4.86M
Categories: financefinance softwaresoftware

Soliq ma’murchiligi

1.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Toshkent moliya instituti
“Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi
“Soliq ma’murchiligi” fanidan
16-mavzu:
Davlat soliq xizmati organlarida joriy etilgan dasturiy
mahsullarhamda soliq to’lovchilarga ko’rsatiladigan davlat
xizmatlar
Ma`ruzachi: k.o`q. PhD Berdiyeva U.A.

2.

1. O’zbekiston Respublikasi soliq tizimidagi dasturiy
mahsulotlar.
2. Davlat soliq xizmati organlaridagi axborot
tizimlari va texnologiyalari tarkibi
3. Elektron soliq xizmatlari.

3.

O’zbekiston Respublikasi soliq
mahsulotlar quyidagilardan iborat:
tizimidagi
dasturiy
1. “Soliq inspektorining avtomatlashtirilgan ish joyi (SIAIJ-4)”.
2. “Qayta ishlash va tahlil”.
3. “To’lovlar monitoringi”.
4. “Eksport-import operatsiyalarini nazorat qilish”.
5. “Soliq to’lovchilar egaligidagi er fondi”.
6. “Tavakkalchilik va tahlil”.
7. “Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini hisobga olish”.
8. “Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash”.
9. “Bozorlar va savdo komplekslarida bir martalik yig’imlar,
ko’rsatilgan xizmatlar uchun haqlar hamda ijara to’lovlari hisobini
yuritish va nazorat qilish”.

4.

Davlat soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalari tarkibi
quyidagicha belgilangan:
1. “Davlat byudjeti va maqsadli jamg’armalariga tushumlar hisobini yuritish”.
2. “Bank – DSQ”.
3. “Jamg’arib boriladigan pensiya badali kunlik tushumlarini qayta ishlash”.
4. “Kompyuter texnikasini hisobga olish tizimi”.
5. “Davlat soliq qo’mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan dasturiy mahsulotlardan foydalanish
darajasini aniqlash”.
6. “Davlat soliq xizmati organlarida interaktiv xizmatlar ko’rsatish bo’yicha mas’ul xodimlar
hisobini yuritish”.
7. “Soliq to’lovchilar tarixi”.
8. “Interaktiv xizmatlardan foydalanish statistikasi”.
9. “Yuridik va jismoniy shaxslarning soliq qarzlari hisobini yuritish”.
10. “Soliq qarzini yuritish hisoboti”.
11. “Yuridik shaxslar imtiyozlari hisobini yuritish”.
12. “Elektron tarzda yuborilgan hisobotlarini qabul qilish (WEFOINS)”.
13. “Moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish tartibi”.
14. “Yuridik shaxslar bo’yicha statistik ma’lumot”.
15. “Qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilarni aniqlash”.

5.

16. “Davlat daromadiga o’tkaziladigan mol-mulklar hisobini yuritish”.
17. “Yakka tartibdagi tadbirkorlardan hisobotlarni elektron shaklda qabul qilish va qayta
ishlash”.
18. “Davlat boji”.
19. “Soliq to’lovchi jismoniy shaxslar haqida ma’lumot”.
20. “Soliq tekshiruvlari hisobini yuritish”.
21. “Tekshiruvchi xodimlarning xizmat safari buyruqlari hisobini yuritish”.
22. “Nazorat-kassa mashinalari ro’yxati va nazoratini olish”
23. “Naqd pul tushumlari hisobini yuritish”.
24. “Ma’muriy amaliyotni hisobga olish”.
25. “Moliyaviy sanktsiyalarni sud tartibida qo’llash to’g’risida davlat soliq xizmati organlarining
murojaatlari va ularning natijalari hisobini yuritish”.
26. “Tekshirishlarni muvofiqlashtirish”.
27. “Kadrlarga oid ma’lumotlar bazasi”.
28. “Hujjatlar bajarilishini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi”.
29. “Ichki idoraviy hujjatlar elektron axborot tizimi”.
30. “Quyi davlat soliq xizmati organlari faoliyatini masofadan turib nazorat qilish tizimi”.

6.

