1.75M
Category: lingvisticslingvistics

Filologiya fakulteti

1.

Filologiya fakulteti
1-36-guruh talabasi
Qo’ziyeva Ra’noning
Turkiy xalqlar adabiyoti
fanidan

2.

Mavzu:

3.

Mavzu rejasi:
1. Chingiz Aytmatovning hayoti va ijodi
haqida
2. Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik
kun” romani.
3. Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” romani.

4.

XX asr jahon adabiyotining yirik vakillaridan biri
Ch.Aytmatov qirg’iz adabiyotining shuhratini olamga yoydi.
Uning ijodi jahon adabiyotining eng yaxshi an’analari
bilan qirg’iz milliy adabiyoti an’analarining qo’shiluvidan iborat
bo’ldi. U yaratgan asarlar jahonning qariyb barcha tillariga
tarjima qilingan. 1988 yildagi ma’lumotga qaraganda uning
asarlari
40
million
nusxada
chop
etilgan.
Ana shunday buyuk yozuvchi 1928 yili Qirg’izistonning Talas
vodiysida tug’ildi. Uning otasi To’raqul Aytmatov o’z
zamonasining ilg’or kishilaridan bo’lib, katta davlat arbobi va
olim kishi edi. 1937 yil unga “xalq dushmani” degan ayb qo’yilib,
repressiya qurboni bo’ldi. Ch.Aytmatov rus maktabida o’qidi.
Keyin Jambuldagi zooveterinariya texnikumini bitirib, institutga
kirdi.

5.

Qishloq xo’jalik institutining zootexnika fakultetini bitirib,
ancha yillar shu mutaxassislik bo’yicha ishlagan. Lekin badiiy
adabiyotga bo’lgan qiziqishi tufayli u Moskvadagi ikki yillik
adabiyot institutida ham o’qidi. Ch.Aytmatov bir necha yillar
“Pravda”
gazetasining
Qirg’izistondagi
muxbiri
va
“Literaturniy Kirgizistan” jurnalining redaktori bo’lib ishladi.
Yozuvchi ijod bilan birgalikda, jamoat ishlarini ham bajarib
kelmoqda. Qirg’iziston yozuvchilar uyushmasining raisi,
“Inostrannaya literatura” jurnalining muharriri, Rossiyaning
Lyuksemburg davlatidagi elchisi, “Issiqko’l forumi”ning
boshlig’i vazifalarida ishladi. Hozirgi kunlarda “Turkiston
umumiy uyimiz” deb nomlangan Markaziy Osiyo ijodkorlari
tashkilotining boshlig’i sifatida faoliyat ko’satmoqda.

6.

Ch.Aytmatov asarlarining har biri o’ziga xos original asar
bo’lib dunyoga keldi. Uning kitobdan-kitobga qarab
mahorati o’sib bordi. Yozuvchining “Momo Yer”, “Yuzmayuz”, “Birinchi muallim”, “Sohil bo’ylab chopayotgan
olapar”, “Oq kema”, “Alvido, Gulsari” kabi asarlarining har
biri buyuk talantning, yuksak mahoratning mahsulidir.
Yozuvchi “Momo Yer”, (“Somon yo’li”) povestida
To’lg’onoy ismli ayolning boshiga tushgan dahshatli
voqyealarni tasvirlaydi. Insonning boshi
toshdan qattiq ekanligini, u har qanday musibatlarga
chidashi uchun katta irodaga ega bo’lish kerakligi
tasvirlangan..

7.

Ma’lumki, Ch.Aytmatov qissalari bilan dunyoga
mashhur bo’ldi. Adabiyot sohasidagi katta
halqaro mukofotlarga sazovor bo’ldi. Yozuvchi
keyinroq hajman kattaroq bo’lgan roman
janrida ham qalamini sinab ko’rdi. Bu janrda
yaratilgan asarlar ham yozuvchiga katta shuhrat
keltirdi. Demak, yozuvchiga badiiy janrlar bir
vosita xolos. Eng asosiy gap uning ifoda qilish
uslubi bilan bog’liqdir.

