11.37M
Category: lingvisticslingvistics

Singapur taʼlim tizimining kuchli tomonlari

1.

1.2.
SINGAPUR TAʼLIM TIZIMINING KUCHLI TOMONLARI
D
unyodagi eng yaxshi ta’lim tizimi haqida gap ketganda, darhol
yodga Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya, Shanxay va Fin­
lyandiya keladi. O‘n yildan ko‘proq vaqt davomida bu davlatlar maktab
o‘quvchilarining o‘qish, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha ko‘nikmala­
rini baholovchi xalqaro reytinglarda yetakchilik qilmoqda. Osiyo maktab­
larining muvaffaqiyatlari G‘arb va O‘zbekistonda katta qiziqish uyg‘otdi.
Singapur davlati o‘qituvchilari nima qilmoqdalar? Singapur maktab
o‘quv dasturining kuchli tomonlari nimada? Singapurning ta’lim modeli
XXI asr muammolariga yechim topish uchun o‘z ta’lim tizimini takomil­
lashtirishni istagan davlatlar uchun mos keladimi? Singapurning muvaf­
faqiyati faqat milliy xususiyatlar va madaniy omillarga bog‘liqmi? kabi
­savollar har qanday ta’lim sohasi xodimlarini juda qiziqtiradi.
Singapur Sharq qadriyatlari va G‘arbning yuqori turmush darajasini
o‘z madaniyatida uyg‘unlashtira olgan davlat. Singapur bor-yo‘g‘i yuz
yoshda, ammo undagi zamonaviy ta’lim tizimi xalqaro PIRLS tadqiqot
natijalariga va aholining savodxonlik darajasiga ko‘ra butun dunyoda
eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Singapurda o‘qitish tartibi
Singapurda barcha sinflar uchun das­
tur va yo‘riqnomalar aniq yozilgan bo‘lib, u
ta’lim tizimining har bir darajasida ham­
da har bir fanda qo‘llaniladi. O‘qitish ket­
ma-ket, asosan amaliyotga yo‘naltirilgan
va pragmatik bo‘lib, Sharq va G‘arb o‘qi­
tish an’analari aralashmasiga asoslangan.
Singapurda ta’lim birinchi navbatda o‘quv
dasturiga, bilim berishga va bolalarni yil
oxiri va maktabni tugatish imtihonlarga
tayyorlashga qaratilgan. Amalda o‘qituv­
29

2.

chilar asosan darslik, ish daftarlari,
uslubiy qo‘llanmalar, o‘z tajri­
basi va boshqa o‘qituvchilar
tajribasiga tayanadilar. Ular
ayniqsa, muammolarni ye­
chish algoritmlariga e’tibor
qaratadilar va muammo­
larni aniq yechimi va ularni
shakllantirishni o‘rgatadilar
(bu, ayniqsa, matematika­
ga tegishli). Dars o‘qituvchi
tomonidan boshqariladi va
uzoq vaqt davomida o‘quv­
chilar bilan diskussiyaga yo‘l
qo‘yilmaydi. Eng qizig‘i, Singapurlik
o‘qituvchilar kamdan-kam hollarda za­
monaviy G‘arb tadqiqotlari o‘quvchilarning kont­
septual tushunchalarini rivojlantirish va bolalarga “o‘rganishni o‘rgatish”
muhim deb hisoblaydigan “yuqori ­ta’sirli” o‘qitish usullariga murojaat qi­
lishadi. Misol uchun, o‘qituvchilar kamdan-kam hollarda o‘quvchilarning
bilimlarini tekshiradilar va darsning maqsadi va dars vazifalarini deyar­
li muhokama qilmaydilar. Shuningdek, o‘quvchilarning bilimlarini sinab
ko‘rish va ishini baholashda (teskari aloqa) o‘qituv­chilar bolaning bu kabi
muammolarni qanday hal qilishni tushunmas­ligiga emas, balki to‘g‘ri­
javobni bilishiga e’tibor berishadi.
Shunday qilib, Singapur maktablarida ta’lim rejimi o‘quv rejasiga
­muvofiq bilimlarni berishga va o‘quvchining yakuniy imtihonlardagi na­
tijalariga e’tibor beradi. Bu rejim maktab matematikasi va tabiiy fanlar
bo‘yicha ta’lim sifati bo‘yicha
O‘qituvchi sinf xonasida o‘quvchilarni
xalqaro tadqiqotlarda (TIM­
tinchlantirish uchuIlmli inson bo‘lish
SS) hamda xalqaro o‘quv­
uchun olimdek fikrlashingiz kerak!
chilarni baholash dasturi­
Matematik mulohaza yuritishingiz uchun
da (PISA) ajoyib natijalarni
matematikdek fikrlashingiz kerak!
ko‘rsatishga asos bo‘lgan.
30

3.

