8.18M

020202

1.

TUPROQ EROZIYASI VA DEGRADATSIYASI,
ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI.
TUPROQ MUHOFAZASI
I.I.Zahiriddinov

2.

Eroziyaga qarshi agratexnik tadbirlar.
Kimyoviy ,meliorativ va almashlab ekishni joriy
etish usullari
Reja:
1. Eroziya turlari
2. Eroziyani kelib chiqish sabablari
3. Eroziyaga qarshi agratexnik tadbirlar

3.

Eroziya turlari
Tuproq eroziyasi (lot. erasio
yemirilish, nurash) —
tuproqning eng unumdor
yuqori qatlamlari va tuproq
osti jinslarining atmosfera
yogʻinlari hamda sugʻorish
suvlari, shamol va boshqa
taʼsirida yemirilish jarayoni.

4.

Eroziya yuz berish darajasiga koʻra 2
guruhga ajratiladi
Tabiiy Tuproq
eroziyasi nisbatan
sekin kechib, tuproq
tabiiy hosil boʻlish
jarayonida qayta
tiklanib turadi.
Jadallashgan Tuproq
eroziyasi odamning
xoʻjalik faoliyati
natijasida yuz berib,
tuproq
unumdorligini
sezilarli darajada
pasaytirib yuboradi.

5.

Tuproq eroziyasi hosil boʻlish
omillariga koʻra
- suv
- shamol
-sanoat
-abraziya
-yaylov
-mexanik Tuproq eroziyasi va turlarga
boʻlinadi.

6.

Suv eroziyasining boshlanishi va kuchayishi relyefi tuzilishi bilan
bogʻliq boʻlib, odatda, yer yuzasining nishabligi 1 — 1,5° dan
oshganda yuz bera boshlaydi
Shamol eroziyasi (deflyatsiya) 2 xil boʻladi: tezligi uncha katta
boʻlmagan shamolning tuproq mayda zarrachalarini uchirib
ketishidan kelib chiquvchi oddiy va katta tezlikdagi shamol tufayli
vujudga keluvchi toʻzonli boʻron.

7.

Tuproq eroziyasining, shuningdek, ishlab
chiqarish. va odam faoliyati bilan bogʻliq
boʻlgan quyidagi turlari ham uchraydi:
Sanoat eroziyasii — foydali qazilmalarni qazish , uyjoy, ishlab chiqarish. binolari
va yoʻl qurish, gaz hamda neft quvurlarini oʻtkazish natijasida sodir boʻladi
abraziya— daryo va boshqa suv qavzalari qirgʻoqlarining yemirilishi tufayli
haydalma yer, yaylov maydonlari qisqaradi va suv havzalarini loyqa bosadi.
Yaylovlarda ortiqcha chorva boqish yaylov eroziyasiga sabab boʻladi. Mexanik
eroziya har bir zonaga xos tuproqning qayta tiklanish imkoniyati darajasini
hisobga olmay turib, oʻta ogʻir traktorlardan keng foydalanish natijasida yuz
beradi. Mexanik eroziya taʼsirida tuprok, strukturasi buziladi, uning suvfizik
xususiyatlari, shuningdek, tuproq hosil boʻlishining asosiy omillaridan boʻlgan
biologik faollik yomonlashadi.

8.

9.

Sel oqimining oldini olish va qarshi kurash uchun agroo'rmon agromelioratsiya va gidrotexnik tadbirlar
majmuasi qo'llaniladi. Agro-o'rmon va agromelioratsiya
tadbirlari asosan sel oqimining oldini olishda,
gidrotexnika tadbirlari esa qarshi kurashda qo'llaniladi.

10.

Agrooʻrmon melioratsiyasi — tuproqning meliorativ holatini va iqlim
sharoitini daraxt ekish yoʻli bilan yaxshilashga qaratilgan tadbirlar majmui.
Qishloq xoʻjaligi ekinlaridan yuqori hosil olishga salbiy taʼsir qiluvchi
qurgʻoqchilik, garmsel, shuproq eroziyasi, qum koʻchishlari kabi tabiat
hodisalariga qarshi amalga oshiriladi. Agrooʻrmon melioratsiyasi
agrotexnik, gidrotexnik, kimyoviy va qishloq xoʻjaligi melioratsiyasining
boshqa turlari bilan birga yerlarni tubdan yaxshilashga xizmat qiladi hamda
ularning tabiiy sharoitlariga uzoq muddat taʼsir koʻrsatadi.

11.

Agromeliorativ
Agromeliorativ tadbirlarda tog' va tog' yon bag'rilarida
olingan supalardagi daraxtlar ostiga va oraliqlariga ko'p
yillik o'tlar urug'ini ekish, ularni parvarishlash, keng
supalarda shudgorlangan (5-10 sm) va shudgorlanmagan
(1m), chuqur yumshatilgan va yumshatilmagan polosalar,
nam to'plash egatlari hosil qilish, tuproq unumdorligini
oshirish, chorva mollarini boqishni tartibga solish kabi
ishlarni o'z ichiga oladi

12.

Gidrotexnikaviy
Gidrotexnikaviy tadbirlar sel oqimi vujudga
keladigan o'zanlarda va o'zanlarning oldi qismlarida
hamda tik nishabli yerlarda, jarliklarda maxsus
gidrotexnik inshoatlar qurishdir. Bunday
inshoatlarga jala suvlarini oqizib yuboruvchi ariqlar,
dambalar, tosh tutgich inshoatlar, o'zanlarni
mustahkamlash (tosh, beton plitalar, daraxt
shohlari) kiradi.

13.

14.

15.

16.

17.

18.

E'tiboringiz uchun rahmat
English     Русский Rules