkamlash
10 minut
O’tgan darsni takrorlash
10 minut
Baholash
3 minut
Yangi mavzu bayoni
15 minut
Uyga vazifa berish
2 minut

3.

Shiorimiz:
Aql koni kitob
Uni sevganning yo‘li
oftob.

4.

Tartibintizom
Aniqlik
Darsning oltin
qoidasi:
Faollik
Do’stlik
O’ng qo’l
qoidasi
Dars shiori:
Dars shiori: Vatan ostonadan
boshlanadi!

5.

KOMPYUTERDA YARALGAN TASVIR

6.

Kompyuter grafikasi deganda maxsus dasturlar ko‘magida
yaratilgan tasvir tushuniladi. Bu nisbatan yangi va juda tez
rivojlanayotgan sohalardan biridir. Kompyuter grafikasi ustalari
dunyoda eng ko‘p daromad topadigan mutaxassislar qatorida
turadi. Shuning uchun hozir kompyuter grafikasini o‘rganish
istagida bo‘lgan yoshlar ko‘p.
Kompyuter grafikasi juda ham keng tarmoqli bo‘lib, hozir
undan deyarli barcha sohalarda foydalaniladi. Zamonaviy
televideniye, kinematografiya, multiplikatsiya, arxitektura,
muhandislikning barcha turlari va taʼlimni kompyuterda yaratilgan
tasvirlarsiz tasavvur qilish qiyin.
Televideniyeda beriladigan turli reklama roliklari, ekran
ostidagi maxsus yozuvlar, ko‘rsatuv boshlanmasidagi animatsiyalar,
suxandonlar ortidagi chiroyli tasvirlar – bularning barini kompyuter
grafikasi ustalari tayyorlaydi.

7.

8.

Zamonaviy kinolarning asosiy qismini
kompyuter grafikasi tashkil qiladi. Hozir aktyorlar
yashil fonli studiyadan chiqmay rol ijro etishi
mumkin. Grafika ustalari esa ularni tasvirdan uzib
olib, so‘ng istalgan virtual makonga tushirib
qo‘yishadi. Endi qum bo‘ronlarini tasvirga olish
uchun Sahroyi Kabirga yoki Markaziy Afrikaga
borish shart emas.
Kompyuter
grafikasi,
ayniqsa,
qiyin
sahnalarni suratga olishda qo‘l keladi. Masalan,
qo‘lga o‘rgatish qiyin va xavfli o‘qilon, suvilon,
tuyaqush, o‘rdakburun, yo‘lbars kabi noyob
hayvonlarni kompyuterda yaratib rol o‘ynatish
kinochilarning vaqtini va pulini tejaydi.

9.

10.

Kompyuter grafikasining asosiy yo‘nalishlaridan biri
animatsiyadir.
Animatsiya
kompyuterda
tayyorlangan
harakatlanuvchi tasvirni anglatadi. Bugungi kunda deyarli barcha
multfilmlarni animatorlar yaratadi.3D modellash ham kompyuter
grafikasiga oid yo‘nalishdir. 3D modellari arxitektura, muhandislik
va taʼlimda muhim o‘rin egallaydi. Meʼmorlar bino loyihasining 3D
modelini yaratib, uni turli sinovlardan o‘tkazish imkoniga ega.
Masalan, osmono‘par binoning 3D modelini yaratib maxsus
dastur yordamida uning yer silkinishi yoki kuchli shamolga qay
darajada dosh berishini sinab ko‘rish mumkin. Muhandislar ham
biror qurilmani yaratishdan oldin uning 3D modelini yaratib
oladilar va qanday ishlashini virtual olamda sinovdan o‘tkazadilar.
Hatto 3D printerlari orqali modelni chop etish imkoni bor.
Agar kompyuter grafikasi bo‘lmasa, bizning olam haqidagi
tasavvurlarimiz juda g‘arib bo‘lib qolardi. Siz o‘qib turgan
darslikdagi turli surat, chizma va diagrammalar kompyuterda
yaratilgan.
Kompyuter
grafikasi
ko‘magida
odamlar
olis
galaktikalarga sayohat qilishi, yulduzlarni qoq o‘rtasidan yorib
ko‘rishi yoki mikroorganizmlar olamiga tushib, eng mayda zarralar
bilan yaqindan tanishishi mumkin.

11.

Quvnoq daqiqalar
Bordir olti xil tovush,
Ular cho’zib aytilar.
So’z tuzilmas ularsiz
O’ylang , balkim toparsiz ?
Bir so’zda bir xil undosh,
Ketma-ket qator kelar.
Misol topib aytinglar,
Ular qanday tovushlar ?
Ikki harfdek ko’rinar,
Bir tovushdek aytilar
Bir yo’ldan boshqasiga
Ajralmay ko’chirilar?

12.

Odatda
kompyuter
grafikasi
namunalarini bir kishi emas, katta bir
jamoa
tayyorlaydi.
Jamoada
dasturchi,
rassom,
rejissyor
va
boshqa ijodkorlar bo‘lishi mumkin.
Agar sizda shu kasbni egallash
istagi bo‘lsa, kompyuter dasturlarini
o‘rganish
bilan
birga
o‘zingizdagi
ijodkorlik
qobiliyatlarini
ham
rivojlantirishga harakat qiling.

13.

14.

Savollarga javob yozing!
1. Sodda qilib ayting-chi, kompyuter grafikasi deganda
nimani tushunasiz?
2. Kompyuter grafikasi insonlarga nima berdi?
3. Kompyuter grafikasi odamlarni nimalardan mahrum qilib
qo‘ydi deb o‘ylaysiz?
4. Kompyuter grafikasidan yana qaysi sohalarda foydalanish
mumkin? Misollar bilan tushuntiring.
5. Animatsiya deganda nimani tushunasiz?
6. Animatsiyalarni multfilmdan boshqa yana nimalarda
ko‘ramiz?
7. 3D o‘lcham va 3D modellar deganda nimani tushunasiz?
8. Nega kompyuter grafikasi daromadli soha hisoblanadi?
9. Siz kompyuter grafikasi ustalari jamoasida bo‘lib
qolsangiz, kim bo‘lib ishlashni istaysiz: dasturchimi,
rassommi, rejissyormi? Nima uchun?
10. Nima uchun Sahroyi Kabir va Markaziy Afrika kabi
so‘zlarni bitta ot sifatida qabul qilamiz? Fikringizni asoslang.

15.

16.

17.

DARSNING YAKUNI:
O'quvchilarni baholash:

18.

UYGA VAZIFA:
Matnda qora rangda
ajratib ko‘rsatilgan
so‘zlarning izohlarini
lug‘atdan foydalanib
yozing.

19.

E’tiboringiz
uchun
rahmat!

20.

FOYDALANILGAN ADABIYOT:
Ona tili [Matn]: 6-sinf uchun
darslik / K. M. Mavlonova [va
boshq.]. – Toshkent: Respublika
taʼlim markazi,
2022.–224 b.

21.

mahsulotidir
DIQQAT! Ushbu mahsulotni tijoriy maqsadda ko‘paytirish javobgarlikka sabab bo‘ladi
English     Русский Rules