Similar presentations:
taqdimot Xolmirzayeva
1. YOSH MUTAXASSISLAR MEHNAT MADANIYATINI YUKSALTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY OMILLARI
09.00.04 – Ijtimoiy falsafaXolmirzayeva Jumagul Xamdamovna
Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya
TAQDIMOTI
Ilmiy rahbar:
Falsafa fanlari doktori, (DSc) professor
B.S. Turdiyev
2.
KirishI bob. Yosh mutaxassis, uning faoliyati tushunchalarini tadqiq etishning nazariy metodologik asoslari.
1.Yosh mutaxassis, uning faoliyati tushunchalarining mohiyati, tuzilishi va asosiy xususiyatlari....
2. Yosh mutahassislarni tarbiyalash to‘g‘risidagi qarashlar va ularning falsafiy-metodologik jihatlari......
3.Bob yuzasidan xulosalari................................
•II bob. Yosh mutahassislar faoliyatiga va faolligiga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-falsafiy omillar.....................................
1.Mehnat an’analari va sharoitining yosh mutahassislar mehnat madaniyati hamda faolligini oshirishdagi
ahamiyati......................................................
2.Mehnat madaniyati va mehnat tarbiyasining o‘zaro aloqadorligi va ularga ta’sir ko‘rsatadigan
omillar...........................................................................
3. Bob yuzasidan xulosalar……………………………………………………….
•III bob. Yangi O‘zbekiston yoshlarida kasb madaniyatini rivojlantirish mehnat madaniyatini yuksaltirishning zarurati
sifatida……...........................
1.Yosh mutaxassislar faolligini oshirish va kasb madaniyatini rivojlantirishning innovatsion
usullari................................................
2. Kasb madaniyatini rivojlantirish orqali mehnat madaniyatining yuksaltirish va uning
istiqbollari........................................................
3.3 Bob yuzasidan xuloslar..................................................................................... Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Ilovalar……………………………………………………………………………...
3.
Prezidentimizning mehnat, kasb hunar va yetuk mutaxassis haqidagi fikrlari“Yoshlarning xuquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning
o‘qishi, mehnat qilishi, bilim olishi va qobiliyatini namoyon etishi
uchun barcha sharoitlarni yaratmoqdamiz. Chunki butun xalqimiz
qatori yoshlar ham – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlaridir. Yosh
avlodning fuqarolik pozitsiyasi va faolligini kuchaytirish,
farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasbhunarlarni puxta egallab, xalqaro maydonda raqobatga kirisha
oladigan barkamol shaxslar, yetuk mutaxassislar etib tarbiyalash
bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni olib bormoqdamiz”
Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон тараққиёт стратегияси. – Тошкент. – O‘zbekiston. 2022. –
B.49
4.
Globallashuvjarayonlari
yoshlarning
mehnatga ijobiy munosabatini yetishmasligi,
ustoz-shogird an’analarining yemirilishi, kasbiy
etikaning zaifligi kabi jiddiy muammolar
tizimini yuzaga keltirmoqda. Bu esa mavzuning
jahonda dolzarb ekanligini ifodalaydi. Mazkur
ijtimoiy-falsafiy omillar yosh mutaxassislar
faoliyati va mehnat madaniyatiga oid
dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish
masalasini ko‘ndalang qo‘ymoqda.
Mavzuning
dolzabligi va
zarurati
5.
Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llabquvvatlash, ularni ish bilan ta’minlash, o‘z-o‘zini baxolash vatanqidga ochiqlik, mas’uliyat va intizomli bo‘lishi, qobiliyat va
iste’dodini ro‘yobga chiqarish, korporativ madaniyatini
shakllantirish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda. Bu
mavzuning mamlakatimizda dolzarb ahamiyatga ega
ekanligidan dalolatdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7
fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”,
2020 yil 30 iyundagi PF-6017-son “O‘zbekiston
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh
qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”, 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “Yangi
O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”, 2023 yil 11
sentabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston 2030” strategiyasi
to‘g‘risida”gi farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18
yanvardagi 23-son “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat
siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida” qarori hamda sohaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy
hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu
dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
Mavzuning
dolzabligi va
zarurati
6. TADQIQOTNING MAQSADI
Yangi O‘zbekistonda yosh mutaxassislar mehnat madaniyatiniyuksaltirishning ahamiyatini ijtimoiy-falsafiy va ilmiy-nazariy
asoslash hamda bu bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan
iborat.
7. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
yosh mutaxassislar mehnat madaniyatinirivojlantirishda mehnat an’analari ustoz-shogird,
jamoaviylik va hamkorlik, kasbiy etikaning
aksiologik, mehnat sharoiti odat va intizom,
ijtimoiy hamjihatlik, ijtimoiy moslashuvlarning
praksiologik xususiyatlari rivojlanishga ta’sir
ko‘rsatuvchi asosiy vositalar ekanligi vorisiylik
tamoyili kontekstida ochib berilgan;
mehnat madaniyati, mehnat tarbiyasining
uyg‘unligini ta’minlash zarurati ularga ta’sir
ko‘rsatuvchi vositalar mehnat etikasi, ma’naviy
qadriyatlar, a’nanalar, axloqiy tamoyillar, kasbiy
mentalitet, ta’lim va tarbiya, modernizatsiya va
innovatsiyalar dialektikasining aksiologik va
gnoseologik jihatlari falsafaning sabab va oqibat
kategoriyalari vositasida dalillangan;
8. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
yosh mutaxassislar faolligini oshirishningvebinar va treninglar, xalqaro sertifikatlashishni
ta’minlash, innovatsion loyihalar uchun
platforma yaratish, tashabbuslarni
rag‘batlantirish va mehnat madaniyatini
yuksaltirishning stajirovka, ishlab chiqarish
simulyatsiyalari, ijtimoiy hamkorlik, mentorlik
dasturlari kabi innovatsion usullarini
rivojlantirish muhimligi imkoniyat va voqelik
kategoriyalari negizida asoslangan;
mehnat madaniyatini yuksaltirishning muhim
omili sifatida kasbiy madaniyatni rivojlantirish
zarurati kommunikatsiya va jamoaviy ishlash,
axloqiy normalar va qoidalar, kasbiy rivojlanish,
mas’uliyat va ishonch, tasodifiy va sistemali
baxolash, innovatsion rivojlanish, karera rivoji
va ma’naviy o‘sish kabi gnoseologik va
praksiologik omillari hisobiga yuz berishi
tizimlilik tamoyili asosida ochib berilgan.
9. Muammoning o‘rganilganlik darajasi
Xorijiytadqiqotla
rda
MDH
miqyosida
Mamlakati
mizda
M. Veber, F.V. Teylor, A.Fayol, G. Ford, G. Emerson, E.Agazzi, J.Bodriyar,
A.Toffler, V.Frankl, E.Fromm, J.Habermas, E.Kassiser, E.Dyurkgeym,
T.Parsons, E.Giddens
Yu.G. Jdanov, V.E. Davidovich, A.N. Efremova, E.P. Marinenko, R.G.
Gurova, O.Paryagina, N.Chernishenko, V.Svik, S.A. Sopoev, R.R.
Xizbulina, Yu.A. Nexaeva, F.P. Djioeva va boshqalar
G. Navro‘zova, G. Yunusova, E. Zoirov, A. Sharipov, S. Choriyev, B.
Turdiev, F. Turg‘unboev, T. Abdullaev, M. Nurmatova, M. Quronov, R.S.
Asomova, M.M. Qaxxorova, Z.R. Qodirova, A. Begmatov, M. Artikova va
boshqalar
10. Tadqiqotning vazifalari:
Yosh mutaxassislar mehnatmadaniyatini yuksaltirishda mehnat
an’analari jarayonga ta’sir
ko‘rsatuvchi asosiy vositalarni ochib
berish;
Mehnat madaniyati, mehnat
tarbiyasining uyg‘unligini ta’minlash
zarurati ularga ta’sir ko‘rsatuvchi
vositalar ishtirokida bo‘lishini
dalillash;
11. Tadqiqotning vazifalari:
Yosh mutaxassislar faolligini oshirishva mehnat madaniyatini
yuksaltirishning innovatsion usullarini
rivojlantirish muhimligi asoslash;
Mehnat madaniyatini yuksaltirish
uning bir qator omillari hisobiga yuz
berishini ochib berish.
