61.53K

Abdullayeva Dilnoza 1

1.

Mavzu:Psihologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi
Reja
1.
Psihologiya fanining predmeti , maqsadi va vazifasi
2.
Psihologiya fanining o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar va fanining boshqa fanlar
bilan aloqasi
3.
Psihologiya fanining rivojlanish tarixi.

2.

Psihologiya fanining predmeti
Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mеntalitеtning
shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo’nalishdagi
muammolarni ma'lum ma'noda o’rganadigan barcha fanlar bilan bеvosita
aloqasini taqozo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari
bo’lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqеi o’ziga xos va yеtakchidir.

3.

Psihologiya fanining maqsadi
Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarda psixologiya fani, psixika, shaxs, faoliyat,
muloqot, bilish jarayonlari, irodaviy sifatlar, hissiy holatlar,
individualxususiyatlarga doir bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir,
hamda bo’lajak pedagog mutaxassislar tamonidan psixik taraqqiyot qonuniyatlari,
davrlari, mexanizmlari, omillari va shart-sharoitlari haqidagi zamonaviy ilmiy
bilimning o’zgartirilishini tashkil etishdir.

4.

Psihologiya fanining vazifasi
Fanning vazifasi - talabalarga psixologiyaning mohiyati, psixika va ong tushunchalari, psixik
jarayonlar, holatlar, xususiyatlar, psixik rivojlanish va uning o’ziga xos xususiyatlari, yosh davrlari
tasnifi, psixik taraqqiyotning turli bosqichlari uchun xos psixofiziologik va psixologik xususiyatlar
haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.

5.

Psihologiya fanining o’zlashtirishga
qo’yiladigan talablar
“Umumiy psixologiya ” o’quv fanini o’zlashtirish natijasida bakalavr:
-psixologiya fanining mazmuni, mohiyati, psixika va ongni taraqqiyoti,
bilish jarayonlari, psixik holatlar, shaxsning hissiy-irodaviy sohasi,
individualpsixologik xususiyatlarini, psixik taraqqiyot va uning omillari,
ushbu omillarning psixik rivojlanishga ta`sir ko’rsatish mexanizmlari va
qonuniyatlarini, ontogenezning turli bosqichlarida psixik rivojlanishning
asosiy xususiyatlarini bilishi bilishi kerak;
-talaba shaxs, muloqot, faoliyat, individual xususiyatlar yo’zasidan
tushuncha, tasavvurga ega bo’lish bilan birga, psixik rivojlanishga ta`limtarbiya jarayonlarining ta`sir xususiyatlarini prognoz qila olish, ushbu
jarayonni shu asosida loyihalashtirish va amaliy faoliyatga tadbiq etish
bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak;

6.

Psihologiya fanining boshqa fanlar
bilan aloqasi
“Umumiy psixologiya ” fani asosiy umumkasbiy fani hisoblaniladi. Dasturni
amalga oshirish uchun o’quv rejasida rejalashtirilgan gumanitar va ijtimoiy
iqtisodiy (falsafa, pedagogika va h.k), matematika va tabiiy-ilmiy (informatika va
axborot texnologiyalari, yosh fiziologiyasi va gigiena va h.k) blokidagi fanlar bilan
aloqada o’rganilib, bu fanlardan etarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab
etiladi.

7.

Psihologiya fanining rivojlanish tarixi.
Antik davrdan boshlab psixologik bilimlar falsafa va tibbiyot fanlari negizida rivojlanib kelgan.
Yunon shifokorlari Gippokrat, Erasistrat psixikaning organi miya ekanligini bilganlar va inson
jonini koinotning ashyoviy boʻlagi sifatida (Demok-/shyaning moddiyunchiligi asosida) tal-qin
qilganlar. Ularning gʻoyalari Platonning jon abadiyligi toʻgʻrisidagi taʼlimotiga qaramaqarshi
qoʻyilgan. Aristotel "Jon toʻgʻrisida"gi asarida psixologik tushunchalar tizimini ishlab chiqdi.
Yevropa Uygʻonish davrida Leonardo da Vinchi, X. Vives kabilar P. rivojiga oʻz hissalarini
qoʻshdilar. 18-asrgakelib M. V. Lomonosov, A.N. Radishchev, G. S. Skovoroda, T. Gobbs, B.
Spinoza, G. Leybnits. J. Lokk, K. A. Gelvetsii, P. A. Golbax, D. Didro P.da bir talay kashfiyot
qildilar, uni amaliy maʼlumotlar bilan boyitdilar. P. 19-asrning 2yarmiga kelib mustaqil fan
sifatida ajralib chikdi. Nemis olimi V. Vundt Leypsigda 1879 yil dastlabki eksperi-mental lab.ni
jihozlashga erishdi

8.

Oʻrta asrlarda psixikaga nisbatan har xil koʻrinishdagi gʻayritabiiy qarashlar
hukmronlik qildi. Shu tufayli psixologik bilimlar rivojlanmay qoldi. Ammo
baʼzi faylasuflar va shifokorlar (Ibn Sino va boshqalar) asarlarida bu sohada
olgʻa qadam qoʻyildi. Turli mamlakatlarda va shaharlarda tuzilgan
akademiyalarda (Xorazm, Samarqand, Kiyev, Moskva va boshqa
shaharlarda) P. yuzasidan tinglovchilarga saboq berilgan.
Oʻzbekistonda P. 1928 yildan eʼtiboran hozirgi Milliy universitetda fan
sifatida oʻqitila boshlandi. 1929 yil Xalq maorifi komissarligi qoshida P.
labo-ratoriyasi ochildi. Keyinchalik pedagogika institutlarida P.ning bir
necha sohalari boʻyicha talabalarga bilim berila boshlandi. 20-asrning
2yarmida M. Vohidov, M. Davletshin singari mahalliy kadrlar yetishib chikdi.
Hozirgi davrda P. fanlari doktorlari V. Tokareva, E. Gʻoziyev, B. Qodirov, Gʻ.
Sho-umarov, R. Gaynutdinov, V. Karimova, Sh. Barotov, A. Jabborov, R.
Sunnatovalar P.ning umumiy P., pedagogik va yosh P.si, ijtimoiy P. sohalari
boʻyicha tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar. Psixolog mutaxassislar
tayyorlash va tadqiqot ishlari OʻzMU, SamDU, Fargʻona universiteti, Qarshi
universiteti, Termiz universiteti bazalarida yoʻlga qoʻyilgan.
Respublikamizda psixologik xizmat joriy qilingan va uning tarmogʻi tobora
kengayib bormoqda.

9.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Davletshin M. G. Umumiy psixologiya. T., TDPU, 2002.
2. Davletshin M.G., Do’stmuxamedova SH.A «Yosh va pedagogik psixologiya». T.
TDPU, 2004
3. Ivanov I., Zufarova M. Umumiy psixologiya. O’z.FMJ., 2008.
4. Nemov R.S. Psixologiya. M.: Vlados, 2003. 1-2-t
5 Ziyo net kutubxonasi

10.

E'tiboringiz uchun
rahmat !
English     Русский Rules