Similar presentations:
7-MAVZU din 2025_39108
1.
Islom fiqhiy maktablariMaruzachi: N.Musurmanov
2.
REJAIlk islomiy fiqhiy maktablarining shakllanish tarixi va ularning tasnifi.
Hanafiya, molikiya, shofeʼiya, xanbaliya mazhablarining asosiy
g’oyalari va fiqhiy dalillash metodlari.
Shariat kategoriyalari: halol, mandub, muboh, makruh, harom. Qozi
mahkamalarining islom huquqini ta`minlashdagi o`rni.
O‘rta asrlarda fiqh ilmining rivojlanishida Movarounnahr faqihlarining
o‘rni.
Burhoniddin Marg‘inoniyning “Al-Hidoya’’ asarining fiqh ilmi rivojidagi
ahamiyati.
3.
Islom ta’limotiIslom diniy tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biri shariat (arabchada – to‘g‘ri yo‘l, ilohiy yo‘l, qonun degan ma’nolarni anglatadi) hisoblanadi.
Shariat musulmonlarning ijtimoiy va shaxsiy hayotini tartibga soladigan axloqiy, huquqiy va madaniy normalar to‘plamidir.
Ularga asos qilib
Qur’oni karim
sunnat,
qiyos
ijmo
4.
Islom ta’limotiShariat musulmonning xatti-harakatlarini besh toifa (kategoriya)ga ajratadi. Bular:
farz – bajarilishi qat’iyan majburiy hisoblangan xatti-harakatlar;
mandub (sunnat) – amalga oshirilishi majburiy emas, lekin ma’qul, lozim deb hisoblanuvchi normalar;
muboh – bajarilishi ixtiyoriy normalar;
makruh – amalga oshirilishi noma’qul sanaluvchi normalar;
harom – qat’iy ravishda taqiqlangan xatti-harakatlar.
5.
musulmonlar 7 ta aqidani tan oladilar:1) Ollohga ishonish.
2) Ollohning farishtalariga ishonish.
3) Ollohning kitoblariga ishonish.
4) Ollohning payg‘ambarlariga ishonish.
5) oxirat kuniga ishonish.
6) islom e’tiqodini qabul qiluvchi har bir kishi o‘z taqdirining Olloh tomonidan oldindan belgilab qo‘yilgani (taqdiri azal)ga ishonishi lozim.
7) o‘lgandan keyin qayta tirilishga ishonish.
6.
Sunniylikda islomning muqaddas manbalarini ijtimoiy hayotdaqo‘llashga munosabat masalasida quyidagi mazhablar mavjud:
1) hanafiya mazhabiga Imom Abu Hanifa (Imom A’zam) asos solgan. Mazhabning mafkurasi islom aqidalarini ijtimoiy hayotga tatbiq
etishda ijodiy yondashuvga asoslanadi va bunda qiyos (arabchada – solishtirish, taqqoslash, o‘xshatish degan ma’nolarni
anglatadi) qoidalarini qo‘llash bilan ajralib turadi
2) molikiya mazhabiga Malik ibn Onas (713–795) asos solgan va Muhammad alayhissalom hayotligi davrida vujudga keltirilgan
diniy huquqiy tartibotga asoslanadi. Molikiya mazhabi Qur’on va sunnatni aqlga asoslanib (ratsional) talqin qilishga qarshilik qilsa
ham, qiyosni ijtimoiy hayotda qo‘llashni to‘liq inkor etmaydi. Hozirda ushbu mazhabning Tunis, Jazoir, Marokash singari davlatlarda
tarafdorlari bor;
3) shofi’iy mazhabiga Imom ash-Shofi’iy (767–820) asos solgan. Shafi’iy mazhabi hanafiya va molikiya mazhablarini o‘zaro
murosaga keltirish tarafdori. U diniy mafkurasiga ko‘ra, qiyos va ijmo (birdamlik, yakdillik bilan qabul qilingan qaror)larni ijtimoiy
hayotda qo‘llashda cheklashga yo‘l qo‘yganligi uchun molikiya maktabiga yaqin turadi. Shofi’y mazhabi hozirda Suriya, Misr,
Sharqiy Afrika mamlakatlarining ba’zilarida va janubiy Arabiston davlatlarida saqlanib qolgan;
4) hanbaliya mazhabiga Imom Ibn Hanbal (780–755) asos solgan. Ushbu mazhab ijtimoiy hayot masalalarini hal etishda faqat
Qur’on va sunnat qoidalariga asoslanib qaror chiqarish tarafdori hamda qiyos va ijmolarni qo‘llashda faqat sahobalarning
birgalikdagi maslahati bilan qabul qilingan hukmlarni tan oladi. Mazhab diniy masalalarda erkin fikrni inkor qiladi va ta’limoti ijtimoiy
hayotdagi zamonaviy talablardan ortda qolganligi, erkin fikrni rad etishi sababli, islom mamlakatlarida uning tarafdorlari ko‘p emas.