Singapur maktablarida o‘qitish mazmuni
Singapur ta’lim tizimi tarixiy, institutsional va madaniy ta’sirlarning
o‘ziga xos uyg‘unlashuvi natijasidir. Bu omillar zamonaviy xalqaro
­tadqiqotlarda tizimning samaradorligini baholash va uni boshqa mam­
lakatlarga joriy etish qanchalik mumkinligini aniqlash imkonini beradi.
­Singapur markazlashgan ta’lim tizimini tashkil etdi (garchi boshqa mam­
lakatlar so‘nggi paytlarda markazsizlashtirishga o‘tayotgan bo‘lsa-da),
boshqa davlat institutlari bilan yaxshi integratsiyalashgan tizimni joriy
qildi, izchil va yaxshi moliyalashtirilgan jarayonni amaliyotga tadbiq etdi.
Shu bilan birga, tizim moslashuvchan bo‘lib, tajribali mutaxassislar tomo­
nidan boshqariladi. Singapur ta’lim tizimi milliy standartlarga asoslangan
bo‘lib, bu har bir maktab bitiruvchisi bajarishi kerak bo‘lgan talablarni bel­
gilaydi – o‘quvchining tayyorgarligi yakuniy imtihonlar bilan tekshiriladi.
Imtihon natijalari o‘quvchilarning keyingi ta’lim yo‘lini belgilaydi. Ushbu
tizim o‘qituvchilarni o‘quv dasturiga ko‘proq e’tibor berishga va bolalarni
yakuniy testlarga tayyorlashga undaydi. O‘quv dasturidan so‘ng baho­
lash va yo‘riqnomalarga rioya qilish birinchi o‘ringa chiqadi.
31

4.

Singapurlik o‘qituvchi o‘z shogirdlarining natijalari uchun
javobgardir, bu esa o‘qituvchilarni yo‘riqnomalarga
qat’iy rioya qilishga va bolalarni testlarga tayyorlashda
“murabbiylik” qilishga undaydi.
Davlatning yirik xarajatlari (misol tariqasida 2003-2017-yillarda
109 million funt sterling ajratilgan) pedagogik tadqiqotlarga va ta’lim­
ni boshqarish, o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan:
davlat o‘qituvchilar va maktab direktorlarini tanlash, tayyorlash va kas­
biy o‘sishini muhim deb hisoblaydi va bu ta’lim tizimini rivojlanishining
eng muhim nuqtasi hisoblanadi. Bunday tizimni mamlakatning madaniy
va siyosiy xususiyatlari qo‘llab-quvvatlaydi: meritokratiya milliy tamoyi­
liga keng sodiqlik (mamlakatdagi asosiy lavozimlarni kelib chiqishidan
qat’i nazar, eng qobiliyatli kishilar egallashi kerak – tahr.), ko‘p millatlilik,
jamoaviylik, qadriyatlar va ijtimoiy hamjihatlik, faollik va iqtisodiy o‘sish­
dan iborat. Shu bilan birga, ota-onalar, maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilar
va mansabdor shaxslar individual darajada ta’lim olishni yuqori baho­
laydilar. O‘qituvchilar o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatlarning avtoritar
shakllariga rioya qilishadi va ular sinfda aytilmagan qoidalarga asoslana­
di. “O‘qituvchi gapiradi va bolalar tinglaydi”, maktablarda qat’iy ierarxiya
va byurokratiya mavjud, baholar muhim, bilim amaliy va o‘qituvchi sinfda
mas’uldir. Bu davlat ta’lim tizimini tarixiy tajriba, talab va ko‘rsatmalar va
madaniy jihatlarning noyob kombinatsiyasi nihoyatda samarali tizimga
olib keldi.
Singapur ta’lim tizimining xususiyatlari va afzalliklari
Singapur ta’lim tizimi dunyodagi eng yosh va ayni paytda eng sama­
rali tizimlardan biridir. Ta’lim jarayonining asosini mustamlakachilikning
merosi sifatida Britaniya tizimi asosida tashkil etilgan. Maktab tizimiga
alohida e’tibor qaratiladi.
32

5.

Ko‘pgina mamlakatlarda bo‘lgani kabi bu yerda ham olti yoshdan
maktabga kirishadi, maktab ta’limi boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maktablar­
ga bo‘linadi.
Ta’lim tizimi o‘quvchilarni shaxsiy fazilatlari, undan tashqari har
­tomonlama rivojlanish imkoniyatlarini rivojlantirish printsipi asosida qu­
rilgan. O‘quvchilarga yondashuv qat’iy, lekin ayni paytda individualdir.
Maktab har bir bolaga iqtidorini aniqlash va rivojlantirishga yordam be­
rishga intiladi. Undan tashqari fikrlash qobiliyatiga katta ahamiyat berila­
di.O‘qitish usullari va o‘quvchilar rivojlanishidagi farqni ikkita eng yaxshi
maktabda kuzatish mumkin: Angliya-Xitoy maktabi va Raffles makta­
bi. Bular eng namunali maktablardir. Bu maktablar hamma orzu qilgan­
maktablar sirasiga kiradi. Ammo bu maktablardagi ta’lim yer va osmon
kabi farq qiladi. Raffles maktabi an’anaviy tarzda olimlarni – uyushgan
va tartibli fikrlash qobiliyatiga ega, vazirlar, hukumat amaldorlari va turli
tashkilotlarda xizmat ko‘rsatuvchi a’lochi o‘quvchilarni tayyorlaydi. Ang­
liya-Xitoy maktabida esa eng yaxshi bankirlar, ishbilarmonlar va tadbir­
korlar yetishib chiqadi. Bu yerda o‘zgacha fikrlash va ijodkorlikka urg‘u
beriladi. Singapurdagi eng yaxshi shifokorlar, huquqshunoslar va bankir­
lar aynan shu maktab bitiruvchilari hisoblanadi.
33

6.

