437.90K
Category: pedagogypedagogy

8-M

1.

8-mavzu. Ta‟lim muassasasi menejmenti
REJA
1.Ta’lim muassasasi menejmenti haqida tushuncha .
2. Ta’lim muassasini boshqarish, Ustavi-rahbarlik va boshqaruv tizimini aniqlovchi hujjat
3 .Ta’lim muassasinig metodik ishlarni tashkil etish.Ta’lim sifati monitoringi.
1. Menejment tushunchasi. Pedagogik menejmentning mohiyati va shakllanishi.
Menejment – ingliz tilidagi “manajer” so‘zidan olingan bo‘lib, boshqarish, rahbarlik qilish
degan ma’noni bildiradi. Kishilik jamiyatining barcha davrlarida ishbilorman, javobgarlikni xis
qiladigan, boshqarish qobiliyati yuqori insonlarni xurmat qilib kelgan. Davlatlarning paydo
bo‘lishi natijasida, odamlarning faoliyatini boshqarish ehtiyoji sezildi.Xo‘sh, menejment va
menejer atamalarining asl mohiyati nimani anglatadi? Biz ushbu tushunchalarning mohiyati,
ta’lim
muassasida
davlat-jamoa
boshqaruvining
pedagogik-psixologik
asoslarini
tushunishimizda ushbu yo‘nalishda tadqiqot olib borgan pedagog R.Ahliddinovning qarashlari
alohida diqqatga sazovor.
«Menejment» va «menejer» atamalari hozirgi talqinda korxona va muassasa egalari o‘z
mulklari va xodimlarni o‘zlari boshqarganlaridan ko‘ra tanlangan yo‘nalish bo‘yicha maxsus
tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislarni jalb etish afzal ekanligini tushunib yetganlaridan so‘ng
paydo bo‘ldi. Bugungi kunda menejer rivojlangan demokratik mamlakatlarda nufuzli kasblardan
biri hisoblanadi. Menejment – bu odamlarning mehnatini, intellektini, xulq-atvor motivlarini,
shuningdek moliyaviy va texnik resurslarni mobilizatsiyalash orqali maqsadni qo‘yish, unga
erishish jarayoni.
Bugungi kunda pedagogika faniga ta’lim muassasalarini boshqarish
bo‘yicha yangidan-yangi tushunchalar kirib kelyapti-ki, ularning mohiyati avvalgilardan ham
teranroqdir. Masalan, «ta’sir etish» tushunchasining o‘rniga «o„zaro harakat», «hamkorlik»,
«reflek-siv boshqarish» kabi tushunchalar qo‘llanilmoqda.Ta’lim muassasalarini boshqarish
nazariyasi ta’lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi
xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda
o‘zaro hurmat bilan tavsiflanadi.
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik qo‘lga kiritilgach
katta ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlar ruy berdi. Ta’lim qadriyat sifatida
yangicha talqinga ega bo‘ldi. Shunga ko‘ra ta’lim tizimini boshqarish masalalariga ham
yangicha yonda-shish taqoza etilmoqda. Jamiyatning rivojlanishi ijtimoiy xayotni zamonoviy
boshqarishga – menejmentga bog‘liq. Ta’lim muassasalari jamiyatning bir bo‘lagi sifatida
pedagogik menejmentga
muhtojdir Pedagogik menejment – bu ta’lim jarayonining
samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi ta’lim jarayonini boshqarishning prinsiplari, metodlari,
tashkiliy shakllari va texnologik vositalarining majmui.
Boshqaruv —bu tizimni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida uni sifatini ta’minlash,
tartibga solish uchun ta’sir etishdir. Ilmiy boshqaruv nazariyasining paydo bo‘lishiga va
rivojlanishiga butun dunyoga mashhur ilmiy menejment amaliyotchi va nazariyachilari F.
Teylor, G.Ford, G. Emerson, A. Fayol, E. Meyolar katta hissa qo‘shganlar. Masalan, o‘z davrida
Anri Fayol boshqarish bu - holatni ko‘rish, kelajakni o‘rganish harakat dasturini tuzishdir deb
ta’kidlagan edi. Boshqaruv nazariyasi vakillarining qarashlari tahlili natijasida boshqaruvga
quyidagi ta’rifni berishimiz mumkin. Boshqaruv deganda - boshqaruvchi va boshqariluvchi tizim
o‘rtasidagi rejalashtirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro ta’sirni tushunamiz. XX asrning
oxirgi o‘n yilligida ijtimoiy va iqtisodiy hayotda insonni shaxsiy va kasbiy sifatlarini, umumiy va
maxsus ilmiy bilimlarini roli oshdi. Bu holat ta’lim sohasida inson faoliyati turli yo‘nalishlarda
rivojlanishini talab etdi. Ta’lim paradigmasi o‘zgarib, yangi ta’lim mazmuni, ta’lim va tarbiyani
texnologiyalari ishlab chiqilmoqda. Axborot makonining kengayishi boshqaruvning yangi
vositalarini, metodlarini, shakllarini rivojlanishini taqozo etdi. Ijtimoiy tizimlarni jumladan
ta’lim tizimini boshqarishda inson omilining va ijtimoiy fanlarning roli oshib borayotganligini
kuzatishimiz mumkin. Mamlakatimizda ta’lim tizimida bozor munosabatlarini qo‘llanilishi
maktabni boshqarish nazariyasining rivojlanishini asosiy omili hisoblanadi. Mutaxassislar