12.
Tadqiqotningob’yekti
• sifatida yosh mutaxassislar mehnat madaniyati
yuksaltirishda
unga
bevosita
ta’sir
ko‘rsatuvchi mehnat intizomi va mehnat
tarbiyasi masalalari tanlab olingan.
Tadqiqotning
predmeti
• O‘zbekistonda yosh mutaxassislar mehnat
madaniyatini yuksaltirishda zarur bo‘lgan
mehnat tarbiyasi, mehnat sharoitlari, mehnat
intizomi, mehnat an’analari masalalari
tashkil etadi.
Tadqiqotning
usullari.
• Dissertatsiyada analiz va sintez, kontenttahlil, dialektik, tarixiylik va mantiqiylik,
tizimlilik, kompleks yondashuv, qiyosiy
tahlil,
kuzatuv,
so‘rov
usullaridan
foydalanilgan
13. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi
O‘zbekiston Respublikasioliy ta‘lim, fan va
innovatsiyalar vazirligi
(O‘zMU loyiha)
Respublika Ma’naviyat va
ma’rifat markazi
O‘zbekiston Yoshlar
ittifoqi
O‘zbekiston milliy
teleradiokompaniyasi
14. I BOB. “Yosh mutahassis, uning faoliyati tushunchalarini tadqiq etishning nazariy metodologik asoslari”
Birinchi bobda yosh mutaxassis va uning faoliyatitushunchalarining mohiyati, tuzilishi va asosiy xususiyatlari,
faylasuf olimlar tomonidan o‘rganilishi va yoshlar mehnat
madaniyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tadqiq etilgan.
Shuningdek, ushbu bobda yosh mutahassislarni rivojlantirish
bo‘yicha qarashlar evolyutsiyasi va uning falsafiymetodologik jihatlari tahlil qilingan.
15. 1.1. Yosh mutaxassis, uning faoliyati tushunchalarining mohiyati, tuzilishi va asosiy xususiyatlari
Falsafa qomusiy lug’ati, o‘zbek tilining izohli lug‘ati, “Rossiya Federatsiyasiningyoshlar siyosati to‘g‘risida”gi 2020 yil 30 dekabrdagi 489-FZ-sonli Federal qonuni, 2016
yil 14-sentyabrdagi O‘RQ-406-son “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Chernishenko N.A., Marshak A.L., Sopoev S.A.,
Xizbulina R.R., Nexaeva Yu.A., Djioeva F.P., Lobachyova A.S., X. Ochilova,
N.Nazarovalarning tadqiqotlariga tayanib yosh mutaxassis tushunchasining ilmiy falsafiy
taxlilini olib bordik va quyidagi ta’rifni tavsiya etamiz.
Yosh mutaxassis - oliy va o‘rta maxsus ta’limning to‘liq kursini tamomlagan, uch yildan
ortiq ish stajiga ega bo‘lmagan, ishchanlik, bilim, axloq va mas’uliyat borasida katta
pozitiv jihatlarga ega, 30 yoshdan oshmagan, shaxsiy rivojlanish, o‘zini hozirlash, kasbiy
etika va ahloqiy qadriyatlardagi o‘zgarishlar hamda ixtisoslashuvlarni yaxshi anglagan
yosh xodimdir;
16. 1.1. Yosh mutaxassis, uning faoliyati tushunchalarining mohiyati, tuzilishi va asosiy xususiyatlari
1. Yosh mutaxassis faoliyati deganda, kasbiy malaka oshirish, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha izlanishlar olibborishi, yangi texnologiyalar va metodologiyalarni o‘rgatilib faoliyat yurgizishlari tushunish lozim;
2. Yosh mutaxassis faoliyatining mohiyatini ish jamoasidagi munosabatlar, kasb yoki mehnat etikasi,
ma’naviy o‘sish, qadriyatlar, ijtimoiy mas’uliyat, kasbiy va shaxsiy rivojlanish singari omillar tashkil etadi.