7.
Hanafiylik mazhabining asoschisi Abu Hanifa hayoti vata’limoti.
Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa Nu’mon
ibn Sobit (699-767) bo‘lib, «Imomi A’zam», ya’ni
eng buyuk imom laqabi bilan mashhur bo‘lgan.
Mazkur mujtahid olim Kufa shahrida tug‘ilib shu
yerda vafot etgan.
8.
Hanafiylik mazhabining asoschisi Abu Hanifa hayoti vata’limoti.
Bu olim sunniy mazhablar asoschilari orasida yoshi eng kattasi hisoblanadi.
Rivoyatlarga ko‘ra Abu Hanifaning bobosi o‘g‘li Sobitni sahobiy Ali oldiga olib kelib, uning
haqiga duo qilishlarini so‘raydi. Hazrat Ali Sobitni o‘zi va zurriyotiga barakot so‘rab duo qiladilar.
Sobitning zurriyotidan o‘g‘li Abu Hanifa katta shuhrat qozondi.
Imom Abu Hanifa otasining kasbi Kufada ipak va jun mato tijorati bilan shug‘ullangan.
9.
Hanafiylik mazhabining asoschisi Abu Hanifa hayoti vata’limoti.
Imom A’zam yoshligidan Qur’onni yodlaydi.
Ma’lum vaqt savdo ishlari bilan shug‘ullanib yurgan.
Shu orada Kufa va uning atrofida e’tiqodiy bahs-munozaralarda faol ishtirok etib borgan.
Bir kuni ko‘chada imom Sha’biyning yonidan o‘tib ketayotganida, oldiga chaqirib, qaerga ketayotganini so‘raydi. U bozorga
ketayotganini aytganda, men sendan uni emas, balki qaysi olimning darsiga borayapsan deb so‘raydi.
Imom A’zam hech birining oldiga bormayapman, degandan so‘ng, imom Sha’biy shunday deydi: «Ilm va ulamolar bilan ko‘rishib turgin.
Seni nihoyatda zukko va ilmga tashnaligingni ko‘ryapman».
Sha’biyning bu gapiga kirib, Abu Hanifa ilm yo‘lini tanlaydi.
10.
Hanafiylik mazhabining asoschisi Abu Hanifa hayoti vata’limoti.
Abu Hanifa Umaviylar va Abbosiylarning siyosiy kurashlari, hokimiyat bir
suloladan boshqasiga o‘tgan davrda yashagan bo‘lsa ham qo‘liga qurol
olib ikki tomonning siyosatiga aralashmadi, balki o‘z ilmini oshirish va
tarqatishga harakat qildi.
Bu davrda aqidaviy oqimlar orasida kurashlar ancha qizigan. Olim bu
kurashlarni kuzatib borgani tabiiy.
Ibn Bazzozning rivoyatiga ko‘ra imom Abu Hanifa o‘g‘li Hammodga
shunday degan: «Bizlar munozara qilgan vaqtd suhbatdoshimizning haq
va to‘g‘ri yo‘ldan chiqib ketishidan qo‘rqar edik, lekin sizlar munozara
vaqtida raqibingizni haq yo‘ldan chiqishini istaysizlar.
Har kim o‘z suhbatdoshini haq yo‘ldan og‘dirmoqchi bo‘lsa, uni kufr
tomonga yo‘llaydi, lekin uning o‘zi suhbatdoshidan oldinroq kufr yo‘liga
o‘tgan bo‘ladi».
