Similar presentations:
16-§. Jahon energetikasi geografiyasi
1. ASSALOMU ALAYKUM !
Бисмиллаҳир Роҳманир РоҳиймASSALOMU ALAYKUM !
@geography_method
2. 16-§. Jahon energetikasi geografiyasi
Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм16-§. Jahon energetikasi geografiyasi
3.
4. Sanoat jahon, turli mintaqa va davlatlar iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘I hisoblanadi. Uning tarmoqlari orasida yoqilg‘I
energetika tarmog‘i alohida o‘rin egallaydi. Elektr energetikasanoatning muhim tarmog‘i hisoblanib, boshqa sohalarning rivoji
uchun asos yaratib beradi.
5. Shu sababli mazkur tarmoq so‘nggi yillarda tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Neft, ko‘mir, gaz va elektr energetika sanoatlari
yoqilg‘i-energetika majmuasiningasosiy tarmoqlaridir.
6. Neft sanoati.
So‘nggi 70 yil mobaynida jahonda neft qazishning yalpi hajmi8,5 barobar ortgan (28-rasm).
7. Neftga bo‘lgan talab yuqoriligi sababli dengiz sayozligidagi neft havzalari (masalan, Shimoliy dengiz, Meksika, Gvineya,
Kaliforniyako‘rfazlari) ham ishga tushirilmoqda. Norvegiya, Buyuk Britaniyada
aynan shu hududlar qazib olinadigan neftning 100% ini, AQSHda esa
50% ini beradi.
8.
2020-yil jahon bo‘yicha jami 4,2 milliard tonna neft qazibolingan bo‘lib, uning katta qismi OPEK tashkilotiga a’zo
davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan (29-rasm).
9.
OPEK – Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti. Tashkilotningbosh qarorgohi Avstriya poytaxti Vena shahrida joylashgan (30rasm). 1.01.2022-yil holatiga ko‘ra Osiyo, Afrika va Lotin
Amerikasining 13 ta davlat a’zosi hisoblanadi (31-rasm).
10. OPEK davlatlari (Angola, Birlashgan Arab Amirliklari, Ekvatorial Gvineya, Eron, Gabon, Jazoir, Iroq, Kongo, Kuvayt, Liviya,
Nigeriya, Saudiya Arabistoni, Venesuela) hududida jahon neftzaxiralarining ⅔ qismi to‘plangan bo‘lib, ular yillik neft qazishning
⅓ qismini ta’minlab bermoqda.
11. Hozirgi kunda Janubi-g‘arbiy Osiyo, Shimoliy Amerika va Yevropa (MDH bilan birga) mintaqalari jahonda qazib olinadigan “qora
oltin”ning deyarli ⅔ qismini bermoqda.12. 2020-yil yakunlariga ko‘ra, davlatlar orasida neft qazib olish bo‘yicha AQSH (712,7 mln t), Rossiya (524,4 mln t), Saudiya
Arabistoni (519,6 mln t), Kanada (252,2 mln t) hamda Iroq (202,0mln t) yetakchilik qilgan.
13. Mazkur davlatlar hissasiga jami qazib olingan neftning 53% iga yaqin qismi to‘g‘ri kelgan. Saudiya Arabistoni, Rossiya, BAA,
Kuvayt, Iroq kabi davlatlar yirik neft eksportyorlari hisoblansa,AQSH, Xitoy, Yaponiya, G‘arbiy Yevropa davlatlari esa asosiy
neft sotib oluvchi davlatlar guruhini tashkil etadi (30-rasm).
14. Jahondagi yirik neftni qayta ishlash zavodlari yirik neft konlari asosida yoki iste’molchilarga yaqin hududlarda joylashgan.
Jahon mintaqalari orasida Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo,davlatlar orasida esa AQSH, Xitoy, Rossiya neftni qayta ishlash
bo‘yicha peshqadamlik qiladi.
15. Gaz sanoati
Tabiiy gaz yoqilg‘i sifatida boshqa yoqilg‘i turlaridan ekologikjihatdan nisbatan bezarar energiya manbai ekani bilan ajralib turadi.
Shu bilan birga, u qazib olish tannarxining arzonligi, issiqlik berish
quvvatining yuqoriligi kabi xususiyatlarga ham ega.