3. Uning strukturasini esa, professional vazifalar, tashkiliy struktura, ta’lim va tayyorgarlik, ma’naviy
aspektlar, ijod va innovatsiya, samaradorlik va baholash kabilardan tashkil topgan;
4. Yosh mutaxassis faoliyatining xususiyatlar ikki qismga pozitiv va negativga bo‘linadi. Pozitiv
xususiyatlar treninglar va master-klasslarda muntazam ishtirok etishi, negativ xususiyatlariga yetarli
tajribaga ega bo‘lmaslik, tadqiqot va rivojlanish ishlarini olib borishda resurslar taqchilligi va boshqalar
kiradi;
17. 1.2. Yosh mutahassislarni tarbiyalash to‘g‘risidagi qarashlar va ularning falsafiy-metodologik jihatlari
Yosh mutaxassislarni tarbiyalash va rivojlantirish bo‘yicha “Avesto”,Sharq mutafakkirlari, Amir Temur va temuriylar davri, jadidlar va hozirgi davr
tajribalarini ko‘rib chiqish va kerakli tavsiyalari ishlab chiqish mumkin.
Yosh mutaxassislarni tarbiyalash va kamol toptirish jarayonida ustozshogird tizimi uzluksiz jarayon hisoblanib, bunda usta nomini olgan tajribali
ustozlar murabbiylik qiladilar. Bu hozirgi zamon uchun eng yaxshi metod sifatida
ko‘rinmoqda.
18. 1.2. Yosh mutahassislarni tarbiyalash to‘g‘risidagi qarashlar va ularning falsafiy-metodologik jihatlari
“Avesto”da yosh mutaxassislarga o‘z faoliyatida zamonaviy bilim olish va kasbga oidaniq ko‘nikmalarni egallashga rag‘bat berilgan.
Sharq
mutafakkirlari Ibn Sino, Farobiy, Beruniy, Navoiy asarlarida ta’limda
muntazamlik, samaradorlik va shogirdning shaxsiy ijodkorligiga urg‘u berilgan. U
yoshlarga nafaqat bilim berish, balki ularning qobiliyatlari va iste’dodlarini
rivojlantirishga ahamiyat bergan.
Islom falsafasi xususan tasavvufda quyidagicha fikrlar mavjud. “Qo‘l doimo ishda
bo‘lishi, odamlarning og‘irini yengil qilishga, mehnatsevarlik, iymonli bo‘lishga ya’ni til
va dilning bir xil bo‘lishi, musulmonchilik farzlarini bekamu-ko‘st bajarish, vijdonan
yashashga da’vat etiladi.
19. 1-bob bo‘yicha hulosalar
yosh mutaxassislarlarni tarbiyalashjarayonida zamonaviy va amaliy
bilimlarni o‘z ichiga olgan yangi
usullarni qo‘llashga yo‘naltirilgan
jadidlar tajribasini yanada rivojlantirish
yaxshi samara beradi
Yosh mutaxassis tushunchasi va
maqomini ilmiy tadqiqotlarimiz, fanimiz
va qonunchligimizda qayta ko’rib
chiqish zarur
20. II BOB. Yosh mutahassislar faoliyati va faolligiga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-falsafiy omillar
Ushbu bobda mehnat an’analari va sharoitining yoshmutahassislar mehnat madaniyati hamda faolligini
oshirishdagi ahamiyati tadqiq qilingan. Shuningdek,
mehnat madaniyati va mehnat tarbiyasining o‘zaro
aloqadorligi va unga ta’sir ko‘rsatadigan omillari yoritilgan.
21. 2.1. Mehnat an’analari va sharoitining yosh mutahassislar mehnat madaniyati hamda faolligini oshirishdagi ahamiyati
Yosh mutaxassislar faoliyatida va faolligini oshirishda mehnat an’analari, qadriyatlar va udumlarbir so‘z bilan aytganda, mehnat an’analari muhim rol o‘ynaydi.