Davlat soliq xizmati organlarining yangi “Elektron soliq xizmatlari”
portali ishga tushirildi.
«Elektron davlat xizmatlar» portali «Soliq» axborot tizimlari kompleksini soliq
solish sohasida interaktiv xizmatlarni ko’rsatish uchun integratsiya qilish loyihasi
doirasida ishlab chiqilgan.
Ushbu loyihaning asosiy maqsadi –davlat soliq xizmati organlari tomonidan aholi va
biznesga ko’rsatiladigan elektron davlat xizmatlarini optimallashtirish, ularning sifatini
oshirish, xarajatlarni kamaytirish va natijada soliq to’lovchilarning xizmatlardan
foydalanish darajasini oshirishdan iborat.
Qisqa davr ichida Davlat soliq qo’mitasining ma’lumotlarni qayta ishlash markazi
asosida alohida infratuzilma, ma’lumotlar bazasi va ularni boshqarishda
qo’llaniladigan dasturiy maxsulotlar yaratildi. Elektron xizmatlarni boshqarish,
ularning sifat ko’rsatkichlarini monitoring qilish, foydalanish statistikasini
shakllantirish hamda vertikal nazorat olish borish uchun maxsus axborot tizimlari
ishlab chiqildi.

7.

Yaratilgan axborot tizimi:
foydalanuvchiga axborotni oson qabul qilinadigan ko’rinishda beradi;
unga tasodifan yoki qasddan kirib, asossiz o’zgartirishlar kiritishdan
himoyalangan;
interfeysi qulay, tushunarli va estetik jihatdan ko’rkam dizaynli,
ma’lumotlarni kiritish jarayoni imkon qadar avtomatlashtirilgan, oson va
sodda;
ishlash algoritmini ro’yobga chiqarishda optimal echimlar qo’llanilgan,
ishlash tezligi yuqori operativ xotira va tarmoq resurslaridan oqilona
foydalanilgan ;
uning interfeysi va hisobot shakllari foydalanuvchi tanlay olishi mumkin
bo’lgan o’zbek va rus tilida.

8.

9.

Portalning qulayligi - bu kerakli xizmatlarni tez va oson qidirish mumkinligi. Bunda «Elektron
hukumat to’g’risidagi» Qonun talablaridan kelib chiqib, davlat soliq xizmati organlarining barcha
elektron davlat xizmatlari - interaktiv va axborot davlat xizmatlariga saralangan. Bundan tashqari
ularni qidirishni yanada soddalashtirish maqsadida, murojaatlarni va hisobotlarni yuborish,
ro’yxatga olish, soliqlarni hisoblash va ma’lumotnomalar olish kabi xizmat yo’nalishlariga
ajratilgan.

10.

Jismoniy shaxslar uchun, yuridik shaxslar uchun va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun
xizmatlarni tanlash imkoniyatlari mavjud.

11.

12.

13.

Test sinovidagi xizmatlar alohida guruhga ajratilgan.

14.

Barcha toifadagi soliq to’lovchilar uchun alohida shaxsiy kabinet ochilgan bo’lib, jumladan – Yakka
tartibdagi tadbirkorlarning shaxsiy kabineti ilgari yo’q edi.

15.

Shaxsiy kabinetlarga kirish qismi foydalanuvchilarni yagona identifikatsiyalash
axborot tizimiga o’zgardi.

16.

Mavzuga oid xizmatlarni qulay navigatsiyali bloklarga ajratilgan. Jumladan
«Shaxsiy ma’lumotlar», «Hisob kitoblarning joriy holati», «Soliq organlari bilan
yozishmalar», «Foydali ma’lumotlar».
Jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti

17.

Yuridik shaxsning shaxsiy kabineti

18.

Yangi shaxsiy kabinetda soliq organlari bilan barcha yozishmalar va xabarlar alohida blokda yig’iladi.
Shaxsiy kabinetda kirganda byudjet va byudjetdan tashqari aktual joriy ahvol ma’lumotlari taqdim
etiladi.

19.

20.

Soliq to’lovchilarga xizmatlardan foydalanish, xabardor qilish bo’yicha barcha xizmatlarning yagona
standarti ishlab chiqilgan. Bunda har bir xizmatda foydalanuvchilar uchun qo’llanma va xizmat
bo’yicha javobgar shaxs to’g’risidagi ma’lumotlar mujassamlashtirilgan.

21.

Endilikda soliq to’lovchilarga har bir xizmat bo’yicha o’z fikrlarini va baholarini qoldirish, soliq organlari esa –
soliq to’lovchilarning fikrlarini o’rganish, taklif va e’tirozlarini ko’rib chiqish imkoniyatlari mavjud.

22.

23.

24.

25.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
2.
3.
4.
Vahobov A., Jo’rayev A. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik. –T:
“IQTISOD-MOLIYA”, 2019. -408 b.
O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. Rasmiy nashr –
O’zbekiston Respublikasi Adliyavazirligi. – T.: «Adolat», 2020 y
http://www.soliq.uz// – O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq
qo‘mitasi rasmiy sayti.
http://www.mf.uz// – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
rasmiy sayti.
English     Русский Rules