Similar presentations:
3 Dinshunoslik 3- mavzu (1)
1.
Buddaviylikdini.
Qo’qon universiteti,
Ta’lim kafedrasi o’qituvchisi
Sanginova Gulnoza
Dinshunoslik
2.
Reja:1. Buddaviylik dinining paydo bo‘lish tarixi,
asosiy ta’limotlari, oqimlari va manbalari.
2. Tripitakan va buddaviylikning muqaddas
manbalari. O‘rta asrlarda Dzen buddaviylik
ta’limoti.
3. O‘zbekistonda buddaviylik dinining tarixiy
ildizlari (Qaratepa, Fayoztepa, Dalvarzintepa)
va hozirgi zamon.
Gulnoza Sanginova
3.
Buddaviylik dinining paydobo‘lish tarixi
Buddizm (Budda nomidan olingan),
Buddaviylik — jahonda keng tarqalgan
dinlardan biri (xristianlik va islom dini bilan
birga). E’tiqod qiluvchilar taxminan 500
mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda
Hindistonda paydo boʻlgan.
Rivoyatlarga koʻra,
Buddizmga Siddhartha
Gautama (Budda) asos solgan.
Gulnoza Sanginova
4.
Buddizmda2 asosiy
yoʻnalish mavjud:
Xinayana
Maxayana
• Va yana juda koʻp sekta va
mazhablarga boʻlinadi.
• Boshqa dinlardan farqli
ravishda Buddada hech bir
oʻzgarmas narsa yoʻq, hatto
XUDO ham oʻzgaruvchan, deb
uqtiriladi. Faqat on yoki
lahzalar silsilasi mavjud boʻlib,
ularning har biri yoʻqolib,
keyingisiga oʻrin beradi.
BUDDA TIMSOLI
Gulnoza Sanginova
5.
Buddizm tarixi• Buddizm tarixi 2500-yildan
Budda aslida shunday ko'rinishga ega edi
ortiq davrni oʻz ichiga oladi.
Unga dastlab braxmanizm
va jaynizmni taʼsiri kuchli
boʻlgan.
• Imperator Ashoka (miloddan
avvalgi 3-asr) davrida
Buddizm kuchli mustaqil din
sifatida shakllandi.
• 9 asr muvaffaqiyatli faoliyat
koʻrsatgan.
Gulnoza Sanginova
6.
Gulnoza SanginovaBuddizm tarixi
Buddizm Hindistonda inqirozga yuz tuta boshladi va pirovardida bu
yerda uning oʻrnini xinduizm toʻliq egalladi. Ammo Buddizm Shri
Lanka, Jan. Sharqiy Osiyo va Markaziy Osiyo orqali Xitoy, Koreya,
Yaponiya va Tibetga yoyilib ulgurgan edi. Shri Lanka va Jan. Sharqiy
Osiyoning materik qismida Buddizm txeravadasi (qad. anʼanalarga
sodiqlik), Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetda esa maxayana
(yangicha yondashuvlar) tarqaldi. 15-asrda Osiyo qitʼasida paydo
boʻlgan yevropaliklar Buddizm bilan tanishdilar. Ularning baʼzilari
Buddizmga kirgach, Angliya, Germaniya, AQShda oʻz jamoalarini
tashkil etdilar. Xitoylik va yaponiyalik muhojirlar bu eʼtiqodni Gavay
orollari va AQShning gʻarbiy sohillariga olib keldilar. Hozirgi paytda
AQShga koʻplab yapon va tibet rohiblari hamda olimlarining kirib
kelishi natijasida mamlakat boʻylab yirik Buddizm jamoalari tashkil
topdi. Buddizmning bir necha xalqaro tashkilotlari ham mavjud.
7.
YA’NIBuddaviylikning tarqalishi
❑ Eramizdan avvalgi 1 ming yillik oxirlarida Shri-Lankaga va O‘rta
Osiyoga,
❑ Eramizning I asrida Xitoyga,
❑ IV asrda Koreyaga,
❑ VI asrda Yaponiyaga,
❑ VII asrda Tibetga,
❑ XIII asrdan XVI asrgacha Mongoliyaga,
❑ XVII asrdan XVIII asrlargacha Buryatiya va Tuvaga,
❑ XIX-XX asrlarda Amerika va Yevropa qit'alariga buddaviylik kirib
borgan.
Gulnoza Sanginova
8.
Budda ta’limoti➢Qadimiy Hind diniy - falsafiy ta'limotlari
asosida vujudga kelgan, amaliyot va
nazariyotdan iborat diniy tizimdir.
➢ Uning asosi «Hayot - bu azob,
uqubatdir» va «najot yo‘li mavjud»
degan g‘oyadir.
➢Buddaning ilk da'vati---mujassamlashgan 4 HAQIQATDA o‘z
ifodasini topgan.