Har bir mutaxassisda mehnatga bo‘lgan munosabat va an’analar bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi
aspeklar ya’ni kasbiy etika (mehnat madaniyati) mavjud:
1.Mehnatga ehtirom; 2. Tadbirkorlik va ijodkorlik; 3. Sabr-toqat; 4. Jamoaviylik va hamkorlik.
Yuqoridagilar mehnat an’analarining yosh mutaxassislar faolligi va mehnat madaniyatini
oshirishdagi muhim omillari hisoblanadi.
22. 2.1. Mehnat an’analari va sharoitining yosh mutahassislar mehnat madaniyati hamda faolligini oshirishdagi ahamiyati
• Yosh mutaxassislarning mehnatmadaniyati rivojlantirishga to‘siq
yaratishi mumkin bo‘lgan ish
sharoiti bilan bog‘liq xolatlar, mos
ish o‘rinlarining yetishmasligi,
Mavjud ish o‘rinlari ko‘pincha
ularning malakasiga mos kelmasligi,
ish vaqtining aniq
belgilanmaganligi,
muhofazalanmagan ish sharoiti,
tashkilot va rahbariyatning
munosabatini aytib o‘tish o‘rinli.
• Yosh mutaxassislarning mehnat
madaniyati rivojlantirishga hizmat
qiladigan ish sharoitlariga
zamonaviy texnoligiyalar bilan
jihozlanganlik, SMART
vositalardan foydalanish, jarayonga
innovatsion texnologiyalarni jalb
etish, odat va intizom, jamoaviylik
va hamkorlik, ijtimoiy
moslashuvlarni aytib o’tish mumkin.
23. 2.2. Mehnat madaniyati va mehnat tarbiyasining o‘zaro aloqadorligi va ularga ta’sir ko‘rsatadigan omillar
Yosh mutaxassislarda mehnat madaniyati va mehnat tarbiyasining dialektik aloqadorligijamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy va madaniy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Yosh mutaxassislarning mehnatida professional etika, mas’uliyat, sodiqlik va mehnatga
bo‘lgan munosabatlarini shakllantirish zarur. Axloqiy normalar mehnat madaniyatining
asoslaridan biridir. Mehnat jarayonida ijobiy va madaniyatli munosabatni ta’lim berish, jamoa
bilan hamkorlik qilish, ijobiy moslashuvchanlik kabi mahoratini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Mehnat jarayonida yangi g‘oyalar, innovatsiyalar va kreativ yondashuvlarni qo‘llash yosh
mutaxassislar faoliyatida ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi.
Aynan ular mehnat madaniyati va mehnat tarbiyasining aloqadorligini isbot etadi va ular yosh
mutaxassis faolligi va mehnat madaniyatining yuksalishida asosiy rol o’ynaydi.
24. 2.2. Mehnat madaniyati va mehnat tarbiyasining o‘zaro aloqadorligi va ularga ta’sir ko‘rsatadigan omillar
Mehnat tarbiyasi – yoshlarni mehnatga, ishga muhabbat bilan munosabat qilish, ulardamehnat qilish, jamiyatga, o‘z oilasiga va iqtisodiyotga foyda keltirish hissini shakllantirish
jarayonidir.
Fikrimizcha mehnat madaniyati va mehnat tarbiyasi o‘rtasidagi dialektik aloqadorlik
quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- mehnat madaniyati yosh mutaxassislarda ijodkorlikni, jamiyatga foyda keltirishni, mas’uliyatni
ta’minlash maqsadida va ijtimoiy qonuniyatlarga muvofiq ravishda shakllanadi. Ularning mehnat
madaniyati bilan bog‘liq qadriyatlari va standartlari, mehnat tarbiyasining asosi bo‘lib xizmat
qiladi.