2.

«boshqaruv» va «menejment» tushunchalari orasida farq yo‘q deb hisoblasalarda, menejment
tushunchasidan foydalanishni afzal ko‘radilar. Menejment - bu faoliyat turi, boshqaruv apparati,
boshqaruv san’ati, o‘quv predmeti ma’nolarida qo‘llanilmoqda. Menejment o‘quv predmeti
sifatida 1881-yilda amerika kollejlarida Djozef Varton tomonidan o‘qitila boshlangan. Bugungi
kunda olimlar menejment ijtimoiy tashkilotlarni boshqarish nazariyasi va amaliyotini
ifodalashini ta’kidlamoqdalar. Dunyoda tan olingan amerikacha, fransuzcha va yaponcha
menejment maktablari mavjud.
Amerikacha boshqaruvda — tashabbuskorlik, yuqori kasbiy tayyorgarlik, tashkilotchilik,
ishchanlik;
Yaponcha boshqaruvda — har bir xodimga g‘amxo‘rlik, ishlab chiqarishning ijtimoiy
xavfsizligi, shakllanish istagi, ichki go‘zallik;
Fransuzcha boshqaruvda—boshqaruv tizimini shakllantirish uchun insoniy madaniyat,
yuqori darajadagi aloqadorlik madaniyati, milliy, tarixiy, madaniy an’ana elementlaridan
foydalanish.
Menejmentning asosiy prinsiplarini quyidagilar tashkil etadi:
- maqsadga yo‘naltirilganlik va uzluksizligi;
- ilmiylikni san’at elementlari bilan uyg‘unligi;
- markazdan boshqaruvni o‘z-o‘zini boshqarish bilan uyg‘unligi;
- xodimlarni individual xususiyatlarini hisobga olish;
- huquq va mas’uliyat birligini ta’minlash;
- doimiylik va ketma-ketlik;
- harakatlarni nazorat qilish va boshqarish;
- shaxslararo munosabatlarni qonuniyat sifatida hisobga olish.
Pedagogik menejment — bu: birinchidan; pedagogik tizim sifatini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan boshqaruv prinsiplari, metodlari, shakllari va texnologik usullari yig‘indisini,
ikkinchidan, pedagogik jamoa va o‘quvchilar faoliyatini ilmiy boshqarishni ifodalaydi.
Pedagogik menejment xususiyatlari ta’lim menejeri mehnatining natijasida, mehnat
qurolida, mahsulotida, mehnat predmetida ifodalanadi.
Ta’lim jarayoni menejeri mehnati predmeti u boshqarayotgan odamlar faoliyatidir.
Mehnat xomashyosi bu - o‘quv tarbiyaviy jarayon to‘g‘risidagi ma’lumot.
Mehnat quroli - so‘z, nutq.
Ta’lim jarayoni menejeri mehnati natijasi menejment obyekti, ya’ni o‘quv- chilarni ta’lim
olganlik, tarbiyalanganlik, rivojlanganlik darajasidir. Pedagogik menejment pedagogik tizimni
rivojlanishining samaradorligini oshirishga yo‘naltiriladi.
Pedagogk tizimni boshqarish ta’lim muassasasining faoliyat xususiyatiga ko‘ra
pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag‘batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil
qilish maqsadida amalga oshiriladigan boshqaruv faoliyatidir. Pedagogik tizimni boshqarishda
davlat-jamoatchilik boshqaruviga erishish ta’lim muassasalarining dolzarb masalalarini davlat va
jamoatchilik hamkorligida hal qilish, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalarga ta’lim dasturlarini,
ularning turlarini, ta’lim muassasalarini tanlashda huquq va erkinlik berishni kengaytirish
ahamiyatlidir.Pedagogik tizimni boshqarishda quyidagi prinsiplarga asoslaniladi. Boshqaruv
prinsiplari - bu boshqaruvda amal qilinadigan asosiy talab va qoidalardir. Prinsiplar boshqaruv
qonuniyatlarini ifodalaydi.
Pedagogik tizimni boshqarishning asosiy prinsiplariga quyidagilar kiradi:
- boshqaruvni demaratizatsiyalashtirish va insonparvarlashtirish;
- boshqarishni tizimliligi va yagonaliligi;
- boshqarishda markaz va hudud uyg‘unligi;
- boshqaruvda yakka boshqaruv va jamoatchilik uyg‘unligi;
- boshqaruvni ilmiy asoslanganligi;
- boshqarishda ma’lumotlarni to‘liqligi va haqqoniyligi.
Quyida ushbu prinsiplar mohiyatini ko‘rib chiqamiz.

