1.37M
Category: medicinemedicine

O'tkazuvchan (tarmoqli) og'riqsizlantirish

1.

https://t.me/stomatologiya_kanali

2.

3.

4.

O'TKAZUVCHAN (TARMOQLI)
OG'RIQSIZLANTIRISH
O'tkazuvchan og'riqsizlantirish odatda operatsiya
maydonidan chetda, uch shoxli nervning katta
tarmoqlari atrofida o'tkaziladi.
O'tkazuvchan og'riqsizlantirish katta hajmdagi uzoq
davom etadigan yuz-jag' jarrohlik aralashuvlarida va
tishlarda davolash, charxlash muolajalarini bajarish
uchun ishlatiladi.

5.

Infraorbital anesteziya
Yuqori jag' oldingi guruh tishlarini davolash, olish,
qo'yish maqsadida charxlash, alveolar o'siq va
uning ustidagi shilliq pardada jarroxlik muolajalar
o'tkazish.

6.

7.

Ko'z osti nervini o'tkazuvchan
og'riqsizlantirishni ikki uslubda bajarish
mumkin: og'iz ichidan va tashqarisidan.
Ko'z osti nervi joylashgan kanal qiya bo'lib,
u tepadan pastga, oldinga va ichkariga
(medial) yo'nalgan bo'ladi. SHuning uchun
igna sanchilgandan so'ng pastdan
yuqoriga, tashqariga qarab yo'naltiriladi.

8.

9.

Ko'z osti kanali chiqish teshigini
aniqlashning uch usuli bor:
1. Ko'z kosasi pastki qirg'og'ini paypaslab yuqori jag' yonoq o'simtasi
va yonoq suyagi chokini hosil qilgan bo'rtmani topamiz, teshik shu
bo'rtmada ko'z kosasi pastki qirrasidan 0,5-0,75 sm pastroqda
joylashadi.
2. Ko'z kosasi pastki qirrasidan 0,5-0,75 sm pastroqda shartli gorizontal
chiziq o'tkazamiz, ikkinchi chiziqni vertikal holatda ikkinchi kichik oziq
tish ildizi o'rtasidan o'tkazamiz. Shu chiziqlar kesishgan nuqtani ko'z
osti nervi teshigi joylashgan deb tasavvur qilamiz.
3, Ko'z kosasi pastki qirrasidan 0,5-0,75 sm pastroqda shartli gorizontal
chiziq o'tkazamiz. Ikkinchi vertical chiziq to'g'riga qarab turgan
ko'zning qora chetidan o'tkaziladi. Shu chiziqlarning kesishgan
nuqtasi ko'z osti kanaliga kirish joyi bo'ladi.

10.

OG'IZ ICHIDAN BAJARISH USULI.
l. Og'iz ichidan o'tkazish uchun yuqorida aytilgan uslublaming biridan
foydalanib ko'z osti kanalining teshigi mo'ljalga olinadi.
2. Chap qo'lning ko'rsatkich barmog'i teshik tahmin qilingan nuqtaga
qo'yiladi.
3. Katta barmoq bilan og'iz ichidan yuqori lab ko'tariladi.
4. Igna markaziy va yon kurak tishlar oralig'idan o'tuv burmaga
sanchiladi. Shu zahotiyoq og'riqsizlantiruvchi eritma yuboriladi va teshik
tahmin qilingan sohaga suyakka yetguncha kiritiladi.
5.Shu sohaga 1-2 ml yuborib bir ikki daqiqa o'tib igna bir oz orqaga
tortiladi va teshikni topish uchun suyakka bir necha marta sanchib teshik
topiladi.
6.Igna kanalga kirsa “chuqurga tushganday” bo'ladi, 0,5 sm. kanalga
kirib 1 ml eritma yuboriladi.

11.

O`g'iz tashqarisidan bajarilish usuli.
1. Yuqorida keltirilgan usullardan birini ishlatib ko'z osti
kanal teshigi sohasi tahmin qilinadi.
2. Chap qo'lning ko'rsatkich barmog'i bilan to'qimalar shu
sohaga taqab ushlanadi.
3. Igna tahmin qilingan teshikdan 1 sm pastga va yonga
(medial) o'tib sanchiladi.
4. Davomi og'iz ichidan bajarilgan uslubda yozilganidek
o'tkaziladi.