11.
Hanafiylik mazhabining asoschisi Abu Hanifa hayoti vata’limoti.
Manbalarda imom Abu Hanifaning sahobiylar bilan ko‘rishgani aytiladi, shuning
uchun u tobeinlardan hisoblanadi.
U Hammod ibn Abu Sulaymon, Ibrohim Naxaiy, Sha’biy kabi va boshqa
olimlardan sahobiylar Ali va Abdulloh ibn Mas’ud, Abdulloh ibn Abboslarning
fiqhini o‘zlashtirdi.
Ayniqsa, Hammod uning eng asosiy ustozi hisoblangan. Unga 22 yoshida
shogird tushib, u kishidan o‘n sakkiz yil davomida fiqh ilmini o‘rganadi.
Bu haqda o‘zi quyidagilarni aytgan: «Men ilm va fiqhning konida edim. Uning
ahli ila majlis qurdim. Ularning faqihlaridan birini lozim tutdim».
12.
Hanafiylik mazhabining asoschisi Abu Hanifa hayoti vata’limoti.
Uzoq yillar dars olishi va ustozi vafotidan so‘ng uning o‘rnida dars berishni boshlagan.
Ustozi o‘rniga dars berishi natijasida, Hammod qoldirgan maktab keyinchalik imom Abu
Hanifa faoliyati natijasida mazhabga aylandi.
Shuningdek, ko‘p yurtlarga safar qilgan va o‘sha yerlik olimlar bilan ilmiy bahsmunozaralarga kirishgan.
Imom Abu Hanifa viqor va salobatli kishi bo‘lgan. Ko‘p fikr yuritib, kam so‘zlar edi.
Taqvoli, parxezkor, zohid, bekorchi va foydasiz so‘zlarni gapirmas, gapirganda qisqa va
lo‘nda so‘zlardi. Biror kishi masala so‘rab kelsa, hozirjavoblik bilan ishni xal qilgan.
13.
Xanafiyada mo‘tadil islom tamoyili va bag‘rikenglikg‘oyalari.
Imom Abu Hanifa Qur’on,
sunnat,
sahobiylarning so‘zlari,
qiyos,
istehson(chiqarilgan xulosalardan musulmonlar uchun foydaliroq tomonini olish
tamoyili),
ijmo,
urf kabi fiqhiy manba va uslublariga ko‘ra hukm chiqargan.
14.
Xanafiyada mo‘tadil islom tamoyili va bag‘rikenglikg‘oyalari.
Fiqhda shunday maqomga erishganki, har bir oyat va hadisdan kerakli fiqhiy xulosalar
chiqara olgan.
Abu Hanifa hadisni, sahobiylar so‘zini puxta o‘zlashtirgan.
Hadislarning sahih va zaifini ajratib, ayniqsa, hadislardan chiqariladigan hukmlarning
to‘g‘ri bo‘lishiga katta e’tibor qaratgan.
Rivoyatlarning birida ustozi Sha’biy bir masalada murojaat qiladi. Abu Hanifa unga javob
beradi.
Shunda ustozi buni (javobni va unga hujjatni) qaerdan olding deb so‘raganda, Abu Hanifa
o‘zingiz rivoyat qilgan hadisdan oldim deb hadisni aytadi. Javobdan so‘ng Sha’biy: «Sizlar
tabiblarsiz, ey faqihlar jamoasi, biz (muhaddislar) dorishunosmiz», deydi.
15.
Hanafiyaning islom fiqhi tarixidagi o‘rni.Imom Abu Hanifa hadis ilmida ham yuqori martabalarga erishgan.
1. Ko‘plab olimlar qatori Imom Abu Hanifaga muxolif bo‘lganlar ham ittifoqan uning mujtahidligini tan oladilar, ya’ni uning mujtahid
olim ekanida ixtilof yo‘q. Mujtahid bo‘lish shartlaridan biri hukm chiqarishga oid hadislarni yaxshi bilishdir;
2. Manbalarda aytilishicha, Abu Hanifa 83 mingdan ortiq masalaga javob bergan. Hadislarni yaxshi bilmaydigan kishi bunday ko‘p
masalaga javob berishi mumkin emas;
3. Abu Hanifa hadis rivoyatiga ko‘p to‘xtalmagan. Buning sabablaridan birini o‘sha davr olimlari hadislarni yaxshi bilganlaridir.