- mehnat tarbiyasi pedagogik jarayonda mehnat madaniyatini shakllantirish uchun muhim
vositadir. Oliy ta’lim muassasalarida esa yosh mutaxassislarga mehnat madaniyatini, innovatsion
texnologiyalarni, jamoada ishlash kadrlarini shakllantirish uchun to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish lozim;
Ta’sir ko‘rsatadigan omillar: qadriyatlar, innovatsion texnologiyalar, professional etika,
mas’uliyat, sodiqlik va mehnatga bo‘lgan munosabatlari, ijobiy va madaniyatli munosabatni
ta’lim berish, jamoa bilan hamkorlik qilish, ijobiy moslashuvchanlik
25. 2-bob bo‘yicha hulosalar
Mehnat an’analari va mehnatsharoitlari yosh mutaxassis mehnat
madaniyatini yuksaltirishda muhim
rol o’ynaydigan falsafiy va ijtimoiy
omillardan hisoblanadi. Shuning
uchun bu masalalarda doimiy
targ’ibot
ishlari
natijalarni
yaxshilaydi.
Masalan mas’uliyat va milliy
ma’naviy merosga hurmat ortadi. Bu
esa
mehnat
musabatlarini
muammolarni oldini olishga hizmat
qiladi.
Mehnat madaniyati va mehnat
tarbiyasini uyg‘unlashtirish yosh
mutaxassislarning ijtimoiy va
professional
munosabatlarida
mustahkam poydevor yaratadi,
ularning mas’uliyat sezishini
oshiradi.
26. III BOB. Yangi O‘zbekiston yoshlarida kasb madaniyatini rivojlantirish mehnat madaniyatini yuksaltirishning zarurati sifatida
Mazkurbobda
yosh
mutahassislar
faoliyati
samaradorligini oshirish va kasbiy madaniyatni
rivojlantirishning innovatsion usullari, shuningdek, kasb
madaniyatini rivojlantirish orqali mehnat madaniyatining
yuksaltirish va uning istiqbollari hamda asosiy
yo‘nalishlari tadqiq qilingan.
27. 3.1. Yosh mutaxassislar faolligini oshirish va kasb madaniyatini rivojlantirishning innovatsion usullari
YOSH MUTAXASSISLAR FAOLLIGINI OSHIRISHNING INNOVATSIONUSULLARI
Xususan, xalqaro sertifikatlashish imkoniyatlarini ta’minlash,
- ishlab chiqarish va ta’lim muassasalari o‘rtasida memorandumlar tuzish,
- ochiq joylarga stajirovka va amaliyotni kiritish,
- yosh mutaxassislarning o‘z innovatsion loyihalarini ilgari surishlari uchun platforma yaratish,
- kuboklar, grantlar va musobaqalar orqali tashabbuslarini rag‘batlantirish,
- professional sohalardagi o‘zgarish va tendensiyalar bo‘yicha forumlar tashkil qilish,
- yosh mutaxassislarning ruhiy sog‘lig‘i uchun psixologik dasturlar va seminarlarni o‘tkazish,
- stressni boshqarish va ish o‘rnidagi muammolarni hal qilish bo‘yicha maslahatlar berish,
- faol ishtirok etishlari uchun maxsus tadbirlar o‘tkazish, ish jarayonini soddalashtirish va
samaradorlikni oshirish uchun foydalanish va boshqalar muhim ahamiyatga ega.
28. 3.1. Yosh mutaxassislar faolligini oshirish va kasb madaniyatini rivojlantirishning innovatsion usullari
KASBIYMADANIYATNI
RIVOJLANTIRISHNING
INNOVATSION USULLARINI
- Ko‘rgazma va festivallar;
- mentorlik dasturlari;
- ishlab chiqarish simulyatsiyalari;
- raqamli platforma va onlayn ta’lim;
kasbiy
sertifikatlashtirish
va
akkreditatsiya;
- virtual simuayatsiya;
- ishchi mahsuldorligini oshirish
texnologiyalari; (KPI)
- ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar
(Grand loyihalar) va boshqalar.
- interaktiv loyihalar;
innovatsion
axborot
texnologiyalarni o‘zlashtirish;
- mobil dasturlar, onlayn platforma
va forumlar;
- simpozium va konferensiyalarning
samarasi yuqoriroq bo‘ladi.