12.

Ogoh bo`ling!
Anesteziya muolajasini bajarishda uslub to'g'ri
bajarilmasa quyidagi asoratlar - gematoma,
diplopiya, ko'z osti nervi jarohatlanishi mumkin.

13.

Tuberal anesteziya.
Uch shoxli nervning ikkinchi shoxi yuqori orqa alveolyar
tarmoqlari yuqori jag` suyagining qanotsimon tanglayga
qaragan orqa bo'rtmasi yuzasidan bir necha tola orqali
suyakka kirib keladi va yuqori jag'ni uchta katta oziq
tishlar, shu sohadagi suyak va milkni innervatsiya qiladi.
Anestetik modda aynan shu sohaga yetkazilishi kerak.

14.

15.

Bajarish texnikasi
1. Og'iz yarim ochiq holatida chap qo'lning ko'rsatkich
barmog'i, yoki shpatel yordamida lunj ko'tariladi.
2. Igna uchi kesigini suyakka qaratib yonoq alveolyar
qirrasi ortidan ikkinchi va uchinchi katta oziq tish orasi
ro'parasidan o'tuv burmaga sanchiladi.
3. Ignani kiritish bilan eritma yuboriladi va suyak usti
pardasi ustidan yuqoriga orqaga va ichkariga qarab 22,5 sm kiritiladi. Igna kiritish bilan birga 1,5-2,0 ml anestetik
yuboriladi.

16.

Ogox bo`ling!
Noto'g'ri bajarilgan muolaja qon tomirlaming
jarohatlashi (gematoma) yoki qon tomiriga tushib
anestetik tomir ichiga ketishi mumkin.

17.

Ehtiyot choralari.
Qon tomirlarni shikastlamaslik uchun ignaning
to'qimaga kiritilishi zahoti anestetikni yuborish.
Qon tomirlarga igna tushganligini tekshirish
maqsadida shprits porshenini orqaga tortib
ko'rish, qon chiqsa ignaning holatini o'zgartirish
lozim.
Anesteziya qilib bo'lganidan so'ng kaft bilan
lunjni siqib ushlab turish qontalash oldini oladi.

18.

Tanglay katta teshigida o'tkaziladigan
anesteziya.
Uch shoxli nervni ikkinchi shohidan qanot-tanglay
chuqurchasida hosil bo'lgan qanot-tanglay
tugunidan ajralib tanglay nervi katta tanglay kanali
orqali katta tanglay teshigidan chiqadi va tanglay
shilliq pardasining orqa qismini innervatsiya qiladi.

19.

20.

Bajarish texnikasi
Ignani sanchishdan oldin tanglay katta teshigining joylashishini tasavvur
qilish kerak.
Teshik proyeksiyasini topish uchun hayolan ikkita bir birini kesib o'tuvchi
chiziq o'tkazamiz, biri uchinchi katta oziq tishi o'rtasidan tanglay parallel
chokigacha.
Shu masofa uchga bo'linadi va alveolyar o'siq tomondan masofaning
1/3 qismi mo'ljalida ikkinchi kesib o'tuvchi chiziq o'tkaziladi.
Shu chiziqlar kesishgan nuqta katta tanglay teshigi proyeksiyasi bo'ladi.
Ogiz ochib turganda bu teshikka ignani perpyondikulyar sanchib
bo'lmaydi.
Igna qiyalab borishini e’tiborga olib, u teshik proyeksiyasidan 0,5 sm.
oldiroq va o'rtaroq sanchiladi.

21.

Og'iz katta ochiladi, og'riqsizlantirishga
qarama-qarshi tomondan o'ng qo'lda
ushlangan shprits katta tanglay teshigi tahmin
qilingan nuqtaga qaratiladi, igna sanchilib
anestetik yuboriladi.
Igna to'qimaga suyakka qadalguncha
kiritiladi va 0,5 ml anestetik yuboriladi.

22.

Ogoh bo'ling!
Anestetik ko'p yuborilsa, yumshoq tanglay
mushaklarini harakatlantiruvchi nerv tolalari bloklab
tutib tanglay mushaklari harakatsizlanadi.
Natijada yo'tal va qusish harakatlari paydo bo'ladi.

23.