Singapurda
ta’lim bepul.
Faqatgina moliyaviy jihatdan
ota-onalardan talab qilinadigan
narsa bu maktab ehtiyojlari uchun
kichik hissadir. Odatda maktablarda
bu bilan hech qanday muammo
yo‘q. Boshlang‘ich sinflarda bolalar
matematika va ona tilini o‘rganadilar,
bunda san’atga alohida e’tibor
beriladi. O‘qituvchilar bolalarga
odob-axloqni singdiradi, ularni rasm va musiqani tushunishga
o‘rgatadi, jismoniy tarbiyani ham e’tibordan chetda qoldirmaydi. Turli
xil fanlarning katta to‘plami ostida Singapur ta’lim tizimining asosiy
maqsadi yotadi – bu bolaning keyingi qaysi yo‘nalishda harakatlanishi
kerakligini tushunishidir. Boshlang‘ich maktab bu xilma-xillikni
yakunlaydi, ta’limning keyingi bosqichi o‘quvchining kelajakdagi kasbga
yo‘naltiradigan aniq kursni tanlashni o‘z ichiga oladi.
O‘rta maktab o‘quvchisi bo‘lish uchun bola imtihonlardan o‘tishi lozim.
Ushbu imtihonlar natijalariga ko‘ra o‘quvchi bir nechta yo‘nalishlardan
biriga tayinlanadi. Ularning har biri bir-biridan nafaqat fanlar majmuasi
va ixtisosligi, balki o‘qitishga sarflanishi kerak bo‘lgan vaqt miqdori bi­
lan ham farqlanadi. O‘quv jarayoniga jiddiy yondashish va imtihonlar­
ning ­jiddiyligiga qaramay, Singapur ta’lim tizimi ko‘plab afzalliklarga ega.
­Masalan, darsni o‘tish uslubi yoki hatto yangi mavzuni tushuntirish.
Munozara Singapur maktablari o‘qituvchilari nafaqat bolalarga bilim
o‘rgatishga qodir ekanliklariga, balki o‘quvchilarning o‘zlari ham qiziqarli
va maftunkor ma’lumotlarga ega ekanliklariga ishonishadi, shuning uc­
hun sinfda, dars davomida o‘quvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida ma’lum bir
mavzu bo‘yicha faol suhbat olib boriladi. Darsda eshitilmaydigan holatni,
shovqinga aylanishining oldini olish uchun o‘qituvchilar qo‘lni ko‘tarish
texnikasidan foydalanadilar.
Singapur ta’lim tizimining yana bir samarali jihati o‘quvchilarni kichik
­guruhlarga birlashtirishdir. Shunday qilib, ular asosiy masalani muhoka­
34

7.

ma qilish, hamrohi bilan o‘z fikrlarini baham ko‘rish va uning fikrini ting­
lash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Maqsad suhbat emas, balki uy vazifasini
­tekshirish bo‘lsa ham, bolalar daftarlarini almashtiradilar va sinfdoshlari­
dan mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarni qidirishni o‘rganadilar.
XXI asr zamonaviy sinf xonasida nafaqat o‘qituvchi gapiradi, balki
o‘quvchilarimiz o‘zaro hamkorlik qilishlari lozim. An’anaga ko‘ra ustoz­
larimiz xonada turib faqat o‘zi gapiradilar va o‘quvchilarga bilim beradi­
lar. Va bunday ustozlarimiz odatda o‘quvc­
hilarni guruhlarga bo‘lib mustaqil ishlashini
Bola darsda
xohlashmaydi. Buni o‘ziga yarasha sabab­
lari bor. Sabablardan bittasi xona shovqin munozarada ishtirok
suron bo‘lib ketadi, bu o‘qituvchiga yoqmay­ etmasa, unga yangi
di. Bunday vaziyatda o‘qituvchi o‘quvchilar­ mavzu zerikarli
ning diqqat e’tiborini o‘ziga jalb qila olmaydi. va tushunarsiz
Shu sababli o‘qituvchilar guruhlarda ishlash ko‘rinadi. Shuning
uncha yaxshi emas, deb hisoblaydilar va uchun har bir dars
an’anaga ko‘ra o‘quvchilarni joyiga o‘tqazib oldidan Singapurlik
dars o‘tishni afzal ko‘rishadi. Bu o‘qituvchi o‘quvchilarga savol
markazda turgan usul deyiladi. Biz o‘qi­ beriladi, ularning
tuvchi-liderlar sifatida o‘z o‘quvchilarimizni har biri dars oxirida
his-tuyg‘ularini ko‘rsatishga chaqirishimiz unga o‘z bilim zaxira­
lozim. Chunki bilamiz O‘zbekistonning bar­ siga qarab javob
cha maktablarida judayam boy tajribaga tayyorlaydi. Bu metod
ega bo‘lgan ustozlar talaygina. Ular yillar bolalarni qiziqtiradi
davomida bir xil ta’lim dasturi bo‘yicha dars va ularning e’tiborini
o‘tib kelmoqdalar. Demak umuman olgan­ yangi ma’lumotlarga
da ularda dars berish tajribasi allaqachon qaratadi. Ular shun­
shakllangan bo‘lsa ham, shu tajribani ko‘p chaki tinglovchi
yillar davomida bir xil dars berib borishish auditoriya bo‘lishni
orqali takomillashtirib borishadi. Lekin sizga to‘xtatadilar va
rostini aytadigan bo‘lsam, Singapurda ham o‘ylash­ni boshlaydilar,
bunday o‘qituvchilar ko‘p. Lekin bu yerda o‘z javoblari uchun
aynan liderlarning ma’suliyati maydonga dalillar ma’lumotlar
chiqadi. Shuni aytib o‘tish lozimki liderlikka to‘playdilar.
35

8.

