3.38M
Categories: informaticsinformatics softwaresoftware

Axborat texnologiyalari

1.

Toshkent Kimyo
Texnologiya Instituti
22-31
Bajardi: Sa’dullayeva Umida,Mirzayeva Dilfuza

2.

Sunʼiy ong, sunʼiy intellekt yoki
sunʼiy idrok (inglizcha: Artificial
intelligence; odatda, AI sifatida
ham qisqartiriladi) — insonlar
yoki hayvonlar tomonidan
koʻrsatiladigan tabiiy ongdan
farqli oʻlaroq, mashinalar
tomonidan koʻrsatiladigan
ongdir.

3.

Yetakchi sunʼiy ong darslik kitoblari bu sohani „ongli
agentlar“ni oʻrganish deya taʼriflaydi: oʻz muhitini
fahmlaydigan va maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish
imkoniyatini maksimal darajada oshiradigan amallarni
amalga oshiruvchi har qanday sistema. Xalq orasida
„sunʼiy ong“ atamasi koʻpincha „oʻrganish“ va
„muammolarni yechish“ kabi inson idroki bilan
bogʻlaydigan „kognitiv“ funksiyalarni taqlid qiladigan
mashinalarni tasvirlashda ishlatiladi, biroq bu taʼrifni
koʻpchilik sunʼiy ong tadqiqotchilari rad etishadi.

4.

Sunʼiy ong ilovalari mukammal web-qidiruv tizimlari (masalan,
Google), tavsiya etuvchi tizimlar (bundan YouTube, Amazon va
Netflix foydalanadi), inson nutqini anglash (masalan, Siri yoki
Alexa), oʻziyurar mashinalar (masalan, Tesla) hamda strategik oʻyin
tizimlarida (masalan, shaxmat va Go) yuqori darajada
raqobatlashishni oʻz ichiga oladi. Mashinalar tobora koʻp
Key Word
qobiliyatlarga ega boʻlib borishar ekan, „ong“ talab etuvchi vazifalar
koʻpincha sunʼiy ong effekti deb ataluvchi fenomen boʻlgan sunʼiy
ong taʼrifidan olib tashlanadi.
Key Word
4

5.

Sun’iy intellekt — informatikaning alohida
sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan
bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish,
o‘rgatish, muhokama qilish, masalani
yechish, tarjima va shu kabi
imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini
yaratish bilan shug‘ullanadi.
Hozirda SI turli amallarni bajarishga
mo‘ljallangan algoritm hamda dasturiy
tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi
mumkin bo‘lgan bir qancha vazifalarning
uddasidan chiqa oladi.
1990 yillarda SI taraqqiyotida yangi sahifa
ochildi. 1997 yilda Deep Blue nomli IBM
kompyuteri shaxmat bo‘yicha jahon
chempioni Garri Kasparovni yenggan
5
tarixdagi ilk kompyuter bo‘ldi.

6.

Qisqa qilib aytganda,
sun'iy intellekt muayyan
vazifalarni bajarishda
inson xatti-harakatiga
taqlid qilishga qodir
bo'lgan tizim yoki
texnologiya bo'lib,
olingan ma'lumotlardan
foydalanib asta-sekin
mukammallashib boradi.
Umuman olganda sun'iy
intellekt format ham,
funksiya ham emas, balki
bu jarayon bo'lib,
ma'lumotlarni yig'ish,
tahlil qilish kabilarni o'z
ichiga oladi.

7.

Sun'iy intellekt infratuzilmani
monitoring qilish, katta hajmdagi
ma'lumotlarni to'plash va qayta
ishlash, texnik hamda tibbiy
diagnostika tizimlari, shaxsiy
ta'lim traektoriyalarini yaratish,
xulq-atvor tahlillari qilishga
imkon beradi. Sun'iy intellekt bu
changyutgichlardan kosmik
stantsiyalarga qadar bo'lgan
echimlarning butun spektridir.
7

8.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak sun’iy intellekt intellektning hisoblash
modellarini aks yetadi. Intellektni muammolarni hal qilish, xulosalar
chiqarish, tilni qayta ishlash va hokazolar uchun dasturlashtirilishi mumkin
bo‘lgan tuzilmalar, modellar va operatsion funksiyalar sifatida ta’riflash
mumkin. Sun’iy intellektdan foydalanishning afzalliklari ko‘plab sohalarda
allaqachon olingan.
Sun’iy intellektni qo‘llaydigan tashkilotlar noto‘g‘ri va xatolarni bartaraf etish
uchun relizdan oldin sinovlarni o‘tkazishi kerak. Dizayn, modellar
mustahkam bo‘lishi kerak. Sun’iy tizimlarni chiqargandan so‘ng, korxonalar
turli ssenariylarda doimiy ravishda monitoring qilishlari kerak. Tashkilotlar
standartlarni yaratishi va qo‘llab-quvvatlashi va yaxshiroq qaror qabul qilish
uchun turli fanlardan mutaxassislarni yollashi kerak. Sun’iy intellektning
ob’yektiv va kelajakdagi maqsadlari insonning barcha murakkab faoliyatini
avtomatlashtirish orqali xatolar va noto‘g‘ri qarashlarni bartaraf etishdan
iborat.

9.

E’tiboring uchun
rahmat
English     Русский Rules