Burun-tanglay nervni og'riqsizlantirish.
Bu nerv qanot-tanglay tugunidan ajralib lateral va medial
tarmoqqa bo'linadi.
Lateral tarmog'i n.nasopalatinus burun to'sig'idan pastga va
oldinga can. Insisivus orqali qattiq tanglayning old qismiga
chiqadi.
Ogriqsizlantirishga ko'rsatma: YUqori jag' frontal tishlarini
davolash, olish va charxlash, alveolyar o'siq va qattiq tanglay
shilliq qavatidagi jarrohlik muolajalari.

24.

Bajarish texnikasi. Og'iz ichidan
Burun-tanglay nervi tanglayga ikki markaziy kurak tishlar o'rtasidan
o'tkazilgan chiziqda joylashgan teshikdan chiqadi.
Teshik ustida shilliq pardadan hosil bo'lgan so'rg'ich bo'ladi. Igna
sanchishdan oldin shu so'rg'ich va atrofiga 10% lidokain surtiladi.
Bemor boshi orqaga tashlab og'izni katta ochish so'raladi.
Igna so'rg'ichning orqa qismiga sanchiladi va shu zahoti 0,5 ml
anestetik yuboriladi.
Igna to'qimaga 5-6 mm kirgach suyakka qadaladi. Shu yerga
anestetik 0,25-0,5 ml yuboriladi.
Kanal ichiga tushish qiyin, chunki tikka qaratilgan igna kirishi mumkin,
ammo pastki jag` bunga halaqit qiladi.

25.

Burun ichidan bajarish.
Og'riqsizlantirish burun dahlizi tubiga va to'sig'iga ikki
tomondan dikain surtilgandan so'ng bajariladi.
Shprits o'ng qo'lda bo'lib og'riqsizlantirish ikki tamondan
o'tkaziladi, igna burun yo'lining tubiga to'siq asosiga sanchilib
yuqoridan pastga va o'rtaga qarab yo'naltiriladi va
qadalguncha kiritiladi va 0,5-1 ml anestetik yuboriladi.

26.

Yodingizda bo'lsin!
Burun-tanglay nervi hosil qilgan so'rg'ichga igna sanchishdan
oldin albatta applikatsiya usulida og'riqsizlantirish shart.
Igna kanalga chuqur kiritilsa burun shilliq pardasi jarohatlanadi
va qonaydi.

27.

PASTKI ALVEOLYAR NERVNI
OG'RIQSIZLANTIRISH USULLARI.

28.

Mandibulyar og'riqsizlantirish
Bu og'riqsizlantirishni bajarish uchun pastki alveolyar nerv jag
suyagiga kiradigan teshik proyeksiyasini yaxshi tasavvur qilish kerak.
Teshik pastki jag' shox qismining ichki yuzasida joylashgan o'rtacha
qilib, u jag'ning old qirrasidan - 15 mm, orqadan - 13 mm, yuqoridan
- 22 mm, jag' burchagi qirrasidan - 27 mm masofada joylashgan.
Katta odamda teshik pastki katta oziq tishlar chaynov yuzasidan
gorizontal o'tkazilgan shartli chiziq balandligida joylashgan.
Teshik old qismining Lingua mandibulae to'sib turadi. SHuning uchun
igna teshikdan 0,75-1 sm yuqoriroqqa sanchilib nerv kanalga
kirishidan oldin joylashgan suyakdagi tarnovcha (sulcus coli
mandubulae) atrofiga anestetik yuboriladi.

29.

30.

Paypaslab bajarish
Bu usulda pastki jag' suyagidagi anatomik tuzilmalar paypaslab
topiladi. Og'riqsizlantirish o'ng tomonda o'tkazilsa chap qo'lning
ko'rsatkich barmog'i, chap tomonda - chap qo'lning bosh barmog'i
bilan pastki jag shoxining qirrasi og'iz ichidan paypaslab topiladi va
ichkariga kiritilib chakka qirrasi aniqlanadi, retromolyar
chuqurchaga barmoqni tirab ushlanadi.
O'ng qo'lga shpritsni olib igna qarama-qarshi tomondan kichik oziq
tishlar sohasidan barmoq bilan aniqlangan chakka qirradan
ichkariga 0,75-1 sm oxirgi katta oziq tish chaynov yuzasidan 0,75-1
sm balandlikda sanchiladi.
Shu yo'nalishda 0,5-1 ml eritma yuboriladi, ignani 2-2,5 sm orqaga va
tashqariga kiritilib, yana 2-3 ml anestetik yuboriladi

31.

