6.20M

10_SINF_“Ommaviy_madaniyat”_Kirish_va_kiritmalarning_qoʻllanishi (5)

1.

“Ommaviy madaniyat”.
Kirish va
kiritmalarning
qoʻllanishi

2.

Topshiriq. Matn bilan tanishib chiqing.
Hozirgi kunda millat ma’naviyatiga xavf solayotgan tahdidlardan biri
ommaviy madaniyatdir. Ommaviy madaniyat XX asr o‘rtalarida
shakllangan fenomen bo‘lib, unga qisqaroq va tushunarliroq qilib
ta’rif beradigan bo‘lsak, ommaviy madaniyat bizga chetdan kirib
kelayotgan milliy va diniy qarashlarimizga yot ma’naviy va axloqiy
illatlarni o‘z ichiga olgan xurujlar yig‘indisidir

3.

Yetakchi G‘arb mamlakatlarida estetik va
ma’naviy-madaniy ehtiyojlari nisbatan tor
odamga mo‘ljallangan ijodiy asar yoki
buyumlarni ommaviy ravishda ishlab
chiqarish tadbirkorlikning bir turiga aylangan.
Ommaviy madaniyat bozor bilan bevosita
bog‘liq bo‘lib, uning qonunlariga muvofiq
doimo foyda keltirishi kerak. Shunga ko‘ra
ommaviy madaniyat janridagi ijodiy asarlar
(kino, musiqa, moda) axloqiy buzuqlik va
zo‘ravonlik, individualizm,
egosentrizm
g‘oyalarini targ‘ib qiladi.

4.

Ommaviy madaniyat insonlarning madaniy
va estetik talablari saviyasini pasaytiradi. Ijtimoiy
munosabatlarda insoniylik tamoyilini buzadi.
Ommaviy madaniyat xalqning eng katta boyligi
bo‘lgan yoshlarni o‘ziga qaratib, ularni ma’naviy
va madaniy qarashlarini mensimaslikka undaydi.
Bundan tashqari, yoshlarni yengil hayotga
chaqirib, mas’uliyatsiz ruhda voyaga yetishiga
sababchi
bo‘ladi. Xususan, ommaviy madaniyat yoshlar
ongida teleserial yoki videofilmdagi bosh
qahramonlarning ichishi, chekishi,
mushtumzo‘rligi, axloqiy me’yorlarni mensimasligi
bilan o‘ta
salbiy ta’sir o‘tkazadi.

5.

Ommaviy madaniyatni targ‘ib qilayotganlar hayotga
bir marta kelasan bu hayotda xohlaganingcha yasha,
qiyinchiliklarga qo‘l silta, biz bilan bo‘l, baxtli
bo‘lasan deb da’vat qiladi, ular hayotda barcha
ishlarni qilish mumkin, imkon topsang bas deb
uqtirishadi. Albatta, insonning nafsiga yengillik,
xohlagan ishini qilish yoqadi. Ko‘plab yoshlarni
ommaviy madaniyatga ergashib ketayotganining
sababi ham shunda. Har zamonda buzuqlikni,
faxshni, bexayolikni har xil nomlar, yaltiroq shiorlar
bilan
oqlashga intiladigan, targ‘ib qiladigan
axloqsiz toifalar chiqib turgan. Bunday buzuqliklarni
Islom dini doimo qoralab kelgan.

6.

Demak, ommaviy madaniyat kabi buzuqlikni
targ‘ib
qilayotgan tahdidlardan chetda bo‘lish har bir musulmon
kishining zimmasidagi vazifa ekan.
Payg‘ambarimiz
Muhammad sollalohu alayhi vasallam: “...Hayo iymondan bir
juzdir”, – dedilar. Dinimiz hayoni iymon darajasiga ko‘targan
bir o‘rinda, barcha mo‘min kishilar ommaviy madaniyat kabi
axloqsizliklardan chetda bo‘lishi, farzandlari, do‘st-u
birodarlarini ham bu ishlardan ogohlantirishi lozim bo‘ladi.
Fikrat.uz saytidan olindi.

7.

20.1-mashq. Testlarni bajaring.
1-test. Matnda xalqning eng katta boyligi sifatida nima
ko‘rsatiladi?
A
B
C
milliy madaniyat
ijtimoi tenglik
yosh avlod
D
bobolar merosi

8.

2-test. Ommaviy madaniyat janridagi ijodiy asarlarda
axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik targ‘ib qilinishining sababi
nima?
A
B
shu asar savdosi orqali ko‘proq daromadga ega bo‘lish
buni o‘zlariga xos uslub sifatida ko‘rsatishga urinish
C
tanqid va taqiqlar ortida mashhurlikka erishish istagi
D
asarni yaratishga sarflanadigan mablag‘ni tejashga
harakat

9.