3.

Boshqaruvni demaratizatsiyalashtirish va insonparvarlashtirish prinsipi. Pedagogik tizimni
boshqarishni demokratlashtirish kadrlarni tanlov, shartnoma asosida ishga qabul qilish, qabul
qilinayotgan qarorlarni ochiq muhokama etish, axborotlarning barcha uchun ochiq, tushunarli
bo‘lishiga erishish, ta’lim muassasasi jamoatchiligi oldida ma’muriyatning muntazam hisobot
berishi, o‘qituvchi va o‘quvchilarga ta’lim muassasasi hayotiga oid o‘z fikrlarini bildirishlariga
imkon berish, ta’lim muassasasida demokratik g‘oyalarning ustuvor o‘rin tutishini anglatadi.
Ta’lim tizimini boshqarishda shaxsga alohida hurmat bilan munosabatda bo‘lish, unga
ishonish, pedagogik faoliyatda subyektning subyektga munosabati darajasiga erishish, o‘quvchi
va o‘qituvchining huquq, manfaatlarini himoya qilish, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning o‘z
iste’dodlari, kasbiy mahoratlarini erkin namoyon etish uchun sharoit yaratish esa pedagogik
tizimni boshqarishning insonparvarlik tamoyiliga asoslanganligini bildiradi.
Boshqarishni tizimliligi va yagonaliligi prinsipi. Rahbar ta’lim muassasasini
boshqarishga nisbatan tizimli yondashuv asosida ta’lim muassasasini bir butun yaxlit tizim
sifatida ko‘ra oladi, uning belgilari haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Tizimning birinchi
belgisi uning yagonaligi hamda bo‘laklar, tarkibiy qismlarga ajratish mumkinligi; ikkinchi
belgisi tizim ichki tuzilishining mavjudligi; uchinchi belgisi tizimning integratsiyalanishi
sanaladi (yagona tizimning har bir tarkibiy qismi o‘ziga xos sifatga ega bo‘lishi bilan birga
o‘zaro harakat orqali qaytadan integratsiyalanishi bilan yangi sifat hosil bo‘ladi); to‘rtinchi
belgisi esa ta’lim muassasalarining tashqi muhit bilan chambarchas bog‘ liqligidir (ta’lim
muassasalari tashqi muhitga moslashib, ta’lim jarayonini qayta quradi va belgilangan
maqsadlarga erishish uchun tashqi muhitni o‘ziga bo‘ysundiradi). Boshqaruvdagi tizimlilik va
yagonalik rahbar bilan pedagogik jamoa o‘rtasidagi o‘zaro harakat va aloqani ta’minlaydi, bir
yoqlama boshqaruvning oldini oladi.
Boshqarishda markaz va hudud uyg‘unligi prinsipi. Boshqaruvni markazlashtirish
keragidan ortiq bo‘lganda, albatta, ma’muriy boshqaruv kuchayadi. Bu holat o‘qituvchilar va
o‘quvchilarning ehtiyojlari, talab-istaklarini hisobga olmaslikka, rahbar va o‘qituvchilarning
keraksiz mehnat, vaqt sarflashlariga olib keladi. Shuningdek, birga boshqarishni
markazlashtirilmaslik ham pedagogik tizim faoliyatini susaytiradi. Shu bois boshqarishni
markazlashtirish va markazlashtirmaslik o‘rtasida o‘zaro uyg‘unlikka erishish zarur. Ta‟lim
muassasasi ichidagi boshqaruvda markazlashtirish va markazlashtirmaslikni uyg‘unlashtirish
ma’muriy hamda jamoatchilik boshqaruvi rahbarlarining faoliyatini jamoa manfaatiga qaratib,
kasb malakasi darajasida qarorlarni qabul qilishga sharoit yaratadi.Boshqaruvda yakka
boshqaruv va jamoatchlik uyg‘unligi prinsipi.Tamoyilning afzalligi ta’lim muassasasini
boshqarishda yakka hokimlikka yo‘l qo‘ymaslik bilan belgilanadi. Boshqarish faoliyatida
o‘quvchilarning tajribalari, bilimlariga tayangan holda turli qarashlarni taqqoslash, oqilona
xulosalar chiqarishmuhim sanaladi. Vazifalarni jamoa yordamida hal qilish har bir a’zoning
javobgarligini yo‘qqa chiqarmaydi. Shu bilan birga boshqaruvda yakkahokimlikning namoyon
bo‘lishi ham ma’lum afzalliklarga ega. Ya’ni167 yakkahokimlik pedagogik jarayonda tartibintizom, vakolat doirasi va unga amal qilishni ta’minlaydi. Shu sababli qarorni qabul qilishda
kollegial yondashuv ma’qul sanalsa, qarorning ijrosini ta’minlashda yakkahokimlikka
bo‘ysunish zarurdir. Ta’lim tizimini boshqarishning davlat-jamoatchilik xarakteri bu tamoyilni
amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitni yaratadi.Boshqaruvning ilmiy asoslanganligi
prinsipi. Ushbu prinsip boshqaruv tizimini boshruv fanining so‘nggi yutuqlari asosida tashkil
etishni ifodalaydi. Rahbar pedagogik tizim va jamiyat rivojlanishining obyektik tendensiyalarini,
qonuniyatlarini tushunishi va hisobga olishi zarur. Boshqaruvni ilmiy asoslanganligi prinsipiga
amal qilish pedagogik tizimni boshqarish holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘liqligiga va
ishonchliligiga bog‘liq.
Boshqarishda ma‟lumotlarni to„liqligi va haqqoniyligi prinsipi.
Ta’lim tizimini boshqarish samaradorligi axborotlarning qanchalik aniq va to‘liqligiga
ham bog‘liq. Agar axborotlar aniq bo‘lib, to‘liq yig‘ilsa-da, biroq ular haddan ziyod ko‘p bo‘lsa
ham qaror qabul qilishda yanglishishga olib keladi. Ko‘p holatlarda ta’lim muassasalarida
o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘iladi. Biroq ularning qiziqishlari,