29. 3.2 Kasb madaniyatini rivojlantirish orqali mehnat madaniyatining yuksaltirish va uning istiqbollari
Kasb madaniyatini rivojlantirishning raqamli ta’lim va onlaynplatformalar, virtual treninglari, mentorlik va kouching tizimlarini
raqamlashtirish, ish jarayonini avtomatlashtirish va sun’iy intellekt
yordamida tahlil qilish, kasbiy mikrokurslar va sertifikatlash, global
mentorlik va hamkorlik platformalari kabi innovatsion usullari
vositasida mehnat madaniyatini yuksaltirish mumkin.
30. 3.2 Kasb madaniyatini rivojlantirish orqali mehnat madaniyatining yuksaltirish va uning istiqbollari
Mehnat madaniyatini yuksaltirish istiqbollariMehnat
madaniyatini - ish samaradorligining oshishi kuzatiladi.
yuksaltirish usullari sifatida - yosh mutaxassislar ish jarayonida samarali va
- mentorlik va treninglar,
-
-
intizom va mehnat tartibqoidalarini kuchaytirish,
raqamli
vositalardan
foydalanish,
motivatsiya va rag‘batlantirish
tizimini takomillashtirish,
jamoaviy
muhitni
mustahkamlash
kabilarni
misol keltirish mumkin.
mas’uliyatli bo‘ladilar.
- kasbiy rivojlanish va yangi malaka egallanadi.
- yoshlar o‘z kasbiy salohiyatlarini tezroq
oshiradilar, murakkab vazifalarni bajarishga
tayyor bo‘ladilar.
- jamoada hamkorlikni kuchaytiradi.
- nizolar kamayadi va ishonch muhiti yaratiladi.
- Global raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishiga
erishiladi.
31. 3-bob bo‘yicha hulosalar
Mehnat madaniyati shakllanganyoshlar faol, mas’uliyatli va davlat
g‘oyalarini qo‘llovchi fuqarolar
bo‘ladilar. Bu barqaror ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishga xizmat
qiladi.
Mehnat madaniyatini yuksaltirish
uchun samarali faoliyat olib borish,
transformatsiya jarayonlarini to‘g‘ri
tashkil
etish,
innovatsion
texnologiyalardan foydalanish, oilada
mehnat madaniyatini rivojlantirish,
yoshlarning mehnatga munosabatini
yangilashda muhim o‘rin tutadi
32.
HulosaYosh mutaxassis - oliy va o‘rta maxsus ta’limning to‘liq
kursini tamomlagan, uch yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lmagan,
ishchanlik, bilim, axloq va mas’uliyat borasida katta pozitiv jihatlarga
ega, 30 yoshdan oshmagan, shaxsiy rivojlanish, o‘zini hozirlash,
kasbiy etika va ahloqiy qadriyatlardagi o‘zgarishlar hamda
ixtisoslashuvlarni yaxshi anglagan yosh xodimdir.
Tadqiqotlar va kuzatishlar natijalari ko‘rsatadiki, yosh
mutaxassislar ishchanlik, bilim, axloq, mas’uliyat, o‘rganishdan
tolmaslik
borasida katta pozitiv jihatlarga ega. Bular yosh
mutaxassisga xos asosiy pozitiv xususiyatlardir. Yosh mutaxassis
faoliyati deganda esa kasbiy malaka orttirish, yosh mutaxassislarning
o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha izlanishlar olib borishlari, yangi
texnologiyalar va metodologiyalarni o‘rgatilib faoliyat yurgizishlari
tushunish lozim.
33.
HulosaYosh mutaxassislarni tarbiyalash va rivojlantirish bo‘yicha
Avesto, sharq mutafakkirlari, Renessans davri, Amir Temur va
temuriylar davri, jadidlar, Sovet davri va hozirgi davr tajribalarini
ko‘rib chiqish va kerakli tavsiyalari ishlab chiqish mumkin.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti munosabatlarining
chuqurlashuvi, innovatsion texnologiyalar, raqamli iqtisodiyotning
inson faoliyatiga tatbiq etilishi, yoshlar mehnat faoliyati va mehnat
an’analari asosida mehnat madaniyatini yuksaltirish masalalarini
ijtimoiy falsafiy qirralarini tadqiq etishni dolzarb ilmiy vazifaga
aylantirdi.