o‘rgatilmaydi. Liderlik o‘rganiladi. Chunki liderlik darajasi maqomi o‘zga­
cha. Aslida liderlik bu san’at. Kimdur buni ilm, deydi. Mening shaxsiy fik­
rim, “Liderlik ham ilm ham san’atdir”. Singapur tajribasi to‘g‘risida gapir­
sak, biz yillar davomida to‘xtamasdan, uzluksiz ravishda ta’lim sohasida
keng islohotlarni o‘tkazganmiz.
Singapur boshqa dunyo mamlakatlari bilan
solishtirganda bir kichkina nuqta. Dunyo xaritasiga
nazar tashaydigan bo‘lsak Singapurni xaritadan
topish uchun judayam bir zamonaviy mikroskopni
qo‘lingizga olishingizga to‘g‘ri keladi. Bizda hech
qanday tabiiy resurslar yo‘q. Hattoki ichimlik suvini
ham biz qo‘shni davlatlardan sotib olamiz. Biz
mustaqilligimizning ilk yillaridan, bizning siyosiy
liderlarimiz ta’limning ahamiyatini birinchilardan bo‘lib
e’tirof etgan. Nima uchun, chunki ta’lim aynan har bir
fuqaroning barqarorligi va kelajakda muvaffaqiyatga
erishishi omilidir. Shu sababdan Singapurda ilm olish
juda muhim hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, o‘qituvchi-liderdir, bunda aynan inson­
ga qaratilgan liderlik haqida gapiramiz va bundan tashqari uchta jihatga
e’tibor qaratamiz. Bu strategik liderlik bu yerda turgan har bir lider, mak­
tabga qaytib borganda o‘zingizga yarasha qiyinchiliklarga duch kelasiz.
Va bunda o‘ziga yarasha kuchli tomoningizni ham kashf qilasiz. Tajriba­
ga asosan o‘z maktabida o‘zgartirish kirita oladigan lider, o‘sha strategik
afzalliklarni qo‘llay oladigan, va mavjud muammolarni yecha oladigan
rahbardir. Ikkinchisi bu ta’lim dasturi bo‘yicha liderlik. Bizning maktabla­
rimizda turli tuman fanlar o‘rgatiladi. Ularning har birini mazmun-mohiya­
tini liderlar tushunishi kerak. Va bu fanlarni ilg‘or g‘oyalarga tayanib, ri­
vojlantirish orqali XXI asrda qo‘l keladigan ko‘nikma va bilimlarni qanday
qilib shakllantirish kerakligini bilishi kerak bo‘ladi. Masalan dunyoda hech
qaysi maktabda tanqidiy fikrlash degan fan yo‘q. Lekin masalan: geogra­
fiya, matematika kabi fanlar ko‘lamida siz bu ko‘nikmani shakllantirishin­
36

9.

giz mumkin. Demak, siz koordinator yoki maktab rahbari sifatida har bir
fanni chuqur bilishingiz shartmas, ammo har bir fan qanday ish bajarishi­
ni, nima uchun kerakligini bilishingiz kerak. Bu yerda aynan liderlarning
ma’suliyati maydonga chiqadi, ya’ni tajribali o‘qituvchilarni aniqlab topish
va ularning amaliyotni o‘zgartira olishga qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashi
kerak bo‘ladi.
Chiroyli qandaydir orzularimiz, g‘oyalarimiz bo‘lishi mumkin, le­
kin aniq bir rejamiz bo‘lmasa, unda biz aynan o‘sha o‘quv dasturimizni
yetarlicha amalga oshira olmaymiz. Hozirgi kunda biz doimiy o‘zgarib
borayotgan jamiyatda yashayapmiz, demak biz o‘z o‘quvchilarimizni
ana shunday tez o‘zgaruvchan kelajakka tayyorlashimiz kerak. Masa­
lan oldinlari ruhiy sog‘lik haqida oldin gapirilmagan. Lekin bu bizning­
o‘quvchilarimiz uchun hozirgi kunda judayam katta ahamiyatga ega.
Bu degani biz o‘quvchilarimizni ruhiy jihatdan chidamli, kuchli bo‘lishi­
ni ­ta’minlashimiz kerak. Aynan biz mana shu ko‘nikmalarni maktabda
­o‘tishimiz kerak.
Dunyodagi ba’zi bir davlatlarda akademik jihatdan ko‘nikmalarga kat­
ta e’tibor qaratiladi. Demak e’tibor asosan faqat akademik ko‘nikma va
bilimlarga qaratilsa, sinfxonadagi uslub ham, ish usuli ham o‘zgaradi.
Biz liderlar koordinatorlar
sifatida aynan
o‘qituvchilarimiz o‘quvchilar
uchun balans topish
ko‘nikmalarini o‘rgatishimiz
kerak, chunki nafaqat
imtihondagi yaxshi
natijalarga erishish, balki
oddiy hayotda ham ruhiy
jihatdan sog‘lom bo‘lish
juda ham muhimdir.
Yana bir suhbatlashishni xohlagan mavzu bu dunyodagi hozirgi XXI
asrdagi texnologiyalar mavzusi. Aynan ta’lim jihatidan texnologiyalar bu
nima degani, birinchidan ta’lim sohasidan texnologiyalar yakuniy bir maq­
37

10.