4.

xulq-atvorlari, shaxs sifatida shakllanayotganliklarga e’tibor berilmaydi. Xuddi shu sababli,
tarbiya jarayonida o‘quvchilar xulqida ko‘plab og‘ishlar kuzatiladi.
Pedagogik tizimni boshqarish aniq metodlar yordamida amalga oshiriladi. Boshqaruv
metodlari - bu ko‘zlangan maqsadga erishish yo‘lidir. Ular quyidagicha tavsiflanadi:
Boshqaruv obyektiga ko‘ra (Respublika miqyosida, hudud miqyosida);
Boshqaruv subyektiga ko‘ra (administrativ, xo‘jalik);
Maqsadiga ko‘ra (strategik, taktik, operativ);
Ta’sir mexanizmiga ko‘ra (ijtmoiy-siyosiy, tashkiliy-pedagogik);
Boshqaruv stiliga ko‘ra(avtoritar, demokratik, liberal);
Boshqaruv vaqtiga ko‘ra (istiqbolli, uzoq manzilli, joriy).
Boshqaruv shakllari turli tuzilish va yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin. Bularga: instruktivuslubiy va nazariy seminarlar, o‘quvchilar jamoasi majlisi, pedagogik kengashlar, maktab
konferensiyalari, pedagogik o‘qishlar v.b.
O„zbekiston Respublikasining Ta‟lim to„g„risdagi qonunining 3-bob. Ta‟lim tizimini
boshqarish deb nomlanib, unda quyidaglar aks etgan.
23-modda. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta‟lim sohasidagi
vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini
amalga oshiradi;
ta’lim sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qiladi;
ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan, pedagog kadrlarni va
ilmiy xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish, nodavlat ta’lim tashkilotlariga ta’lim xizmatlari
ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalar (bundan buyon matnda
litsenziya deb yuritiladi) berish, ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarga apostil qo‘yish tartibini
belgilaydi;
pedagogik kadrlarni ta’lim tashkilotlariga ishga qabul qilish va ular faoliyatini baholash
tartibini belgilaydi;
xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi hududida ta’lim
faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga doir ruxsatnomalar beradi;
xorijiy davlatlarda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini belgilaydi;
davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tasdiqlaydi va davlat tomonidan
tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar berish tartibini belgilaydi;
eksternat tartibida o‘qitishga yo‘l qo‘yilmaydigan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va
kasblar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
faqat davlat ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va
kasblar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlariga qabul qilish tartibini belgilaydi;
davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlarini, shuningdek davlat ishtirokida tashkil etiladigan
oliy ta’lim tashkilotlari (davlat ulushi bo‘lgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari, qo‘shma ta’lim
muassasalari, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan ta’lim muassasalari va
boshqalar) rektorlarini (rahbarlarini) lavozimga tayinlaydi hamda egallab turgan lavozimidan
ozod etadi;
ta’lim oluvchilarni akkreditatsiya qilingan bir ta’lim tashkilotidan boshqasiga ko‘chirish,
shuningdek ularni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibini belgilaydi;
ta’lim tashkilotlari reytingini aniqlash tartibini belgilaydi;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi;
mehnat bozori talablarini prognoz va tahlil qilish asosida ta’lim tashkilotlarida kadrlarni
tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmalarini shakllantiradi;
ta’lim tashkilotlariga nisbatan moddiy-texnik, infratuzilmaviy va parametrik talablarni
belgilaydi;