Shuning uchun ular ilm majlislarida hadislardan chiqadigan masalalarga javob topishni, ya’ni istinbot bilan shug‘ullanishni asosiy
maqsad qilib olganlar.
4. Abu Hanifa davrida nafaqat hadis ilmini, balki barcha ilmlarni yozib borish odat tusiga kirmagan, xuddi Payg‘ambar (alayhissalom) va sahobiylar davrdagi kabi. Imom Abu Hanifa: «Kishi hadisni eshitgan vaqtidagidek, (ya’ni qanday eshitgan bo‘lsa
o‘shanday) aytishi lozim», degan;
5. Abu Hanifa to‘rt mingdan ortiq ustozdan dars olgan. Chunki u Basraga 10 marta, Makka va Madinaga esa undan ko‘proq
marta borgan.
16.
Movarounnahrda fiqh ilmining mashhur namoyondalari. Hanafiymazhabi rivojida Markaziy Osiyo faqihlarining roli va hissasi.
Imom Abu Hanifa qiyos va istehsonni (chiqarilgan xulosalardan
musulmonlar uchun foydaliroq tomonini olish tamoyili) ko‘p qo‘llagan.
Hatto zaif hadisni qiyosdan oldinga qo‘ygan.
Bu borada imom Abu Hanifa shunday degan: «Rasululloh (alayhissalom)dan kelgan har narsa bosh ustiga, sahobiylardan kelganini esa
orasidan yaxshirog‘ini tanlab olamiz, ammo tobeiynlardan kelgan bo‘lsa, biz
ham ulardek kishilarmiz».
Imom Abu Hanifaning mashhur shogirdlaridan biri Abu Yusuf Ya’qub ibn
Ibrohim Ansoriy va Muhammad ibn Hasan Shayboniydir.
Abu Hanifaning bu ikki shogirdi uning ishini davom ettirib, boshqa olimlarga
ustozlik qildilar.
17.
Islom huquqi (fiqhi) va uning taraqqiyot bosqichlari.Islom huquqi asosiy atamalari.
Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa alohida muayyan mavzuga oid kitob
yozmagan.
Balki u rivoyat qilgan hadislarni, aytgan fatvolarini keyinchalik olimlar kitob holatiga
keltirganlar.
Jumladan, «al-Fiqh al-akbar», «al-Olim va-l- mutaallim», «al-Vasiyya» va «alMusnad» va boshqalar. U dunyo ishlari va mansabga qiziqmagan.
Xalifa unga bosh qozilik (qozi al-quzot) mansabiga taklif qilganda rad etgan.
Shunday bo‘lsada, eng katta shogirdi imom Abu Yusuf «qozi al-quzzot» lavozimida
faoliyat yuritib, hanafiylik mazhabining yanada keng yoyilishiga xizmat qilgan.
18.
Islom huquqi (fiqhi) va uning taraqqiyot bosqichlari.Islom huquqi asosiy atamalari.
Imom Muhammad hanafiy mazhabining nazariy asoslarini ishlab chiqib, o‘z asarlarida keltirib o‘tadi.
Ushbu mazhab sunniy musulmonlar orasida keng tarqalgan, ya’ni 47% sunniy musulmon shu
mazhabga amal qiladi.
Tarixda uning juda ko‘p davlatlardagi asosiy mazhab sifatida e’tirof etilishi jamiyat ijtimoiy
hayotining barcha jabhalarida qo‘llanishi, milliy urf-odatlarga bag‘rikengligi, turli mintaqalardagi
shart-sharoitlarga mos kelishi hamda boshqa omillar sababli uning ko‘p musulmon xalqlari
tomonidan qabul qilinishiga sabab bo‘lgan.
Uning keng miqyosda tarqalish sabablardan biri barcha mintaqalarda yashayotgan musulmonlarga
chiqarilgan hukmlari oson amal qilishiga imkon bergan.