Apodaktil (barmoqlar yordamisiz)
usul
Bu usul bilan og' riqsizlantirishda asosan qanot-jag' burmasi (plica
pteriqomandibylaris) mo'ljal hisoblanadi. U pastki jag' shoxining
chekka qirrasidan ichkarida vertikal yo'nalishida joylashgan.
1. Og'iz katta ochilgan holda shprits va igna qarshi tomondan
ikkinchi kichik va birinchi katta oziq tishlar orasi sohasiga
joylashtiriladi.
2. Igna burma old qirg'og'i vertikal uzunligi o'rtasiga sanchiladi.
3. Ichkariga va tashqariga 1,5-2 sm suyakka tekkuncha kiritiladi.
4. Igna suyakka tegmasa shprits bir oz orqaga qaytariladi va ikkinchi
uchinchi katta oziq tishlar sohasidan qaytadan kiritiladi.

32.

33.

PASTKI JAG' TORUSI SOHASIDA
M.M.VAYSBREM USLUBIDA
OG'RIQSIZLANTIRISH
Bu uslubda bir vaqtda lunj, til va pastki alveolyar nerv
og'riqsizlantiriladi.

34.

35.

Bajarish texnikasi.
1. Bemorni to'g'riga qaratib engak sal pastroq tushiriladi va og'iz katta
ochiladi.
2. Chap qo'lga shpatel yoki Farabef ilmog'i olinib, lunj yonga tortiladi.
3. O'ng qo'lga shprits olinadi va og'riqsizlantirishga qarshi tomon molyar tishlar
sohasidan igna uchi sanchish nuqtasiga yo'naltiriladi.
4. Sanchish nuqtasi yuqori jag' chaynov tishlar yuzasidan 0.5 sm pastroq
o'tkazilgan shartli gorizontal chiziqning qanot-jag' tamovchasi lateral
qirg'og'idan o'tkazilgan vertikal chiziq bilan kesishgan joyiga to'g'ri keladi.
5. Igna shu naqtaga perpendikulyar qilib sanchiladi va suyakka qadalguncha
kiritiladi 1,5-2 ml anestetik yuboriladi.

36.

ESLATMA: ayrim hollarda bu uslubdagi
og'riqsizlantirishda lunj nervi sezuvchanligi saqlanib
qoladi va qo'shimcha inflltratsion og'riqsizlantirishni
taqazo etadi.

37.

OG'IZ ICHIDAN BAJARILADIGAN
USUL:
1. Bemor tishlarini jipslaydi.
2. Pastki labni chap qo'lni ko'rsatkich va bosh barmog'i bilan ushlab tashqariga
suriladi.
3. O'tuv burmada kichik oziq tishlar orasida teshik proyeksiyasi tahmin qilinadi.
4. Tahmin qilingan teshikdan 0,5 sm yuqoridan birinchi katta oziq tish
ro'parasidan igna sanchilib kanalga qarab yuqoridan pastga, ijkariga va
oldinga suyakka qadalguncha kiritiladi. Igna uchi bilan teshik topiladi va 3-4
mm ichiga kirib 1-2 ml anestetik yuboriladi.

38.

Pastki alveolyar nervni tashqaridan
og'riqsizlantirish usullari

39.

Jag` ostidan og'riqsizlantirish
texnikasi.
1. Quloq suprasi kozelogining yuqorisidan chaynov mushagi oldi qirrasining
jag` tanasiga yopishgan joyga shartli chiziq o'tkaziladi va teng bo'linadi.
Bo'lingan nuqta foramen- mandibularisga to'g'ri keladi.
2. Igna pastki jag` burchagidan 1,5 sm oldinga sanchilib anestetik yuboriladi
va suyakni sezgan holda uning ichki yuzasidan, shoxning orqa qirrasiga
parallel ravishda 3,5-4 sm yuqoriga mo'ljal qilingan nuqtaga qarab kiritiladi va
2 ml anestetik yuboriladi.
3. Igna shu yo'nalishda уana 1 sm ichkariga va yuqoriga kiritilsa til nervi ham
og'riqsizlantiriladi.

40.