8.

Adibning ikkinchi romani “Qiyomat” (“Kunda”) deb
nomlanadi. Bu asarning ham shuhrati keng yoyildi.
Asarda butun insoniyatni bezovta qilib turgan katta
global masalalar ko’tarib chiqilgan. Bu asarda ham
talaygina syujet liniyalari mavjud. Insonlardagi mehroqibatning tugab borayotganligi haqidagi tashvishli
fikrlar Bo’ston va Bozorboy obrazlari o’rtasidagi
konfliktda ko’rsatiladi.
Avdiy Kallistratov bilan Kandalov o’rtasidagi kurashlar
tasvirida esa hozirgi davrda juda muhim masalalardan
biri bo’lgan giyohvandlik haqida fikr yuritiladi.

9.

Avdiy xuddi Iso payg’ambar singari odamlarni yomon
yo’ldan qaytarmoqchi, insofga chaqirmoqchi bo’ladi
va shu yo’lda o’zi ham halok bo’ladi. Asarda “Bibliya”
kitobidan olingan syujetlar ham bugungi dunyomiz
uchun nihoyatda ahamiyatlidir. Bu mashhur yozuvchi
M.Bulgakovning “Master va Margarita” kitobida ham
berilgan edi. Ch.Aytmatov ham shu an’anani o’ziga
xos ravishda davom ettirdi.
Akbara va Toshchaynar nomli bo’rilar obrazi orqali esa
ekologiya masalalari ko’tarib chiqiladi. Tabiat va inson
o’rtasidagi munosabatlarning bugungi davrimizda
o’ta qaltis holga kelib qolganligi hikoya qilinadi.

10.

Qirg’iz xalqining faqat qirg’iz xalqiningina emas, balki
hozirgi duyomizning mutafakkir yozuvchisi Ch.
Aytmatov keyingi yillarda ham ajoyib asarlar
yaratmoqda. Uning «Oxir zamon nishonalari»,
«Chingizxonning oq buluti» nomli asarlari yuksak
darajadagi katta mahoratning mevasi sifatida vujudga
kelgan. Yozuvchining har bir asari hozirgi dunyo
adabiy jarayonida katta voqia sifatida tan olinadi. Ch.
Aytmatov «Oxir zamon nishonalari» nomli
asarida insoniyat hozirgi davrda muhim muammolar
oldida chorasiz qolayotganligi, kelajakda uni nimalar
kutayotganligi haqida yozilgan. Adib
dahshatli fojialardan ogohlantiradi.

11.

Xullas, Ch.Aytmatov davrimizning zabardast
yozuvchisi sifatida o’zbek kitobxonlarining ham
sevimli adibiga aylangan. Keyingi yillarda ham
adibning bir qancha asarlari e’lon qilindi. Bu asarlari
ham g’oyaviy-badiiy jihatdan yetuk asarlar deb
baholanmoqda. Bundan tashqari yozuvchining
hozirgi dunyomizning aktual problemalariga
bag’ishlangan ko’plab publisistik maqolalari ham
e’lon qilinmoqda.

12.

Adabiyotlar
1. Ch.Aytmatov, M. Shaxonov. Qoyada qolgan
ovchining oxi-zori. T., 2000.
2. Ch.Aytmatov va o’zbek adabiyoti. Samarqand. 1989
3. Ch.Aytmatov. “Qiyomat”, “Asrga tatigulik kun”.
Romanlar. So’z boshi ,M.Qo’shjonov.T.,1989.
4. Ch.Aytmatov. Tanlangan asar. 2 tomlik. T., 1978.
5. Ch.Aytmatov. Oxir zamon nishonalari. Toshkent,
«Sharq», 2001.
English     Русский Rules