sad, biz o‘quvchilarga aynan mana shu texnologiyalarni yaratish, ularni
ishlab chiqish uchun kerakli bo‘lgan ko‘nikmalarni bilimlarni o‘rganishi­
miz kerak. Bu demak loyihalash, dasturlashtirish demakdir. Bu hammasi
albatta muhim. Ya’ni bu nima degani, texnologiyalar jihatidan juda ham
kuchli bo‘lgan o‘qituvchilar bo‘lsa, bu kompyuterlarni, turli xil gadjetlarni
loyihalashtirish bilimlarga ega bo‘lish degani. Bizning yakuniy maqsadi­
miz shu bolalarni bilim ko‘nikmalarini oshirishdir. Bu aynan yangi avlodni
muvaffaqiyati, kelajagi, istiqboli bu davlatdagi ta’lim tizimining yaxshiligi­
ga bog‘liq. Men Singapurdagi muvaffaqiyatli ta’lim tizimining xususiyat­
larini aytib o‘tishimdan oldin, hozir bulling haqida to‘xtab o‘tmoqchiman.
Singapur tajribasida, bir necha yil avval PISA tadqiqot o‘tkazilganda,
tadqiqotning natijalari bo‘yicha biz ma’lumotlar oldik. Aynan Singapurda
ba’zi bir o‘quvchilarning natijalari balandroq edi. Mana shu o‘quvchilar­
ning foiz jihatidan balandligi bu ularning aynan maktabda bulingga duch
kelgan degan fikr bildirishgan edi. Bu Singapurdagi ta’limdagi kutilmagan
holat bo‘ldi. Chunki biz maktabda ishlab yurganimizda qachon o‘quvchi­
lar bulingga duch kelgan deb o‘ylamasdik. Xalqaro ekspertlarning bergan
xulosalariga asosan biz aynan shu mavzuda ishlashimiz kerak, degan bir
fikrga keldik.. Birinchidan aynan resurslarni o‘quvchilarning ruhiy sog‘li­
gini yaxshilashga yo‘naltirdik. Ikkinchidan bu aynan o‘quvchilar orasida­
gi o‘zaro yordam qo‘llab-quvvatlash tizimini joyiga qo‘yish ustida ishladik.
Demak, maktab liderlari uchun bu juda ham muhim. Bunday holatda iloji
boricha chora-tadbirlarni tezda amalga oshirish lozim, chunki kichkina
muammo katta bir muammoni keltirib chiqarishi mumkin.
Xususiyatlarga birma-bir to‘xtab o‘tamiz. Birinchi xususiyati bu albat­
ta ta’lim dasturi. Puxta ishlab chiqilgan va istiqbolli ta’lim dasturi. O‘quv
dasturi, demak uchta qismdan tashkil topgan. Bu aynan o‘sha kontent
mavzu, pedogogika va baholash tizimi. O‘quvchilarning nimani o‘rganishi
bu kontent. O‘quvchilar qanday o‘rganishi bu pedogogika. O‘quvchilar
o‘sha narsani o‘rgandimi, o‘zlashtirdimi yo‘qmi bu baholash tizimi. Biz
maktabda o‘qigan paytimiz o‘sha o‘rgangan mavzularimiz kontentlari­
miz bu faqatgina bilim olishga yo‘naltirilgan bo‘lgan. Hozirgi vaqtda esa
biz nafaqat bilim, ko‘nikmalar, qadriyatlar va o‘sha muammolarni yec­
hishga bo‘lgan munosabatlarni o‘rgatishimiz lozim. Ya’ni nazariy bilimlar,
38

11.

aynan nimani o‘rgatishimiz lozimligi, ko‘nikmalar va yondashuvlar o‘rta­
sidagi muvozanatni topishimiz kerak. Ikkinchi xususiyat, ya’ni o‘qituvchilar, ta’lim tizimidagi eng, muhim vakil-qog‘ozdagi rejani qanday qilib
­o‘quvchilarga yetkazib berishni hal qilish ularning vazifasiga kiradi. Bu
maktabdagi o‘qituvchilarning ta’lim berish jarayonining sifati, maktab liderlarining tajribasiga, malakasiga ham juda katta bog‘liq. maktab lider­
lari sifatida, ta’lim liderlari sifatida bunga sistematik ravishda yodashuv
zarur. Maktabda barcha o‘qituvchilar yaxshi malakali o‘qituvchi bo‘lishi
lozim. Uchinchi xususiyat bu tajriba va fikr almashish. Bu fikrlash va yon­
dashuvini o‘zgartirish, kolobaratsiya hamkorlik, maqsadlarning aniqligi
va liderlikka bo‘lgan yondashuvni o‘zgartirish. Yaxshi amaliyotlarni bir-bi­
ri bilan bo‘lishishdan iborat. Kollobaratsiya o‘qituvchilarning bir biri bilan
hamkorlik qilishi aynan maktabdan boshlanadi, demak o‘qituvchilar bir
biri bilan hamkorlikda ishlashingiz lozim.
Singapur ta’lim tizimining asosiy xususiyatlari
o‘quv dasturi juda ham puxta ishlab chiqilgan istiqbolli,
zamon talabiga javob beradigan ta’lim dasturi bo‘lishi lozim
malakali o‘qituvchilar, maktab menedjmenti
va resurslar ta’minoti
Tajriba almashinuv tizimi. Albatta jamiyatning bu tizimning
qo‘llab quvatlashi, ta’limga bo‘lgan e’tibori
Bilasizmi ko‘pgina o‘qituvchilar bor hattoki Singapurda ham bir biri
bilan muloqot qilishni, fikr almashishni yoqtirishmaydi, faqat o‘zlarini ish­
larini qilib yurishadi. Aynan biz mana shu o‘qituvchilarga shu yondashuv­
ni o‘zgartirishga yordam berishimiz kerak. Ota-onalar tomonidan ta’lim
tizimiga ishonch katta bo‘lishi kerak. Hozirgi kunda Singapurda aynan
shuni ko‘rib turibmiz. Har bir fuqaro, har bir Singapurda yashaydigan
kishi hayotda muvaffaqiyatga erishishning eng asosiy yo‘li yaxshi ta’lim
olish, degan ishonch bilan katta bo‘ladi. Demak har bir ota-ona farzandi­
39

12.