20.2-mashq. Mavzu doirasida quyidagi savollarga javob
bering,

10.

Menimcha
Ayrimlar ommaviy madaniyat tushunchasi noto‘g‘ri
nomlanganini, uni olomon madaniyati deyish to‘g‘ri
ekanini aytishadi. Bu ikki birikmani til nuqtayi
nazaridan o‘qituvchingiz bilan birgalikda tahlil qiling.
Shu qarashga munosabat bildiring.

11.

Kirishlar gapda muallifning fikrga munosabatini
ko‘rsatadi. Fikrga taxmin, ishonch, tasdiq, inkor, hayrat
kabi munosabatlarni ifodalaydigan, shuningdek, fikrning
tartibi, dalillanishi, xulosalanishini ko‘rsatadigan
kirishlar mavjud. Doim vergul bilan ajratiluvchi bu
birliklardan to‘g‘ri foydalanish jumlaning ta’sirchanligini
oshiradi. Misollar:
1. Bizga turli xil takliflar bilan chiqishdi, tabiiyki,
hammasini rad etdik.
2. Sinfdoshlarimga, xususan, Anvar va Nozimaga o‘z
minnatdorchiligimni bildirib qolaman.
3. Xullas, bizga yana ikki qop un kerak ekan.

12.

Kiritmalar gapda ko‘pincha qavs ichida, ba’zan ikki tire orasida
beriladi va asosiy fikrni qo‘shimcha ma’lumot bilan boyitish
vazifasini bajaradi. Muallif maqsadini tushunishda ularning
o‘ziga xos o‘rni bor.
Misollar:
1. Avtobusga chiqqanimizda (yonimizda na pulimiz, na oylik yo‘l
chiptamiz bor) chiptachi xola xadigimizni tushunganday bizga
qarab kela boshladi.
2. 1992-yilning 30-oktyabrida (oyim o‘sha payt meni shifoxonada
olib yotgan edilar) dadamning ishlari boshqa viloyatga ko‘chdi.
Ba’zan nutqda kirishlarda noto‘g‘ri foydalanish kuzatiladi.
Misollar:
1. Aytishimiz mumkinki, Quyosh sharqdan chiqadi.
2. Menimcha, sizning fikringizga e’tirozim yo‘q.

13.

20.3-mashq. Matnda ajratib
ko’rsatilgan kishilarning ma’no
vazifasini tushuntiring

14.

20.4-mashq.
Quyidagi
gaplar
tarkibiga
kiritma
qo‘shib,
daftaringizga ko‘chiring.
1. “Ilhaq” filmi xalqaro maydonda
ham yaxshi kutib olindi.
2. Qish kunlarining birida uyimizga
notanish mehmon keldi.
3. Abdusamad bobo xalqqa osh berd

15.

Chappar urmoq
Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib his bor edi menda,
Chappar urib gullagan bog‘in,
O‘par edim vatan tuprog‘in…
XX asrning 60-yillarigacha bug‘doyni xirmonjoyda yanchish
jarayonida chapardan foydalanishgan. Bug‘doy poyalarining yarmi
yanchilib bo‘lgandan so‘ng xo‘pga qo‘shilgan ho‘kizlarga chapar
taqilgan...
Chappar/ chapar/chappor – uzoq o‘tmishda qishloq xo‘jalik
xodimlari, g‘allakorlar yaratgan, yasagan va xirmon yanchishda
qo‘llagan azaliy moslama.
XX asrning 60-yillari o‘rtalaridan boshlab bu moslama keraksiz
narsaga aylanib, nomi xalq xotirasidan chiqib ketgan. Lekin ibora
tarkibidagi bu so‘z ashyo nomi sifatida qolib, ma’nosi unutilgan.
Uning birlamchi ma’nosi – zich va qalin qilib tiqilgan cho‘p,
shox-shabbali moslama. Chappar so‘ziga urmoq kalimasi qo‘shilib,
qalin, zich, tig‘iz, yoppasiga ochilmoq ma’nosi yuzaga kelgan.
To‘ra Nafasov, Umida Abdullaeva
«Til va adabiyot ta’limi» jurnali

16.

Mustaqil bajaraman
Topshiriq. “Ommaviy
madaniyat va milliylik”
mavzusida og‘zaki matn
tayyorlang

17.

E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT

18.

FOYDALANILGAN ADABIYOT:

19.

USHBU TAQDIMOT SLAYDI
mahsulotidir
DIQQAT! Ushbu mahsulotni tijoriy maqsadda ko‘paytirish javobgarlikka sabab bo‘ladi
English     Русский Rules