Yonoq suyagi ravog'i ostidan
o'tkaziladigan og'riqsizlantirish (BersheDubov usuli).
1. Igna yonoq suyagi rovog'ining pastki qirrasi osti quloq suprasiga (kozeloq) dan 2
sm oldinga sanchiladi.
2. Shprits yuzaga nisbatan perpendikulyar holatga keltirilib ichkariga 2-2,5 sm kiritiladi.
(Bershe usuli)
3. Kiritish davomida doim anestetik yuborilib turiladi. Mo'ljalga yetib borganda 2 ml.
anestetik yuboriladi.
4. Igna yanada chuqurroq 3-3,5 sm kiritilsa pastki alveolyar, til va ayrim holatlarda
lunj nervi og'riqsizlantiriladi (M.D. Dubov usuli).
Bershe usuliga ko'rsatma - yallig'langan jag'lar qontrakturasini kamaytirish, og'iz
ochilishini ta’minlash.
M.D.Dubov usulida qontrakturani kamaytirish bilan bir vaqtda pastki alveolyar nerv
og'riqsizlantiriladi.

41.

ENGAK NERVINI OG'RIQSIZLANTIRISH.
Bu nervni og'riqsizlantirish uchun for mentalae proyeksiyasini
topish va nerv joylashgan kanal yo'lini yaxshi tasavvur qilish kerak.
Nerv yetgan kanal pastki jag' ichidan tashqariga birinchi va
ikkinchi kichik oziq tishlar to'sig'i oralig'ida pastki jag' tanasining
pastki qirrasidan 12-13 mm yuqorida ochiladi.
Suyak ichida u yarim halqa shaklida burilib tashqariga, yuqoriga,
orqaga qarab ochiladi.

42.

Engak nervini og'iz tashqarisidan
og'riqsizlantirish texnikasi
1. Agar og'riqsizlantirish o'ng tomonda qilinsa shifokor bemorning orqasiga
o'ng yoniga o'tadi, agar chap tomonda bajarilsa, oldida va chap yonida
turadi.
2. Chap qo'l ko'rsatkich barmog'i bilan tahmin qilingan dahan nervi chiqqan
teshikka, yumshoq to'qimalar suyakka bosib ushlanadi.
3. Igna yo'nalishi kanalga mos qilib qaratiladi va mo'ljaldan 0,5 sm yuqori va
orqaga sanchiladi. Anestetikni yuborish bilan bir vaqtda igna yuqoridan
pastga, ichkariga va oldinga qarab suyakka qadalguncha kiritiladi - 0,5 ml
anestetik yuboriladi.
4. Bir daqiqa kutib, igna uchi bilan suyakdan nerv chiqqan teshik topiladi va
3-4 mm ichiga kirib 1-2 ml anestetik yuboriladi.

43.

Yuqori va pastki alveolyar nervlarni qanottanglay chuqurchasida S.N.Vaysblat
usulida og'riqsizlantirish

44.

Bajarish texnikasi.
1. Quloq kozelogidan ко' z kosasining tashqi qirrasiga o'tkazilgan chiziq (tragoorbital) o'rtasi belgilab olinadi.
2. Shprits o'ng qo'lga olinib 1x1 sm rezinka laxtagini ignaga o'tkaziladi.
3. Belgilangan nuqtaga, yuzaga nisbatan vertikal holda, igna sanchilib,
ichkariga 5-6 sm uchi ponasimon suyakni tashqi qanotsimon plastinkaga
taqalguncha kiritiladi.
4. Igna orqaga 2/3 qismiga tortib olinadi va 15-20° orqaga qaratib qaytadan
ignadagi rezinka (probka) teriga tekkuncha kiritiladi va 3-4 ml anestetik
yuboriladi. Texnik jihatdan to'g'ri anesteziya bajarilsa yuqori jag' shu
tomonidagi hamma tishlari va atrofidagi yumshoq to'qimalar
og'riqsizlantiriladi.

45.

5. Agarda igna orqaga 23 qismiga tortib olinib ya’ni shu
masofaga faqat 1 sm orqaroqqa kiritilib 4-5 ml anestetik
yuborilsa, uch shoxli nervning uchinchi shoxini kalla
suyagidan chiqish joyida og'riqsizlantirishga erishiladi. Bir
vaqtda pastki alveolyar, til va lunj nervlari
og'riqsizlantiriladi.
English     Русский Rules