ning ta’limda muvaffaqiyatli bo‘lishini xohlaydi. 1970-1980-1990-yillarda
Singapurda aynan ingliz tili, matematika va aniq fanlarda yaxshi natija
erishishni kuzatdik, bu-yaxshi sertifakat olish, yaxshi ishga kirish, siz ha­
yotda muvaffaqiyatga erishdingiz degani. Shuni biz tan olishimiz kerakki,
o‘quvchilar, ya’ni bolalar bu dunyoga turli qobiliyat bilan tug‘ilishadi. Ho­
zirgi ta’lim tizimi aynan mana shunga e’tibor qaratmoqda.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ta’lim tizimining asosiy xususiyatlari
­Singapurdagi muvaffaqiyatli ta’lim tizimining asosiy dasturiga singdiril­
gan. Va uning yadrosida-markazida asosiy qadriyatlar, degan tushun­
cha turadi. Chunki Singapurda asosiy e’tibor o‘quvchilarimizga qadriyat­
larni o‘rgatishga qaratilgan. Hammamiz Gollivud filmlarini ko‘rganmiz.
“Qo‘lingdan kelsa tutib ol” filmini ko‘rganmisiz? Leonardo di Kaprio bosh
qahramon rolini o‘ynagan. Judayam bir talantli zo‘r ayg‘ir bola. Bu XXI
asrga tegishli bo‘lgan barcha kompetensiyalarga ega bola. Lekin uning
qadriyatlari bormi. Lekin biz o‘z bolalarimizni tarbiyalashda faqat talant­
li zo‘r bolalarni taribiyalashimiz kerak emas, ularning orqasidan nima
­qadriyatlar turganini ham e’tibor berishimiz kerak. Endi qadriyatlarni
shakllantirganimizdan keyin, keyingi o‘rinda biz Singapurda ijtimoiy emotsional xususiyatlarni rivojlantirishga qaratamiz. Ular beshta kompetensi­
yani tashkil etadi. Birinchisi o‘zini-o‘zi anglash. Siz atrofingizdagi odam­
lar bilan gaplashishdan oldin o‘zingizni kuchli va zaif tomonlaringizni bi­
lishingiz kerak. Ikkinchi kompetensiya o‘zini-o‘zi boshqarish. O‘zini o‘zi
boshqarish o‘zini tanishdan boshlanadi. O‘zingizni kuchli va zaif tomon­
40

13.

laringizni yaxshi bilsangiz, o‘zingizni bemalol boshqara olasiz. Uchinchisi
ijtimoiy masalalardan xabardor bo‘lish. Singapurda bu jihat juda muhim
o‘rin tutadi. Chunki ularning jamiyati turli millatlardan tashkil topgan.
Mana masalan Singapurdan kelgan jamoamizga e’tibor bersangiz
­Xitoylik mutaxasisimiz bor, Hindistonliklar bor va Malay va Osiyoliklar
bor. Shu sababli atrofimizda o‘rab turgan odamlarni tushunishimiz juda
ham muhim. Ularning o‘ziga yarasha urf-odatlari bor, ba’zilari qishloq­
lardan kelgan shu sababli bu jihatlarni yaxshi bilishimiz kerak. Demak,
to‘rtinchi ijtimoiy emotsional jihatimiz bu muloqot o‘rnatish yoki muloqot
o‘rnatishda boshqaruv. Siz o‘zingizni tanib olasiz, o‘zingizni boshqara
olasiz, muloqot qilishni o‘rganasiz, atrofdagi olam haqida ma’lumot ega
bo‘lasiz va beshinchisi munosabatlarni boshqarishdan iborat. Barchasi­
ni egallagan holda ma’suliyatli qaror qabul qilish kerak bo‘ladi. Demak,
biz qadriyatlardan boshlab ijtimoiy emotsional kompetensiyalarga o‘tdik.
Keyin biz ko‘nikmalarni rivojlantirishga o‘tamiz. Ularning barchasi jam­
lanib shakllangandan so‘ng biz o‘quvchilarimizdan kutayotgan quyida­
gi natijalarga ega bo‘lishimiz mumkin bo‘ladi. Demak, bu-to‘rtta natija:
o‘ziga-o‘zi ­ishonchi bo‘lgan inson, o‘zi mustaqil o‘rgana oladigan inson,
judayam faol tarzda ijtimoiy yoki boshqa sohalarga o‘z hissasini qo‘shuvchi inson va ongli fuqaro dan iborat.
41

14.