16. Ma’lumotlarga ko‘ra, gazning jahon bo‘yicha umumiy isbotlangan zahirasi 188,1 trillion m3 ni tashkil etadi. So‘nggi vaqtlarda
gaz qazibolish hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Agar 1950-yil u 200 milliard
m3, 2000-yil esa 2420 milliard m3 ni tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yilga
kelib, 3854 milliard m3 ga yetdi
17. Gaz qazib olish bo‘yicha Osiyo, Shimoliy Amerika, Yevropa mintaqalari yetakchi bo‘lsa, davlatlar orasida AQSH (914,6 milliard
m3), Rossiya (638,5 milliard m3), Eron (250,8 milliard m3),Xitoy (194,0 milliard m3), Qatar (171,3 milliard m3) peshqadam.
18. Suyultirilgan gaz
Tashish va saqlashda qulay bo‘lishi uchun sun’iy ravishda−160 °C haroratgacha sovutilgan tabiiy gaz.
19. Tabiiy gaz suyuq holatga o‘ tkazilishi jarayonida o‘rtacha hisobda 600 marotabagacha siqiladi. Bu maxsus gaz tashuvchi
tankerlar yordamida uni qit’alararo eksport qilish imkonini beradi(31-rasm).
20. Jahonning 30 taga yaqin davlatlarida suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi. Qatar, Avstraliya, Malayziya kabi davlatlar ular
orasida yetakchilik qiladi. Yaponiya, Xitoy, Koreya Respublikasisuyultirilgan gazning asosiy iste’molchilaridir.
21. Ko‘mir sanoati
Qo‘ng‘ir va toshko‘mir asosan elektr stansiyalarida yoqilg‘isifatida, qora metallurgiya va kimyo sanoatlarida foydalaniladi.
22. E’tiborlisi shundaki, qazib chiqarilayotgan ko‘mir asosan o‘sha davlatlarning o‘zida iste’mol qilinadi, eksportga esa ancha kam
qismi chiqariladi.23. Ishlab chiqarishda neft va tabiiy gazdan keng miqyosda foydalanish ko‘mirga bo‘lgan talabning kamayishiga sabab bo‘ldi.
Ko‘mirning aniqlangan zaxiralari 1074,0 milliard tonnanitashkil etgan holda, jahon bo‘yicha yillik qazib olish miqdori 7,7
milliard tonnaga teng (2020-y.).
24. Qazib olingan ko‘mirning 50%i Xitoy (3,9 milliard t) hissasiga to‘g‘ri keladi. Hindiston (756,5 mln t), Indoneziya (562,5 mln
t), AQSH (484,7mln t), Avstraliya (476,7 mln t) kabi davlatlar ham shu soha
peshqadamlari hisoblanadi. Jahon mintaqalari orasida ko‘mir qazib
olish hajmi Osiyo, Shimoliy Amerika va Avstraliyada yuqori.
25. Elektr energetika sanoati
Jahonda 2020-yil taxminan 27 trln kW・h elektr energiyasi ishlabchiqarilgan.
26. Xitoy (7,8 trln kW・h), AQSH (4,3 trln kW・h), Hindiston (1,6 trln kW・h), Rossiya (1,1 trln kW・h), Yaponiya (1,0 trln kW・h) kabi
Xitoy (7,8 trln kW・h), AQSH (4,3 trln kW・h), Hindiston (1,6 trln kW・h), Rossiya (1,1 trln kW・h), Yaponiya (1,0 trln kW・h) kabi
davlatlar eng ko‘p elektr energiyasini ishlab chiqaradi.
27. Elektr energiyasini ishlab chiqarishda an’anaviy (issiqlik, gidro va atom elektr stansiyalari) yo‘nalishlar ulushi deyarli 99%
nitashkil etadi. Muqobil energiya manbalarining (quyosh, shamol,
suv qalqishi, geyzerlardan olinadigan energiya) salmog‘i esa
ancha past.
28. Issiqlik elektr energetikasi
Elektr energetikasanoatining yetakchi
tarmog‘i hisoblanib,
ko‘mir, gaz
va neft hamda
ularning qoldiqlari
asosida issiq bug‘ va
elektr energiyasi
ishlab chiqaradi.
29. Niderlandiya (97%), JAR (91%), Polsha (87%), Ruminiya (83%), Meksika (82%) kabi davlatlarida ishlab chiqarilayotgan elektr
energiyasining asosiy qismi IESlarga to‘g‘ri keladi.30. Tuoketuo, Tayjun (Xitoy), Surgut GRES-2 (Rossiya) jahondagi eng yirik IESlar hisoblanadi (32-rasm).