5.

darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash hamda nashr etish tartibini, shuningdek ularni
yetkazib berishga va ulardan ta’lim tashkilotlarida foydalanishga qo‘yiladigan talablarni
belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
24-modda. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta‟lim sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasining ta‟lim sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish
davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Ta’lim inspeksiyasi deb yuritiladi) ta’lim tizimida
o‘quv-tarbiya jarayoni, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish sifati ustidan nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga
oshiradigan, ta’lim sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organidir.
Ta’lim inspeksiyasi:
ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan, shuningdek ta’lim
tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazadi;
ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining sifati monitoringini amalga oshiradi;
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim
tashkilotlarining pedagog xodimlariga lavozimlar va malaka toifalarini berish jarayonini nazorat
qiladi hamda unda ishtirok etadi;
nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziyalar beradi;
ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlaydi;
aniqlangan ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlari yuzasidan tegishli davlat
boshqaruvi organlariga va ta’lim tashkilotlariga taqdimnomalar kiritadi.
Ta’lim inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi
mumkin.
25-modda. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod
va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining ta‟lim sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va
ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi:
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish va
tarbiyalash sohasida davlat siyosatini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun davlat ta’lim standartlarini tasdiqlaydi;
davlat ta’lim standartlariga muvofiq Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar
faoliyatini yagona tarzda muvofiqlashtirishni hamda unga uslubiy rahbarlik qilishni amalga
oshiradi;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning moddiy-texnika bazasini
mustahkamlaydi, mazkur maktablarda bino va inshootlarni ekspluatatsiya qilish ishlarini
monitoring qiladi va muvofiqlashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va
ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
26-modda. Ta‟lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlaridir.
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida:
ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
ta’lim sohasidagi tarmoq davlat dasturlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga
oshiradi;
ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlik qilishni
amalga oshiradi;
davlat ta’lim standartlari (shu jumladan maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standarti)
va davlat ta’lim talablarida kadrlarning ma’lumoti darajasiga va kasbiy tayyorgarligi sifatiga

6.