Maktablarda ta’limni rivojlantirish rejasi. Biz barchamiz maktab li­
derlarimiz shunga e’tibor qaratish lozimki, tuzilgan har qanday reja mu­
kammal bo‘ladi, deb hech kim kafolat bermaydi. Agar maktabingizda
o‘zgarishlarni amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz jamoangiz bo‘lishi shart.
Bunda albatta ziddiyatlar rejasini ham nazarda olishingiz kerak. Chunki
biz bilamiz, ziddiyatlar va mukammalik o‘rtasida farq bor. Shu narsani
nazarda tutsangiz keyingi rejani amalga oshirishga o‘tish kerak. Rejani
amalga oshirayotganda bo‘ldi shu reja, bundan tashqariga chiqish mum­
kin emas, degan g‘oyadan voz kechib, rejani amalga oshirish davomida
unga o‘zgartirishlar kiritib borish lozim. Singapurda biz xuddi shunday
yondashuvdan foydalanamiz. Demak, biz buni barcha o‘qituvchilarimiz­
ga tushuntirib berganmiz. Turli fanlar yordamida bunday kompetensiya­
larni qanday rivojlantira olish mumkinligi tushuntiriladi. Yillar o‘tgandan
keyin qayerda qanday o‘zgartirishlar kiritish kerakligini ustida o‘ylab
ko‘rganmiz. Esingizda bor boshida aytib o‘tilgandi hozir zamon judayam
tezlashib ketayapti, biz ham tezlashib ketaveramiz. Kelajakka qaratilgan
ta’lim dasturi albatta o‘sha zamon o‘zgarishlariga mos bo‘lishi kerak. Va
u yerda ma’suliyat barchangizni yelkangizga qo‘yiladi. Shu sababli biz
skaner kabi robotga o‘xshab qanday o‘zgarishlar bo‘lishini doimo o‘ylab
yurishimiz lozim.
AMALIY ISH.
Maktablaringizda o‘quvchilaringizda qanday kompetensiyalar bo‘lishini xohlaysiz? Siz faqat g‘oyangizni bo‘lishishingiz kerak bo‘ladi.
Masalan: o‘zimni aytadigan bo‘lsam, ancha yil­
lar oldin ta’lim tizimiga kirib kelganimda, “Dinamik
rivoj­lanib borayotgan jamiyatda ilhomlanti­
ruvchi liderlar” g‘oyasini ilgari surdik. Biz o‘qi­
tuvchilarimizni shunday ilhomlantiruvchi liderlar
bo‘lishini juda xohlar edik. Lekin judayam ko‘p
muammolarga duch kelganmiz. O‘quvchilarning
intizomi unchalik yaxshi bo‘lmagan va o‘qituv­
42

15.

chilar ular bilan ishlashga juda qiynalgan. Albatta, bu butun maktabdagi
hamma o‘quvchilar haqida shunaqa degani emas, ba’zilari shunday bo‘l­
gan. O‘qituvchilarimiz uchun ulkan g‘oya yoki buyuk maqsad ahamiyatsiz
bo‘lib qolishi mumkin. Agar bola o‘zini-o‘zi boshqara olmasa, o‘z intizomi­
ni nazorat qilolmasa, o‘quvchini mavjud salohiyatini bilim va ko‘nikmalari
asosida biz o‘sha oliy maqsadimizni unga moslash­tirishimiz zarur bo‘ladi.
Shuning uchun o‘quvchilar orasidan biz ilhom bag‘ishlovchi motivatsiya
beruvchi qobiliyati borlarni liderlikka tarbiyalashimiz kerak. Boshqalarga
lider bo‘lishdan avval, inson o‘ziga lider bo‘lishi kerak. Liderlar liderlik
nima ekanligini anglashi lozim. Va albatta faqat liderlik emas, o‘zgalar­
ga ergashishni ham bilishlari kerak. Shuningdek, har bir lider maktabni
kuchli va zaif tomonlarini bilishi va maktab qanday natijalarga erishishi
mumkin ekanligi haqida o‘ylab reja va dastur ishlab chiqish talab etiladi.
Va bunga tanqidiy fikrlash orqali yondashish lozim.
AMALIY ISH har bir guruh bilan ishlash uchun ikkita variant beriladi.
Birinchi variant savol beriladi va o‘sha guruhda shu savolga javobni to­
pishda muhokamadan foydalaniladi. Ikkinchi variantda savol beriladi va
bunda har bir qatnashchi o‘zi mustaqil ravishda javob topadi. (10 daqiqa
vaqt ajratiladi). Demak bu nimani anglatadi bu tadqiqotimiz, agar sizga
savol bersak, siz savol berilgandan keyin, shu zahoti guruhlarda muho­
kama qilishga o‘tishni xohlasangiz, guruhlarda o‘ta faol insonlar bo‘ladi
savol ko‘rishi bilan qanday javob berishni bilishadi. Ba’zilarga esa tahlil
qilish va o‘ylab ko‘rish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Guruhlarda muhokama
qilinganda o‘sha tez fiklaydigan guruhi dominantga aylanadi. O‘ylab fikr
mulohaza qilayotgan guruh esa ortda qoladi. Bu degani, guruhda har bir
qatnashchining hissasi qo‘shilib muhokama bo‘lmaydi. Demak, har bir
guruh vakili qatnashishi va muhokama qilinishi uchun har bir kishiga o‘z
fikrini bayon etish imkoniyati berilishi lozim. Tez fikrlaydigan kuchliroq
o‘quvchilar yoki sekinroq fikrlaydigan kuchsizroq o‘quvchilar bo‘lmasin
barchaga teng imkoniyat berilishi lozim. Aynan mana shu darsda siz ink­
lyuziv sinf xonada muhitni yaratasizlar. Bu degani har bir o‘quvchi sinf
xonada o‘z hissasini qo‘shishni xohlaydi. Demak bu islohotlar nimadan
boshlanadi, ya’ni darhol qandaydir o‘zgartirishlar kiritish emas, balki ki­
chik qadamlar qo‘yib aynan nima uchun shu o‘zgarishlarni kiritayotga­
43

16.

nimizni tushunib yetishdir. Shuning uchun biz hozir bu savolni beramiz
har bir kishiga mustaqil fikrlashi uchun vaqt ajratamiz va har bir qatna­
shuvchi o‘z savoli uchuni javob topishi kerak bo‘ladi. Keyin biz guruhdagi
muhokamalarga o‘tamiz. Guruhlarga bo‘linganingizdan keyin barchan­
giz o‘zingiznining guruhingizda so‘zga chiqib fikringizni boshqalar bilan
bo‘lishasiz. Keyin esa o‘sha guruh sifatida bir qarorga kelasiz. Shunday
qiladigan bo‘lsak guruh ichida nizolar kelib chiqmaydi. Bir butun guruh
shaklida fikr yuritasizlar.
XULOSA o‘rnida Bu davlatning ta’lim tizimi o‘zining murakkabligi
­uchun ko‘p tanqid qilinadi, lekin ko‘pincha inson hayratga tushadi, chun­
ki Singapurlik maktab o‘quvchilarining muvaffaqiyatlari butun dunyoga
ma’lum. Bolalar har yili matematika musobaqalarida birinchi o‘rinni egal­
lab, maktabni tugatgandan so‘ng dunyoning eng yaxshi universitetlariga
o‘qishga kirishadi. Lekin eng muhimi, Singapurdagi ta’lim muassasala­
ri bolalarning xohish-istaklarini e’tiborsiz qoldirmaydi va har bir darsni
44

17.