Gulnoza Sanginova
9.
1. Birinchi haqiqat - «Azob uqubat mavjuddir»Har bir tirik jon boshidan kechiradi, shuning uchun har
qanday hayot - qiynoq, azobuqubatdir.
2. Ikkinchi haqiqat - «Qiynoqlarning sabablari mavjuddir»
Inson moddiy narsalar yoki ma'naviy qadriyatlardan
foydalanib, ularni haqiqiy va doimiy deb hisoblaydi va
doimo ularga ega bo‘lishga intiladi.
3. Uchinchi haqiqat - «Qiynoqlarni tugatish mumkin»
Yaxshi yoki yomon niyatlar, intilishlardan butunlay uzilish
Nirvana (ruhning oliy maqomga erishishi) holatiga to‘g‘ri
keladi.
4. To‘rtinchi haqiqat - « Qiynoqlardan qutilish yo‘li
mavjuddir»
Bu yo‘l - «Sakkizta narsaga amal qilish, to‘g‘ri tushunish,
to‘g‘ri harakat qilish, to‘g‘ri muomalada bo‘lish, fikrni to‘g‘ri
jamlash» (Meditatsiya).
Gulnoza Sanginova
10.
Buddizm ta'limotiasosan
uch qismdan
iborat:
1. Meditatsiya
2. Ahloq
3. Donolik
Meditatsiya
Gulnoza Sanginova
11.
Tripitaka va buddaviylikningmuqaddas manbalari.
Buddaviylik ta'limoti bir qator devon
shakliga keltirilgan to'plamlarda
bayon qilingan.
Devonlardan eng asosiysi
Tripitaka (yoki Tipitaka)
–
savat ma'nosini anglatadi. U
uch qismdan iborat bo'lganligi uchun
shunday nom bilan atalgan.
Gulnoza Sanginova
12.
Tripitaka• Tripitaka milodning boshlarida
shakllangan. Ular - budda targ'ibotining
haqiqiy bayoni hisoblangan.
Tripitaka kitobi
Pali tilida “Tipitaka” —
buddizm yozuvlari toʻplami
hisoblanadi.
Gulnoza Sanginova
13.
TripitakaKeyinchalik shakllangan
❑SANSKRIT
❑XITOY
❑TIBET
❑ KXMER
❑ YAPON
tillaridagi buddaviylikka oid
adabiyotlar ancha keng tarqalgan,
ammo ularning tarixiy qiymati
kamroq. Budda hayotiga tegishli
rivoyatlarning barchasi
Tripataka yozuvlari
Tripitakada
jamlangan.
Gulnoza Sanginova
14.
Tripitaka (yoki Tipitaka) –UCH SAVAT ma'nosini
anglatadi. U uch qismdan
iborat bo‘lganligi uchun
shunday nom bilan
atalgan.
BUDDAVIYLIK
MANBALARI
❖ Sutta-pitaka - budda targ‘ibotining
haqiqiy bayoni hisoblangan sutra
matnlari;
❖ Vinaya-pitaka - rohiblik ahloqi va
xonaqohlar nizomlariga bag‘ishlangan
vinaya matnlari;
❖ Abxidxarma-pitaka -buddaviylikning
falsafiy va psixologik muammolarini
bayon qilib berishga bag‘ishlangan
abxidxarma matnlaridan iborat.
Gulnoza Sanginova
15.
O‘rta asrlarda Dzenbuddaviylik ta'limoti
Dzen — yapon tilidan olingan bo’lib, “tafakkur” degan m,a’noni anglatadi.
Dzen buddaviylik ta’limoti — Xitoy va butun Sharqiy Osiyo buddizmining eng muhim
maktablaridan biri hisoblanadi.
Dzen buddaviylik ta’limoti — V-VI-asrlarda Xitoyda Daosizmning katta ta’sirida
shakllangan.
Dzen buddaviylik ta’limoti — Xitoy, Vetnam va Koreyada maxayana buddizmining
hukmron monastir shaklidir.
Gulnoza Sanginova
16.
Dzen buddaviylik ta'limotiKeng ma’noda Dzen — tasavvufiy tafakkur maktabi yoki buddist
tasavvufdan vujudga kelgan ma’rifat ta’limotidir.
Tor ma’noda, Dzen ba’zan Yaponiyadagi buddizmning eng nufuzli
maktablaridan biri sifatida qaraladi.
O‘ziga xos milliy xususiyatlarga ega va XII asr oxirida Xitoydan kirib
kelgan.
Bundan tashqari, Dzen "dhyana" deb ham ataladigan Dzen
maktablarining amaliyoti sifatida tushuniladi.
Gulnoza Sanginova
17.