qo‘yilgan talablarning ta’lim tashkilotlari tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga
oshiradi;
davlat ta’lim standartlari (shu jumladan maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standartini) va
davlat ta’lim talablari ishlab chiqilishini ta’minlaydi va ularni tasdiqlaydi;
ta’lim oluvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini baholash tartibini belgilaydi;
professional ta’limning kasblar va mutaxassisliklar, oliy ta’limning bakalavriat ta’lim
yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari, shuningdek bilim sohalari va ta’lim sohalari
ro‘yxatini belgilaydi;
ta’lim-tarbiya jarayoniga o‘qitishning ilg‘or shakllari, yangi pedagogik texnologiyalar,
o‘qitishning texnik va axborot vositalari joriy etilishini ta’minlaydi;
ta’lim tashkilotlarida kadrlarning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirishga qaratilgan choratadbirlarni ishlab chiqadi, o‘quv dasturlarini takomillashtiradi;
o‘quv adabiyotlarini tayyorlash va nashr qilishni tashkil etadi;
o‘zlashtirishni baholashga, o‘quv jarayonini, ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat
attestatsiyasini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi, shuningdek eksternat
tartibida ta’lim oluvchilarning toifalarini belgilaydi;
davlat oliy ta’lim muassasalarining rektorlarini tayinlash to‘g‘risida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini tayyorlashni, qayta tayyorlashni va
ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
ta’lim tashkilotlarida moddiy-texnika resurslaridan foydalanishga doir talablarni ishlab
chiqadi;
ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
27-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta‟lim sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
ta’lim sohasidagi vakolati davlat boshqaruvi organlari bilan kelishilgan holda davlat ta’lim
muassasalarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, bundan respublika tasarrufidagi
ta’lim muassasalari mustasno;
o‘z vakolatlari doirasida tegishli hududda davlat ta’lim muassasalari uchun moliyalashtirish
hajmini belgilaydi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlari bilan ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish masalalari yuzasidan
hamkorlik qiladi;
davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarni (mikrouchastkalarni)
belgilaydi;
ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ta’lim tashkilotlariga ko‘maklashadi;
ta’lim oluvchilar uchun sifatli ta’limni, tarbiyani ta’minlash, ularning iste’dodini
shakllantirish va namoyon etish maqsadida joylarda ularga zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha
dasturlarni ishlab chiqadi;
o‘z vakolatlari doirasida ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklikni rivojlantiradi va
nodavlat ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirishga ko‘maklashadi;
umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham
amalga oshirishi mumkin.
28-modda. Ta‟lim tashkilotini boshqarish
Ta’lim tashkilotini boshqarishni tegishincha quyidagilar amalga oshiradi:
pedagogik kengash;
kuzatuv (vasiylik) kengashi;
oliy ta’lim tashkilotining kengashi;

7.

ta’lim tashkilotining rahbari.
Ta’lim tashkilotlarida jamoatchilik boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin.
Ta’lim tashkilotlarini boshqarishda va kadrlar tayyorlashda kadrlar talabgorlari ishtirok
etadi.
Respublika ta’lim tizimi davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga
oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari; ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va
rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik
muassasalar; ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek, ularga qarashli
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar kabi subyektlarni o‘z ichiga oladi. Ta’lim tizimini
maqsadi insonni ta’lim olish huquqini ta’minlash. Ushbu tizim faoliyatining samaradorligi
mezoni bu fuqarolarni ta’lim olganlik va tarbiyalaganlik darajasi hisoblanadi.
Ta‟lim to„g„risidagi qonunga muvofiq:
Ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari quyidagi vakolatlarga egadilar:
ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish; ta’lim muassasalari faoliyatini
muvofiqlashtirish va uslubiy masalalarda ularga rahbarlik qilish;
davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb tayyorgarligiga bo‘lgan
talablar bajarilishini ta’minlash;
o‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va
axborot vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etish;
o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish va nashr etishni tashkil qilish; ta’lim
oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim muassasalarida eksternat
to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash;
davlat oliy ta’lim muassasasining rektorini tayinlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni va qayta tayyorlashni
tashkil etish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga egalik qilish.
Maktabga bevosita rahbarlik boshqarishning yuqori organlar tomonidan tayinlanadigan
direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasasi direktorining vazifasi quyidagilardan iborat:
davlat va jamoat tashkilotlari oldida ta’lim muassasasining manfaatlarini ifodalash;
o‘quv-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatini ta’min etish;
o‘quv dasturlarining bajarilishini nazorat qilish, ta’lim-tarbiya ishlarining sifati va
samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablarining rioya qilinishi, ta’lim
muassasasidan tashqarida ma’naviyat ishlarini tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni
yaratish;
pedagogik va rahbar kadrlarni tanlab joy-joyiga qo‘yish, ularning vazifalarini
belgilash, pedagogik kadrlar, kabinet va ustaxona mudirlarini belgilash, sinf va guruh
rahbarlarini tanlash, pedagog va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ishga qabul qilish hamda
bo‘shatish;
ta’lim muassasasi pedagogik xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazuvchi komissiyaga
rahbarlik qilish;
ta’lim muassasasi pedagogik xodimlarining ijodiy ishlari, ta’lim- tarbiyaning ilg‘or shakl va
usullarini qo‘llashlari uchun shart-sharoitlarni yaratish
ta’lim muassasasiga ajratilgan moliyaviy mablag‘lar, sarf-xarajat hisobini yuritish;
- ta’lim muassasasi me’yoriy hujjatlarining to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash;
- ta’lim muassasasi Pedagogik kengashi, mahalliy hokimlik organlari oldida o‘z faoliyati
to‘g‘risida hisob berib turish.
Ta’lim muassasasi direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan
quyidagi vazifalar bajariladi:
- o‘quv haftasi va o‘quv mashg‘ulotlarining davomiyligini ta’minlash;

8.

