Similar presentations:
O’zgarish va mashaqqatlarni yengish
1.
Tuhkunlik vabesaramjonlikni
boshqarish
Mashaqqatlarni
yengib o’tish
Tanqid va tanqidiy
fikrlashning
muhimligi
2.
Otabek tadbirkorlik bilan shug‘ullanish maqsadida qo‘lbola qilib issiqxona qurdi. Pomidorlariqizarib yetildi. Rossiyadagi hamkorlar bilan shartnoma ham tuzdi... Bahorning so‘nggi
kunlarida to‘satdan kelgan bo‘ron hamma uylarning tomini uchirib ketdi. Kuchli shamol
issiqxonalarga ham katta zarar yetkazdi. Otabek ikki qo‘li bilan boshini changallagancha,
nima qilishini bilmay supada o‘tirardi. Uning xayoli shu darajada parishon ediki, onasining bir
necha marotaba chaqirganini ham eshitmadi. Onasi qo‘lida nimadir solingan qo‘lbola
xaltani ushlaganicha Otabekning oldida turardi. Otabek boshini ko‘tarib onasiga qaradi.
Onasining nigohida zarracha ham afsus, nadomat ko‘rmadi. Onaning nigohi qat’iy, shijoati
esa mustahkam edi. Unsiz berilgan savolga onasi, «Tur o‘g‘lim, ko‘pga kelgan to‘y joningdan
nari. Mana berdi. «Ona, bu haj ziyoratiga deb yig‘ib qo‘ygan pullaringiz-ku?» deb jovdiradi
Otabek. Go‘yo bu pullarni olsa, katta jinoyatga qo‘l urgandek a’zoyi badani titrab,
bo‘g‘ziga nimadir tiqilib qoldi. Ona yana «Bolam, faqat oldinga intil, ortga qarama, oldingda
quduq bor, sen chanqagansan, unga tomon intil!», dedi. Otabek qizargan ko‘zlarini kattakatta ochib ufqqa qararkan, unda onasining shijoati porlab turgandek bo‘ldi. «Onajon, siz
duo qiling. Ishlarim yurishib ketishi bilan mening eng birinchi maqsadim sizni hajga yuborish
bo‘ladi», – deb o‘rnidan turdi-da, vayron bo‘lib yotgan issiqxona tomon odimladi...
3.
XotirjamlikniYo’qotmang
Doimo oldinga
intiling
Imkoniyatingizni
hisoblab ko’ring
Maqsadga
erishish yo’lini
chizing
Oldingizga
maqsad qo’ying
Izlanishdan
qochmang