34.
HulosaJamiyatda demokratik islohotlar davri yosh mutaxassisdan
sohada yuzaga kelgan qator kamchilik va muammolar tufayli o‘z
kasbiga
munosabatni
o‘zgartirishni, egallaydigan
kasbiga
innovatsion bilim va yangiliklarni joriy etishni, faoliyatiga tanqidiy
tahlil va qat’iy tartib intizom ruhida qarashni talab etmoqda.
Hozirgi vaqtda yosh mutaxassislarni tayyorlash, ishga jalb
qilish mexanizmini rejalashtirish va uning marketingini tashkil qilish,
yosh mutaxassislarni mehnatga yollash va ular bilan tizimli ishlashni
e’tiborga olish va ular faoliyatiga kompleks baho berish, kasbiy
malakasini oshirish, kadrlarning ichki korporativ o‘sishini boshqarish
jarayonini jadallashtirish, intelektual imkoniyatlarini faollashtirishni
tashkillashtirish dolzarb vazifa hisoblanadi.
35.
HulosaYoshlar faoliyatida yangi sohalar va kasbiy bandlik
masalalarining yangicha ko‘rinishlari paydo bo‘lishi o‘ziga xos tartib
va me’yorlarni yuzaga keltirmoqda. Bu esa ular faoliyatiga oid kasbiy
me’yorlar va nizomlarni ishlab chiqishni kun tartibiga qo‘ymoqda.
Yangi taraqqiyot bosqichi
mehnat madaniyati va uni
rivojlantirish masalasiga modernizatsiya ruhida qarashni, o‘z-o‘zini
takomillashtirish,
jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni
uyg‘unlashtirish asosida o‘z faoliyatini doimiy rivojlantirib borib
professionallikka erishishni asosiy masalaga aylantirdi.
36.
TavsiyalarOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Mehnat va bandlik vazirliklari
hamkorlikda yosh mutaxassislar mehnat madaniyatini yanada rivojlantirish
maqsadida ta’lim xizmati ko‘rsatish, kadrlar tayyorlash sohasida qator kamchilik va
muammolar mavjudligini hisobga olib, yosh mutaxassislarni kasbga tayyorlash
jarayonida “Mehnat madaniyati asoslari” o‘quv kursini oliy ta’lim tizimiga kiritish
maqsadga muvofiq.
OAV va manfaatdor tashkilotlar mehnat madaniyati va mehnat tarbiyasi
mezonlariga yangicha yondashuv asosida mehnat etikasi, ma’naviy qadriyatlar,
axloqiy tamoyillar, kasbiy mentalitet, ta’lim va tarbiya, modernizatsiya va
innovatsiyalar dialektikasini targ‘ib qilish maqsadida ijtimoiy reklamalar miqdorini
oshirish va soha bo‘yicha yetuk mutaxassislar takliflarini amaliyotga tadbiq etishga
ko‘maklashish zarur.
37.
TavsiyalarO‘zbekiston “Yoshlar ittifoqi” va Mehnat va bandlik vazirliklari
hamkorlikda yosh mutaxassislar faolligini oshirishning vebinar va
treninglar,
xalqaro
sertifikatlashishni
ta’minlash,
tashabbuslarni
rag‘batlantirish, mehnat madaniyatini yuksaltirishning stajirovka, ishlab
chiqarish simulyatsiyalari, ijtimoiy hamkorlik, mentorlik dasturlari kabi
innovatsion usullarini rivojlantirish uchun platforma yaratish va ishga
tushirish lozim.
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi va milliy teleradiokompaniya
hamkorlikda zamonaviy mehnat madaniyatini yuksaltirish maqsadida
ularga xos bo‘lgan ijobiy xususiyatlar negizida yosh mutaxassislar
faolligini orttirishga erishish uchun sohaga, kasbga, mutaxassislikga oid
teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar, ijtimoiy tarmoqlarda esa kontentlar
salmog‘ini oshirish, ularning ta’sirchanlik saviyasini ko‘tarishga nisbatan
e’tiborni kuchaytirish muhim.