- dars jadvalini tuzib chiqish, jadvalga binoan darslarning o‘z vaqtida samarali
o‘tkazilishini ta’minlash;
- har bir chorak oxirida, semestr davomida direktor va ta’lim muassasasi Pedagogik
kengashi a’zolariga o‘quv jarayonining borishi xususidagi axborot va ma’lumotlarni berib
borish;
- yosh mutaxassislarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
- sinf va guruh jurnallarini to‘g‘ri yuritish va saqlanishiga javob berish;
- o‘quvchilarning bilim darajasini reja asosida tahlil qilib borish;
- o‘quvchilar tomonidan davlat dasturlarining bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish.
Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari quyidagi vazifalarni hal
qiladi:
ta’lim muassasasida o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish, jamoat tashkilotlari, mahalla,
ota-onalar bilan aloqani ta’minlash;
ta’lim muassasasi va undan yuqori miqyosda o‘tkaziladigan darsdan tashqari tadbirlarni
rejalashtirish hamda amalga oshirish;
ta’lim muassasasi o‘quvchilarining sinf, guruh yoki ta’lim muassasasidan tashqari olib
borayotgan mashg‘ulotlarini kuzatib borish, ularga amaliy va metodik yordam uyushtirish;
ta’lim muassasasidagi «Yoshlar yetakchisi»ning ishini nazorat qilish va unga yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatish.
Ta‟lim muassasalari, ularning turlari va tashkiliy tuzilmasi
Ta’lim to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra: Ta’lim muassasasining Nizomi ta’lim muassasasi
faoliyatiga rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi hujjatdir.
Ta’lim muassasasining Nizomida muassasaning joylashgan o‘rni, turi, ta’lim tili, guruh
rahbarlari, o‘qituvchilarning huquq va burchlari, ta’lim oluvchilar, ota- onalarning huquq va
burchlari, ta’lim muassasasining iqtisodiy tuzilishi, xo‘jalik faoliyati, boshqarish tartibi kabi
ma’lumotlar yoritiladi.
Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim jarayonining quyidagi ikki muhim tarkibiy jihati
ajratib ko‘rsatiladi:
davlat ta’lim standartida belgilangan bilimlar zaxirasini egallash yo‘lida amaliy
harakatlarni tashkil etish tartibi;
ta’lim oluvchilarda bilim, ko‘nikma, malakalarni hosil qilishni tashkil etish (savodxonlik,
mustaqil fikrlash, masalalarni yecha olishga o‘rgatish).
Shuningdek, ta’lim muassasasining Ustavida muassasani boshqarishga qo‘yiladigan
talablar, o‘qituvchi, o‘quvchilar, ta’lim muassasasi rahbarlarining huquq va burchlari ham
alohida ajratilib ko‘rsatiladi.
Ta’lim muassasasining Ustavi quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega:
Ta’lim muassasasi haqidagi qisqacha ma’lumotlar.
Ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari.
Ta’lim muassasasini boshqarish:
a) ta’lim muassasasini boshqarishning oshkoralik, demokratik va o‘z-o‘zini boshqarish asosida
amalga oshirilishi;
b) pedagogik jamoa Kengashi;
d) direktorning huquq va burchlari;
e) direktorning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining huquq va burchlari;
f) ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining huquq va burchlari.
O‘quv-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish:
a)
ta’lim mazmunining davlat ta’lim standartlari bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv reja
va dasturlari asosida belgilanishi;
b)
o‘quv jarayonini tashkil etish;
d)
iqtidorli yoshlar bilan ishlash;
e)
ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish tartibi;

9.