O‘zbekiston hududida hanafiylik mazhabi buxorolik olim Abu Hafs Kabir harakati natijasida keng
tarqalgan va shu
mintaqa aholisi mazkur mazhabga amal qilib kelmoqda.
19.
Islom huquqi (fiqhi)dagi manbalar.Qur’oni karim- Abu Hanifa nazdida birinchi va eng oliy martabada turadigan asosiy
manba hisoblangan.
Sunnati shrif- Rasululloh (SAV)dan sodir bo’lgan har bir qavl(so’z), fel, taqdir, xalqiy
sifat yoki xulqiy sifatga aytiladi.
Ijmo’- Rasululloh (SAV)ning sahobalari hech qanday ixtilofsiz ijmo’ qilgan narsalardir.
Qiyos- bu shariatda halol yoki haromligi haqida dalili kelmagan narsani shariatda aniq
hukmi kelgan narsaga ilhoq qilishdir.
Istihson- deb bir narsani yaxshi deb bilishga aytiladi. Ya’ni ergashishi lozim bo’lgan
masalaning yaxshirog’ini izlab topishdir.
Urf-odat bu insonlar aqlan to’g’ri sanab, qilib yurgan, ularda o’rnashib qolgan, tabiati
sog’lom bo’lgan har bir inson yaxshi qabul qilgan amaldir.
20.
Alloh sifatlari haqidagi g‘oyalar.Allohning borligiga ishongan odam U Zotni
yaxshi tanishi kerak.
Inson ma’rifat hosil qilishi uchun Allohning
go’zal ism va sifatlarini bilish ila hosil qilinadi.
21.
Islomda taqdir, rizq tushunchlarining talqini.Qadar so’zi o’lchov manosini anglatadi.
Islom aqiydasida esa Alloh taolo azaldan O’z ilmi va irodasi ila har bir narsani o’chovli qilib qo’yganiga
e’tiqod qilishni bildiradi.
Qazo-Alloh taoloning hamma narsalarni kelajakda qanday bo’lishini azaldan bilishidir.
Qadar- o’sha narsalar Allohning azaliy ilmiga muvofiq ravishda vujudga kelishidir.
Alloh taolo odamlar va hayvonlardan iborat o’z maxluqotlariga bergan va ular manfaat olgan dunyoviy va
uxroviy har bir narsa rizqdir.
22.
Burhoniddin Marg‘inoniyning “Al-Hidoya’’ asarining fiqhilmi rivojidagi ahamiyati.
Burhoniddin Margʻinoniy (toʻliq ismi Abulhasan Ali ibn Abubakr ibn Abduljalil al-Fargʻoniy al-Rishtoniy al-Margʻinoniy)
(1123.23.9, Rishton tumani, Dahbet qishlogʻi — 1197.29.10, Samarqand)— buyuk faqih, imom.
Burhoniddin margʻinoniyning oʻzi 8 jildli sharh — „Kifoyat ul-Muntahiy“ („Yakunlovchilar uchun tugal taʼlimot“)ni
yozishga karor qilgan. Keyinchalik bu kitobi asosida „Kitob al-Hidoya“ (qisqacha nomi „Hidoya“ — „Toʻgʻri yoʻl“)ni
yaratadi (1178).
Burhoniddin margʻinoniy bu kitobda oʻsha zamonlarda moʻminmusulmonlar duch keladigan dolzarb hayotiy masalalar,
jumladan oilaviy va ijtimoiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, insonning burch va masʼuliyatlariga
taalluqli juda koʻp murakkab muammolarni islomiy huquq nuqtai nazaridan hal etib berdi.
Mazkur kitob nafaqat Movarounnahrda, balki butun islom sharqida bir necha tillarga tarjima etilib maʼlum va mashhur
boʻlib ketdi. Bu kitob fiqh ilmi boʻyicha eng aniq, izchil, mukammal asar boʻlgan. Undan asrlar davomida islom
huquqshunosligi boʻyicha nufuzli huquqiy manba — asosiy qoʻllanma sifatida foydalanilgan (qarang Hidoya).