Singapur ta’lim tizimining muvaffaqiyatining ayrim sabablari
quyidagilardan iborat:
Singapurliklarning axloqiy qadriyatlarga jiddiy munosabati
va sinizmning yo‘qligi uning ta’lim tizimidagi institutsional
o‘zgarishlarning asosi hisoblanadi;
Singapur fuqaroligi dastlab konfutsiyning paternalizm
g‘oyalariga asoslanadi,(itoatkorlik va mehnatsevarlik, intizom);
Mamlakat ommaviy axborot vositalari namuna bo‘ladigan
mehnat orqali muvaffaqiyatga erishish to‘g‘risidagi
hikoyalarni kuchli targ‘ibot qiladilar;
Ta’limning raqobatbardoshligini ta’minlashda eng yaxshi
yetakchi mamlakatlarning ta’lim tizimlari tajribasi o‘rganiladi
va u mahalliy ta’limga joriy etiladi;
Singapur ta’limining quyidagi tamoyillarini e’tiborga
loyiq: moslashuvchanlik, o‘zgaruvchanlik va
hamkorlikda o‘rganish;
Singapur ta’lim tizimida o‘quvchilarni o‘z mamlakati tarixi
va madaniyatiga mehr-muhabbat bilan tarbiyalanishi, ta’limni
o‘zlashtirishga motivatsiyaning yuqoriligi, ta’lim tizimining
natijalariga qo‘yiladigan aniq talablar, natijalarni xalqaro
standartlarga muvofiq baholash tizimi muhim o‘rin tutadi.
­ iziqarli, foydali va ijodiy o‘tkazishga harakat qiladi. Singapur ta’limining
q
yana bir e’tiborga loyiq tomoni bu-maktablarda o‘quvchilarning ota-ona­
lari bilan faol hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. “Ota-ona va maktab hamkorligi”
deb nomlangan maxsus dastur doirasida quyidagi ishlar amalga oshi­
riladi: a) o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratishda ota-onalarga yor­
dam; b) maktab va ota-onalar o‘rtasida samarali ma’lumot almashish;
d) turli xil tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish, masalan, maktab nash­
rlari, ­ota-onalar ishtirokidagi konferensiyalar (“maktab-o‘quvchi-ota-o­
45

18.

na” zanjiri); e) muntazam ravishda ota-onalarga o‘quvchilarning fanlarni
o‘zlashtirganligi to‘g‘risidagi axborotni, hisobotlarni taqdim etish. Bu esa
o‘z navbatida o‘quvchini nazorat qilish imkonini beradi va uning o‘qishini
yaxshilash uchun ta’sir o‘tkazadi (“qayta aloqa” tizimi); f) maktab qarorla­
rini qabul qilish jarayonida ota-onalarni jalb qilishdan iborat.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Singapur ta’lim tizimi o‘zining yuqori nati­
jalari va samaradorligi bilan xalqaro maydonda yetakchi o‘rinlardan birini
egallaydi. Bu muvaffaqiyatning asosi bir qator omillarga bog‘liq bo‘lib,
ular orasida puxta rejalashtirilgan ta’lim siyosati, innovatsion pedagogik
metodlar, yuqori malakali o‘qituvchilar, o‘quvchiga individual yondashuv
va ilg‘or texnologiyalarning keng qo‘llanilishi muhim rol o‘ynaydi.
Singapur ta’lim tizimi o‘zining har tomonlama puxta va zamonaviy
yondashuvlari bilan ajralib turadi. Ushbu tizimda o‘qituvchilar va talaba­
larning doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi, ta’lim jarayonida yangi usullar
va texnologiyalarning qo‘llanilishi, hamda o‘quv dasturlarining munta­
zam yangilanishi ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari,
­Singapurda ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ijodkorligini rivojlantirish,
tanqidiy fikrlashni rag‘batlantirish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish­
ga katta e’tibor qaratiladi.
Ushbu kuchli tomonlar boshqa mamlakatlar uchun ham qimmat­
li ­tajriba manbai bo‘lib, ularni ta’lim tizimini isloh qilish va zamonaviy­
lashtirishda qo‘llash mumkin. Singapur tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ta’lim
­tizimini doimiy ravishda yangilab borish, o‘qituvchilar malakasini oshirish
va o‘quv jarayonida ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish ta’lim sifatini sezi­
larli darajada oshiradi.
Mazkur tadqiqot Singapur ta’lim tizimining kuchli tomonlarini har to­
monlama tahlil qilar ekan, ushbu tizimning muvaffaqiyatlari va ularni
ta’minlovchi omillar boshqa mamlakatlar ta’lim tizimini rivojlantirishda
namuna bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, Singapur tajriba­
si xalqaro ta’lim hamjamiyatiga muhim hissa qo‘shishi mumkin va global
ta’lim sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
46
English     Русский Rules