f) qo‘shimcha pulli mashg‘ulotlarni joriy etish;
g) kunlik ish tartibi (seminar, mashg‘ulotlarning davom etishi, tanaffuslar, uy
vazifalarini berish tartibi va h.o.).
O‘qituvchining huquq va burchlari.
O‘quvchining huquq va burchlari.
O‘quv-ishlab chiqarish ta’limi ustalari, ma’muriy hamda yordamchi xodimlarning huquq
va burchlari.
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, majburiyatlari va
mas’uliyatlari.
Ta’lim muassasasining moddiy va moliyaviy xo‘jalik ta’minoti.
O„zbekiston Respublikasida ta‟lim: maktabgacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini
oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim kabilarni o‘z ichiga oladi.
Maktabgacha ta’lim bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini
ta’minlash, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otish, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlash
maqsadini ko‘zlaydi.
Maktabgacha ta’lim oilalarda, maktabgacha ta’lim muassasalarida va mulk shaklidan qat’i
nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim:
boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar);
umumiy ta’lim (V-IX sinflar) kabi bosqichlarda tashkil etiladi.
Boshlang‘ich ta’lim 6-7 va 10-11 yoshli bolalarda umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur
bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirish maqsadini amalga oshirishga
yo‘naltirilgan.Umumiy o‘rta ta’limning maqsadi o‘quvchilarga fanlar asoslari bo‘yicha
muntazam bilim berish, ularda o‘quv-ilmiy, umummadaniy bilimlarni, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash
qobiliyatini, atrof-muhitga bo‘lgan ongli munosabatni shakllantirishdan iborat.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining maqsadi ishlab chiqarishning birinchi bo‘g‘inidagi
tashkilotchi va ish boshqaruvchilarni, oliy toifali mutaxassislarning yordamchilarini, yuqori
ko‘nikma, malakalarni talab qiluvchi ma’lum bir turdagi ishni mustaqil bajara oladigan, o‘z
ishining ustalari bo‘lgan - texnik, agronom, boshlang‘ich sinf va jismoniy tarbiya fani
o‘qituvchilari, feldsher, stomatolog, konsertmeyster kabi mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiy xarakterga egaligi umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining bitiruvchilari akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida ta’lim olishga majbur
ekanliklarini anglatadi.O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ixtiyoriy xarakterga egaligi esa
umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilarining o‘z xohishlariga binoan o‘qish yo‘nalishini akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida ta’lim olishni ixtiyoriy tanlash huquqiga
egaliklarini bildiradi.
Akademik litseylar o‘quvchilarning imkoniyatlari, qiziqishlariga ko‘ra ularning jadal
intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim
olishlarini ta’minlash maqsadida davlat ta’lim stan- dartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim
beradigan, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.
Oliy ta’lim tizimida turli yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni
tayyorlash vazifasi hal qilinadi.
Oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash oliy o‘quv yurtlari (universitet, aka- demiya,
institut va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalari)da amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim ikki bosqich (bakalavriat va magistratura)da tashkil etiladi.
Nazorat uchun savollar
1.Pedagogik tizimni boshqarish deganda nimani tushunasiz?
2.Pedagogik tizimni boshqarish prinsiplarini tavsiflang.
3.Pedagogik tizimni boshqarish metodlari mohiyatini tushuntiring.
4.O‘qituvchi boshqaruvning subyekti va obyekti bo‘lishi mumkinmi

10.

5.O‘zbekistonda ta’lim tizimi va uni boshqaruv organlari.
6.Ta’lim muassasalari, ularning turlari va tashkiliy tuzilmasi.
Ma‟ruzada talabalarga beriladigan topshiriq:
1.Ta‘lim sohasidagi Davlat siyosatining asosiy tamoyillari mohiyatini izohlab bering
2. Ta‘lim tizimi deb nimaga aytiladi?
3. Uzluksiz ta‘lim tizimi bosqichlarini sanab o‘ting.
4. Umumiy o‘rta ta‘lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining asosiy vazifalari
nimalardan iborat?
5. Oliy ta‘lim bosqichlari, ularning mohiyatini yoritib bering.
6. Riojlangan xorijiy mamlakatlarning ta‘lim tizimi O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim tizimidan
farq qiladimi? Farqli jihatlarni ko‘rsating.
7.Pedagogik menejment mohiyati va shakllanishi tushuncha.
8.Pedagogik menejmentning predmeti, maqsad va vazifalari nahlil eting .
9.Pedagogik menejmentning ilmiy-tadqiqot metodlarni sanab o‘ting.
10.Tizim, pedagogik tizim va didaktik tizim tushunchalarini izohlang.
11.Pedagogik boshqaruvning tizimli tavsifilang
12.Pedagogik tizimning tarkibiy qismlari haqida malumot bering
English     Русский Rules