1.78M
Category: historyhistory

Fuzuliy hayoti va ijodi

1.

Mavzu: Fuzuliy hayoti va ijodi
• Adabiyot
• 8 – sinf
• 30 – maktab ona
tili va adabiyot
fani o’qituvchisi
Bekqulova S.Q

2.

Reja:
Fuzuliy – turkiy
adabiyotning
mashhur qalam
sohiblaridan biri.
Fuzuliyning
hayot yo’li.
Fuzuliy ijodi.

3.

Fuzuliy – turkiy
adabiyotning mashhur
qalam sohiblaridan biri.
Ozarboyjon shoiri Muhammad Sulaymon
o’g’li Fuzuliy turkiy she’riyatning Alisher
Navoiydan keyingi eng mashhur qalam
sohiblaridan biri hisoblanadi. Chunki u
adabiyotda aynan Navoiy an’analarini izchil
davom ettirdi, yuksak g’oyaviy – badiiy
darajadagi go’zal she’rlar ijod qildi.

4.

U o’zining ,,Layli va Majnun’’
dostonida Navoiyni o’z ustozi
deb tilga oladi:
Turk-u arab-u ajamda ayyom,
Har shoira vermish edi bir kom.
O’lmish edi Navoiy suxandonManzuri shahanshohi Xuroson.

5.

O’z navbatida, bu shoir asarlari o’zidan
keyingi davrlar turkiy adabiyot, jumladan,
o’zbek so’z san’ati rivojiga ham katta
ta’sir o’tkazdi. O’zbek she’riyatining
Fuzuliydan keyingi davri taraqqiyotini bu
shoir ijodining ta’sirisiz tasavvur qilishqiyin. Boshqacha aytganda, agar Alisher
Navoiy bo’lmasa edi, Muhammad Fuzuliy
ijodini, Muhammad Fuzuliy bo’lmasa edi,
Boborahim Mashrab ijodini hozirgi
yuksak badiiy darajada tasavvur qilib
bo’lmas edi.

6.

7.

Fuzuliyning hayot
yo’li.
Muhammad Sulaymon o’g’li Fuzuliy 1498-yili
hozirgi Iroqning Karbalo shahrida ziyoli oilada
dunyoga keldi. U ozarboyjon xalqining bayot
urug’idan bo’lgan. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda,
Fuzuliyning otasi asli Karbaloga Arash degan
joydan ko’chib kelib, qolib ketgan. Fuzuliyning
o’g’li – Fazliy bobo yurti bo’lmish Arashga qaytib
borib, qarindosh-urug’lari yonida yashagan.

8.

Fuzuliy Iroqning Bag’dod, Hilla,
Najaf degan shaharlarida hayot
kechirgan. Umrining oxirida o’zi
tug’ilib-o’sgan Karbaloga ko’chib
kelgan. Fuzuliy 1556-yili shu
yerda vabo kasali bilan vafot
etgan. Shoir nisbatan qisqa, ya’ni
58 yillik umri mobaynida katta
meros yaratdi.

9.

Fuzuliy ijodi
Fuzuliy turkiy, forsiy va arabiy
tillarida devon tuzgan. Bunday
ko’ptillilik kamdan kam
qalamkashga nasib etadi.

10.

Bu devonlaridan tashqari, ,,Layli va Majnun’’ dostoni, ,,Matla
ul-e’tiqod’’ ( ,, E’tiqodning boshlanish joyi’’ ) falsafiy risolasi,
,, Hadiqat us-suado’’ ( Baxtiyorlar bog’I’’ ), ,, Suhbat ulasmor’’ ( ,, Mevalar munozarasi’’ ), ,, Shikoyatnoma’’ , ,,Yetti
jom’’ ( ,, Soqiynoma’’ deb ham yuritiladi), ,, Rind va zohid ’’
( ,,Mayparast va tarkidunyochi’’ ), ,, Sihhat va maraz’’ (sog’lik
va bemorlik’’) kabi asarlar ham yozdi.

11.

Fuzuliy asarlarining qo’lyozmalari
dunyoning turli mamlakatlari,
jumladan, O’zbekistonimizdagi
nufuzli kutubxona va
qo’lyozmalar xazinalarida
saqlanadi. Ammo Rossiyaning
Sankt-Peterburg shahridagi
Sharqshunoslik institutida
saqlanayotgan shoir ,,Kulliyot’’I
qo’lyozmasining dunyoda yagona
nusxasi eng muhim manba
hisonlanadi. Chunki u,
birinchidan, shoir vafotidan
34 yil keyin ko’chirilgani uchun
nihoyatda ishonchli, ikkinchidan,
bu kitobga muallifning deyarli
barcha asarlari jamlangan.

12.

Turkiy devonidan 300 ga yaqin g’azal,
75 ruboiy, 42 qit’a, 27 qasida, bir
nechtadan tarje’band, tarkibband,
marabba’ va muxammas o’rin olgan.

13.

Fuzuliy g’azallari tilining ravonligi va
tasvirning jozibadorligi, vazn, qofiya,
radif va badiiy san’atlar qo’llashda
yuksak professional darajasi, uslubning
o’ynoqiligi, lirik qahramon ruhiyatida
ko’taringi kayfiyat otashinlik va
shiddatkorlik borligi, falsafiy
mushohada – mulohaza va hukm –
xulosalarning yangiligi, ya’ni ohoriyligi
va o’ziga xosligi bilan ajralib turadi.

14.

Mustahkamlash uchun test savollari.
1. Iroqning Karbalo shahrida tavallud topgan ijodkor?
A. Sa’diy
B. Fuzuliy
C. Firdavsiy
D. Rudakiy
2. Fuzuliy g’azallarini kim o’zbek tiliga tarjima qilgan?
A. A. Oripov
B. E. Vohidov
C. Sh. Rahmon
D. Tarjimasiz chop etiladi
3. Turkiy devonidan nechta g’azal o’rin olgan?
A. 240 ta
B. 300 dan ortiq
C. 300 ga yaqin
D. 400 dan ortiq

15.

4. Kim Navoiyga ,, Manzuri shahanshohi
Xuroson’’ deb ta’rif beradi?
A.Fuzuliy
B.Jomiy
C. Maxtumquli
D. Bobur
5. Fuzuliy qaysi tillarda devon tuzgan?
A. Turkiy
B. Forsiy
C. Arab
D. A. B va C

16.

Uyga vazifa. Fuzuliy hayoti va
ijodini o’rganish.

17.

E’ tiboringiz uchun tashakkur!!!
English     Русский Rules