O‘zbekistonda buddaviylik dinining tarixiyildizlari (Qoratepa, Fayoztepa,
Dalvarzintepa) va hozirgi zamon
Kanishka, Vima Kadfiz va ulardan keyingi KUSHON IMPERATORLARI
buddizmni keng yoydilar. Buddaviylikni din an’analarini amalda
rivojlantirish, boshqa xalqlar o‘rtasida tarqatish uchun Balx, Marv,
Termiz, Samarqand, Buxoro, Shosh, Turkiston, Quva,
Koson, O‘sh, Bolosog‘un, Koshg‘ar va boshqa
shaharlarda buddizm takyagohlari va xonaqohlari, ibodatxonalarini
qurib, buddizmning muqaddas kitoblari, sutra va pastrilarni o‘rganish,
tarjima qilish va sharhlash uchun sharoit yaratib berdilar.
Gulnoza Sanginova
18.
FAYOZTEPA BUDDAVIYLIK IBODATXONASIFayoztepa buddaviylik ibodatxonasi
majmuasi
Gulnoza Sanginova
19.
Buddaviy yodgorliklardaolib borilgan arxeologik
tadqiqotlar
davomida
topilgan toshdan, loyganchdan tayyorlangan
haykallar,
devoriy
suratlar,
me’moriy
bezaklar, sopol idishlar,
baqtr,
kxarashti
va
braxma
yozuv
namunalari Kushon davr
Baqtriya
badiiy
madaniyatining yuksak
rivojlanganligidan
so‘z
yuritadi.
Gulnoza Sanginova
20.
Hozirgi Termizdagi QORATEPA, FAYOZTEPA,SAYRAM, QUVA va boshqa joylarda topilayotgan
budda haykalchalari yoki ularning parchalari,
Ayritomdagi ayvon peshtoqi parchasidagi buddaviy
musiqachilarning tasviri va boshqa osori atiqalar,
saroy va ibodatxonalar O‘rta Osiyodagi buddizm
haqida xabar beruvchi manbalardir.
Bu dinga tegishli yozma manbalar qadimgi turkiy
yozuvda, uyg‘ur bitiklarida va boshqa yozuvlarda
saqlanib qolgan.
Gulnoza Sanginova
21.
Qoratepa budda g‘oribodatxonalar
majmuasi
Gulnoza Sanginova
22.
DALVARZINTEPASurxondaryo viloyati
Kushon imperiyasi davrining
(eramizning I-IV asrlari) yodgorliklari
orasida Termizdan 60 km uzoqlikda
Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi
tumanida joylashgan qadimiy
Dalvarzintepa shaharchasi alohida o‘rin
egallaydi.
Ushbu obyektni batafsil o‘rganish 1967
yilda tarixchilar Galina Pugachenkova va
M.E. Masson tomonidan boshlangan.
Qadimgi shaharning shimoliy qismida
Baqtriya maʼbudasi ibodatxonasi va
noyob rasmlar topilgan.
Dalvarzintepa shaharchasi
Gulnoza Sanginova
23.
DalvarzintepaMazkur hududda miloddan
avvalgi I asrning
boshlarida barpo etilgan
budda ibodatxonasining
xarobalari topilgan, bu
O‘zbekistondagi eng
qadimgi buddaviylik
binosi hisoblanadi. Kushon
imperiyasi davrida bu
yerda shaharlar, tumanlar
va turar-joylar gullab- Ushbu joyda olib borilgan qazish ishlari
davomida fil suyagidan yasalgan turli xil
yashnagan.
1972 yilda qadimgi
shaharchaning ko‘chalari
o‘rganilayotganda uy deb
taxmin qilinayotgan binolardan
birida og‘irligi 36 kg bo‘lgan
oltin buyumlar xazinasi
topilgan. O‘zining ilmiy
ahamiyatiga ko‘ra Dalvarzin
xazinasi Britaniya muzeyida
saqlanayotgan mashhur
Amudaryo xazinasidan
qolishmaydi.
buyumlar topilgan, ular orasida dunyoda eng
qadimgi shaxmat donalari (eramizning 1-2
asrlari), qimmatbaho toshlardan yasalgan
zargarlik buyumlari, tangalar va YunonBaqtriya davriga oid nozik sopol buyumlar
alohida o‘rin egallaydi.
Gulnoza Sanginova
24.
AQSh Davlat departamentining 2004yildagi Xalqaro diniy erkinlik toʻgʻrisidagihisobotiga koʻra, Oʻzbekiston aholisining
taxminan 0,2 foizi buddizmga eʼtiqod qiladi
va ularning aksariyati etnik koreyslardir .
Rasman Oʻzbekistonda faqat bitta buddist
diniy ibodatxonasi roʻyxatga olingan va u
Toshkentda joylashgan.
Gulnoza Sanginova
25.
E’TIBORINGIZ UCHUNRAHMAT!!!
Gulnoza Sanginova
history