12
3
31. Suv oqimining energiyasini gidravlik turbinalar yordamida elektr energiyasiga aylantirishga tayanadi. GESlar suvi ko‘p bo‘lgan
Gidroelektr energetikaSuv oqimining
energiyasini gidravlik
turbinalar yordamida
elektr energiyasiga
aylantirishga tayanadi.
GESlar suvi ko‘p
bo‘lgan tog‘ daryolariga, vodiylarining
toraygan joylariga
quriladi.
32. Norvegiya (99%), Braziliya (92%), Albaniya (90%), Kolumbiya (70%) kabi davlatlarda elektr energiyasining asosiy qismi GESlarda
ishlab chiqariladi.Eng katta GES - «Uch dara» GESi
33. Atom elektr energetikasi
Elektr energetikaning fan-texnika inqilobi davrida rivojlanishniboshlagan, murakkab texnologik jarayonlarni o‘zida
mujassamlashtirgan tarmog‘i.
34. Hozirgi kunda jahonning 30 tadan ortiq davlatida AESlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Obninsk AES 1954-yilishga tushgan.
35. Eng yirik AESlar Yaponiya, AQSH, Fransiya, Germaniya, Rossiya kabi davlatlar hududida joylashgan. Fransiya (72%), Belgiya
(61%), Koreya Respublikasi (54%) AESlar asosida olinuvchielektr energiyasi ulushi eng yuqori bo‘lgan davlatlar hisoblanadi.
Eng katta AES - Kasivadzaki-Kariva AESi
36. Noan’anaviy energiya manbalari
So‘nggi yillarda jahonmamlakatlarida
ekologik jihatdan
xavfsiz muqobil
energiya manbalariga
(quyosh, shamol, suv
qalqishi, geotermal
energiya) bo‘lgan
talab ortib bormoqda.
37. Ular asosida ishlovchi elektr stansiyalari atrof-muhitga deyarli salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
38. Geotermal energiyadan foydalanish AQSH, Rossiya, Filippin, Italiya, Islandiya kabi davlatlarda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa,
39. Fransiya, Kanada, Rossiya, Xitoyda dengiz qalqishidan,
40. Yevropaning bir qator davlatlari (masalan, Niderlandiya, Germaniya), AQSHda shamoldan,
41. AQSH va Fransiyada esa quyoshdan elektr energiyasini olish faol rivojlanmoqda.
42. Biomassa asosida islaydigan elektr stansiya
43.
44. © Foydalanilgan adabiyotlar:
• V. N. Fedorko, N. I. Safarova, J. A. Ismatov, E. Y. Nazaraliyeva– Geografiya(Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
10- sinf o‘quvchilari uchun darslik, Respublika ta’lim markazi, 2022
• @edurtm_uz
45. © Internet manbalari:
www.wikipedia.org
www.kklike.net
www.constructionplacements.com
www.сезоны-года.рф
www.mskgazeta.ru
www.nsenergybusiness.com
www.shell.us
www.ria.ru
www.cnbc.com
www.russian.rt.com
www.market-prices.com
www.nytimes.com
www.promdevelop.com
www.en.mercopress.com
www.oilprice.com
46. © Internet manbalari:
www.iran.ru
www.m.infox.ru
www.sovet-ingenera.com
www.orient.tm
www.aa.com.tr
www.worldatlas.com
www.oilcapital.ru
www.nsenergybusiness.com
www.сферанефтьигаз.рф
www.neftegaz.ru
www.exports.com
www.canberratimes.com.au
www.caixinglobal.com
www.glavnerud.ru
www.eenergy.media
47. © Internet manbalari:
www.naruservice.com
www.treehugger.com
www.blog.bizvibe.com
www.energy.economictimes.indiatimes.com
www.valuewalk.com
www.dekatop.com
www.gazeta.ru
www.power-and-beyond.com.
www.realty.ria.ru
www.new.siemens.com
www.inf.news
www.moneymakerfactory.ru
www.ren.ldp.no
www.ihsmarkit.com
www.russian.rt.vom
48. © Internet manbalari:
www.fee.org
www.which.co.uk
www.electricalschool.info
www.ultraprogress.ru
www.youtube.com
www.researchgate.net
www.windpowermonthly.com
www.solarpowereurope.org
49.
© Qambarov AlimbekXatolari bo‘lishi mumkin, tekshirib ko‘ring.
Qambarov Sirojiddin tomonidan to‘plandi va
Telegram manzil:
• География методика
@geography_method
tartiblandi.
geography